I BOB XII-XV ASRLARDA SHARQ MAMLAKATLARIDA
GEOGRAFIYA
1.1.XII-XV asrlarda sharq mamlakatlarida geografiya rivoji
Buyuk mutafakkir va tafsirchi olim deya tan olingan Abdulqosim Mahmud
ibn Umar az-Zamaxshariy 1075 yilning 19 martida Xorazmning Zamaxshar
qishlog‘ida tug‘ilgan.Az-Zamaxshariyning yozishicha, yoshligida otdan yiqilib,
bir oyog‘i mayib bo‘lgach, otasi uning tikuvchilik kasbini egallashini istagan
ekan. Dastlab otasi qo‘lida savod chiqargan va juda chiroyli husnixatga ega
bo‘lgan Az-Zamaxshariy shaharga, ya’ni Ko‘hna Urganch (Jurjon) madrasasida
ta’lim olishga qaror qildi. Keyinchalik Buxoro va Xuroson ilm dargohlarida bilim
darajasini yanada oshirgan.
Az-Zamaxshariy hayoti davomida tinmay sayohat qilgan. Sayyoh-olim
Sharq, xususan, musulmon mamlakatlarini 1100-1122 va 1127-1139 yillarda ikki
marta kezib chiqqan. Olim Xuroson, Eron, Arabiston, Iroq, Yaman, Shom
(Suriya)ning Marv, Nishopur, Isfaxon, Bag‘dod, Hijoz, Damashq va Makka
shaharlarida bo‘lib, asarlari uchun boy manba to‘plagan.
1109 yilda Az-Zamaxshariy Bag‘dodga yo‘l oldi. U yerda turli
adabiyotlarni o‘rgangan va mudarrislik qilgan. Bag‘dodda yashagan vaqtida
islom olamining taniqli olimlari bilan hamsuhbat bo‘ldi. Bu uning keyingi ijodiga
o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Bag‘dodda bir fursat yashagach, olim Makkaga yo‘l oldi
va Shom (Suriya), Arabistonning qator shaharlarida va Yamanda bo‘lgan.
Manbalarda yozilishicha, olim o‘zining ko‘plab asarlarini Makkada yozgan va
xuddi shu yerda buyuk olim deb tan olingan.
Jumladan, dunyo fani rivojiga qo‘shgan hissasiga ehtirom sifatida Az-
Zamaxshariy “Jorulloh”, ya’ni “Allohning qo‘shnisi”, “Ustaz ud-dunya” —
“Butun olam ustozi”, “Faxru Xvarezm” — “Xorazm faxri” degan faxrli nomlarga
sazovor bo‘lgan.
1139 yilda olim vatani Xorazmga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda
yashagan. Az-Zamaxshariy Ko‘hna Urganchda dafn etilgan bo‘lib, XIV asrda
6
yashab o‘tgan taniqli arab sayyohi Ibn Batuta o‘zining esdaliklarida Az-
Zamaxshariyning gumbaz tomli maqbarasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani haqida
yozgan.
Az-Zamaxshariy sermahsul olim bo‘lib, fanning turli sohalariga oid ellikka
yaqin asar yozgan. Shulardan yigirma beshtasi bizgacha saqlanib qolgan.
Tilshunoslikka oid “Asos al-balog‘a” (“So‘zga ustalik asoslari”, “Chechanlik
poydevori”), islom olamida uning 1134 yilda Qur’oni karimga yozgan sharhlarini
(tafsir) o‘z ichiga olgan “Al-Kashshof” asarlari juda mashhur. “Al-kashshof” asari
Qur’on tafsiriga oid asarlar o‘rtasida eng mukammal ekanligi sharqshunos va
arabshunos olimlar tomonidan tan olingan. Shu bois mazkur asardan dunyoning
turli mamlakatlari dorilfununlarida darslik sifatida haligacha qo‘llanib
kelinmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, Az-Zamaxshariy tilshunoslik, adabiyot,
geografiya, tarix va boshqa qator fanlarni chuqur o‘zlashtirgan qomusiy olim
bo‘lgan. Fanning mazkur yo‘nalishlarida maktab yaratgan olimning 200 dan ortiq
shogirdi bo‘lgan. Asarlarini bevosita o‘rganib, ilmu fanning sirlarini egallagan
100 dan ortiq olimlar o‘zlarini g‘oyibdan Az-Zamaxshariyning shogirdi deb
hisoblashgan.
Til va adabiyot, tafsirga oid asarlar bilan bir qatorda Az-Zamaxshariy
“Asmou al-adviya val jibol” (“Vodiy va tog‘ ismlari”) deb atalgan mashhur
geografik asar ham yozgan. Kitobning ikkinchi nomi “Kitob al-amkina va al-jibol
va al-miyah” (“Joylar, tog‘lar va suvlar haqidagi kitob”) bo‘lib, olim uni o‘zi
bevosita tashrif buyurgan shaharlarda olib borgan kuzatishlariga asoslanib
yozgan. Asar arab tilida yozilgan bo‘lib, ilk bor 1855 yilda Niderlandiyaning
Leyden shahrida nashr etilgan.
Az-Zamaxshariyning mazkur kitobi Arabiston yarim orolidagi shaharlar,
qishloqlar, maqbaralar, machitlar, ziyoratgohlar, tog‘lar, vodiylar, suv havzalari
nomlarining izohi berilgan muhim toponimik qomus desak, xato bo‘lmaydi.
Asarning e’tiborli tomoni shundaki, muallif geografik nomlarni alifbo tartibida
bergan, ularning ma’nosi, joylarga nega shunday nomlar qo‘yilganligi va shunga
7
bog‘liq qator qiziqarli hikoyalarni keltiradi. Kitobda Falastin, Suriya, Iroq va Misr
kabi mamlakatlarning nomi tilga olinib, ulardagi shaharlarga oid ma’lumotlar
kiritilgan. Unda O‘rta Osiyodagi ba’zi joy nomlari uchrasa-da, lekin ularning
izohi yo‘q. Shuning uchun mutaxassislar Az-Zamaxshariyning ushbu geografik
asari tugallanmagan yoki oxirigacha tahrir qilinmagan deb hisoblaydilar.
Hozirgacha saqlanib qolgan asarlarining umumiy soni va ularning
ahamiyatiga tayangan holda Az-Zamaxshariyni nafaqat islomshunos olim, balki
Sharq geografiyasining rivojiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan geograf va
sayyoh-olim deb aytish mumkin.
Yer sharining birinchi ming yillik boshlaridagi holati, undagi asosiy geo-
grafik ob’ektlar tasvirlangan xaritalarni bir qator olimlar tuzishga muvaffaq
bo`lgan. Ammo ular orasida o`zi sayohat qilib, ko`rgan-kechirganlarini matnga
va xaritaga tushirgan sayyoh-olimlar esa sanoqli. Ana shunday olimlardan biri
1100-1165 yillarda yashab ijod qilgan arab geografi Al-Idrisiydir.
Al-Idrisiy (to`liq nomi - Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh ibn Idris
al-Hammudiy al-Hasaniy) Marokashning Seut shahrida tavallud topgan.
Kordovada (Ispaniya) turli fanlardan, ayniqsa, Yer haqidagi tabiiy fanlardan
chuqur bilim olgan. Sayohat qilishga ishtiyoki kuchli bo`lib, 16 yoshidayoq
Kichik Osiyoga safar qilgan.
Mutaxassislarning fikricha, Al-Idrisiy Yevropa bo`ylab sayohat qilib, bu
qit`adagi ba’zi mamlakatlarning XI-XII asrlardagi hayoti to`g`risida qimmatli
ma’lumotlar qoldirgan dastlabki arab olimlaridan sanaladi. Marokashning Janubi-
Yearbiy Yevropaga geografik jihatdan yaqinligi bois sayyoh 1120-yillar
davomida Portugaliya, Fransiya, Angliya, Shotlandiya, Irlandiya va G`arbiy
Germaniyaga bir necha bor sayohat qilgan. Shuningdek, sayyoh Polsha,
Bolgariya, Vizantiya, Bolqon yarimoroli, Shimoliy Afrika va Sharqiy
Yevropadagi boshqa ba’zi davlatlar haqida boy geografik ma’lumotlar to`pladi.
1138-yilda turli mamlakatlarga sayohat qiluvchi olimlarni qo`llab-
quvvatlovchi va ularning safar taassurotlarini umumlashtirib, kitob tarzida chop
ettirishga yaqindan ko`mak beruvchi Sitsiliya qiroli Rojer II ning taklifiga binoan
8
Al-Idrisiy Palermo shahridagi qirol saroyiga keldi. Rojer II nafaqat turli
mamlakatlarda bo`lgan sayyohlar bilan suhbat qurishni xush ko`rar, balki
atrofdagi qator davlatlarga o`z sayyohlarini yuborib, ularga yaqin hududlardagi
hayot va ayniqsa, xo`jalik hamda harbiy salohiyat to`g`risida ma’lumotlar
to`plashni topshirar edi.
Al-Idrisiyning yozishicha, Sitsiliya qiroli bir guruh olimlarga Yerning
mukammal tasviri tushirilgan xaritasini kumushdan yasash va shu asosda qog`oz
xaritalar chop etishga farmon bergan. Rojer II shuningdek, Al-Idrisiyga grek va
arab geograflarining Yer haqidagi tasavvurlarini umumlashtiruvchi ilmiy asar
yaratishni buyuradi. Shu tariqa Al-Idrisiy «Nuzxat al-mushtaq fixtiraq al-afaq»
yoki boshqacha qilib aytganda «Kitab ar-Rujariy», ya’ni «Rojer kitobi», deb
nomlangan mashhur asarini 1154-yilning boshida yozib tugatdi. Al-Idrisiy
boshchiligida yaratilgan Yerning tasviri tushirilgan xarita mazkur kitobga ilova
qilinadi.
«Rojer kitobi» Al-Idrisiyning shaxsiy sayohatlari natijalari, ko`plab
savdogarlar, sayyohlar va ma’lumot to`plash uchun Sitsiliya qiroli tomonidan turli
mamlakatlarga yuborilgan kishilarning taassurotlarini o`z ichiga olgan. Kitobning
kirish qismida Al-Idrisiy foydalangan asosiy manbalar sifatida Ptolomey, Oroziy,
Al-Yakubiy, Al-Maksudiy va Al-Jayxoniy kabi qator mualliflar nomini eslatib
o`tadi. Asarda G`arbiy Afrikadan to Xitoygacha bo`lgan hududlar to`g`risida keng
ma`lumotlar keltirilgan. Ayniqsa, sayyohning Shimoliy va Markaziy Afrika,
Pireney yarimoroli, Sitsiliya, Italiya, Fransiya, Shotlandiya, Irlandiya, Ger-
maniya, Polsha, Bolgariya va Kichik Osiyo to`g`risidagi ma’lumotlari juda
qimmatlidir. Al-Idrisiy ushbu hududlarning bir-biridan uzoqligi, gidrografiyasi,
savdo va madaniy markazlari, u yerda yashayotgan aholining urf-odatlari,
taomlari, kiyinishi va asosiy mashg`ulotlari haqida qiziqarli xotiralarni yozib
qoldirgan.
Al-Idrisiy o`zining mashhur asarida Yer sharini yettita iqlimga (zonaga)
bo`ladi va ulardan har biri g`arbdan Sharqqa qarab yana 10 ta zonaga ega. Shunisi
qiziqarliki, «Rojer kitobi»ga kirgan 70 ta bo`limdagi matnga 70 ta xarita ilova
9
qilingan. Nemis geografi K.Millerning hisoblab chiqishicha, Al-Idrisiyning
asaridagi matnda 6000 dan ziyod, ilova qilingan xaritalarda esa 2500 dan ortiq
geografik ob’ektlar nomi zikr etilgan.
Mutaxassislarning fikricha, xaritalarda kenglik va uzoqlik tushunchalari
unchalik hisobga olinmagan. Shu bois, arab kartografiyasining xaritalarda
geografik koordinatalar bo`lmagan so`nggi uchinchi bosqichi Al-Idrisiy nomi
bilan bog`liq, deb aytish mumkin. Al-Idrisiyning bizgacha yetib kelgan asarining
eng qadimgi qo`lyozmasi, shuningdek, Yer xaritasining nusxasi 1300 yilda
ko`chirilgan bo`lib, Parij kutubxonasida saqlanmoqda.
Yaratgan asarining o`sha davrda katta ilmiy qimmatga ega bo`lganiga
qaramasdan, arab geografining ishlari XII—XIII asrlarda lotin tilida ijod qilgan
yevropalik mualliflar uchun noma’lumligicha qolgan. XVI asrga kelib «Rojer
kitobi»ning Yevropa mamlakatlarida chop etilishi tufayligina Al-Idrisiy eng
taniqli arab geograflaridan biriga aylangan. Uning mashhur asari 1592-yil Rimda
arab tilida chop etilgan va xuddi shu nashr 1619-yilda lotin tiliga tarjima qilingan.
1836-1840-yillarda esa «Rojer kitobi» fransuz tilida nashrdan chiqdi. Olim
asarining to`la nashri faqatgina XX asrda kitobxonlar va ilmiy jamoatchilik
hukmiga havola etilgan.
Marokashliklar ilk o`rta asrlar geografiyasining rivojiga katta hissa
qo`shgan Al-Idrisiydek yurtdoshlari borligi bilan faxrlanishadi. Shuning uchun
ham Marokashdagi Al-Xusaym shahridagi aeroport mashhur sayyoh va geograf
nomi bilan atalgan.
O`rta
asrlarda
Sharq
mamlakatlarida
yaratilgan
ilmiy-geografik
adabiyotlar o`rtasida safar janrida, ya’ni sayyohlarning o`z ko`zlari bilan ko`rib,
olgan taassurotlari asosida turli mamlakatlarni tasvirlagan asarlar muhim o`rin
tutadi. Ushbu janrda mahorat bilan bitilgan dastlabki asarlardan biri «Ibn
Fadlonning Volgaga sayohati» 922-yilda Bag`dodda chop etilgan. Ammo
mutaxassislarning fikricha, buyuk arab sayyohi Ibn Battutaning dunyoning turli
mamlakatlariga qilgan sayohatlari natijalarini o`z ichiga olgan «Mushohada
qiluvchilarga qiziqarli shaharlar va turli yurtlarning mo`jizalari haqida sovg`a»
10
yoki inglizcha nashrida «Ibn Battutaning sayohati» asari mazkur janrda yaratilgan
geografik asarlarning eng mashhuri sanaladi.
Ibn Battuta (to`liq nomi - Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh al-
Lavatiy at-Tanjiy) 1304-yilning 24-fevralida Marokashning Tanja (hozirgi
ko`pchilik manbalarda Tanjer) shahrida faqih (islom huquqshunosi), shayx
Abdulloh al-Lavatiy oilasida tavallud topgan. Ibn Battutaning avlodlari
barbarlarning lavat qabilasidan bo`lgani bois, ularning ismi sharifiga al-Lavatiy
nisbasi qo`shib ishlatiladi.
Ibn Battutaning bolalik yillari haqida juda kam ma’lumotlar saqlanib
qolgan. Ammo o`ziga birmuncha to`q oiladan bo`lgan Ibn Battuta yoshligida
madrasada turli fanlardan chuqur bilim olgan. Otasi uning o`ziga merosxo`r
bo`lishi, ya’ni faqixlik lavozimini egallashi tarafdori edi. Ammo dunyo
mamlakatlarini kezish, ular haqida turli ma’lumotlarni to`plash bo`lajak sayyoh-
olimning butun fikru xayolini band etgandi.
Ibn Battuta 21 yoshga to`lgach, ya’ni 1325-yilda Makkaga haj safari qilish
niyatida yo`lga chiqqan. Haj safari davomida dunyodagi eng yirik cho`l - Sahroi
Kabirni piyoda kesib o`tish vaqtida boshidan kechirgan mashaqqatlarga qaramay,
Ibn Battuta o`z sayohatini davom ettirishga qaror qildi.
Ushbu sayohati davomida Ibn Battuta Misr hududini kesib o`tib, kemada
Jiddaga borishni rejalashtirgandi. Ammo o`sha paytlardagi arab qabilalari
o`rtasidagi nizolar sayyohni Qohiraga qaytishga majbur qilgan. Shundan so`ng
Ibn Battuta Yaqin va O`rta Sharqning o`sha vaqtlardagi eng gullab-yashnagan
shaharlari Quddus, Damashq, Makka, Basra, Bag`dod va Tabrizda bo`ldi. So`ng
Makkaga qaytib kelib, otasining orzusini amalga oshirgan va bir necha yil faqih
lavozimida ish olib borgan.
Bundan tashqari, sayohati davomida olgan bilimlari tufayli sayyoh,
madrasada dars berish huquqiga ega bo`lib, Makkadagi ilm dargohlarida mashhur
yurtdoshimiz Imom al-Buxoriyning «Al-Jomiy as-Sahih» deb nomlangan
mashhur hadislar to`plami bo`yicha ma’ruzalar o`qigan. Ammo olimning o`z
sayohatlarini yana davom ettirish rejasidan sira-sira voz kechgisi kelmasdi.
11
Xullas, 1330-yilda Makkadan yo`lga chiqqan sayyoh Qizil dengizni kesib
o`tib, Yamanning Adan portiga keldi. O`sha vaqtlarda Yamanda faqat ikkita
shahar - Sano (Yamanning hozirgi poytaxti) va Zabid (hozirda Yamandagi kichik
port shahar) birmuncha ko`zga ko`ringan savdo markazlari edi. Adandan
kichikrok kema yollagan Ibn Battuta dastlab Somalida, so`ng o`sha paytda Afrika
sharqidagi eng boy shaharlar sanalgan Mombas va Kilvada bo`lgan. Sayyohning
yozishicha, ushbu shaharlarda uning e’tiborini tortgan narsa - yerli aholining qora
tanli ekanligi edi. Afrika sharqi bo`ylab sayohatdan qaytish uchun sayyoh
Arabiston yarimorolining janubi bo`ylab suzib, Fors ko`rfaziga kelgan. So`ng
Arabiston yarimorolini piyoda kesib o`tib, Makkaga qaytib keldi.
Sayyohning Rumga (arablar Kichik Osiyoni shunday atashgan) safari
1332-yilning kishida Alaya portidan boshlanib, so`ng hozirgi Turkiyaning
Antaliya, Ladik, Kunya, Kayseri va Sivas shaharlari bo`ylab davom etgan. 1333-
yilning oxirida sayyoh Qora dengizning Sinop portida bo`ldi.
Sharq mamlakatlariga sayohat qilish ishtiyoqida bo`lgan tinib-tinchimas
Ibn Battuta yunonlar kemasida Qrimning Kafe (hozirgi Ukrainaning Feodosiya)
shahriga, so`ng Azov dengiziga va u orqali nihoyat, Shimoliy Kavkazga yetib
kelgan.
Kavkazning Pyatigorsk shahrida Ibn Battuta 1334-yilning mayida Oltin
O`rda xoni O`zbekxon tomonidan katta hurmat bilan qabul qilingan. Tarixchilar
o`rtasida Ibn Battutaning Volga Bulgoriyasiga qilgan safari borasida birmuncha
munozarali fikrlar mavjud. Ba’zi olimlar (I.Xrbek, S. Yanichek) Ibn Battuta Vol-
ga Bulgoriyasida bo`lmagan, chunki XIV asr sharoitida atigi 20 kun ichida ushbu
hududga sayohat qilishga jismonan ulgurmagan bo`lar edi, deb hisoblashadi.
Mazkur olimlarning fikricha, Ibn Battuta Volga Bulgoriyasiga safari haqidagi
ma’lumotlarni uning o`zi yoki asarlarini ko`chirgan kotibi Ibn Juzay tomonidan
Abul Jubayr va Abul Fid kabi boshqa arab sayyohlari asarlaridan olingan bo`lishi
mumkin.
Nima bo`lganda ham, sayyoh Oltin O`rda xoni xizmatkorlari bilan birga
Xoji-Tarxonga (hozirgi Rossiyaning Astraxan shahri) sayohat qilib, u yerdan
12
O`zbekxonning rafiqasi, Vizantiya imperatori Andronik III ning qizi Boyalun-
xotinni o`z otasi huzuriga kuzatib borish sharafiga muyassar bo`lgan. Vizantiya
poytaxtida bir oycha bo`lib, 1334-yilning noyabr oyi o`rtalarida sayyoh yana
Volgaga, Oltin O`rda xonligi poytaxti Saroy-Berkaga qaytib kelgan.
1334-yilning oxirida sayyoh Oltin O`rdani tark etib, xorazmlik savdogarlar
karvoni bilan birga O`rta Osiyo tomon yo`l oldi. Ibn Battutaning yozishicha, u
qo`shilgan savdo karvoni Oltin O`rdadan Xorazmgacha o`ttiz kun yo`l yo`rgan.
Karvon kuniga ikki marta – Quyosh tig`i qizdirganda va qorongi tushganda
to`xtagan. Karvonning dam olish uchun to`xtash vaqti esa dukkaklilardan (nuxat,
mosh, loviya) sho`rva tayyorlashga qancha vaqt talab etilsa, shuncha edi. Ibn Bat-
tuta savdogarlar karvonida doim quritilgan go`sht bo`lishi va uni sho`rvaga solib,
qatiq qo`shib ichilgani haqida yozgan. Ko`zlangan manzilga tezroq yetib borish
maqsadida har bir sayyoh ovqatlanish va hatto, uxlayotgan vaqtida ham
aravalarda harakatlanishda davom etgan. Ibn Battutaning 1334-1349-yillarda 15
yil davom etgan eng uzoq sayohatining asosiy qismi shu tariqa boshlangan.
O`rta Osiyoda Ibn Battuta yirik savdo markazlari hisoblangan O`rganch,
Buxoro, Naxshab (Qarshi) va Samarqand shaharlariga sayohat qilib, ularning
O`rta asrlardagi hayoti to`g`risida qimmatli ma’lumotlar to`plashga muvaffaq
bo`ldi. O`rganchda sayyoh Oltin O`rda xonligining qudratli no`yoni Qutlug`
Temur tomonidan katta hurmat bilan qabul qilingan. Sayyoh Xorazmda
birmuncha uzoqroq vaqt bo`lib, bu yerdagi aholining turmush tarzi, xonlarning
hayoti va ziyoratgoh joylari haqida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Ibn
Battuta Xorazm xalqi haqida o`z esdaliklarida shunday yozadi: «...butun dunyoda
xorazmliklardan xushfe’lroq, xorijliklarga nisbatan oliyhimmat va mehmondo`st
kishilarni men hali uchratganim yo`q...».
Ibn Battuta Amudaryo to`g`risida ham qimmatli ma’lumotlarni yozib
qoldirgan: «...Xorazm ortidan jannatdan boshlanuvchi to`rtta daryoning biri
Jayhun (hozirgi Amudaryo) oqadi. Bu daryo xuddi Itil (hozirgi Volga daryosi)
daryosiga o`xshash - qishda muzlaydi va shunda odamlar uning ustidan yurishlari
mumkin. Daryo besh oycha muz bilan qoplangan bo`ladi. Muzning erish vaqtida
13
uning ustidan yo`rgan odamlarning ba’zilari cho`kib ketib, halok bo`ladi. Yoz
kunlarida daryo bo`ylab kemalarda Termizgacha suzib borib, u yerdan bug`doy
va arpa olib kelinadi. Buning uchun o`n kun vaqt kerak bo`ladi...».
Sayyoh Xorazm qovunlarining butun dunyoga taralgan dongi haqida
shunday yozadi: «Dunyoning (musulmon dunyosi nazarda tutilgan) Sharqida
ham, g`arbida ham Buxoro qovunlaridan tashqari Xorazm qovunlariga teng
keladigani yo`q... Uning po`sti yashil, mag`zi qizil, juda shirin va shu bilan birga
qattiq. Shunisi qiziqarliki, uni bo`laklarga bo`lib, xuddi bizda quritilgan anjirni
tayyorlaganlari kabi Quyoshda quritib, savatlarga solib, Xorazmdan Hindiston va
Xitoyning uzoq shaharlariga olib boradilar. Barcha quritilgan mevalar ichida unga
teng keladigani yo`q..».
Ibn Battuta Xorazm tuprog`ida yashab o`tgan mashhur mutasavvuf
sufiylarning ziyoratgohlari haqida hurmat bilan yozgan. Sayyohning xabar
berishicha: «...Xorazmga kiraverishda islom olamida mashhur tabarruk zotlardan
biri shayx Najmiddin al-Kubro kabri yonida barpo etilgan zaviya (Muqaddas
joylarda darveshlar va ziyoratchilar uchun ko`rilgan maxsus bino, xonako)
mavjud... Shahardan tashqarida mashhur olim, imom Abul Qosim Maxmud ibn
Umar az- Zamaxshariyning dahmasi joylashgan bo`lib, uning ustiga maqbara
ko`rilgan...».
Xorazmdan 18 kun yo`l yo`rgan Ibn Battuta Buxoroga keldi. Uning Buxoro
haqida qoldirgan ma’lumotlari haqida olimlar o`rtasida turli munozaralar mavjud.
Chunki sayyoh bu shahar haqidagi ma’lumotlarni birmuncha buzib tasvirlagan,
degan fikrlar bor. Buxorodan keyin sayyoh Naxshab (hozirgi Qarshi) shahriga
yo`l olib, uning sultoni Tarmashirin haqida qator ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
Ibn Battuta Naxshabdan keyin Samarqandga qilgan safari taassurotlari haqida
ham to`lqinlanib yozgan. Uning yozishicha: «...men Samarqandga yo`l oldim. Bu
eng yirik va go`zal shaharlardan biridir. U Vodiy al-Kassarin (Zarafshon daryosi)
qirg`og`ida joylashgan bo`lib, ushbu daryodan charxpalaklar yordamida
bog`larga suv olinadi. Shahar aholisi kechki namozdan keyin ushbu daryo bo`yiga
sayr va o`yin-kulgi qilish uchun yig`ilishadi. Bu yerda o`tirish uchun taxtasupalar
14
hamda meva va boshqa yeguliklar sotish uchun rastalar bunyod etilgan...».
Samarqandda bunyod etilgan turli me’moriy obidalarni sayyoh shunday
ta’riflagan: «... Daryo (Zarafshon) qirg`og`ida o`lkan saroy va binolar qad
ko`targan va ular Samarqand ahlining naqadar usta me’morligidan dalolat
beradi... Bu yerda shahar devori yoki darvozalari yo`q. Shahar ichida bog`lar juda
ko`p. Samarqand ahli xorijliklarga nisbatan fe’li keng va mehmondo`st
kishilardir...».
Ibn Battuta Samarqanddan keyin Termizda Amudaryoni kechib o`tib,
Xurosonning Balx shahriga keldi. 1333-yilning yozini Ibn Battuta shimoli-
sharqiy Eron va Afg`oniston bo`ylab sayohat qilish bilan o`tkazgan va Nishopur,
Mashhad, Jom, Bistom va Kobul shaharlarida bo`lgan. Hindikush tog`laridan
oshib o`tgan sayyoh savdo karvoni bilan G`azna orqali Hindistonga yo`l olgan va
nihoyat, 1333- yilning sentyabr oyida u Hind daryosini kechib o`tib, bir umr orzu
qilgan mamlakati Hindiston tuprog`iga yetib kelgan.
Dehli sultonligida Ibn Battuta sulton Muhammad Tug`loq xizmatiga
kirgan. Sayyoh Hindistonda sakkiz yil yashab, dastlab qozi, so`ng faqix
lavozimlarida faoliyat olib borgan.
1342-yilning yozida Ibn Battuta Hind sultoni elchisi sifatida Xitoyga
sayohat qildi. Ibn Battutaning Xitoy to`g`risida yozib qoldirgan ma’lumotlari
uncha aniq bo`lmagani bois, ba’zi mutaxassislar sayyohning ushbu mamlakatga
sayohatiga birmuncha shubha bilan qarashadi. Xitoyda bir qator sarguzashtlarni
boshdan kechir- gach, Ibn Battuta Sharqiy Osiyodagi Kanton bandargohiga yetib
kelgan. U yerdan sayyoh Malayziya va Bengaliya orqali Hindistonga, so`ng
dengiz yo`li bilan Tunis va Italiyaning Sardiniya oroli orqali 1349-yilda
Marokashga qaytib keldi.
Hindiston va Xitoydagi elchilik tajribasining natijasi ularoq, Ibn Battuta
1350-1351-yillarda
Marokash
sultoni
tomonidan
Granadaga
(hozirgi
Ispaniyaning Andalusiya provinsiyasi hududidagi shahar) diplomatik missiya
bilan tashrif buyur- gan. Ushbu sayohati davomida sayyoh o`sha vaqtlardagi
15
Granada va Andalusiyaning hayoti to`g`risida qimmatli ma’lumotlarni yozib
qoldirgan.
1352-yilda tinib-tinchimas sayyoh yana yo`lga otlanib, bu safar Afrikani
o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. Sayohatni qamroviga ko`ra Ibn
Battutaning eng yirik ekspeditsiyalaridan biri, deyish mumkin. Mali mamlakatiga
yo`l olgan sayyoh Sahroi Kabirni piyoda kesib o`tgan. Sahrodagi taassurotlaridan
eng yorqini sifatida sayyoh ushbu hududda yashaydigan aholining tuz va tuya
terilaridan qurilgan uylari haqida yozgan edi. Yo`l birmuncha mashaqqatli va
xatarli bo`lishiga qaramasdan, Ibn Battuta Sahroi Kabirni muvaffaqiyatli kesib
o`tib, Afrikaning Mali davlatiga yetib kelgan. Ushbu mamlakatning eng boy
shaharlaridan biri Timbuktuda bo`lgan sayyoh, bu yerda mahalliy xoqon
Sulaymon tomonidan katta ehtirom bilan qabul qilingan.
1354-yilning boshida Ibn Battuta Afrika safaridan Marokashga qaytib
kelgan va marinidlar sultoni Ibn Inonning buyrug`iga binoan o`zining barcha
sayohatlari haqidagi taassurotlarini granadalik olim shayx Ibn Juzayga so`zlab
berdi. 1355- yilning dekabrida Ibn Juzay Ibn Battutaning esdaliklarini
umumlashtirishni tugallagan. Bu bilan Ibn Juzay Marko Poloning Sharq
mamlakatlariga sayohatiga oid esdaliklarini yozib olgan Rustikano kabi tarixda
yorqin iz qoldirgan.
«Ibn Battutaning sayohati» kitobi sayohat janrida bitilgan mumtoz asardir.
Sayyohning Mali, Markaziy va Shimoliy Afrika, Saudiya Arabistoni, Suriya,
Livan, Falastin, Qrim, Kavkaz, Oltin O`rda, O`rta Osiyo, Afg`oniston, Xitoy va
Hindiston haqidagi esdaliklari ushbu hududlarning O`rta asrlardagi hayoti
to`g`risidagi qimmatli tarixiy manba hisoblanadi.
Hisob-kitoblarga ko`ra, o`zining 28 yillik sayohatlari davomida Ibn Battuta
dunyoning uch qit`asidagi bir necha yuz shaharlarda bo`lib, 120 ming kilometrdan
ortiq masofani bosib o`tgan. Bunday masofani esa hozirgi vaqtda bosib o`tishga
har qanday tadqiqotchi hatto, zamonaviy texnika vositalaridan foydalangan
taqdirda ham qodir bo`lavermaydi.
16
Sayyoh o`zi borgan yerlarning o`sha davrdagi hayotini iloji boricha
to`laqonli va haqqoniy tarzda yoritishga harakat qilgan. Shuning uchun ham uning
esdaliklari juda ommabop bo`lib, 1818-yilda lotin, 1829-yilda ingliz, keyinchalik
esa dunyoning boshqa ko`pgina tillariga tarjima qilingan.
Olim 1377-yilda 74 yoshida vafot etgan. O`rta asrlardagi hayotini tadqiq
etish borasidagi cheksiz xizmatlari bois, Ibn Battuta bilan nafaqat marokashliklar,
balki butun musulmon mamlakatlari ahli faxrlanadi. Shu bois, buyuk sayyohning
nomi turli ob’ektlarda abadiylashtirilgan. Jumladan, Birlashgan Arab
Amirliklarining Dubay shahridagi eng yirik savdo markazlaridan biriga Ibn Bat-
tuta nomi berilgan. Savdo markazi bir vaqtlar sayyoh borgan yerlar: Andalusiya,
Shimoliy Afrika, Eron, Xitoy va Hindiston nomlari bilan atalgan. Savdo
markaziga kiraverishda esa Ibn Battutaning katta portreti o`rnatilgan bo`lib,
tagida arab va ingliz tillarida sayyoh to`g`risida ma’lumotlar yozilgan.
Qur’oni Karimni rus tiliga tarjima qilgan rus arabshunos olimi
I.Krachkovskiy sayyohning geografik bilimlarni rivojlantirishdagi hissasi haqida
shunday yozgan: «Mashhur Ibn Battuta barcha musulmon mamlakatlarini aylanib
chiqqan oxirgi buyuk sayyoh va universal geograf-amaliyotchi edi. Uning
sayohati... hali ham ehtirom bilan tilga olinadi... O`rta asrlardagi Oltin O`rda va
O`rta Osiyo haqidagi biror-bir ilmiy ishni Ibn Battutaga murojaat qilmasdan
bajarishning iloji yo`q...». Taniqli nemis geografi R.Xennigning fikricha, «XIV
asrda yashagan marokashlik Ibn Battuta qadimgi dunyo va o`rta asrlar bilgan
sayyohlarning eng buyugi sifatida tan olinishi lozim».
Do'stlaringiz bilan baham: |