I bob. Tuproqning ekologik faktorlari va ahamiyati


Tuproq eritmasi reaksiyasining ekologik ahamiyati



Download 270,37 Kb.
bet4/8
Sana25.05.2023
Hajmi270,37 Kb.
#943858
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tuproqdagi azotning ekologik ahamiyati

Tuproq eritmasi reaksiyasining ekologik ahamiyati

Tuproqning boshqa xossalari, shuniigdek, o‘simliklarning mineral oziqlanishi ko‘p jihatdan tuproq eritmasining reaksiyasiga bog‘liq. Tuproq eritmasining tarkibi, ayniqsa uning tarkibidagi kislota va asoslar miqdori o‘simliklar hayotida muxim ahamiyatga ega bo‘lgan eritma reaksiyasini hosil qiladi. Tuproq eritmasining reaksiyasi N+ va ONionlarining nisbatiga muvofiq aniqlanadi. Tuproqning kislotaliligi, bir tomondan, tuproq eritmasidagi vodorod ionlari bilan, ikkinchi tomondan, singdirilgan ionlar bilan hosil qilinadi. Vodorod ionlari tuproq eritmasining aktiv, ya’ni aktual kislotaliligini, singdirish-potensial (almashinuvchi va gidrolitik) kislotaliligini ta’minlaydi. Ekologiya uchun aktiv kislotalilik muxim ahamiyatga ega bo‘lib, u, odatda, pH bilan, ya’ni eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasining manfiy logarifmini o‘zida namoyon qiluvchi vodorod ko‘rsatkichi bilan ifodalanadi. Tuproqning inqoriy reaksiyasi, odatda, gidroliz protsessida kuchli ishqorlar hosil qiladigan tuzlarning ortiqchaligiga bog‘liq bo‘ladi. Gumid oblastlarda, odatda, kalsiy karbonatlar, arid oblastlarda kalsiy va natriy karbonatlar ana shunday ta’sir ko‘rsatadi. Dengizlarda umuman pH ning qiymati ancha tug‘run bo‘lib, u taxminan 8,0 ga teng. Kuruqlikda esa yashash joyiga qarab pH o‘zgarib turadi; muayyai yashash joyi chegarasida pH tuproq gorizontlari bo‘yicha, ya’ni vertikal bo‘yicha o‘zgaradi. Tuproqning yuza qatlami kislota hosil kiluvchi organik moddalarga boy bo‘lganligi uchun har doim kislotali bo‘ladi. Shunday qilib, tabiiy sharoitda tuproqning kislotaliligi iqlim, ona jins, tuproqning mineral va organik tarkibi, joyning relefi, shuningdek, o‘simliklar ta’sirida shakllanadi. Masalan, yaylov va cho‘llarning arid sharoitida neytral va ishkoriy tuproqlar sernam, sovuq iqlimli sharoitda esa kislotali tuproqlar ustunlik qiladi. Gumid sharoitda yog‘ingarchilik ko‘p va temperatura past bo‘lganligi uchun o‘simliklar qoldig‘ining parchalanishi protsessi oxirigacha yetmaydi va suvda oson eriydigan ko‘p miqdordagi organik kislotalar hosil bo‘lishi bilan birga boradi. Bu .holda tuproqda ohak yetishmasligidan u kislotali reaksiyaga ega bo‘ladi. Masalan, mu’tadil zonadagi ninabargli o‘rmonlar tuprog‘ining reaksiyasi ko‘pincha 5 ga yaqin, sfagnum moxi o‘sgan botqoqliklarda 4 ga teng yoki undan pastrok bo‘ladi.O‘rmon zonasida neytral reaksiyali tuproqlar nisbatan kam uchraydi. Arid zonada organik qoldiklar tez parchalanishi va tuproq tarkibida SaSo3 ko‘pligi tufayli u asosan ishqorli bo‘ladi. Relefi tekisliklardan iborat bo‘lgan sernam iqlim sharoitida tuproqda suv turib qoladi, shunga ko‘ra, tuproqda aerasiya uchun noqulay sharoit vujudga keladi, bu esa o‘z navbatida tuproqning kislotaliligini kuchaytiradi. O‘simlik qoplamining tarkibi ham tuproqning kislotaliligiga kata ta’sir ko‘rsatadi. Archa o‘rmonlari typrog‘i qoraqaragay o‘rmonlari tuprog‘iga qaraganda ancha kislotali, bargli o‘rmonlarnikiga Qaraganda esa kamroq kislotali bo‘ladi. Lekin tilg‘goch daraxtlari tagidagi tuproqning, odatda, kislotaliligi past bo‘ladi chunki uning ninabarglari kalsiyga nixoyatda boy bo‘ladi. Odatda, daraxtlar kesilgandan keyin, ayniqsa daraxtlar yorilgan joylarda kalsiyga boy bo‘lgan kul moddasi ko‘p qolganda tuproqning kislotaliligi pasayadi. Tuppoq reaksiyasi tuproq; hosil bo‘lish protsessiga, mineral ozik moddalar ajralib, foydalanish qulay bo‘lgan shaklga o‘tishiga tuproq organizmlarining yashash sharoitiga biologiik aktivligiga va tuproqning boshqa ko‘p xossalariga xam tasir etadi. Kislotali tuproqlarda, odatda, o‘simliklar foydalanishi qulay bo‘lgan shakldagi makroelementlardan azot, fosfor, kaliy, oltingugurt, magniy, kalsiy; mikroelementlardan esa molibden kam bo‘ladi. Lekin ayniqsa tuproq kislotaliginingortishi azot bilan oziqlanishda salbiy iz qoldiradi, bunda nitrifikatsiya pH ning tor doirasida, ya’ni neytralga yaqin bo‘lgan darajada boradi. Shunday qilib, kislotali tuproqlar fizik xossalari yaxshi emasligi, tarkibida chirindi kam bo‘lishi, erkin holatdagi kislotalar ko‘p bo‘lishi (bunda rN-4 dan past bo‘ladi), azot, fosfor, kaliy elementlari va mikroelementlar kamligi, mikrobiologik protsesslar sust borishi, harakatchan shakldagi A1 va Mn elementlari ko‘p bo‘lishi bilan farq qiladi, deyish mumkin. Tuproqning kislotaliligi bilvosita ta’sir kursatishi ham mumkin. Masalan, kasallik tarqatuvchi parazit bilan xujayin o‘simlikning pH ga chidamliligi har xil bo‘lsa, zambrug‘lar keltirib chiqaradigan kasalliklar ham turli darajada namoyon bo‘ladi. Chunonchi, tuproq bakteriyalari va yomg‘ir chuvalchanglari pH ning pastligiga, ya’ni tuproqning kislotaliligiga nihoyatda ta’sirchan bo‘lishi kuzatiladi. Bundan tashqari, kislotali tuproqlardagi ba’zi redutsentlar faoliyatining susaynshi to‘liq parchalanmagan mahsulotlardan ko‘p miqdorda zaharli moddalar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.



Download 270,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish