2.2. XII-XV asrlarda kartografiyaning rivojlanishi
Odatda butun geografik kashfiyotlar davri Kolumb va Magellanlaming
nomi bilan bog‘liqdir. O‘sha davr kartografiyasini rivojlanishida Magellan
ekspeditsiyasi materiallarining xizmatlari katta bo‘lgan. Yangi yerlami ochilishi
bilan, savdo sotiqni rivojlanishi natijasida Atlantika okeani qirg‘oqlarini bosib
olish va uni o‘z mulkiga aylantirish uchun kartografik ishlar olib borilgan. O‘sha
vaqtda Antverpen shahri dunyo savdo markazi bo‘lish bilan kartografik ishlar
rivoj langan makon bo‘lib hisoblangan. Shu davrda o‘rta asrlarda foydalanilgan
kompas xaritalarini o‘mida bir muncha aniqroq bo‘lgan dengiz xaritalari paydo
bo‘lib, Yerni sharsimonligi hisobga oluvchi proyeksiyalarda tuzilgan dengiz
xaritalaridan foydalanilgan. O‘sha davrda yashagan Martin Bexaym 1492-yilda
globus tuzib undan foydalangan. O‘rta asr kanografiyasini rivojlanishida va
xaritalarni yangi proyeksiya asosida yaratishda Antverpenlik Avraam Orteliyni
(1527-1598) va Gyerard Merkatorlami (1512-1594) xizraatlari katta bo‘lib 15
varaqdan iborat, gips plastinkadan yasalgan slindrik proyeksiyada chizilgan
dunyo xaritasini ahamiyati kattadir. Uning atlasi bir qancha marotaba nashr qilinib
451 dona xaritadan iboratdir. XVI asr oxirlarida shu atlas asosida maxsus xarita
va atlaslar tuzilib foydalanildi.
Amerika qit’asini ochilishi bilan, dunyo bozorini kengayishi munosabati
bilan xaritalarga bo‘lgan talab oshib borardi natijada ular takomillashdi.
XV asrning birinchi yarmi O‘rta Osiyo va Xuroson tarixida uyg‘onish
davri, iqtisodiyot va madaniyat, savdo-sotiq, fan va qurilish yuksalgan davr bo‘lib
hisoblanadi. Shu davr geograf-sayyohlaridan biri Hofizu Abrudir, uning asli ismi
Shahobiddin Abdulloh ibn Lutfilloh al-Xavofiy (13621431). U temuriylar saroyi
tarixchisi bo‘lib, o‘z asarlariga ba’zan ilova tariqasida ayrim hududlarning kartasi
39
yoki shaharlar suratini ham chizib ko‘rsatgan (o‘sha davrda karta, plan va
sxemalarni suratlar deb yuritilgan). Bu suratlar ichida eng muhimi «Dunyo
kartasi»dir. Bu kartaning o‘lchami 3445 sm bo‘lib, unda graduslar to‘ri chizilgan.
O‘rta asrda sharqda tuzilgan kartalarning faqat uchtasida, ya‘ni Najib Bakron
kartasida (1209 -yil), Xandalloh, Kazviniy kartasida (1340-yil) va Hofizu Abru
kartasida (1420-yil) graduslar to‘ri bo‘lgan. Hofizu Abru kartasida graduslar
to‘rlari doiraning ichidan ham chekkasidan ham, har 5° dan meridian va
parallellar o‘tkazilgan. Kartada Yer shari yetti iqlimga bo‘linib, ularning
chegaralari kengliklar bilan 0° dan 70° gacha ko‘rsatilgan, shimolroq hududlar
esa har 78° orasida tasvirlangan. Bu kartaning bir nusxasi Britaniya muzeyida,
bitta nusxasi esa Toshkentda saqlanmoqda. Bu dunyo kartasiga prof. H. Hasanov
«Hofizu Abruning shoh asari» deb juda katta baho berib, sharq kartografiyasida
faxrlansa arzigulik asar ekanligini ta’kidlaydi. Shunday qilib, Beruniy, Najib
Bakron va Hofizu Abru kartalari sharq kartografiyasini dunyoga tanitgan
asarlardir (11-rasm). Kartaning matematik asosi bo‘lgan geografik koordinatalari,
40
yani kenglik va uzoqliklar juda ko‘p vaqt davomida o‘sha davr olimlari orasida
0° li meridian qayerdan o‘lchanadi, degan savolga bir xil aniq javob bermagan.
Shu nuqtayi nazardan Ulug‘bekning «Ziji Kuragoniy» jadvali ham shu masalaga
aniqlik kiritmagan. Masalan buyuk astronom Gipparx (miloddan avvalgi II asrda
yashagan) Rados oroli bilan Iskandariya shahridan o‘tgan uzunlikni boshlang‘ich
meridian qilib olgan. Undan so‘ng Marin Yirskiy va Ptolomey «Остарова
блаженных» (Saodat orollari)ni boshlang‘ich meridian qilib belgilagan. Bu orol
Yevropada to XIX asrgacha kartografiyada qo‘llanilib, Ferro meridiani deb
yuritilgan. U hozirgi Grinvich meridianidan 17° 40′ g‘arbdagi Kanar orollarining
eng chekkasidagi oroldir.
Buyuk ajdodimiz Beruniy ham hisobni shu meridiandan boshlagan.
Ulug‘bek jadvalida esa koordinatalar Xolidot orollaridan hisoblangan va hozirgi
Grinvichdan 23° farq qiladi. «Sharq adabiyotida Xolidot va Saodat orollarining
chalkashtirib yuborilishi ham mumkin degan fikrlar yo‘q emas», deb yozadi H.
Hasanov. Hatto XIX asrda ham boshlang‘ich meridian aniq emas edi, ispanlar
boshlang‘ich meridianni Ferro orolidan, inglizlar Grinvichdan, fransuzlar
Parijdan, Rossiyada Pulkovodan o‘lchaganlar. O‘rta asrlarda ham ahvol shunday
bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ulug‘bek davridagi ilm-fanning rivojlanishi to‘g‘risida
gap borganda, uning shogirdi Ali Qushchi Samarqandiy yasagan Dunyo kartasini
va Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasida turgan Yer shari globusini aytib o‘tish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |