II BOB “KECHA VA KUNDUZ”ROMANI BADIIY MATNIDAGI STRUKTURAL BELGILAR
Paradigmatik munosabatlar
Har qanday badiiy matn murakkab adabiy-estetik tizim bo`lib hisoblanadi. Tizimning yuzaga kelishi uchun undagi eng kichik bo`laklar bir-birlari bilan muattasil aloqa -robitida bo`lishlari talab etiladi.
Strukturalizmning atoqli namoyandasi Rolan Bartning fikricha, matn cheksiz- chegarasizdir. Bunday cheksizlik nafaqat gorizontal (to`g`ri), shuningdek, vertikal (tik) nuqtai nazardan kuzatiladi.
Badiiy matnning cheksizligi o`z-o`zicha yuzaga kelmaydi. Matnning cheksizligi doimiy harakat tufayli hosil bo`ladi.
Badiiy matn qanday harakatlanadi. Badiiy asar tadqiqotchilari voqea (syujet) rivojini harakat deb tushuntiradilar. Ammo matn harakati boshqacha tarzda zohir etiladi.
Matn harakati undagi eng kichik birlik (leksiya)lar ichida joylashgan belgilarning boshqa bir belgilar bilan biror-bir munosabatga kirishi tufayli amalga oshadi. Belgilararo munosabatlar quyidagi guruhlarga bo`lingan:
paradigmatik munosabatlar;
sintigmatik munosabatlar;
binar oppozitsiya.
Biz ushbu faslda "Kecha va kunduz" romanidagi mazkur munosabatlarning yuzaga kelishi haqida fikr yuritamiz.
Paradigmatik munosabatlar muayyan bir yaqinlik, obrazli qilib aytganda, qarindoshlikka asoslangan. Badiiy matndagi bunday aloqa-bog`lanishlar natijasida ma`lum bir guruhlar paydo bo`ladi. Tahlil va talqin jarayonida mazkur guruhlarga kiritilgan belgilarni vertikal (tik) holda tartib bilan joylashtirib chiqamiz. Natijada paradigmatik qator hosil bo`ladi.
Roman badiiy matnidagi paradigmatik munosabatlar belgi asosida yuzaga kelar ekan, eng avvalo, belgi xususida ayrim bir mulohazalarni bayon etish lozim.
Semiologlarning fikriga ko`ra, belgi ikki qismdan tashkil topadi. Bu fikrni quyidagi chiziqda ko`rsatish mumkin:
bildiruvchi bilinuvchi
R.Bart "Bugungi mif" nomli tadqiqotida belgi ikki emas, uchta qismdan iborat degan qarashni ilgari surgan. Bunday holda tubandagi chizma yazaga keladi:
bildiruvchi bilinuvchi
belgi
Lingvistik o`rganiladigan belgi bilan badiiy matndagi belgi aynan bir narsa emas. Masalan, o`zbek tili zahirasidagi "gul" so`zini tilshunoslik jihatidan olib qaraylik:
gul
bildiruvchi bilinuvchi
(uchta nutq tovushi yig`indisi)
yopiq urug`li o`simliklarning urchish uchun xizmat qiladigan gul- band, kosabarglar, tolabarglar, changchilar va urug`chidan iborat
qismi;
atirgul va umuman ziynat uchun
ekiladigan yoki tabiiy, o`zi o`sadigan gulli o`simliklar, chechaklar...
Yuqorida berilgan chiziqda qayd etilgan bildiruvchi va bilinuvchi o`zaro qo`shilib, "gul" belgisini tashkil etadi.
Strukturalizm va semiotika jihatidan mazkur "gul" belgi hisoblanmaydi, balki belgining birinchi unsuri - bildiruvchi sanaladi.
Fikrimizni isbotlash uchun Z.M.Bobur lirik ijodiga mansub quyidagi mashhur baytni olib ko`raylik:
Sen, ey gul, qo`ymading sarkashligingni sarvdek hargiz Ayog`ingga tushib bargi xazondek buncha yolvordim.
Endi mazkur "gul" so`ziga belgi tarzida yondashib fikr yuritamiz.
gul
bildiruvchi bilinuvchi
yopiq urug`li o`simliklarning (gul kabi chiroyli,
urchish uchun xizmat qiladigan iforli go`zal qiz,
gulband, kosabarglar, tojbarglar, sohibjamol) changchilar va urug`chisidan
iborat qismi;
atirgul va umuman ziynat uchun ekiladigan yoki tabiiy, o`zi o`sadigan gulli o`simliklar, chechaklar...)
belgi
Endi esa yuqorida bayon etilgan zarur fikr-mulohazalar asosida "Kecha va kunudz" romani matnidagi belgilarni paradigmatika muammosi bo`yicha talqin etishga o`tishimiz mumkin.
Badiiy matn tarkibiga kiritilgan quyidagilar belgi sifatida namoyon bo`ladi:
badiiy obraz (qahramon, personaj);
muayyan bir tasvir (tabiat yoki joy manzarasi)
matn tarkibiga lingvistik birlik tarzida kirgan so`z, shuningdek, jumla, gap, abzas...
Rolan Bartning e`tiroficha, badiiy matn son- sanoqsiz belgilardan tashkil topgan yagona bir belgidir.
Yuqorida berilgan tasnif bo`yicha, eng avvalo, badiiy obrazlar paradigmatik qatorlarni aniqlashga kirishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |