I-bob: Yusuf Xos Hojibning pedagogik qarashlari



Download 69,09 Kb.
bet4/13
Sana25.04.2020
Hajmi69,09 Kb.
#47182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Farruh 14u-18

Mavzuning predmeti. Yusuf Xos Hojibning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini yoshlar ongida singdirishdan iborat.

Mavzuning maqsadi va vazifalari. Ushbu kursh ishimizda Yusuf Xos Hojib ijodida ta’lim-tarbiya g’oyalarini tahlil qilishni, Yusuf Xos Hojibga xоs bo’lgan uslub, uning ijodida xulq-atvor, axloq-odob va uning badiiy-g’oyaviy ahamiyatini tadqiq etishni asоsiy maqsad qilib оlganmiz. Shu maqsadni amalga оshirish uchun esa quyidagi vazifalar amalga оshirish lоzim deb hisоblaymiz:

I-bob: Yusuf Xos Hojibning pedagogik qarashlari.

1.1-§ Yusuf Xos Hojibning ilmiy-ma’rifiy faoliyati

Yusuf Xos Hojib o’zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr sharq va g’arb madaniyatining rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Sharqning Umar Xayyom, Abu Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, ibn Rushd, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin Roziy, Attaftazoniy, Nosir Xisrav, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulug’bek, Bedil, Bahmanyor ibn Marzbon kabi mutafakkir va olimlari o’z asarlarida ilm sohasidagi ta’limoti va ilmiy g’oyalarini davom ettirdilar.

Yusuf Xos Hojib ilmiy merosini o’rganish ishlari yangi davrga kelib jadal tus oldi." Qutadg‘u bilig" ning lotincha tarjimasi to’liq holda 40 marta nashr etildi.Uning ayrim qismlari nemis, ingliz va fransuz tillariga tarjima qilindi, olimning falsafiy va boshqa sohalarga oid asarlari ham jahonning bir necha tillarida nashr etildi, uning ijodiga oid qator yirik tadqiqotlar yaratildi.

Yusuf Balasog‘uniy Yettisuv o‘lkasidagi Kuzo‘rda (Balasog‘un) shahrida 1021 yilda dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy Turkiston o‘lkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qo‘l ostida edi. Bu sulola VI–IX asrlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligining davomchilari bo‘lib, IX asr o‘rtalaridan davlatni boshqarib keldilar. X asr boshlarida Abdulkarim Sotuq Bug‘raxon (924–955) islom dinini qabul qildi va shu bilan turkiy elatlar ham uzil-kesil islom mintaqa madaniyatiga kelib qo‘shildilar. X asr oxiriga kelib, Somoniylar tanazzulga yuz tutgach, Qoraxoniylar Movarounnahrni tugal egalladilar. Balasog‘un ushbu ulkan mamlakatning shimolidagi poytaxti edi.

“Qutadg‘u bilig” asarini 1070 yilda yozib tugatgan Yusuf o‘zi haqida asar muqaddimasida shunday ma’lumot beradi: “Bu kitobni tartib beruvchi Balasog‘unda tug‘ilgan, sabr-qanoatli kishidir. Ammo bu kitobni Koshg‘arda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg‘achxon dargohiga keltiribdir. Malik uni yorlaqab, ulug‘lab, o‘z saroyida Xos Hojiblik lavozimini beribdi. Shuning uchun Yusuf Ulug‘ Xos Hojib deb mashhur nomi tarqalibdi”. Kitobda nomi tilga olingan xoqon Nasriddin Tavg‘ach ulug‘ Bug‘ro Qoraxon Abu Ali Hasan Xorunxon binni Arslonxon bo‘lib, 1070–1103 yillar davomida Qoraxoniylar davlatini boshqargan.

Asosiy qism mazmuni va mundarijasiga ko‘ra “Qutadg‘u bilig” dostoni mintaqa adabiyotining birinchi bosqichida yaratilgan turkiy tildagi islom ma’naviyatining badiiy-falsafiy, ijtimoiy-axloqiy qomusi deb baralla ta’riflasak arziydi. Uningdek ulug‘ yaxlit kitob Buxoriyning “Jome’ as-sahih”idan keyin arab va fors tillarida ham yaratilmagan edi. VIII–IX asrlarda Abdulhamid Kotib, Ibn Muqaffa (720–756), Adib Ahmad Yugnakiy, Johiz (775–868) kabi yirik adiblar tomonidan asos solingan adab ilmi, Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy-axloqiy falsafasi, “Shohnoma” va turk xoqonlarining yodnomalari, mintaqa xalqlarining boy man’aviy merosi bu asar mag‘ziga singdirilgan. Eng asosiysi, bu kitob islom mintaqa ma’naviyatining qomusi bo‘ldi. Firdavsiy “Shohnoma”si mintaqa xalqlarining o‘tmish tarixini badiiy aks ettirsa, Yusuf Xos Hojib asari uning yangi davrdagi holatini badiiy tafakkur qonuniyatlari asosida mujassam etdi. Muallif o‘z asarini “Shohnomayi turkiy” deb shuhrat topganini aytadi, bu qiyos shu ma’noda to‘g‘riki, o‘tmishda mintaqa eroniy hukmdorlar – Kayoniy va Sosoniylar hukmida bo‘lgan bo‘lsa, Yusuf davrida Sosoniylar mulki turkiy hukmdorlar qo‘liga o‘tgan edi.

Balasog‘undan Bag‘dodgacha turkiy sulolalar hukm surar edilar. Shu sababli endi sulolalar tarixi emas, davlat boshqarish odobi muhim edi. Asarning yana boshqa shuhrat topgan nomlari “Adab ulMuluk” (“Hukmdorlar odobi”) va “Oyinulmamlakat” (“Mamlakatni idora etish qoidalari”) xuddi shu jihatni aks ettirar edi.

Turkiy sulolalar butun islom mintaqasida hukmronlikni o‘z qo‘liga olayotgan bir paytda, ijtimoiy jihatdan “Shohnoma”dan ko‘ra “Qutadg‘u bilig”, ya’ni “hukmdorlar Adabnomasi” ko‘proq zarur va bu kitob aynan turkiy tilda yozilmog‘i kerak edi. Yusuf Xos Hojib ushbu ijtimoiy zaruratni vaqtida anglab yetdi, unga yuksak saviyada javob bera oldi. Uning asarini turkiy hukmdorlar qay darajada o‘qidi va o‘zlashtirdi, bu boshqa masala. Abu Ali Hasan Xorunxon uni yaxshi qabul qilgani, shoirni munosib taqdirlagani Kuntug‘di va Oyto‘ldi timsollari hayotiy haqiqatga ancha muvofiq kelganini ko‘rsatadi.

Yusuf Xos Hojib jamiyatni tubdan o‘zgartirishni emas, muvofiqlashtirish, uyg‘unlashtirish, takomil baxsh etishni maqsad qilib qo‘yadi. Chunki XI asr islom jamiyatining shakllanib, yuksalib kelayotgan davri bo‘lib, unda takomillashtirish takliflari o‘rinli edi.

“Qutadg‘u bilig”ning badiiyligi juda yuqori. Undagi har bir qirra, voqyealardagi hayotiylik va shoir xayoli o‘zaro nihoyatda uyg‘un. Shoirning tasvirlari yorqin, tili nihoyatda shirali, mazmunga boy. Islom mintaqa she’riyatining eng asosiy uslubi xususiyati – har bir baytning mustaqil tasviriy, timsoliy birlik darajasiga ko‘tarilish talabi Yusuf tomonidan to‘la his qilingan va amalga tatbiq etilgan. Uning juda ko‘p baytlari xikmatli so‘z (aforizm) darajasiga ko‘tarilgan. Har bir bayt tugal tasvir (yaxlit obraz) beradi. Asar tavhid yoki yagona Alloh hamdi bilan boshlanadi. 32 baytli bu bobda islomning bosh tushunchasi har taraflama tavsiflab berilgan.

Xullas, turkiy tilda yaratilgan bu buyuk asar mintaqa adabiyoti rivojining birinchi bosqichi uchun ma’lum ma’noda yakunlovchi asar bo‘ldi. Bu bosqichning o‘ziga xos ikki jihatini qayd etib o‘tmoq kerak.

Birinchidan, bu davrda ilm-fan va yozma badiiy adabiyot, asosan, turli hukmdorlar saroyi qoshida, ular homiyligida rivoj olib, gullab-yashnadi. Agar Abbosiy xalifalar saroyida arab tilidagi she’riyat, Somoniy va G‘aznaviylar huzurida fors tilidagi adabiyot panoh topgan bo‘lsa, Qoraxoniylar dargohida turkiy she’riyatning buyuk namunasi dunyoga keldi.

Ikkinchidan, bu adabiyotning o‘ziga xos tomoni ma’rifatchilik edi. Nafaqat adabiyot, balki bu davrning butun ma’naviyatida yetakchi ruhni aqlga tayanish, bilimga chorlash, ijtimoiy adolat, marg‘ub axloqni aql, zakovat kuchi bilan o‘rnatishga ishonch tashkil qilar edi. Bu adabiyot birinchi navbatda hukmdor tabaqaga, beklar, zodagonlarga mo‘ljallangan va o‘shalarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishni maqsad qilgan edi.


Download 69,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish