REJA:
|
I-Bob. Elektr energiyasi haqida asosiy tushunchalar
|
1.1. Tok kuchi, elektr qarshilik va elektr o’tkazuvchanlik
|
1.2. Elektr o’lchash birliklari, etalonlar va elektr miqdorlarining o’lchamlari
|
1.3. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
|
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Har bir davlatning ishlab chiqarish sohasi yuksak darajada rivojlangan bo’lsa, demak, ushbu davlat kelajakda iqtisodiy jihatdan ijobiy natijalarga erisha oladi. Bu masalaning bitiruv ishiga bog’liqligi shundaki, o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarining ishlab chiqarish darajasining balandligi uning zamonaviy jihozlanganligi, mahsulotlar ishlab chiqarish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, ishni tashkil etish, texnika xavfsizligi va boshqa qator omillar bilan belgilanadi. Ishning asosiy vazifasi davlat standarti asosida o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarini jihozlashni o’rganish jarayonida talabalarga yuqori saviyada bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.
O’quv ishlab chiqarish ustaxonalari jihozlari bilan tanishish, ishlatish va ta’mirlash jarayonida o’quvchilarda quyidagi bilim, ko’nikma va malakalar shakllanishi zarur: o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarining elektr jihozlari va ularda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish; ishlab chiqarish texnika xavfsizligi; elektr xavfsizligi asoslari, kishi organizmiga yorug’lik, issiqlik energiyasi, elektr toki, shovqin va tebranishning ta’siri; ustaxonalarda mehnat xavfsizligi; o’quv ishlab chiqarish ustaxonalari jihozlarida sodir bo’ladigan nuqsonlar va ularni bartaraf etishda texnika xavfsizligi; uy-ro’zg’or elektr asboblarining tuzilishi va ta’mirlanishi, maishiy xizmat ko’rsatish, boshqarish va himoya apparatlarida xavsizlik texnikasi va hokazo.
Biz mazkur bitiruv malakaviy ishda o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarini elektr jihozlari bilan ta’minlash va ta’mirlashga oid tushunchalarni keltirib o’tamiz. Ustaxonalarda ishlab chiqarish sharoitlarini yaratish, o’quv ishlab chiqarish ustaxonalari elektr jihozlarini takomillashtirish, ustaxonaning uzluksiz va bir maromda ishlashi uchun jihozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, fan-texnika taraqqiyoti talablarini hisobga olgan holda ta’lim sistemasini takomillashtirish yo’llarini qarab o’tamiz. Ishni yoritishda elektr energiyasi va elektr jihozlariga katta e’tibor qaratamiz.
Mutaxassislar o’quv ustaxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr energiyasi bilan ta’minlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar, elektr bilan a’minlashda texnika xavfsizlik qoidalarining optimal usullaridan foydalanish borasida bir qator ishlarni amalga oshirgan. Ana shu optimal usullarni bo’lajak mutaxassislarga, o’quvchilarga o’rgatish muhim vazifalardan hisoblanadi.
O’quvchilar olgan bilimlarini amaliyotda qo’llab, o’z malakalarini doimiy ravishda mustaqil rivojlantirib borishlari zarur.
Hayotimizda qo'llanilayotgan ana shunday elektrlashtirish elementlari va ular haqida o’quvchilarga bilim berishda umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limiga oid bilim, malaka va ko'nikmalarining shakllanishi nihoyatda muhim. Shuningdek, mehnat ta’limi faniga oid bilimlar fizika va texnika fanlaridagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashda ham muhimdir. Ushbu sohadagi olib borilayotgan ilmiy-tadqiqiot ishlarini tahlil qilib chiqqanimizda olimlarimiz va mutaxassislarimiz tomonidan bir qator natijalarga erishilganligini kuzatdik.
O’quv ishlab chiqarish ustaxonalarini elektr bilan ta’minlashda o’quvchilarda bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish bo'yicha ma'ruza matnlari, o'quv qo'llanma va darsliklarning yangi avlodlarini yaratish M.Ochilov, D.A.Txorjevskiy, N.Xonboboyev, A.R.Xodjaboyev N.Shodiyev, U.Nishonaliyev, N.Shoumarov, M.Shoumarova, O.Abduquddusov, V.E.Turevich, M.Meliboyev, kabilarning ilmiy izlanishlarida asoslangan.
Yuqoridagi tahlillarimiz hamda o’quv ustaxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash jarayoni tahlili va mazkur yo'nalishni takomillashtirish borasidagi mavjud amaliy ish tajribalarimiz natijalari umumta’lim maktablarida o’quv ustaxonalarini elektrlashtirish ishlarini o’rgatish muhimligi va samarali ekanligini ko'rsatdi:
-o'qitishning har bir bosqichidagi ya'ni o'quv rejasidagi har bir fanlar bloklarida ta'lim mazmunini (o'quv rejasi va dasturi, o'quv rejasidagi fanlar va ularning uzviyligi hamda uzluksizligi, uslubiy ko'rsatma va tavsiyalar) ni aniqlab olish;
-o'quv ishlab chiqarish ustaxonalarining zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishiga e'tibor berish;
-o’quvchilarga elektr energiyasi haqida bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatish uslublarini qo'llash imkoniyatini bilish va yaratish;
-
Ilg'or mutaxassislar ish tajribasini va ularning o’quv ishlab chiqarish ustaxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash jarayonini o'rganish, shuningdek, amalga oshirilgan asoslovchi bosqich tadqiqotlarimiz asosida ilmiy faraz ni quyidagicha shakllantirdik. o'quv jarayonida o’quvchilarlarning izlanuvchanlik, qiziquvchanlik xususiyatlarini oshirish maqsadida fanning mavzusiga kiritish uchun qo'shimcha ravishda vaziyatli (muammoli) matnlar, amaliy ish topshiriqlari, ko'rsatmali ma'lumotlar uchun elektr energiyasiga oid stend, test -savollari tayyorlash;
- elektr energiyasi bilan ta’minlashda elektr asboblari bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirish;
-elektr energiyasining optimal variantlari bilan ta’minlanganda ish unumdorligining yuqori bo’lishiga erishish va shu kabilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tadqiqot mavzusini “O’quv ishlab chiqarish ustaxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlash usullari” deb nomladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |