Kirish
Respublikamiz mustaqillik tufayli jahonga yuz tutgach,ilm-fanni rivojlanishiga o’zgacha e’tibor bilan qarala boshlandi hamda bu maqsadni amalgam oshirish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratildi.
“Jamiyatda, uning taraqqiyotida ijtimoiy fanlarning o`rni beqiyos.Ular odamning aqliy kamolotga erishuvida katta ta’sir kuchiga ega”.1 Istiqlol yillarida barcha fan sohalarida bo`lgani kabi adabiyotshunoslik fani ham jadal suratlar bilan rivojlana boshladi.Ayniqsa,adabiyotshunoslikda struktural metodning kirib kelishi o`zbek adabiyotshunosligida ham yangicha tadqiq usullarining shakillanishida ahamiyat kasb etdi. Zero, Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov tabirlari bilan aytganda: «Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug`lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo`lsak,avvalambor buyuk yozuvchilarimiz, buyuk shoirlarimiz, buyuk ijodkorlarimizni muqaddas,pok ruhida tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug‘ adib Cho`lpon aytganidek, adabiyot yashasa - millat yashaydi»2.Darhaqiqat, adabiyot har bir insonning yurak-yuragiga kirib boradigan beqiyos tilsimki,uni faqatgina ruhiy tafakkur orqali his qilishimiz, rohatlanishimiz, quvonishimiz, achinishimiz, yig’lashimiz, nafratlanishimiz… mumkin.
Adabiyotshunoslikda badiiy asarni an’anaviy usulda bir necha tomonlama turli tadqiq ( empepik,distributive,qiyosiy,qiyosiy tipolagik…) usullaridan foydalangan holda tahlil etiladi.Biz o`rganayotgan adabiyotshunoslikda struktural metodning kirib kelishi an’anaviylikdan chekinib, badiiy asarni yangicha tahlil qilish imkonini berdi.
Strukturalizm –yangi fan bo’lib, u XX asrning o’rtalarida Fransiyada vujudga kelgan.Keyinchalik esa boshqa G’arb mamlakatlariga tarqala boshlagan. Boshqa mamlakatlar qatori strukturalizm atamasi Sharq adabiyotida (o`zbek
Каримов И. А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Озод ва обод ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. 8-том. – Тошкент, 2000. – Б.504
2 Islom Karimov. «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch». Т.. «Ma'naviyat». 2008. 139— 140-betlar.
adabiyotida) XXI asrning boshlarida Yevropa xalqlari adabiyoti ta`sirida kirib kela boshladi.
Strukturalizm atamasi asosan aniq fanlar (matematika, geometriya, fizika, kimyo...)ga nisbatan qo`llanilgan bo`lib, adabiyotshunoslikda struktur atamasining ishlatilishi aniq fanlarga xos unsurlarni ijtimoiy fanlarga yaqinlashtirishni ko`rsatadi.
Struktural metodlar yoki strukturalizm odatdagi filologik sohalardan quydagi xususiyatlari bilan farqlanadi.
An`anaviy adabiyotshunoslik badiiy asar bilan shug`ullansa, strukturalizm esa badiiy matnni tadqiq etadi;
Butunlay yangi usullar bilan ish ko’radi;
Siyqasi chiqqan an’anaviy tahlillardan qochish.Masalan,oddiygina matematikada ishlatiladigan daftar varaqlarini ko`z oldimizga keltiraylik,
Do'stlaringiz bilan baham: |