I-bob. Turistik kompaniyalar xaqida tushunchalar, ularning faoliyat turlari



Download 3,22 Mb.
bet7/9
Sana01.04.2022
Hajmi3,22 Mb.
#523493
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekistondagi turistik kompaniyalarining raqobat muhiti va strategik kuchlarini tahlil qilish kurs ishi

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda har bir turoperatorning vazifasi


kelajakdagi sayohat tadbirini rejalashtirish, vaqtga uyg‘unlashtirish, xizmat arzlarigamunosib ravishda jadval asosida sayyohlarga sifatli xizmat turini tashkil etishdir.
Aniq rejalashtirilgan sayyohlik tadbiri hech qachon kamchiliklar yo‘l qo‘yilmaydiganxizmat turiga ehtiyoj sezadi. Sayyohlik xizmatlarini obdon rejalashtirish malakali vatajribali turoperatorlarni samarali mehnati tufayli erishiladi.
Har qanday sanoatda ham (qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, tog‘-konchilik,
neft va gaz qazib olish sanoati va hokazo) mamlakat hukumati xususiy tarmoqni busanoatlarning rivojlanishi yuzasidan rag‘batlantirib borishi lozim. Turizm sohasidaham xususiy tarmoqlarni rivojlantirish, shu jumladan turistik firmalar faoliyatini takomillashtirish eng asosiy omillardan sanaladi. Turistik firmalarning rivojlantirishda asosan biznes rejalarni tuzishga katta ahamiyat beriladi. Chunki mukammal tuzilgan biznes- reja kelajakda ushbu firmaning yo‘lini belgilab beradi. Turistik firmalar o‘zmahsuloti rivojlanishining dastlabki bosqichida mashhur turizm maskanlarihukumatdan o‘z faoliyatlarini yuritishga, transport va hokazolar kabiinfratuzilmaning boshqa elementlariga egalik huquqi shaklida imtiyoz oladilar va aynipaytda hukumat ham turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida xususiytarmoqlarga imtiyozlar beriladi.
Mamlakat va mintaqalarda turistlarning tutgan o‘rni, iqtisodiy tizimga ta’sirini
keng tus ola boshlaganidan tuooperatorlar xususida dunyo davlatlari o‘rtasida o‘zarorioya etiladigan tartiblar ishlab chiqilgan. Birinchi o‘rinda turopereytingga oid faoliyatuchun ruxsatnoma, davlat organini aniqlash ruxsatnoma vakolatlari talab etiladi.
Talab etiladigan ruxsatnomani (litsenziya) davlat qonunchiligiga muofiq va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib uch guruhga bo‘lish mumkin:
-mustaqil faoliyat yurituvchi huquqini beruvchi turoperator ruxsatnomasini
(litsenziyani) yuridik shaxs sifatida qonuniy shakllanganligini tasdiqlovchi hujjatlar
taqdimoti, eng avvolo yuridik shaxslarni ta’sischilari haqida ma’lumot, uning
tashkiliy-huquqiy shakli, ustav kapitalini o‘lchami, ishtirokchi firmasining mulki
to‘g‘risida ma’lumot;
-turizm sohasida tajribaga ega bo‘lgan ishchilar guruhining, shtatlarning
mavjudligi yoki ma’lumoti muofiq keladigan, ya’ni kelajakda sifatli turoperator
xizmatlari ko‘rsata olish mumkinligi isbotlovchi holatlarni talab etilishi;
- kelajakda turoperatorlik faoliyati istiqbollari uchun shartnomalar (yuk
tashuvchilar, boshqa turoperatorlar bilan shartnoma munosabatlari) mavjudligi.
Turistik agentliklar yangi tashkil etilganligi bois ularda xizmat ko‘rsatuvchi
xodim miqdorining kamligi va bundan tashqari tajribali marketologlarning
yetishmasligi tufayli ular turistlar uchun qanday turistik mahsulotlarga ehtiyoj
borligini, shuningdek, bu turistik mahsulotlarni turistlarga reklama qilish borasida
qiyinchiliklarni boshidan kechirishmoqda. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazuvchi
agentliklar esa o‘zlaridagi marketing xizmatlarini turistik agentliklarga taklif etishsa,bu muammo hal bo‘lardi. Ular ham mahalliy, ham chet ellik turistlarning qandayturistik mahsulot turlariga ehtiyojlari borligini to‘liq o‘rganish imkoniyatiga egadirlar.
Bundan tashqari, bu agentliklar mamlakatimizning xushmanzara hududlarini chet
ellarga reklama qilishlari ham turistik agentliklarga qaraganda osondir. Buning
sababi, marketing tadqiqoti o‘tkazuvchi agentliklarda ham tadqiqot o‘tkazish, ham reklama uyushtirish uchun yetarli darajadagi moddiy-texnik bazaning
shakllanganligida o‘z ifodasini topadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, agarda
turistlarga mamlakatimizda mavjud turizm resurslari yetarli darajada reklama qilinsa,u holda turistlarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi. Bu esa turizm sohasida faoliyat ko‘rsatadigan kichik va o‘rta biznes sub’ektlari salmog‘ini oshishiga olib keladi.
Istiqlolgacha O‘zbekiston dunyoga istiqbolli turistik yo‘nalish sifatida ma’lum
emas edi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin turizm sohasidagi davlat siyosatiningyangi tamoyillari tadbiqi bugungi yutuqlarimizga asos bo‘ldi. Bugun oldimizda mamlakatimizning turizm salohiyatidan to‘liq foydalanishday o‘ta mas’uliyatli vazifaturibdi. Ayni kunda kompaniyamizda «Turizm to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriribo‘yicha takliflar tayyorlash va mamlakatning tabiiy-iqlim, madaniy va milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda turizm va mehmonxona infratuzilmasiga doir milliy standartlar ishlab chiqish borasida ishlar olib borilmoqda.
Turizm sanoatining yuqori darajada raqobatbardosh bo‘lishini hisobga olgan
holda, yaxshi marketing muvaffaqiyatning asosi ekanligini qayd qilish kerak. Turizmmaskanlari turistlarni marketing xizmatisiz o‘ziga jalb qila olmaydi. Hukumat tomonidan ilk bosqichda moliya bilan ta’minlanmay turib, turizm maskani «jahonturistik supermarketi peshtaxtalaridan o‘rin ololmaydi». Shuning uchun marketingmasalalarida hukumatlar o‘z mamlakatini reklama qilish maqsadida Turizmvazirliklari yoki Milliy turizm tashkilotlarining fondlar bilan ta’minlab, ular orqalifaoliyat yuritadilar. Mamlakatda turizm marketingi - xususiy sektor uchun harajatlarnuqtai- nazaridan ham, amalga oshirish nuqtai-nazaridan ham juda katta vazifadir.
Xususiy sektor asosan mehmonxonalar, mehmon uylari, transport tashkilotlari,
ovqatlanish korxonalari va boshqalar bilan bog‘langanligi bilan harakterlanadi.
Hozirgi paytda amalda shunday vaziyat yuzaga keldiki, ko‘pchilik mamlakatlarda
xususiy tarmoq asosan hukumat tomonidan moliya bilan ta’minlanadigan davlat
marketingi budjetiga moliyaviy to‘lovlarni amalga oshiradi. Moliyaviy to‘lovlar
turizm maskanining holatiga qarab 20-30% oralig‘ida o‘zgarib turadi, Masalan:
Buyuk Britaniyada xususiy tarmoq to‘lovlari 50%, Gollandiyada 50% va Irlandiyada
20% ni tashkil etadi. Bu turizm maskanlari mavqeining tiklanishiga yanada ko‘proq
imkoniyat beradi.

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish