I bob xalqaro turizm: nazariya va amaliyot faniga kirish 1- mavzu Xalqaro turizm yagona tizim sifatida: asosiy tushunchalar



Download 203,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana20.12.2022
Hajmi203,82 Kb.
#892403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-ma\'ruza XALQARO TURIZM NAZARIYA VA AMALIYOT FANIGA KIRISH

Ichki turizm – 
fuqarolarning aniq bir mamlakatda doimo yashagan holda, 
o‘sha mamlakat milliy chegarasi doirasida dam olish, dunyoni bilishga bo‘lgan 
qiziqishini qoniqtirish, sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish va boshqa turistik 
maqsadlarni amalga oshirish uchun vaqtinchalik chiqishidir. Bu turizm turi 
mamlakatga valyutani olib kelmaydi. SHunday bo‘lsada, mamlakat mintaqalari 
o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir etib, iqtisodiyotning rivojlanishiga 
turtki beradi. 
Kirish turizmi daromad olish nuqtai nazaridan faol sifatida xarakterlanadi. 
CHunki u xorijiy valyuta oqimini yaratadi. 
Chiqish turizmi – 
biror bir mamlakat shaxsining o‘zi aholisi bo‘lmagan 
mamlakatga sayohat qilish uchun kelishi. CHiqish turizmi esa passiv hisoblanadi 
va valyuta mamlakatdan olib chiqib ketiladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda kirish 
turizmi turistik (milliy) iqtisodiyotning istiqbolli rivojlanishi yo‘nalishlaridan 
sanaladi. 


Aniq mamlakatlar turizmi iqtisodiyotini o‘rganish chog‘ida uning rivojlanish 
yo‘nalishi va ishlash samaradorligini oshirishga «Milliy turizm», «Xalqaro 
turizm», «Mazkur mamlakat doirasida turizm» tushunchalari sifatida qaralishi 
zarur. Keltirilgan klassifikatsiyalar nuqtai nazaridan ichki va chiqish turizmi milliy 
turizmga kiritiladi. 
Xalqaro turizm 

muntazam va aniq bir maqsadga qaratilgan 
korxonalarning turizm sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq holda, biron bir 
mamlakat hududida (kirish turizmi) turistik xizmatlar va turistik 
mahsulotlarni biron-bir mamlakatda (chiqish turizmi) doimo yashaydigan 
sayohat qiluvchi shaxslarga taqdim etishdir. 
Xalqaro turizmga esa kirish va chiqish turizmi kiradi. Mazkur mamlakat 
doirasidagi turizm bilan shu mamlakatlar fuqarolari (ichki turizm) ham, boshqa 
mamlakatlardan keladiganlar (kirish turizmi) ham shug‘ullanadi. Mamlakatlar 
daromadlarini oshirish nuqtai nazaridan u ko‘proq jalb qiladi. Bu yo‘nalishdagi 
turistik faoliyatning rivojlanishi bir tomondan mamlakatga valyuta oqimini, 
ikkinchi tomondan – mazkur mamlakatda yashovchi fuqarolarning pul 
mablag‘larini ko‘paytiradi. Bu daromadlar ushbu mamlakatda qoladi va uning 
iqtisodiyotini rivojlantirishga jalb etiladi. Bundan tashqari, ichki turizm shunday 
muhim iqtisodiy funksiyani bajaradiki, mazkur mamlakatda daromad darajasini 
maromiga etkazishga yordam beradi. Bu degani shuki, sanoati rivojlangan 
mintaqalardan fuqarolarni yuqori daromadlari nisbati sust iqtisodiy rivojlangan 
mintaqalardagi kam daromadli fuqarolarga taqsimlanishiga imkon yaratadi. Lekin 
bu mintaqalar odatda boy tabiiy resurslarga ega. 
SHuni ta’kidlash zarurki, individual tashrif buyuruvchi turistik maqsad 
uchun ajratadigan daromadining bir qismini boriladigan manzilda sarflanadi, 
qolgan qismini – tashkil qilish va o‘sha manzilga etib borish uchun sayohat vaqtida 
sarflanadi. 
Turizmni aniqlash uchun eng avvalo quyidagi asosiy qoidalarni 
shakllantirish lozim: 


Download 203,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish