1-sintagmatik qator
Miryoqub - Akbarali - Zunnun - Hakimjon
Miryoqub, Akbarali, Zunnun, Hakimjon xarakter, faoliyat, yashash tarzi, dunyoqarash, maqsad-maslak jihatdan bir-birlariga o`xshamagan obrazlardir.
Miryoqub rasmiy jihatdan biror hukumat idorasida xizmat qilmaydi. Asosan pinhona tadbirkorlik bilan shug`ullanadi. Bir nechta do`kon, choyxonalari bor. Katta daromad keltiradigan paxta zavodining egalaridan biri.
U ziyrak, ishbilarmon, istagan odamning ko`ngliga yo`l topa oladigan kishi. O`ziga xos demokratizmga moyil. Faqat katta-kichik amaldor, boylar emas, faqir fuqaro, kichik xizmatchi, mardikor, chorakorlar bilan ham erkin, xush muomalada bo`la oladi. Bu boisdan dushmanlari yo`q hisobi. Hammaning ko`nglini olishga, barcha bilan teng, samimiy munosabatda bo`lishga urinadi. Boyligi, mavqeini ko`z-ko`z qilishni istamaydi, aksincha yashirib, o`zini ko`pchilik qatoridagi bir odam, oddiy fuqaro sifatida ko`rsatishga harakat qiladi.
Miryoqub Akbarali mingboshidan zehn, aql, muomala, topqirlik, ishbilarmonlik jihatidan bir necha baravar yuqori turadi. Aslida Akbaraliga yuqori mansabni olib berish, uni hukumat tizimiga Miryoqub olib kirgan. Avval Akbarali imkoni juda cheklangan ellikboshi bo`lib, qishlog`idan tashqarida uni juda oz odam bilgan. Tasodif tufayli bir davrida Miryoqubni uchratib qolib, u bilan bir oz muloqotda bo`ladi. Uning qo`lidan ko`p ish kelishini tushunib, uyiga qaytgach, bir aravani qovun-tarvuz kabi dehqonchilik ashyolari bilan to`ldirib, Miryoqubnikiga jo`natib yuboradi. Oradan ko`p o`tmay, Akbarali mingboshilik mansabiga ega bo`ladi.
Sirtdan qaraganda, Akbarali Miryoqubning xo`jayini, valene`mati. U Miryoqubni jahli chiqqanda koyib, urishib, hatto haqorat qilib turadi. Unga bemalol ish buyuradi. Ammo ularning munosabatlariga chuqurroq nazar solinsa, Akbarali Miryoqubning qo`lida bir qo`g`irchoq, o`z maqsadlarini amalga oshirishda qulay bir vosita, xolos. Po`lus (volost) aslida Miryoqubning aqli, tadbirkorligi bilan boshqariladi. Hatto mingboshining mulki yer-suvlari Miryoqubning ixtiyori, jasoratlarida. Akbarali biror ishni Miryoqubsiz bajarolmaydi. Chunki unda tashkilotchilik, o`tkir zehn, ishbilarmonlik yo`q.
Akbaralining siyosiy-tashkiliy jihatdan nihoyatda ojizligi, rahbarlik-rahnamolikka yaroqsizligi Miryoqubning otasi 1-2 oyga Karimga dam olishga ketganligida aniq bo`lib qoladi. Miryoqubsiz o`z yo`lini darrov yo`qotgan mingboshi ketma-ket xatolarga yo`l qo`yadi. Qishloqda boylar haddan oshib, dehqonlarga zulmni haddan oshiradilar. Oqibatda isyon boshlanib, Akbaralining mansabdan haydalishi
aniq bo`lib qoladi. Voqealarning bu silsilasi Akbaralining zaharlanib o`lishi bilan nihoya topadi.
Bir sintagmatik qatordagi Miryoqub va Akbarali ko`p jihatdan bir- birovlariga o`xshamaydilar, hattoki zid to`radilar. Buni quyidagi chog`ishtirishda aniq ko`rish imkoniyati bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |