I bob. Tuproqning ekologik faktorlari va ahamiyati


I bob. Tuproqning ekologik faktorlari va ahamiyati



Download 270,37 Kb.
bet2/8
Sana25.05.2023
Hajmi270,37 Kb.
#943858
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tuproqdagi azotning ekologik ahamiyati

I bob. Tuproqning ekologik faktorlari va ahamiyati

    1. Tuproq ekologik faktorlari

Tuproq qoplami yerning mustaqil qobigi (pedosfera) bo‘lib u biosferaning energiya balansida muhim rol o‘ynaydi. V.V.Dokuchaev tuproqlarni yerning ustki qobig‘ini hosil qiluvchi alohida tabiii jismlar deb ta’riflaydi. Tuproqlar yuza tog‘ jinslariga fizik-geografik muhit bilan organizmlarning tasiri ostida paydo bo‘lgan. Tuproqning asosiy xususiyati o‘simliklar organik moddalar hosil qilishini, ya’ni uning unumdorligini ta’minlash uchun sharoit yaratishdan iborat. Tuproqning ana shu unumdorligi tufayli o‘simliklar bemalol o‘sa oladi va quyosh energiyasidan foydalanib, yangi organik moddalar sintezlaydi. Tuproqning tog‘ jinslaridan farq qiladigan xususiyatlarini aytib o‘tish mumkin. Bular: tuproq qatlamining vertikal bo‘yicha bir xil emasligi, yani gorizontlarga ajralishi; tuproqning muhim botanik geografik ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘shliklarida sodir bo‘ladigan o‘zgaruvchanlikning keskin namoyon bo‘lishi, tog‘ jinslariga xos bo‘lmagan fizik xususiyatlar, suv o‘tkazuvchanlik, havo o‘tkazuvchanlik kabi xossalarning mavjudligi; tuproqning o‘ziga xos fizik va ximiyaviy xossalarga ega bo‘lishi, ayniqsa ustki katlamining organik moddalarga boy bo‘lishi va o‘simliklar uchun muhim bo‘lgan ozik, elementlarini to‘plash qobiliyati, tuproqda juda ko‘p sondagi organizmlar yashashi va o‘simliklarning ildiz sistemasi bilan o‘zaro bog‘liqligi tuproqning mavsumiy dinamikasi va yil fasllarining o‘zgarishi, chunonchi, o‘simliklarning rivojlanish fazalari, mikroorganizmlarning hayot faoliyati dinamikasi ob-havo sharoiti bilan bog‘likligi va nihoyat tuproqning boshqa barcha xususiyatlariga bog‘liq holda uning unumdorligi katta ahamiyatga ega. XIX asrdayok fitogeograflar o‘simlikla harakte- ri bilan tuproq orasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga harakat qilganlar. O. Dekandol (1832) tuproqning organik moddalariga katta ahamiyat bergan, Unger (1836) tuproqning ximiyaviy xossalarini, Turman (1849) fizik xossalarini birinchi o‘ringa qo‘ygan. Gola (1919) tuproq eritmasining osmotik bosimiga ko‘proq e’tibor bergan. Lekin o‘simlik uchun ham, umuman o‘simliklar uchun ham tuproqning barcha asosiy xossalari, chunonchi, uning himizmi (mineral oziqlanishidagi elementlar, kislotaliligi va hokazolar), mexanik tarkibi, strukturasi, tuproq hosil qilish harakteri, tuproqning kelib chiqish tarixi va tuproq tiplari katta ahamiyatga ega. Xossalari bilan bir-biridan farq qiladigan tuproq gorizontlari tuproqning vertikal profilina hosil qiladi. Bu farqlar o‘simliklar ildizining o‘sishi va rivojlanishida, tuproqdagi barcha organizmlarning hayot faoliyatida o‘z aksini topadi. Masalan, tabiiy podzol tuproqli yerlarda podzollashgan gorizont, sho‘rtob tuproqli yerlarda esa yuvilib ketgan zich gorizont o‘simliklarning hayoti uchun bir oz yaroqli hisoblanadi. Tuproqning qalinligi ham muhim ekologik faktor hisoblanadi. U shuning uchun muhimki, o‘simliklar ildizining tarqalishiga ta’sir etadigan tuproq ona jinsining va tuproq osti katlamining joylashish darajasini ifodalaydi. Iqlim sharoiti tuproq hosil bo‘lishi uchun noqulay bo‘lgan joylarda, masalan, Arktikada sayoz tuproq qatlami hosil bo‘ladi. Tuproqning yoshini bilish shuning uchun muhimki, vaqt o‘tishi bilan tuproq hosil qilish faktorlari ta’sirida tuproq sezilarli darajada o‘zgarib boradi. Tuproq faqat yuksak o‘simliklar ta’sirida rivojlnib boradi. Fitotsenozsiz (yoki umuman biotsenozsiz) tuproq bo‘lmaydi va faqat fitotsenozgina tuproqshshg fizik va ximiyaviy xossalarini o‘zgartiradi, uning unumdorligini shakllantiradi. Tuproqning yoshi oshib borgan sari tarkibidagi karbonatlar kamayib boradi, iщqoriy reaksiyasi ko‘pincha kislotali reaksiyaga o‘tadi, organik moddalar miqdori ortadi va hokazo. Bu o‘zgarishlarning hammasi o‘simliklar qoplamiga va uning turlariga ta’sir etadi. Tuproning suv rejimi to‘g‘risida suv ekologik faktor degan bobda to‘xtalgan edik. Odatda, suv rejimi juda o‘zgaruvchanligi bilan harakterlanadi, vegetatsiyasining ayrim davrlarida o‘simlikning suv bilan ta’minlanishining kuchayib yoki aksincha keskin pasayib ketishi ana shunga bog‘liq bo‘ladi. Suv reji mining o‘zgaruvchanligi ayniqsa janubiy dashtlar kichik zonasida keskin namoyon bo‘ladi, chunki bu yerlarda yil davomida tushadigan yog‘in bir xilda taqsimlanmaydi va suv bug‘lanishi juda yuqori darajada bo‘ladi. Gumid oblastda (tundra o‘rmon zonasida) ham namlikning o‘zgaruvchanligi kuzatiladi, lekin bu o‘zgarish uncha keskin namoyon bo‘lmaydi, bu hol ko‘p jihatdan tuproqda to‘planadigan o‘lik organik moddalarga borliq bo‘ladi. Bu moddalar tuproq namini, ayniqsa quruq kelgan yillarda, yaxshi saqlab qolish xususiyatiga ega bo‘ladi. Bularning hammasi o‘simliklar qoplami va o‘simliklar turlari uchun katta ahamiyatga ega. Tuproqning issiqlik rejimi haqida ham yuqorida gapirilgan edi. Ma’lumki, tuproqqning issiklik rejimi joyning relefiga va yonbag‘irlarning qiyaligiga lekin birinchi navbatda iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Iqlim qancha issik; bo‘lsa, tuproq shuncha tez va chukur isiydi, u qancha kontinental bo‘lsa, temperaturasining mavsumiy o‘zgarishi shuncha keskin bo‘ladi. Tuproqning issiklik rejimi, ayniqsa, issiklik yetishmasligi o‘simliklarda bir qator morfologik va ekologik xolatlarni yuzaga keltirishi mumkin, bu xol o‘simlik qoplami strukturasini belgilaydi. Tuproning xavo rejimi suv rejimi bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, tuproq kancha nam bo‘lsa, unda xavo shuncha kam, ya’ni uning aeratsiyasi ham shuncha yomon bo‘ladi. Yoki aksincha, tuproq aeratsiyasi qancha kuchli bo‘lsa, u xaddan tashqari qurib ketadi. Yog‘in ko‘p tushadigan gumid iqlimli oblastlarda (tundrada, ninabargli o‘rmonlarda) tuproq, aeratsiyasi juda past bo‘ladi. Tuproq nami turg‘un bo‘lganda, tarkibidagi loyqa zarrachalari miqdori ortganda va strukturasi yo‘qolgan xollarda aeratsiya pasayib ketadi. Aksincha, tuproq serg‘ovak bo‘lganda gravitatsion suv oqimi kuchayadi, bu esa aeratsiyani va shunga muvofiq ravishda tuproqning qurishini kuchaytiradi.


    1. Download 270,37 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish