I bob. Tuproqning ekologik faktorlari va ahamiyati


Tuproq mexanik tarkibining ekologik ahamiyati



Download 270,37 Kb.
bet3/8
Sana25.05.2023
Hajmi270,37 Kb.
#943858
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tuproqdagi azotning ekologik ahamiyati

Tuproq mexanik tarkibining ekologik ahamiyati

Tuproqning mexanik (yoki granulometrik) tarkibi nurash protsesslari va keyinchalik ona jinsning biologik qayta ishlanishi natijasidir. Odatda, u turli o‘lchamdagi mineral zarrachalarning protsent hisobdagi nisbati bilan harakterlanadi. Umuman olganda tuproq; mexanik tarkibining o‘simliklarga va o‘simliklar to‘plamiga bevosita ko‘rsatadigan ta’siri juda kam desa bo‘ladi. Uning ta’siri, masalan, tuproq zichligining ortishida namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘simliklar ildizining chuqur kirib o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Tuproqdagi bo‘shliqlar xajmi uning mexanik tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Yirik o‘lchamdagi mineral zarrachalar bo‘shliqlar xajmini oshirib, aeratsiya yaxshi borishi uchun imkoniyat yaratadi, lekin tuproq,nnng suv saqlash xususiyati pasayib ketadi. Tuproqning muxim xossalaridan biri singdirish xususiyatidir. Bunda u uzok, muddat davomida ildiz sistemasi joylashgan zonada oziq moddalarii caqlab turadi; bu esa asosan tuproqning mayda zarrachalari miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham gil tuproqlarning singdirish xususiyati qumli tuproqlarnikiga qaraganda yuqori bo‘ladi. Mayda zarrachalar tuproqning aktiv satxini ancha kattalashtiradi va ildizlarning tuproq zarrachalariga tegib turish imkoniyatini oshi radi. Tuproq zarrachalarining «o‘ziga xos, ya’ni ichki yig‘indi yuzasi» oziq moddalarning saqlanib turishida va mikroorganizmlar faoliyatida katta ahamiyatga ega. Bu yuza kancha katta bo‘lsa, tuproqning ion almashtirish xususiyati shuncha yuqori bo‘ladi va u shuncha ko‘p suv saqlaydi. Bu satx kichrayishi bilan tuproq zarrachalari orasidagi moddalar almashinuvi imkoniyati ham kamayadi. Mineral zarrachalar o‘lchamiining maydalashishi tufayli tuproqning suv saqlash xususiyati ortadi, aeratsiyasi esa pasayib ketadi. Bunday tuproqlar isishi uchun ko‘p issiqlik kerak bo‘ladi (ular «og‘ir tuproqlar» deyiladi). «Engil tuproq» deganda (mineral zarrachalari ancha yirik bo‘ladi), ancha issiq quruk, lekin tarkibida oziq moddalar kam bo‘ladigan tuproq haqida tushuncha paydo bo‘ladi. Mineral zarrachalari ancha yirik bo‘lgan qumli tuproqlarning gumid iklim sharoitida suv va xavo o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘ladi, ularniig chuqur qatlamlarigacha isiydi, shunga ko‘ra, ular tufayli janubdagi ancha issiqsevar o‘simlik turlari shimoliy zonaga kirib borishi mumkin. Arid oblastlarda bunday tuproqlar kapillyarlari kamligi tufayli gil tuproqlarga Qaraganda namni yaxshi saqlaydn; ular o‘simliklarga ancha boy bo‘ladi, bu tuproq tufayli shimol o‘simliklari janub tomonga kirib borishi mumkin. Arid zona tuproqlari kancha zich bo‘lsa, usimliklar turi ham shuncha kam bo‘ladi, tuproq yirik fraksiyalarining ortib borishiga qarab o‘simliklar turi ko‘payib boradi. Zich, kislorod kam bo‘ladigan tuproqlarda o‘simliklar ildizi har doim ancha yuza joylashadi. Tuproqning haqiqiy mexanik tarkibidan tashqari, aloxida zarrachalari birlashib, birmuncha mustaqkam agregatlar hosil qilishi ham katta ahamiyatga ega, Tuproqning ana shunday strukturasi hosil bo‘lishida tuproq kolloidlari, kalsiy karbonat, ildiz tuklari, zamburug‘lar mitseliysi, mikroblar ajratganq moddalar, gumus (chirindi) va boshqalar katta rol o‘ynaydi. Tuproq gorizontlarining strukturasi o‘simliklar ildizi ma’lum chuqurlikkacha kirib borishini ta’minlaydi, ko‘p jiqatdan tuproqning suv, xavo va issiqlnk rejimi undagi mikroorganizmlar aktivligiga ta’sir etadi, ko‘pincha tuproqning oziq moddalarga qancha boyligini ko‘rsatuvchi belgi hisoblanadi. Odatda, strukturasiz chirindili tuproqlarda oson o‘zlashtiriladigan organik moddalar va azot kam bo‘ladi chirindili donador tuproqlar oson o‘zlashtiriladigan mineral tuzlarga (ayniqsa azot tuzlarnga) boy bo‘ladi. Tuproqning ana shu barcha xossalari tegishli ekologik xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simliklarning o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. o‘simliklarning psammofitlar (qumliklarda o‘sadigan o‘simliklar) singari ekologik gruppasi biologiyasi va ekologiyasining xususiyatlari tuproqning «dag‘al» mexanik tarkibiga bevosita bog‘lik; bo‘ladi. Qum o‘rtacha fraksiyadagi birmuncha silliqlashgan kvars donachalaridan tuzilgan bo‘lib, mexanik tarkibiga ko‘ra 0,25—0,5 mm li fraksiyalar asosiy qismini tashkil etadi, ular 80—90% ga yetadi. 0,01 mm li fraksiyalar esa mayda changdan iborat va kam bo‘ladi. Qumning bunday mexanik tarkibi suv utkazuvchanlikning yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi, chunonchi, 20—25 minut davomida 1 m chuqurlikkacha namlanadi. Lekin unga ozgina changsimon zarrachalar qo‘shilib kolsa, suv utkazuvchanligi keskin pasayib ketadi. Qum yaxshi namlanishi bilan bog‘liq xolda yaxshi yuviladi ham (ishqorsizlanadi), shunga ko‘ra, odatda, tarkibida oson eriydigan tuzlar bo‘lmaydi; lekin uncha katta bo‘lmagan chuqurlikda gips tuplanishi mumkin. qumning kapillyarligi pastligi tufayli uning yuzasidan suv kam bug‘lanadi va ma’lum chukurlikda «muallaq» xolda uzoq muddat saqlanib turadi. Qumlarning sochiluvchanligi, harakatchanligi psammofitlarning biologik xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitda o‘simliklar doim qum bilan ko‘milib kolish xavfi ostida bo‘ladi, lekin qumning ko‘chib yurishi va o‘simliklar ildiz sistemasining ochilib qolishi substratning yuqori darajada xavo o‘tkazuvchanlik xususiyati bilan qoplanib ketadi. Kumni shamol uchirib ketishi kam o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni bunda ularning ildiz sistemasi ochilib koladi. Qumli cho‘llarning O‘simliklari kumning shamolda uchib ketishini va kuchib yurishiii to‘sadi, shamolning tezligini kamaytiradi, shu yo‘l bilan kumning qurib kolishining oldini oladi. Tuproqning temieraturasi, yoritilish darajasi va namli- gi ham o‘simliklar turini o‘zgartirib yuboradi. Cho‘l sharoitida tuproq namligi cheklangan faktor bo‘lganligi tufayli xatto uning o‘simliklar ta’sirida bir oz bo‘lsa kam o‘zgarishi juda muxim hisoblanadi. Masalan, psammofit o‘simlik Carex physoides zich va qalin shoxlangan ildiz sistemasi orqali atmosfera yog‘inlarining deyarli xamma kismini qamrab oladi. Psammofitlar quyidagi ekologik xususiyatlari bilan harakterlanadi. 1. Substratning juda karakatchanligi ularda xaddan tashkari uzun (ba’zan 20 m gacha yetadigan) ildizlar rivojlanishi bilan bog‘lik bo‘lib, bu xildagi ildizlar tuproqning nam gorizontida xar tomonga yoyilib o‘sadi va o‘simlikni suv bilan ta’minlab turadi. 2.Psammofitlarning ildizi qurishdan va mexanik shikastlanishdan mustaxkam pustlok tuqimalari bilan muxofazalangan bo‘ladi; ayrim turlari (masalan, (Arisfida Karelini) da bu xildagi mukofazalanish vositasi aloxida qum g‘ilofdan iborat bo‘lib, u qumning sementlangan yopiщqoq moddasidan hosil bo‘ladi. 3.Psammofitlar kumga kumilib qolishiga qarshi kurashish uchun kumning yangi yuzasi yakin joyda qo‘shimcha ildizlar hosil kilish reaksiyasiga ega bo‘ladi, bunda asosiy ildizning qum donachalari tomonidan shikastlanishi qo‘shimcha ildiz chikarishga imkon beradi. 4. Barg ork.ali transpiratsiyani kamaytirish yo‘llaridan biri mayda barglilik va bargsizlik (afilliya) dir. Yozgi jazirama issiq boshlanishi bilan yozgi xazonrezgilik boshlanadi yoki birinchi generatsiyadagi yirik barglar keyingi generatsiyadagi ancha mayda bo‘lgan barglarga almashinadi. Tukilgan barglarning assimilyatsiya funksiyasini novdalar bajarishi mumkin. Birinchi generatsiyadagi yozda to‘kiladigan barglarda, odatda, kseromorf tuzilish belgilari aniq bo‘lmaydi. Substrata harakatchan bo‘lgani uchun, odatda, psammofitlar anemoxorlar, ya’ni mevasi shamol yordamida tarqaladigan o‘simliklar gruppasiga kiradi. Shunisi qizikki, psammofitlarda, odatda, rezavor tipidagi sersuv meva hosil bo‘lmaydi. Substratning mexanik xususiyati qoyalarda, sochil- malarda, toshloqlarda o‘sadigan o‘simliklar (litofitlar) ga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Ildizlar o‘sishi mumkin bo‘lmagan koyalar va toshlar yuzasida birinchi navbatda epifit o‘simliklar-mikroorganizmlar, suvutlar, lishayniklar o‘sadi, ular uzoq davom etadigan biologik nurashga sabab bo‘ladi. Agar qoya va toshlarda yoriqlar bo‘lsa, ayniqsa tuproq bilan to‘lgan bo‘lsa, u yerda xasmofit o‘simliklar o‘sadi. Nihoyat, harakatchan tog‘ sochilmalarida substratning harakatchanligiga moslashgan xilma-xil o‘simliklar turi o‘sadi. Bu xildagi o‘simliklar sochilmalarni asta-sekin mustaqkamlaydi, harakatini to‘xtatadi va keyinchalik mayda tuproq zarrachalari to‘plangandan keyin u yerda butalar va o‘tlar o‘sadi. Tuproq ximiyaviy xossalarining ekologik ahamiyatI Tuproqning fizik yoki ximiyaviy xossalaridan qaysi biri o‘simliklar hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini aniqlashda tuproqning bir xossasini boshqasidan ajratish qiyin, ya’ni bunda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan tuproq ekologik sharoitining butun kompleksini hisobga olish zarur bo‘ladi. Tuproqning ba’zi fizik xossalarining ekologik ahamiyati bilan tanishayotganda uning ximiyaviy xossalariga ham e’tibor berish zarur, lekin bu va boshqa xossalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini esdan chiqarmaslik kerak.


    1. Download 270,37 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish