Binar oppozitsiya
Binar oppozitsiya badiiy matn bo`laklarida ifoda topgan belgilar orasidagi zidlikka asoslangan. Bunday qarama-qarshilik "Kecha va kunduz" romanida quyidagi shakllarda zohir bo`lgan.
tasvirlararo zidlik;
ta`limot, oqim, guruhlar o`rtasidagi qarama-qarshi munosabat
xarakterlararo ixtilof
Tasvirlararo zidlik roman badiiy matnida birinchi navbatda ko`zga tashlanadigan munosabatdir. "Kecha va kunduz" bahor tasviri bilan boshlanib, qish fasli haqidagi xabar bilan yakun topadiki, bunga adabiyotshunoslar e`tiborni qaratganlar va bunday tasvirlarning ramziy mohiyatga ega ekanligini ko`rsatganlar. Bunday zidlik quyidagi chizmada o`z aksini topgan
Bahor Qish
Bahor ifodasining denotativ (birlamchi) ma`nosi: roman voqea tizimining aynan ana shu fasldan boshlanishi haqida axborot berish. Bunday xabar muayyan bir fikr, qarorga kelish uchun asos bo`ladi.
Matn muqaddimasidagi bahor tasviri:
"Har yilda bir keladigan bahor sevinchi yana ko`ngillarni qitiqlay boshladi.
Yana tabiatning dilgiragan tanlariga iliq qon yugurdi.
Tollarning ko`m-ko`k sochpopuklari qizlarning mayda o`rilgan kokillariday selkillab to`kilmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib boqqan suvlarning g`amli yuzlari kuldi, o`zlari horg`in-horg`in oqsalar-da, bo`shalgan qul singari erkinlik nash`asini kemira-kemira ilgari bosadilar. Simyog`ochlarning uchlarida yakka- yakka qushlar ko`rina boshladi. Birinchi ko`ringan ko`klam qushi birinchi yorilgan bodroq nash`asini berdi. Bultur ekilib ko`p qoshlarni qoraytirgan o`sma ildizidan yana bosh ko`tarib chiqdi... Muloyim qo`llarda ivib suvga aylangandan keyin go`zal ko`zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko`rar ekan bu ko`kish! Erkaklarning gullik do`ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularni sochlari,
gajaklari va ro`sh popuklari bilan hazillashib o`ynagan salqin shabada... Ko`klam nash`asi bilan sho`xlik qiladi.
Hayot nega bu qadar go`zal va shirin bo`ladi bahorda!" (21-bet).
Ushbu tasvir romanning bosh qahramonlaridan biri bo`lgan Zebining shu ko`klamdagi xursandchiligi, muhit ko`tarinkiligi, hayotga, muhabbatga tashna ko`ngli ifodasi bilan birgalikda alohida paradigmatik qatorni tashkil etadi.
Binar oppozitsiya (zid munosabat) nuqtai nazaridan esa quyidagi qarama- qarshiliklarni yuzaga keltiradi:
Go`zal 1) mantda ifoda topgan chor
bahor mustamlaka zulmi, nihoyatda
(konnotativ ma`no) qashshoq yashayotgan bechora xalq;
2) xotin-qizlarning haq- huquqsizligi,
sevgi asosida oila qurishdan, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishdan mahrumligi;
Qahraton qish 3) mamlakatda keng quloch yozib,
(konnotativ ma`no) mustahkamlanib olgan mutaassiblik, jaholatning zo`rligi;
4) Zebining keyingi tadqiri, majburiy
4-xotin sifatida uzatilishi, nohaq qamalishi.
Yuqoridagi chizma izohlardan ma`lum bo`ladiki, "Kecha va kunduz" matni boshdan oxir zidlik munosabatlari asosida tashkil topgan. Paradigmatik, sintagmatik munosabatlar ham aslida mana shu zidlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
"Kecha va kunduz" romanida binar oppozitsiyaning yuzaga kelishi jadidchilik harakati tasviri bilan bog`liq. Bunday zidlik quyidagi o`z badiiy ifodasini topgan:
Jadidchilik mafkurasi
chor mustamlakachilik idorasi siyosati (Noib to`ra, xonim, Ignyatyuk)
diniy mutaassiblik (eshon, uning muridlari, shu jumladan, Razzoq so`fi)
qishloq, zamondan orqada qolgan o`qitish- maorif usullari
Binar oppozitsiyaning badiiy asar konfliktidan asosiy farqi shundaki, unda qarama-qarshiliklar bevosita - yuzma-yuz bo`lishi shart emas. Bir-biriga zid dunyoqarash, mafkura, ta`limot, nuqtai nazarlar badiiy matnning turli joylarida mavjud bo`lishi, ular o`zaro to`qnash kelmasalar-da, umumiy matn doirasida binar oppozitsion zidlik yuzaga kelishi mumkin.
Jadidlarning milliy kapitalni rivojlantirish, mahalliy ishbilarmonlarni sanoat ishlariga jalb etish, yerlik xalq ichidan zamonaviy mutaxassislarni yetishtirish haqidagi fikr-mulohazalari, bu boradagi harakat-urinishlari, tabiiyki, chor mustamlakachilik siyosatiga zid. Shu boisdan podsho hukumati Turkistonda jadidlarga qarshi izchil siyosat olib borgan: muhalliy gazeta, jurnallarni yopgan, yangi usuldagi maktablar ochilishi va faoliyat yuritishiga ba`zan pinhona, ba`zan oshkora qarshilik ko`rsatgan.
Diniy-mutaassiblik, xurofot Turkistonning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy- ma`rifiy taraqqiyotiga katta g`ov bo`lgan. Bu hodisaning salbiy oqibatlarini jadidlar juda yaxshi tushunganlar. Matnda kerakli eshonning aldamchiligi, o`z moddiy manfaatlari, shon-shuhrat yo`lidagi urinishlari, Razzoq so`fi singari muridlarning unga ergashib xato yo`lga kirishi aniq tasvir va psixologik tahlillar orqali ochib ko`rsatilgan.
Romanning asosiy qahramonlaridan biri Zebi eshonning manfaatparastligi qurboni bo`ladi. Chunki Razzoq so`fi dastlab qizini uchta xotini bor, "o`zi ham
qarib qolgan mingboshiga berishni istamaydi. Shundan so`ng Akbaralining suyangan odami, uddaburon Miryoqub pul, sovg`a-salom yordamida Eshonboboni rozi qiladi. "Pir"ning istagiga "murid" qanday qarshi bora oladi. Rozi bo`lmay, "men ko`p olmadim", deydi so`fi xotiniga. Ammo baribir rozi bo`lishga majbur. Bunday tengsiz nikoh oxir-oqibat quyidagi fojialarga olib keladi:
Zebi Mingboshiga zahar berib o`ldirishda ayblanib, yetti yil Sibirga surgun qilinadi;
Razzoq so`fi aqldan ozib, ustozi - eshonni bo`g`ib o`ldiradi, uning pullarini o`g`irlab, izsiz yo`qoladi (pul o`g`irlashi ham telbaligining bir alomatidir: u shu pullar qizimni qamoqdan chiqaradi, deb o`ylagan);
Qizining qamalganini eshitgan Qurbonbibi (Zebining onasi telba bo`lib qoladi (Razzoq so`fining aqldan ozishga vaqtinchalik bo`lishi mumkin, ammo xotinning devonaligi davomli, hatto umrbod).
Shunday qilib, "sodda shayx"ning tamolaparastligi bir oilaning barbod bo`lishiga olib keladi.
Roman badiiy matnidagi xarakterlararo binar oppozitsiya ancha salmoqli, rang-barang bo`lib, quyidagi ko`rinishlarda namoyon bo`lgan.
Miryoqub Akbarali
Noib to`ra Ubaydulla Xo`jayev
(jadid)
Zebi Xadichaxon
Poshshoxon
Razzoq so`fi Qurbonbibi
Biz ushbu fasllarda ushbu xarakterlarning asosiylari haqida fikr- mulohazalar bildirganimiz sababli tahlilni shu o`rinda to`xtatamiz.
Tahlil va talqinlardan shu narsa ma`lum bo`ladiki, binar munosabatlar badiiy matn konsepsiyasini oydinlashtirishda katta ahamiyatga ega.
Ikkinchi bob yuzasidan xulosa qiladidan bo`lsak,ushbu bobda “Kecha va kunduz” badiiy matnidagi sutruktural belgilar imkon qadar ochib berishga harakat qildik.
Asardagi to`rtta paradigmatik qator aniqlanib,qaysi xususiyatiga ko`ra bitta paradigmaga mansub bo`lishi mumkinligiga e’tibor qaratildi;
Sintagmatik munosabatning o`zi nimaligi va badiiy matndagi sintagmatik qatotlar aniqlandi;
Ikkinchi bobning uchinchi faslida binary oppozitsion munosabatlar tadqiq qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |