II BOB. TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI
KANSELYARIYASI RASMIY HUJJATLARI TAVSIFI
II.1. Maʼmuriy boshqaruv va yer-mulk masalalariga
oid hujjatlar
Turkistonda chorizm siyosiy hukmronligining oʻrnatilishi uning iqtisodiy jihatdan hukmronligini ham bosqichma-bosqich qaror toptirish bilan birgalikda kechgan. Bu jarayonning kechishi, avvalo, Rossiya imperiyasi Turkistonda mustamlakachilik iqtisodiy qonunlarini joriy etishi bilan bogʻlangan edi. Bu qonunlar, oʻz navbatida, iqtisodiy jarayonlarning rossiyalik ishtirokchilari uchun doimiy muvaffaqiyat keltirishi va mustamlaka-kapitalistik rivojlanishning shart-sharoitlariga hali unchalik moslashmagan mahalliy qatnashchilar uchun esa ekspluatatsiyani taʼminlash maqsadida yaratilgandi.Bu qonunlar Oʻrta Osiyoda chorizmning mustabid boshqaruv tizimi vujudga kelishiga zamin yaratdi. Maʼmuriy buyruqbozlikka asoslangan ushbu boshqaruv, nihoyatda markazlashgan boʻlib, qonun yaratadigan, farmoyish beradigan, ijroiya va nazorat vazifalarini oʻzida mujassamlashtirgan edi. XIX asrning 60-yillari oʻrtalari – 80-yillarda xhjalik faoliyati oʻlka, viloyat va uyezdlar maʼmuriyati tomonidan muvaqqat “Nizomlar” asosida boshqarildi. Chunonchi, “Sirdaryo va Yettisuv viloyatlarini boshqarish toʻgʻrisidagi Nizom” (1867-y.), “Zarafshon okrugini boshqarish toʻgʻrisidagi muvaqqat qoidalar” (1868-y.), “Fargʻona viloyatini boshqarish boʻyicha muvaqqat Nizom” (1876-y.), “Amudaryo boʻlimini boshqarish boʻyicha Nizom” (1874-y.)lar shular jumlasidandir.
Mustamlaka boshqaruv idoralarining vazifalari orasida moliya xoʻjalik faoliyati muhim oʻrin egallagan. U Rossiya tadbirkorlari, burjuaziyasi, amaldorlari uchun yanada qulay iqtisodiy sharoitlar yaratish; moliya, byudjet, soliqlar, kredit va boshqa sohalar bilan shugʻullanuvchi davlat muassasalarini vujudga keltirish; ocharchilik, kasallik tarqalgan vaqtda yuz beradigan xalq qoʻzgʻolonlarining oldini olishga qaratilgan politsiya-xoʻjalik ahamiyatiga molik tadbirlarni oʻtkazishga yoʻnaltirilgan edi.Yuqoridagi nizomlar mohiyatiga koʻra, harbiy va maʼmuriy hokimiyatning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan. Ular general gubernatorning yoʻriqnomalari, farmon va koʻrsatmalari asosida xoʻjalik faoliyatini chor amaldorlariga olib borgan. Shu bilan birga, “harbiy holat omili” hamda mahalliy aholining anʼanaviy, ijtimoiy, huquqiy mezonlaridan bexabarlik metropoliyani ayrim xoʻjalik vazifalarini “xalqdan saylanganlarga” topshirishga majbur qildi. Xususan, “shariat va mahalliy urf-odatlardan ularni mustamlaka qonunlariga muvofiqlashtirilguniga qadar foydalanib turishiga” qaror qilindi, shuningdek, rus “davlat manfaatlariga va boshqaruviga zid boʻlgan barcha qonun qoidalardan voz kechildi”.Maʼlumki, “Sirdaryo va Yettisuv viloyatlarini boshqarish toʻgʻrisidagi Nizom” (1867-y.)ning 245-moddasida quyidagilar taʼkidlanadi: Sirdaryo viloyatidagi shahar va qishloqlardagi mahalliy aholi xoʻjliklarini boshqarish va gʻaznachilik yigʻimlarini tashkil etish maqsadida-viloyatda xoʻjalik boshqarmasi tashkil etiladi. 247-modda boʻyicha, qishloqlardagi xoʻjalik boshqarmasi aʼzolari 3-5 kishini tashkil qilsa, shaharlarda har bir mavzedan 3-5 kishi yuqoridagi boshqarmada faoliyat koʻrsatgan. 248-moddada xoʻjalik boshqaruvi aʼzolari har uch yilda bir saylanganlar, huddi oqsoqollardek-ular ham uyezd boshliqlari yoki Toshkent shahar boshligʻi tomonidan tasdiqlanishi qayd etilgan.249-modda boʻyicha, xoʻjalik boshqaruvi aʼzolari har bir boshqarmaning gʻaznaga topshiradigan yigʻimlaridan maʼlum bir shagʻar va
qishloq boʻyicha foiz hisobida-nizomda koʻrsatilganidek maosh bilan taʼminlanganlar.
250-moddada, Xoʻjalik boshqarmasi aʼzolari oʻzaro kelishib, oʻzlariga rais tayinlashgan va bu raislar shaharlarda-harbiy gubernatorlar tomonidan, qishloqlarda esa-uyezd boshliqlari tomonidan tasdiqlanganligi koʻrsatilgan.
251-modda boʻyicha, Uezd boshligʻi va Toshkent shahar boshligʻi xoʻjalik
boshqarmalari ustidan nazoratni olib borishib, biroq ularni ichki soliq yigʻimlari boʻyicha taqsimot ishlariga aralashmaganlar. Buning uchun ular xoʻjalik boshqarmalari ishini kuzatib, ularni turli xil xoʻjalik ishlarini toʻgʻri bajarishdan boʻyin tovlamasligini oldini olishligi taʼkidlangan.
252-modda boʻyicha, xoʻjalik boshqarmalarining vazifalariga quyidagilar kirgan: davlat soliqlari va zemstvo yigʻimlarini oʻtkazish, jamoalar boʻyicha turli xil soliq va yigʻimlarni taqsimlash, shahar va qishloqlardagi xoʻjalik ishlarini boshqarish.
253-moddada, xoʻjalik boshqarmalari oʻz aʼzolari va oqsoqollar orqali oʻz faoliyatlarini olib borishi koʻrsatilgan.
254-modda boʻyicha, soliq va yigʻimlar nizomda koʻrsatilgan tartibda olib borilishi qayd etilgan13
Podsho yorligʻi K.P.Kaufmanga “barcha siyosiy chegara va savdo-sotiq
ishlarini hal qilish, qoʻshni mamlakatlarda muzokara olib borish va
traktatlarni imzolash, qarorlar uchun shartlarni kelishish” vakolatini
berar edi.Oʻlkani boshqarish borasidagi turli meʼyoriy hujjatlarni tayyorlashva joriy qilishda Turkiston general-gubernatoriligi Kanselyariyasining roli ayniqsa katta edi. Devonxonadagi ikkinchi va uchinchi boʻlimlar faqat xoʻjalik masalalari-yer soliqlari, moliya-xoʻjalik ishlari, mustamlaka boshqaruv masalalari va mehnat majburiyatlari, shartnomalarni rasmiylashtirish va ruxsatnomalar berish, oliy hukumat idoralari, vazirliklar va boshqa markaziy muassasalar bilan aloqalarni amalga oshirgan. Xoʻjalik masalalarini hal qilishda viloyat miqyosida harbiy
gubernatorlar, uyezdlar doirasida uyezd boshliqlari ham shunday vakolatlarga ega boʻlishgan. Ayni vaqtda mazkur masalalar bilan bevosita joylarda shugʻullanuvchi boshqaruv amaldorlarining tajribasizligi tufayli rus va mahalliy sarmoya egalarining sudxoʻrlik qilishlariga keng yoʻl ochilgan. Bundan tashqari bu amaldorlarni xiyla-nayrang bilan dehqonlarga katta soliqlar solishi hamda arzon mehnatdan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishi oʻlka iqtisodiyoti rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatgan. Bu davrda mustamlaka boshqaruvning xoʻjalik muassasalari bilan bir qatorda moliya tashkilotlari ham muhim rol oʻynagan. Taʼkidlash lozimki, chorizm hukmron doiralari oʻlka mustamlaka maʼmuriyatiga moliya sohasida keng vakolatlar berish yoʻlidan bormadi. Bu sohani boshqarish va nazorat qilish Rossiya Davlat kengashining 1868 yil 4 maydagi qarori bilan Davlat nazorati mahkamasiga qarashli Nazorat palatasiga berildi52. Nazorat palatasining asosiy faoliyati kreditlar berish va davlat soliqlarini yigʻish bilan shugʻullangan Turkistondagi turli mustamlaka boshqaruv idoralari va gʻaznalarining moliyaviy hisobotini, pul muomalasiga oid hujjatlarni taftish qilish, yaʼni mablagʻ sarf-xarajatlari ustidan nazoratni yoʻlga qoʻyishdan iborat boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |