ASOSIY QISM I Bob Turagentlik faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari 1.1 Turagentlik haqida qisqacha malumot Vazirlar Mahkamasining 10.07.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 433-son qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Turoperator va turagentlik xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom (1);
Turizm axborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom (2). Nizomga (1) muvofiq, turoperatorlar va turagentlar turistik faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. Turoperatorlarning xizmatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi lozim. Turoperator va (yoki) turagent xizmatlari mijoz bilan xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzilgandan keyin ko‘rsatiladi. Turoperatorlar va turagentlar o‘z turoperatorlik va (yoki) turagentlik xizmatlarini buyurtmachiga ma'qul shaklda ko‘rsatadilar. Ular o‘z firma nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va ish tartibi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning turistlar (ekskursantlar)ga yetkazilishini ta'minlaydilar. Turoperator va turagent ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan taqdirda turistga (ekskursantga) faoliyatini vaqtincha to‘xtatish muddati haqida ma'lumot berishi shart.
Turoperator va (yoki) turagent buyurtmachiga turistik mahsulot to‘g‘risida zarur va ishonchli ma'lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etishni ta'minlaydi. U haqdagi ma'lumotlarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
turni amalga oshirish uchun rioya qilish zarur bo‘lgan tibbiy rasmiyatchiliklar, shu jumladan turistning (ekskursantning) turda ishtirok etishiga monelik qilishi mumkin bo‘lgan ma'lum kasalliklar, xususan ularning jismoniy holati va yoshiga xos xususiyatlar;
bojxona, chegara va boshqa qoidalar (sayohat qilish uchun zarur bo‘lgan hajmda);
kirish va chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish uchun asosiy talablar (vaqtincha bo‘lish mamlakati (joyi)ga kirish va chiqish vizasi);
vaqtincha bo‘lish mamlakati (joyi)ning milliy va diniy xususiyatlari;
boshqa sayohat xususiyatlari.
Nizomda turoperatorlar va turagentlar xizmatlaridan foydalanishning boshqa shartlari, shuningdek ularning huquq va majburiyatlari ham keltirilgan.
Nizomda (2) turistik axborot markazlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi va shartlari belgilangan.