1-prezidentimiz I.A.Karimov bu ustuvor vazifa haqida “Kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko`rsatishining asosiy tamoyillari:
- Barcha turdagi ta`lim muassasalarida uzluksiz ta`lim, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish
- Ta`lim tizimini tuzilishi, maqsad va mazmun jihatidan isloh qilish. Demakki, zamonaviy ta`lim tizimini isloh qilish, zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo`lga qo`yish faoliyatimizning bosh yo`nalishi bo`lmog`i darkor” degan vazifani qo`ydilar. (Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. T., Sharq, 1998, 125-126 betlar) Bunda, albatta, yо‘nalishlarga mos uzluksiz fizika ta’limi mazmunini, Olamning yagona fizik manzarasini shakllantira oladigan g‘oyaga yо‘naltirish XX1 asr ta’limi asosini tashkil qilish vazifasi qо‘yildi. Bu borada tabiiy-ilmiy fanlar, birinchi navbatda fizika fani yuqori о‘rinni egallaydi. Uning ta’lim–tarbiyaviy ahamiyati globallashuv davrida aynan shuni taqozo etadi.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda uzluksiz ta’lim tizimining yangilangan (yaxlit) bir butun tizimini yaratishda tabiiy–ilmiy fanlar, xususan fizika ta’limini uzviy holda yaratish zaruriyati paydo bо‘ldi. Yuqoridagi ta’lim muassasalarida fizika ta’limi mazmunini uzviyligini va yaxlitligini ta’minlash maqsadga muvofiqligi ushbu ta’lim muassasalarida fizika ta’limini о‘qitilishi sharoitidan kelib chiqqan holda ayrim muammolarni hal etish lozimligini kо‘rsatadi. Ushbu majburiy ta’limni barcha bosqichlari uchun yangilangan fizika ta’limi qarashlarni, standarti va ular asosida tuzilgan fizika ta’limi dasturini ishlab chiqish vazifasi qо‘yildi.
Ushbu yangilangan fizika ta’limi mazmunining ahamiyati uning fan–texnika taraqqiyotida, ishlab–chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan о‘rni bilan belgilanadi. Majburiy ta’lim muassasalarining fizika ta’limi uzviylashtirishi umumiy maqsadlarga xizmat qilishi ya’ni, о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, о‘z–о‘zini anglash salohiyatini shakllantirish va о‘stirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalash hamda ijtimoiy hayotlari uchun zarur bо‘lgan bilimlarni о‘rgatish hamda malaka va kо‘nikmalarni shakllantirishi lozim. О‘tgan davr ichida respublikamizda bir qator jahon andozalariga mos korxonalarning ishga tushirilishi, masalan, Asakadagi avtomobil, Buxora neftni qayta ishlash, Qо‘ng‘irot soda zavodlarini hamda Shо‘rtan kimyo majmuasini va 800 mvt quvvatga ega bо‘lgan Tallimarjon IES kabi kо‘plab korxonalarni ishga tushirilishi hamda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnalogiyalarni shiddat bilan kirib kelishi fizika fanini yuqori saviyada о‘qitish zarurligi, hozirgi davr talablarining eng muhim vazifalaridan biri ekanligi yaqqol namoyon bо‘lib qoldi.
O’zbekiston Respublikasining 1- prezidenti I.A. Karimov o’zining “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uning bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli asarida “.. biz hozirdanoq taraqqiyotimizning inqirozdan keyingi davri haqida chuqur o’ylashimiz, bu borada uzoq muddatga mo’ljallangan dastur ishlab chiqish haqida bosh qotirishimiz kerak. Bu dastur iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarini egallashi uchun kuchli turtki kerakligi va jahon bozoriga raqobatbardoshligini tahminlaydigan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha maqsadli loyihalarni uzviy mujassam etishi darkor” deyilgan.
“Dasturga kiritilishi mo’ljallanayotgan bu loyihalar avvalambor yoqilg’i energetika, kimyo, neft – gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, yengil va to’qimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarga tegishlidir”.
“Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatbardoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha dastur ishlab chiqilmoqda”.
Dasturni amalga oshirilishi uchun energiyaning noanhanaviy manbalarini energetikaviy muvozanatga qo’shish texnologiyalari, energiyani tejashga qaratilgan ishlamalar albatta hisobga olinishi lozim. Energiyaning noan’anaviy manbalari hisoblangan quyosh elementlarini respublikamizda rivojlantirish maqsadga muvofiq.
Ilk ilmiy kuzatishlardan boshlab yorug’likni nurlar ko’rinishida tarqaluvchi ayrim narsa deb qabul qilishgan. Aniqlik faqat XIX asrning boshida kiritilgan: yorug’lik to’lqinli xusuiyatlarga ega ekanligi oshkor etilgan.
Yorug’lik nurlari va yorug’lik to’lqinlari haqidagi tasavvurlar tarixiy juda muhim bo’lib kelgan, ammo boshida ular bir birini istisno qilishi tuyulgan. Ko’p asrlar davomida optik hodisalarni tushuntirish uchun yorug’lik to’g’ri chiziqli nurlar ko’rinishida tarqalishini bilish yetarli bo’lgan. Keyinchalik yorug’lik nurlari haqidagi tasavvurlar yorug’lik tarqalishini real manzarasining soddalashtirilgan holati ekanligini tushunibgina, yangi oshkor etilgan hodisalarni yorug’lik to’lkin ko’rinishida tarqalishini qabul qilib tushuntirishga imkoniyat paydo bo’lgan.
XIX asr fiziklariga yorug’lik o’zi bilan to’lqin kabi tarqaluvchi energiyani namoyon qilishi shubhasiz ekanligi tuyulgan bo’lsa ham va tasavvur ko’pchilik yorug’lik bilan bog’liq hodisalarga ta’rif berishiga imkoniyat bersa ham, endi bizga ma’lum: XIX asrda ishlab chiqilgan yorug’likning to’lqinli nazariyasi to’la emas. Yorug’likni juda ko’p nozik xususiyatlari qo’shimcha aniqlashtirishni talab qiladi. Uning mazmuni nurlanishni korpuskulyar mexanizmini hisobga olish lozimligida turadi. Bu yorug’lik korpuskulyar nurlanishi haqidagi tasavvur XVII asrda I. Nyuton tomonidan taklif qilingan qarashlarga yaqin, lekin XIX asrda Nyuton fikrlari xato deb topilgan.
Optika rivojlanishida to’rt yirik tarixiy bosqichni belgilab o’tish mumkin. Birinchi qadam greklar tomonidan qo’yilgan. Ular qaytarilgan yorug’likning xususiyatlarini o’rnatgan. Optikaning bu bo’limini katoptrika deb ham yuritishadi (bunday nomlash asosida ko’zgularni grekcha nomlash turadi). Xuddi o’sha paytlarda linzalar xususiyatlari to’g’risida ham ayrim ma’lumotlar o’rnatilgan, lekin faqat XVII asr boshlarida optikaning bu bo’limi jiddiy rivojlanish topgan. Ikkinchi qadam sinish qonunlari tushunilganidan so’ng qo’yilgan. Sinish yorug’likni bir muhitdan ikkinchisiga o’tishida uning yo’nalishi o’zgarishida turadi, masalan xavodan shisha yoki suvga o’tishida (va teskarisi). Optikaning bu bo’limi ko’p vaqt ichida dioptrika deb yuritilgan. Dioptrika ko’p optik asboblarni qurishga asos soladi, uning rivojlanishi XIII asrda ko’zoynak kashf etilganidan so’ng ancha oldinga surilgan. Optikani rivojlanishidagi uchinchi yirik bosqichga XIX asrning boshida yorug’likning to’lqinli tabiati o’rnatilishi asos solgan. Bu qarashlarga binoan yorug’lik nurlar ko’rinishida tarqalmay, balki to’lqin sifatida o’zini namoyonlaydi. Bu xoslikni tushunish muhim ilmiy natiajalarni erishishga olib keldi. Va nihoyat, XX asrning boshida yorug’likning mashhur kvant nazariyasi paydo bo’ldi. Nazariya yorug’lik va aynan zarralari orasidagi o’zaro ta’sir bilan bog’liq juda ko’p va tushunishga qiyin hodisalarning tabiatini o’rnatishga zarur bo’ldi. Yorug’likning kvantaviy nazariyasini yorug’likni to’lqinli nazariyasining atomiy modifikatsiyasi sifatida korish mumkin bo’ldi.