Tabiiyki, badiiy syujetga asoslangan har qanday nasriy matnda janr talablari va imkoniyatlaridan kelib chiqib ham holda ishtirokchi (obraz)lar miqdori chegaralangan bo`ladi. Hech bir obraz matn hududiga shunchaki, o`z-o`zicha kiritilmaydi. Ularning har biri matn maydoniga muhim badiiy-estetik vazifani bajarishi zarur.
"Kecha va kunduz" matni tarkibidagi badiiy obrazlar ham adabiy-estetik, ijtimoiy-falsafiy idealga ko`ra quyidagi vazifalarni bajaradilar:
mustamlakachilik davrida xalqning qoloqligi va jaholat, zulmning ustuvorligini ko`rsatish;
millat xotin-qizlarining ijtimoiy va shaxsiy hayotda huquqsizligini badiiy aks ettirish;
chor mustamlakachiligi istibdodining og`ir va fojiali oqibatlarini tasvirlash;
endigina shakllanib, rivojlanib borayotgan milliy uyg`onish va milliy taraqqiyotning sabab va omillarini oydinlashtirish.
Mazkur tasnifga asoslanib quyida mana shunday paradigmatik qatorni tizishga kirishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |