I bob xalqaro turizm: nazariya va amaliyot faniga kirish 1- mavzu Xalqaro turizm yagona tizim sifatida: asosiy tushunchalar



Download 203,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana20.12.2022
Hajmi203,82 Kb.
#892403
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-ma\'ruza XALQARO TURIZM NAZARIYA VA AMALIYOT FANIGA KIRISH



I BOB XALQARO TURIZM: NAZARIYA VA AMALIYOT FANIGA 
KIRISH 
 
1- mavzu Xalqaro turizm yagona tizim sifatida: asosiy tushunchalar 
Reja: 
1.
Turizm to’g’risidagi tushuncha. 
2.
Turizm turkumlari. 
3.
Xalqaro turizm tasnifi. 
 
Turizm o‘zining ko‘p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha 
sohalariga faol ta’sir o‘tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko‘pgina jabhalarini 
rivojlantirishga imkon tug‘diradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yo‘l 
qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kammunal xo‘jaligi, 
maishiy xizmat ko‘rsatish, servis sohasi, savdo tarmoqlari va h.k. Turizmni 
rivojlantirish bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos dam olish, hordiq chiqarish, ko‘ngil 
ochar maskanlar industriyasini tashkil etib, o‘z o‘rnida sayyohlarga sifatli xizmat 
ko‘rsatish bilan bog‘liq bir qator sohalarni qamrab olgandir. 
Turizm o‘zida jahon iqtisodiyotining murakkab va majmuaviy sohalarini 
mujassam etganki, bu butun jahon xo‘jaligiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Aloxida 
mamlakatlar xo‘jaligiga ham, xududlarga ham u birday tegishli. Ayrim 
mamlakatlarda xalqaro turizm valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi. 
Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyot yuqori darajasi va xalq turmush 
farovonligi qo‘llab –quvvatlanib turiladi.
1
Xalqaro turizm jahon iqtisodiyotining eng muhim, barqaror va dinamik 
holda rivojlanib borayotgan sohasiga aylanib bormoqda. BTT (UNWTO) 
ma’lumotlariga ko’ra, 2021 yilda butun dunyo turizmning umumiy o’sish darajasi 
2020-yilga nisbatan 4%ni tashkil etgan. Biroq, BTT (UNWTO) ning dastlabki 
hisob-kitoblariga ko’ra, xalqaro sayyohlar kelishi pandemiyadan oldingi 2019 yilga 
nisbatan 72% ga kam ekanligi ko’rsatildi. Bu ko’rsatgich 2020 yilda davom etib 
sayyohlar tashrifi 73% ga tushib ketdi va turizm sohasida eng yomon yil sifatida 
tarixda qoldi. 
Iqtisodiy va geosiyosiy muammolar kuchayib borayotganiga qaramay, 
xalqaro turizm pandemiya taʼsiridan kuchli va barqaror tiklanish alomatlarini 
koʻrsatishda davom etmoqda. UNWTO Jahon sayyohlik barometrining so'nggi 
ma'lumotlariga ko'ra, xalqaro turizm 2022 yilning birinchi besh oyida kuchli o'sish 
kuzatildi, deyarli 250 million xalqaro tashrif qayd etildi. Bu 2021-yilning yanvar- 
may oylarigacha kelganlar soni 77 millionni tashkil etadi va bu sektor 2019-yilgi 
pandemiyadan oldingi darajaning deyarli yarmini (46%) tiklaganini anglatadi.
2
Fanni o’qitishdan maqsad – xalqaro turizmning asl mohiyatini ochib berish, 
uning taraqqiyot yo’li, tajribasi, tahlili, hozirgi kundagi muammolarini, iqtisodiy, 
siyosiy, xalqaro turizm dinamikasi va infrastrukturasi tahlili, O’zbekiston va jahon 
1
Mamatqulov X.M., Bektemirov A.B., Norchaev A.N. ‘Xalqaro turizm’. Draslik. Toshkent. 2009. 
2
UNWTO World Tourism Barometer, Volume 20 Issue 4 July 2022 


turizm faoliyatining ildizlarini o’rganishdan iborat. 
Faning vazifasi – xalqaro turizmning iqtisodiy-ijtimoiy mazmunini ochib 
berish va xalqaro turizm turlarini o’rgatish, xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir 
etuvchi omillarni o’rgatish, xalqaro turizmning rivojlanish bosqichlarini tahlil 
qilish, xalqaro turizm bozorini o’rganish, xalqaro turizm bozorida transmilliy 
kompaniya (TMK) lar, xalqaro turizm industriyasi, xalqaro turizmda aloqa va 
axborot vositalari, xalqaro turistik tashkilotlar, xalqaro turistik faoliyatni davlat va 
jamoatchilik tashkilotlari tomonidan boshqarilishi, xalqaro turizmda turistik 
sayohatlarni tashkil etishni o’rganish va xalqaro turizmda sayyohlik 
rasmiyatchiliklarini ko’rib chiqishdan iborat. 
Turizm 
jahonning 
ko‘pchilik davlatlarida yagona tizim sifatida 
rivojlanmoqda va mamlakatlar byudjetiga salmoqli daromad keltiradi. Shuningdek 
juda ko‘pchilik turistik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq jismoniy va huquqiy 
shaxslarga yordam ko‘rsatadi. Turizm na faqat eng yirik, balki jahon 
iqtisodiyotining eng dinamik holatda rivojlanayotgan sektorlaridan biridir. 
Butun dunyo bo‘yicha turistik xizmatlarga o‘sib borayotgan talab eng avvalo 
ijtimoiy–iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi (umumiy daromadlar o‘sishi va bo‘sh 
vaqtning ko‘payishi, haq to‘lanadigan ta’tillar muddati ko‘payishi, nafaqa 
ta’minotining etarli darajasi oila tarkibini bolalar kamayishi evaziga o‘zgarishi va 
h.k). SHuningdek transport taraqqiyotidagi o‘sish, uni arzonlashishi va hammaning 
qurbi etishi, valyuta cheklovlarining kamaytirilishi yoki bekor qilinishi, viza 
rejimining liberallashtirilishi kabilar. 
Xalqaro turizm juda ko‘pgina mamlakatlarda to‘lov balansiga amal qilishda 
muhim omil bo‘lib sanaladi. So‘nggi yillarda turizm dunyoda aholi bandligining 
muhim generatoriga aylanib bormoqda va jahon infratuzilmasiga juda katta 
miqdorda sarmoyalarni jalb etmoqda. Bu esa mahalliy aholini ham, tashrif 
buyuruvchi turistlarning ham turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi. 
Turizm sohasida juda ko‘p ish o‘rinlari turistik korxonalar rivojlanayotgan 
hududlarda paydo bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy imkoniyatlarni muvozanatlantirish, 
qishloq aholisini barcha qulaylikka ega shaharlarga qarab oqishining oldini olishga 
yordam beradi. 
Mamlakatlararo xususiyatlarni anglash va ko‘ra bilish hamda shaxsiy 
aloqalarni o‘rnatish turizm sohasi tufayli shakllanadi. Xalqaro turizm har bir 
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy sohalariga sezilarli 
darajada ta’sir ko‘rsatadi. Turizm ulkan madaniy va ma’naviy mazmunga ega 
bo‘lib, hamfikrlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni 
kuchaytirishda, hududiy va mahalliy majarolarni bartaraf qilishda, baraqaror 
tinchlikni mustahkamlashda keng ufqlar ochadi. 



Download 203,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish