Mavzu: Azot,fosfor,kaliy va mikroelementlarning o`simlik oziqlanishidagi ahamiyati



Download 64,4 Kb.
bet1/2
Sana09.07.2022
Hajmi64,4 Kb.
#765273
  1   2
Bog'liq
13.1akt20. munisa ikromovna.

Mavzu:Azot,fosfor,kaliy va mikroelementlarning o`simlik oziqlanishidagi ahamiyati.

Reja: 1.O`simliklar oziqlanishida azotning ahamiyati. 2.O`simliklar oziqlanishida fosforning ahamiyati. 3.O`simliklar oziqlanishida kaliyning ahamiyati. 4.o`simliklar oziqlanishida mikroelementlar ahamiyati.

Azot o'simliklar uchun zarur oziq elementlardan biri liisoblanadi. U barcha oddiy va murakkab oqsillar, nuklein kislotalar (RNK va D N K ), xlorofill, fosfatidlar, alkaloidlar, ayrim dannondorilar va fermentlar tarkibiga kiradi. O'simliklar oziqlanishida azot manbayi bo'lib ammoniy (NH4+) va nitrat (NO,- ) tuzlari xizmat qiladi. O'simliklar tomonidan azotning o'zlashtirilishi bir qator murakkab jarayonlar asosida ketadi va ammiakning tegishli organik kislotalar ketoguruhi bilan hosil qiladigan aminokislotalar sintezlanishi bilan yakunlanadi. Mazkur jarayon aminlanish ja ra y o n i deb ataladi. O'simliklardagi aerob va anaerob nafas olishning birinchi bosqichida uglevodlarning parchalanishidan hosil bo'ladigan pirouzum, shovulsirka, a — ketoglutar va boshqa ketokarbon kislotalar bevosita aminlanishga ancha moyildir. Ketokislotalarning ammiak ta’sirida to'g'ridanto'g'ri aminlanishi o'simliklardagi aminokislotalar sintezining asosiy yo'nalishi hisoblanadi. Bu ikki bosqichli jarayon bo'lib, birinchi bosqichida ammiak va ketokislotadan iminokislota hamda suv, ikkinchi bosqichida esa iminkislotaning qaytarilishidan aminokislota hosil bo'ladi

  • 0 ‘simliklarda azotli moddalar almashinuvi butun vegetatsiya davrida sodir bo'ladi, lekin lining sur’ati va xarakteri o ‘sish hamda rivojlanishning turli davrlarida turlicha kechadi. Masalan, urug'ning unish jarayonida endosperma va urug' palladagi zaxira oqsil aminokislotaga qadar parchalanadi. Ularning oksidlanishidan ammiak hosil bo'ladi va u aminokislotalar hamda amidlar, keyinchalik oqsil va boshqa organik birikmalarning sintezida ishtirok etadi. O'simlikda fotosintezga qobil yashil barg paydo bo'lgach, oqsil sintezi tashqi muhit (tuproq) dan >'utiladigan azot hisobiga ketadi. Tuproqdan eng ko'p azot o'simliklar jadal rivojlanib, tana qo‘yadigan davrda o'zlashtiriladi. Ayni paytning o'zida oqsilning parchalanishi ham sodir bo'ladi: yosh, o'sayotgan a’zolarda oqsil sintezi ustunlik qilsa, qari, o'sishdan to'xtagan a ’zolarda oqsilning parchalanishi kuchliroq namoyon bo'ladi. Azot almashinuvi jadalligiga bog'liq ravishda o'simlik tanasining turli a ’zolarida azotning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Masalan, jismonan charchagan a’zolarida, asosan qari barglarda oqsil gidrolizi sodir bo'ladi va gidroliz mahsulotlari yosh a’zolar tom on harakatlanadi. Urug' shakllanadigan davrda bargdagi oqsil moddalar jadal parchalanib, hosil bo'ladigan aminokislotalar pishib yetilayotgan urug'larga oqib o'tadi va shu yerda oqsilga aylanadi.
  • Turli o'simliklar yalpi azot miqdori bilan bir-biridan farq qilishi tabiiy, lekin bitta o'simlikning turli a’zolari ham turlicha miqdorda azot tutadi. Barglar (ayniqsa, yosh barglar) azotga boy bo'lib, poya va ildizlarda lining miqdori birmuncha kamdir. Azot bilan oziqlantirish sharoitlari o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko'rsatadi. Azot tanqis bo'lgan sharoitda o'simlikning o'sishi keskin sekinlashadi. Barglari maydalashib, och yashil tus oladi, ancha erta sarg'ayadi. Poyasi ingichka tortib, yaxshi shoxlamaydi. Hosil organlariningshakllanishi, rivojlanishi va donning quyilishi yomonlashadi.
  • Azot bilan m e’yorida oziqlantirilgan o'simliklarda oqsil moddalar jadal sintezlanadi, o ‘simlikning o ‘sishi va hayot faoliyati kuchayadi, uzoq davom etadi, barglarning qarishi sekinlashadi, baquwat poya va to‘q yashil tusdagi barglar shakllanadi, o'sish, shoxlanish hamda hosil organlarining rivojianishi yaxshilanadi. Natijada hosil va uning tarkibidagi oqsil miqdori ko‘payadi. Lekin o‘sish davrida bir tomonlama, faqat azot bilan oziqlantirishga ruju qo'yish hosilning pishib yetilishini orqaga suradi, o'sish organlari kuchli rivojlanib, o'simlikning «g‘ovlab ketishi» ga sabab bo'ladi. Oqsil miqdorining ortishi hosil sifatini yaxshilaydi, lekin azotli moddalar miqdorining ko‘payishi hamma vaqt ham mahsulot qimmatini oshiravermaydi. Masalan, qand lavlagi o'suv davrining oxirida azot bilan m o‘l oziqlantirilsa, ildizda ko‘p miqdorda nooqsil azotli birikmalar, aminokislotalar to‘planadi, qaysiki, ildizmevadagi qand miqdorini kamaytirib yuboradi. Hosil sifati, shuningdek, qo‘llaniladigan azotli o‘g‘it turiga ham bog‘liq. Chunonchi, ammiakli azot bilan oziqlantirilgan o‘simlik hujayrasining qaytaruvchanlik, nitrat shakldagi azot qo‘llanilganda esa oksidlovchanlik qobiliyati kuchayadi.
  • D.N. Pryanishnikov va shogirdlarining tadqiqotlari asosida o‘simliklar hayotida ammiak hamda nitrat shakldagi azot teng kuchli ekanligi aniqlangan. Lekin o'simliklarning ammiak yoki nitrat shakldagi azotni o‘zlashtirishi qator ichki va tashqi omillarga, xususan, ekinning biologik xususiyati, uglevodlar bilan ta'minlanganlik darajasi, tuproq muhiti, mikro- va makroelementlarning mavjudligi bilan chambarchas bogMiq. Tuproq muhiti m o‘tadil bo‘lsa, o ‘simliklar ammiak shakldagi azotni nitratlarga qaraganda yaxshi o‘zlashtiradi, nordon muhitda esa, aksificha, nitrat shakldagi azot yaxshiroq o ‘zlashtiriladi. Tuproqda kalsiy, magniy va kaliyning ko‘p bo‘lishi ammiak azotini, fosforning mo'lligi esa nitratlarning o ‘zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Tuproqda molibden tanqisligi nitratlarning qaytarilishini sekinlashtiradi va o ‘simliklarning ayni shakldagi azotni assimilatsiyalashini cheklaydi. Urug‘dagi azotning asosiy qismi (yalpi miqdorining 90% ga yaqini) oqsillar tarkibiga kiradi. 0 ‘simlik oqsilida 14—18%, o ‘rta hisobda 16% azot mavjud. Demak, urug‘dagi azotning nisbiy miqdori oqsil miqdoriga bog‘liq va uning taxminan 1/6 qismini tashkil qiladi. Dukkakli va moyli ekinlar urug'i tarkibida oqsil, binobarin azot miqdori ko‘p, boshoqli ekinlar donida esa kam bo‘ladi.
  • AZOTLI O`G`ITLARNING O`SIMLIK HAYOTIDAGI AHAMIYATI
  • Hozirgi kunda quyidagi turdagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda
  • . 1. Ammiakli—nitratli o'g'itlar — ammiakli selitra, ammoniy — sulfat—nitrat.
  • 2. A m m iaklio‘g ‘itIar— ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, ammoniy karbonat, suyultirilgan ammiak, ammiakli suv va ammiakatlar.
  • 3. Nitratli o ‘g ‘itlar — natriyli selitra, kalsiyli selitra, kaliyli selitra.

  • Download 64,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish