MUNDARIJA:
Kirish………………………………………………...……………..2
I BOB TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH METODIKASI FANINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI.
1.1. Texnologiya ta`limidan nazariy ishlar ……………………………5
1.2. Texnologiya ta`limidan amaliy ishlar …………………….……...10
II. BOB TEXNOLOGIYA DARSLARIDA XAVFSIZ MEHNAT USULLARI VA О‘QUV QUROLLARI BILAN ISHLASHDA XAFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
2.1. Texnologiya darslarida xavfsiz mehnat usullari ……… 16
2.2. Chilangarlik o’quv ustaxonalarida texnika xavfsizligi qoidalari mavzusini o’qitish metodikasi ………………….………………………………17
Xulosa……………………………………………………………..26
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………27
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Har bir davlatning ishlab chiqarish sohasi yuksak darajada rivojlangan bo’lsa, demak, ushbu davlat kelajakda iqtisodiy jihatdan ijobiy natijalarga erisha oladi. Bu masalaning bitiruv ishiga bog’liqligi shundaki, o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarining ishlab chiqarish darajasining balandligi uning zamonaviy jihozlanganligi, mahsulotlar ishlab chiqarish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, ishni tashkil etish, texnika xavfsizligi va boshqa qator omillar bilan belgilanadi. Ishning asosiy vazifasi davlat standarti asosida o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarini jihozlashni o’rganish jarayonida talabalarga yuqori saviyada bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.
O’quv ishlab chiqarish ustaxonalari jihozlari bilan tanishish, ishlatish va ta’mirlash jarayonida o’quvchilarda quyidagi bilim, ko’nikma va malakalar shakllanishi zarur: o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarining elektr jihozlari va ularda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish; ishlab chiqarish texnika xavfsizligi; elektr xavfsizligi asoslari, kishi organizmiga yorug’lik, issiqlik energiyasi, elektr toki, shovqin va tebranishning ta’siri; ustaxonalarda mehnat xavfsizligi; o’quv ishlab chiqarish ustaxonalari jihozlarida sodir bo’ladigan nuqsonlar va ularni bartaraf etishda texnika xavfsizligi; uy-ro’zg’or elektr asboblarining tuzilishi va ta’mirlanishi, maishiy xizmat ko’rsatish, boshqarish va himoya apparatlarida xavsizlik texnikasi va hokazo.
Yuqoridagi tahlillarimiz hamda o’quv ustaxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash jarayoni tahlili va mazkur yo'nalishni takomillashtirish borasidagi mavjud amaliy ish tajribalarimiz natijalari umumta’lim maktablarida o’quv ustaxonalarini elektrlashtirish ishlarini o’rgatish muhimligi va samarali ekanligini ko'rsatdi:
-o'qitishning har bir bosqichidagi ya'ni o'quv rejasidagi har bir fanlar bloklarida ta'lim mazmunini (o'quv rejasi va dasturi, o'quv rejasidagi fanlar va ularning uzviyligi hamda uzluksizligi, uslubiy ko'rsatma va tavsiyalar) ni aniqlab olish;
-o'quv ishlab chiqarish ustaxonalarining zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishiga e'tibor berish;
-o’quvchilarga elektr energiyasi haqida bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatish uslublarini qo'llash imkoniyatini bilish va yaratish;
Do'stlaringiz bilan baham: |