I bob ta’lim samaradorligini oshirishda grafik organezatsiyalar 3


Ta‘lim jarayonida motivatsiyani shakllantirish



Download 43,9 Kb.
bet5/6
Sana24.02.2022
Hajmi43,9 Kb.
#224693
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MATEMATIK OQITISH METODIKASI

1.2. Ta‘lim jarayonida motivatsiyani shakllantirish


Bilim olish va hunar o’rganish motivatsiyasini shakllantirish hamda o’quvchilar faolligini oshirish zamonaviy pedagogik texnologiyaning asosiy masalalaridan biridir. Motivatsiya deganda harakat qilishga undaydigan sabablar tushuniladi. Motivatsiya zaruratdan yoki ehtiyojdan kelib chiqqan holda kerakli ilmlarni va hunarni o’rganish uchun hosil bo’lgan istak bilan bog’liqdir. O’qishga bo’lgan motivatsiya o’rganish sifati va miqdoriga kuchli ta‘sir etadi. Zamonaviy o’qitish pedagogikasida motivatsiya tashqi va ichki motivatsiyaga bo‗linadi. Birinchisi pedagoglar, ota - ona, jamiyat va jahondagi hodisalar ta‘sirida shakllanadi. Ichki motivatsiya esa ehtiyoj, istak, taqlid va havas 10 tufayli hosil bo’lishi mumkin. Ichki motivatsiya bilim va hunar o’rganishda eng muhimdir. Chunki talabaning o’zi biror narsani xoxlasa va bunga erishish jarayonida ichki ilhomlantiruvchi kuch hosil bo’lsa, natija samarali bo’ladi. Motivatsiyaga xizmat qiladigan umumiy shart-sharoitlarni ham yaratish zarurdir. Aniq motivatsiya bor joyda faollik ham yuqori bo’ladi. Umumiy holda talabaning faolligi uning mustaqil ravishda bilimlarni egallashida, hunar o’rgaiishida, savol-javob va munozaralarda qatnashishida, vaqtdan to’g’ri foydalanishida, topshiriqlarni vaqtida bajarishida, olgan bilimlarini amalda sinab ko’rishida, fan, texnika yangiliklaridan xabardor bo’lib turishida, ijodiy hamda tanqidiy fikr yuritishida namoyon bo’ladi. Hozirgacha ta‘lim tarbiyaning «Men» va «Sen» usuli asosida («Men»- o’qituvchi, «Sen»-o’quvchi) olib borishda, asosan, «Men» faol, «Sen» esa nofaol. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar esa «Sen» ning faolligini oshirishga qaratalgan. Texnik taraqqiyot asrida barcha bilim va ma‘lumotlarni fanlar uchun ajratilgan soatlar doirasida etkazishning iloji yo’qligi tufayli, ko’p bilimlarni o’quvchi mustaqil ravishda olishi lozim. Shuning uchun ham bilim berish va hunar o’rganish jarayonida o’quvchilarni («Sen»ni) faollashtiruvchi barcha usullardan foydalanish muhimdir. Fanni o’rganishda talaba faolligining oshishi, birinchi navbatda, o’qituvchining xushfe‘lligiga, yuqori muomala madaniyatiga ega bo‗lishiga, zavq bilan qiziqarli dars berishiga, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishiga, yangiliklardan xabardorligiga, fanning jamiyatni rivojlantirishdagi rolini ko‗rsata olishiga ham bog‗liqdir. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari borayotganligini va jamiyatning malakali kadrlarga bo‗lgan ehtiyojiii aniq tushuntirish, yoshlarning bilim olishlarida va hunar o’rganishlarida faolliklarini oshirishga xizmat qiladi. O’qitilayotgan fanga qarab ham motivatsiyaning kuchaytiruvchi usullarini tanlash mumkin. 11 Biz yashayotgan asr tom ma‘nodagi texnika, elektronika, EHMlar, robototexnika, sun‘iy intellektlar, kosmik sayohatlar, internet tarmog‗idan, okeanlar tubidan foydalanish, chiqindisiz ishlab chiqarish, katta tezliklar, klonlashtirish, kosmik elektrostansiyalar, zarur bo’lganda, inson ichki organlarini almashtirish asri hisoblanadi. Texnik taraqqiyot zamonida tabiiy va texnik fanlarning, shu jumladan, fizikaning roli kattadir. Texnik taraqqiyotning ham nazariy, ham amaliy asoslari fizika bilan bogliqdir. Yuqoridagi ilmiy va texnik taraqqiyotga tegishli misollarga tayanish talabalarning fizika fanini o’rganishdagi faolliklarini oshirishga yordam beradi. Bilim olish motivatsiyasini shakllantirish va faollikni oshirishda buyuk ajdodlarimizning jahon madaniyatini rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlariga tayanish ham ijobiy natija beradi. Ibn Sinoning tib ilmi sohasidagi kitoblari asrlar davomida dunyoning ko’p mamlakatlarida darslik sifatida foydalanilgan. Umar Xayyom birinchi marta uchinchi darajali tenglamalar echimini topgan va u tuzgan kalendarning aniqligi biz bugun foydalanayotgan kalendarning aniqligidan yuqori bo’lgan. Ulug‗bek tuzgan yulduzlar jadvalining aniqligi bugungi astronomik kuzatishlar natijalaridan deyarli farq qilmaydi. Firdavsiyning «SHohnoma»si, Navoiyning «Xamsa»si dunyoga mashhur. Shunday misollarni keltirib, yoshlarimizni ajdodlarimizga munosib vorislar bo‗lish ruhida tarbiyalash maqsadga muvofiqdir. So’ngti yillardagi pedagogik adabiyotlarda o’z-o’zini motivlashtirish strategiyasiga alohida etibor berilmoqda. Bu kelajak hayotning rejasini tuzish, shunga asosan, kasb-hunar tanlash, mustaqil ilm o’rganish, o’quv materiallarini takrorlash va o’z-o’zini nazorat qilish bilan bog’liqdir. Motivlarni shakllantirishdagi sinovdan o’tgan yana bir usul o’quv maqsadi va vazifalarining o’quvchilar tomonidan belgilanishidir. O’quvchi o’quv maqsadlarini o’zi belgilaganda, o’ziga ishonch hosil bo’ladi, bu esa o’qishning muvaffaqiyatli bo’lishiga olib keladi va o’quv motivlari yanada kuchayadi. O’quvchini tanlagan maqsadidan qaytarish muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin. Motivatsiyani saqlab turish va faollikni oshirish uchun o’quvchi 12 istaklarini, qiziqishini, nimaga moyilligini, qobiliyatini hisobga olish hamda muvaffaqiyatlarini qo’llab-quvvatlab turish lozim. Xulosa qilib aytganda, texnik taraqqiyot va ilmiy informatsiyalarning oshib borayotganligini hisobga olgan holda, mustaqil bilim olish, motivatsiyani rivojlantirish, faollikni oshirish zamonaviy o‗qitishning muhim masalasidir. O’qitish va o’rganish jarayoni doimo motivatsiyani shakllantiruvchi usullar bilan birga olib borilishi kerak. Zamonaviy pedtexnologiyaning tamoyillari. Pedagogik texnologiyani ta‘lim-tarbiya jarayoniga joriy etish uchui, pedagogik faoliyatimizni pedagogik texnologiya mohiyatini ifoda etuvchi tamoyillari asosida amalga oshirishimiz lozim. Eslatib o’tamizki, har qanday tamoyil (prinsip) zamirida, bizga bog’liq bo’lmagan, qandaydir qonuniyat, ya‘ni zaruriy aloqadorlik yotadi. Zaruriy yoki funksional aloqadorlik deganda, muayyan narsa yoki hodisani butun qilib turgan qismlari orasidagi, ularning tadrijiy rivojidan kelib chiquvchi bog‗liqliklarga aytiladi. Bu bog‗liqliklar shu narsa tajrijiy rivojining ichki zaruriyatidan paydo bo’lib, inson ixtiyoridan tashqaridagi narsadir. Shuning uchun uni tamoyil sifatida qabul qilib, faoliyatimizni shu asosda olib borishimiz to’g’ri bo’ladi. Pedagogik texnologiyaning birinchi tamoyili – bu majmu yondashuvga doimo amal qilishdir. Bu degani, dars loyihasini tuzishda va uni amaliyotda qo’llashda, doimo majmu yondashuv tamoyilining qonun-qoidalaridan kelib chiqishlikdir. Birinchidan, o’rganilayotgan har qanday narsa va hodisaga bir butunlik (majmu) sifatida qarash. Bu majmu yondashuv tamoyilining asosidir. Har qanday butunlik bir necha qism (element)- lardan tashkil topgan bo’lib, ular o’zaro funksional bog’liqlikda bo’ladi. Ikkiichidan, har qanday butunlik (majmu)ning Pedagogik texnologiya O‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish O‘qitishning texnik vositalari qismlari ham butunlik bo’lib, o’z navbatida, bir nscha butunlik (qism)lardan tashkil topgan bo’ladi. Bu degan so’z, har qanday butunlik o’zidan bir pog’ona pastdagi butunliklardan tashkil topib, o’zi o’zidan bir pog’ona yuqoridagi butunlikka element bo’lib kiradi va hokazo. Bu majmu yondashuvning pog‗onadorlik tamoyilidir. Ikkinchi tamoyil — «o’quv fanini tabaqalashgan modullarga ajratish». Majmu yondashuv tamoyilidan kelib chiqib, dars jarayoniga pedagogik texnologiyani joriy qilmoqchi bo’lsak, birinchi navbatda, bugun o’quv fanini bir butunlik deb bilib, bu fan ichidagi bilimlarning turiga va ichki bog‗liqligiga qarab, bir pog’ona pastda turgan, bir nechta butunliklarga ajratib chiqamiz. Buni shartli ravishda katta modullar deb nomladik. Aslida, har qanday o’quv dasgur va darsliklarda bilimlarning turi va o’zaro bog‗liqliklariga qarab, bob-boblarga ajratilgan. Ularni, yana bir marotaba majmular nazariyasining tamoyillaridan kelib chiqqan holda tahlil qilib, katta modullar deb nomlasa bo‗ladi. Modullarga ajratish jarayonining ikkinchi bosqichi, katta modullar ichida o’rta modullarni ajratishdir. Bu jarayonda ham, katta modul ichidagi bilimlarning o’xshashligi, mazmunining nisbatan tugallanganligi va bir dars mobaynida beriladigan bilimlarning hajmidan kelib chiqib, o’rta modullarga bo‗lib chiqamiz. Har bir o’rta moduldagi bilimlar hajmi, vaqt jihatidan bir darsda berib ulgurilishini ko‗zda tutish kerak. Ya‘ni bitta o’rta moduldagi bilimlarni, bitta dars jarayonida berib ulgurish lozim. Odatda, an‘anaviy darsliklarda, bitga dars mobaynida o’tiladigan bilimlarni alohida paragraflar qilib ajratib berilgan. Umuman olganda har bir paragrafni bir o’rta modul desa bo’ladi. Biroq, ba‘zi fanlarda, mazmun jihatidan bilimlarni guruhlashtirib ajratilgan paragraflar katta bo’lib, ularni bir dars mobaynida o’tib bo’lmaydi. Shunda bir paragrafdagi jamlangan bilimlarni ikki o’rta modul (dars), gohida uchta o’rta modul mobaynida o’tiladi. Shuning uchun, bir paragraf bitta o’rta modul bo’ladi deb turib olmay, bir paragrafda ikkita gohida uchta o’rta modulga bo’lishlik, modullarga ajratish tamoyilini buzmaydi. Modullarga ajratishning keyingi bosqichi, o’rta modul (bitta dars) ichida kichik modullarnn ajratishdir. Tajriba shuni ko’rsatdiki, har bir o’rta modulda beshta yoki oltita kichik modulni ajratsa bo’ladi. Shulardan birinchisi, o’tgan darsni mustahkamlash moduli bo’lsa, ikkinchi yo uchinchi (bilimlar mazmuni va hajmiga ko’ra) yangi bilimlarni berishga ajratiladi, to’rt va beshinchi modullar o’tgan darsni mustahkamlash va samaradorligini tekshirish hamda uyga vazifa berish modullaridan tashkil topgan bo‗ladi. Uchinchi tamoyil. Berilgan bilimni o’quvchi va talabalar to’liq anglab o’zlashtirib olishlari uchun, darsda albatta muammoli vaziyat shakllantirilishi shart. Talabalarda berilishi ko’zda tutilgan bilimga qiziqish uyg’otib, so’ngra bilimni bera boshlasangiz, samarasi yuqori bo’ladi. Muammoli vaziyatni shakllantirish uchun hayotdan misol keltirib turib, talabalarga savol beriladi. Talabalar savolga javob berishini bir oz bo’lsada kutiladi. Ko’p kutilsa, darsga bo‗lgan qiziqish susayib ketadi hamda ajratilgan vaqtdan unumli foydalanilmay qolinadi. Shuning uchun, to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishidan qat‘i nazar, bir-ikki talabaning javobini eshitganingizdan so’ng, ularning javobi davomida to’g’ri javob aytiladi. Shunda talabalar darsda beriladigan bilimni yaxshi anglab etadilar. Berilgan bilimni talabalar o’z tafakkurlarida saqlashlari uchun, bu bilim har turli qilib, kamida 4-5 marotaba qaytariladi. Shunda darsda egallangan bilim xotira sandig‗iga kirib ulguradi. Bu pedagogika va psixologiya ilmlarining bir qator tadqiqotlar olib borib aniqlagan qonuniyati. Ya‘ni miqdor sifatga o’tishi uchun, uni bir necha bor 4-5, gohida 6-7 marotaba qaytarishga to’g’ri keladi. Anglab etilib, tafakkurda saqlanib qolingan bilim asosida, ko’nikma hosil qilish uchun, bilim albatta amaliyotda qo’llab ko’rilishi shart. Mashg’ulotingiz amaliy ishlar bilan bog’liq bo’lsa, talabalarga bilimni ular anglaydigan qilib berganingizdan so’ng, shu bilim asosida bajariladigan ishni, talabalardan amalda bajarib berishlarini talab qilasiz. Agar mashg’ulotingiz nazariy bilimlarni egallash bilan bog’liq bo’lsa, anglaydigan qilib bergan barcha bilimlarni, talabalardan qaytarib, aytib berishlarini va albatta, bu bilimlarni uyda, bir qator mashqlar orqali mustahkamlashni talab qiling. Shunda beriladigan bilimni talabalar anglashlari, tafakkurlarida saqlashlari va amaliyotda qo’llashlarini bir vaqtning o’zida olib borgan bo’lasiz. Talabalar esa, bu bilimni anglab etib, o’zlashtirib olgan bo’ladilar. To’rtinchi tamoyil - maqsadlarning natijalari fe‘llar shaklida bo’lishligi tamoyili. Bu tamoyil avvalgi tamoyilning davomi bo’lib, pedagoglardan, talabalarga berilgan bilimni, albatta, ularning ko’nikmasiga aylantirib berishni talab qiladi. Berilgan bilimning yakuniy natijasi ko’nikma shaklida bo’lishlik deganda, talabalarning egallagan bilimlari asosida qandaydir amaliy faoliyatlarni bajara olishlari tushuniladi. Bu harakatlar fe‘l shaklida bo’lib, ish-harakatning bajarilganligini bildiradi. Berilgan nazariy bilim asosida qandaydir ish-harakatni bajarish deganda, talabalar berilgan bilimni, kamida, mustaqil ravishda aytib bera olishliklarini ham anglanadi. Agar berilgan bilim qandaydir amaliy faoliyat bilan bog’liq bo’lsa, talabalar, albatta, berilgan bilim asosida muayyan bir amaliy ishni bajarishlari shart. Bu pedagogik texnologiyaning asosiy talabi va tamoyillaridan biridir. Shuning uchun, dars yakunida erishilishi lozim bo‗lgan amaliy harakatlar loyihasini avvaldan tuzishda fellardan foydalaniladi. Beshinchi tamoyil - tayanch tushunchalarii belgilash tamoyili. Pedagogik texnologiya asosida dars loyihasini tuzishda, shu dars modullari ichidagi tayanch tushunchalarni belgilab olish zarur. Tayanch tushunchalar deb, darsda beriladigan har bir bilimning ichki mohiyati alohida bir tushunchada ifoda etilishiga aytiladi. Masalan, bitta darsda talabalarga yangi axborot berish uchun ikkita modul ajratilgan. Har bir modulda, qandaydir ikkita yoki uchta yangi bilim berilishi ko‗zda tutilmoqda. Bu bilimlarni siz tushunchalar orqali talabalarga bildirasiz. Bu tushunchalarning ichida bitta, ikkita yoki uchtasi, shu bilimning mohiyatini ochib beradi. Dars o’tishdan oldin, shu tayanch tushunchalarii aniqlab olishlik lozim va dars jarayonida, ularni doimo ko’zda tutish kerak. Oltinchi tamoyil - Nazorat savollari tayanch tushunchalar asosida tuzilib, tayanch tushunchalar oz bo’lsa, ularning o’zidan tekshirish uchun savollarni tuzsa bo’ladi. Tayanch tushunchalar ko’p bo’lsa, ichidan eng muhimlarini tanlab olib, savol shakliga keltirib, nazorat savollari tuziladi. Bilimlarni nazorat qilishda qo’yiladigan ball va baholar o’quvchi hamda talabalarda qanday taassurot qoldirganini, o’rtoqlarining o’qishidagi yutuq va kamchiliklariga qanday munosabatda bo’lishlarini doim kuzatib borish uchun kerak. O’quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish hamda baholash o’quv yili davomida har doim va muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, tartibli va doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib berildi. Har bir fan bo’yicha o’quvchi va talabaning o’zlashtirishini baholash chorak va semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi: joriy nazorat, oraliq nazorat va yakuniy nazorat. Joriy nazorat — bu o’rganilayotgan mavzularning o’quvchi va talabalar tomonidan qanday o’zlashtirilayotganligini muntazam ravishda dars jarayonida nazorat qilishdan iborat. Bu nazorat o’qituvchi tomonidan o’tkazilib, talabaning bilim darajasini shu fanning har bir o’rta modul bo’yicha aniqlanib borishini ko’zda tutadi. Bu esa o’quvchining uzluksiz bilim olishi va natijasini muttasil nazorat qilib borishni nazarda tutadi. Oraliq nazorat — bu mazkur fan bo’yicha o’tilgan bir necha mavzularni o’z ichiga olgan katta modul bo’yicha talabaning bilimini aniqlash demak. Oraliq nazorat darsdan tashqari vaqtda o’tkaziladi va talabalarga o’zlashtirish ko’rsatkichlarini oshirish imkonini beradi. Yakuniy nazorat — bu nazorat semestr uchun belgilangan mavzular to’liq o’qitilib bo’lingach, o’tilgan mavzular bo’yicha olinadi. Semestrdagi reyting bahosi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda to’plangan ballar bo’yicha aniqlanadi. Ettinchi tamoyil – o’rta modullardagi darslarning turi va tipini aniqlash tamoyili. «Amalga oshirmoqchi bo’layotgan pedagogik jarayonimiz qanday dars turi va tipiga taalluqli?» degan savolga javob berish uchun darsning turlari va tiplari to’g’risidagi ma‘lumotga ega bo‗lishimiz shart. Darsning mantiqiy tuzilishi va bilish jarayonining harakteriga qarab, darslar - kirish darsi; egallanadigan bilimlar bilan birlamchi tanishish darsi; yangi bilimlarni egallash darsi; egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llash darsi; ko’nikmalar hosil qilish darsi; umumlashtirish, qaytarish va mustahkamlash darsi; tekshiruv darslari; aralash dars, degan turlarga ajraladilar. Sakkizinchi tamoyil – o’rta modullardagi pedagogik jarayonlarni amalga oshirish usul va uslublarini belgilab olish tamoyili. Pedagogikada o’qitish usuli deb, ta‘limiy maqsadlarga erishishda qo‗llaniladigan pedagogik chora-tadbirlar, yani uslublar yig‗indisiga aytiladi. Vaholanki, yuqorida aytganimizdek, boshqa faoliyat sohalarida buni uslub – metodika deb nomlaydilar. Pedagogikada ham metodika degan tushuncha mavjud. Bu tushuncha, ta‘limiy maqsadga erishishda qo’llaniladigan pedagogik usul yoki chora-tadbirlarni qo’llash yo’riqnomasi sifatida tushuniladi. Pedagogikada usul atamasi ustida boshqa tushunchalar ham mavjud. Chunonchi, usullarni pedagog qo‗llaydigan bo‗lsa – o’qitish usuli, talaba qo‗llaydigan bo’lsa – o’rganish usuli deyiladi. O’qituvchi va talabalarniig bilim egallash maqsadida birgalikda qo’llaydigan usullarni ma‘rifiy yoki pedagogik usullar deyiladi. Usul va uslublar yuzasidan boshqacha fikrlar ham mavjud. Har bir ta‘limiy usulni bir butunlik (majmu) deb bilib, uni tashkil qiluvchi unsurlarni tahlil qilib chiqqanda, ularning har biri uslub (priyom) bo‗lib chiqmoqda. E‘tibor bering, uslubning falsafiy talqinida, maqsadga etishishda qo’llaniladigan usullar tizimi uslub deb aytilgan. Pedagogikada uning aksi bo‗lib chiqmoqda. Ya‘ni pedagogik maqsadga erishishda qo’llaniladigan usulning bir unsuri pedagogik uslub bo’lmoqda. Bu tushunchalar pedagogika ilm-fanida an‘anaviy qo‗llanib kelinganligi uchun, biz ham shunga bo‗ysunib, pedagogikada qabul qilingan tushunchalardan foydalanamiz. To’qqizinchi tamoyil – o’rta modullardagi pedagogik jarayonlarni axborot tsxnologiyalari va didaktik materiallarning qo’llanish o’rnini belgilash tamoyili. Buning uchun o’quv muassasasida bor bo’lgan axborot uzatish texnikalari va ko’rgazma qurollar hamda boshqa didaktik materiallar ichidan mavzuga moslarini topib, o’rnini belgilab chiqish zarur bo’ladi. Zamonaviy pedtexnologiyalarga o‘tishning zaruriyati O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, ilg’orpedagogik texnologiyalarni o’rganib, ularni o’quv muassasalarimizga olib kirish zarurligi uqtirilgan. Keyingi o’n yil ichida yaratilgan, pedagogikaga bag’ishlangan adabiyotlarda «Pedagogik texnologiya», «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg’or pedagogik 18 texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya» kabi tushunchalar ko’p uchrab turgani bilan, ularning o’zbek tilidagi maromiga etgan ta‘rifi hali tuzilmagan. Respublikamizning pedagog olimlari va amaliyotchi pedagoglari ilmiy asoslangan hamda O’zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan o’zbek milliy talim texnologiyalarini yaratish va ularni ta‘lim-tarbiya amaliyotida qo’llashga intilmoqdalar. Pedagogik texnologiya yuqorida sanab o’tilgan beshta sababiy shartlarning barcha talablariga javob beradigan talimiy tadbirdir. Shuni aytish joizki, ta‘lim texnologiyalari, pedagogika ilmining tadqiqot ob‘ekti sifatida, aniq fanlarni o’qitish uslubi sifatida maydonga chiqqan edi, endilikda ijtimoiy fanlarni o’qitishga ham yangicha yondashuv sifatida qayd qilinishi lozim deb topilmoqda. Bu zaruriyat, shu vaqtgacha ijtimoiy fanlarni o’qitganda, mafkura nuqtai nazaridan kelib chiqib, o’quvchi (talaba)lar yopiq tafakkur paradigma (namuna, misol)lar asosida o’qitilganligi, ularda o’zgacha nuqtai nazarni tan olmaslik, faqat o’qituvchining fikrini to’g’ri deb bilish shakllantirilgan-ligidandir. Bu hol har qanday ijtimoiy taraqqiyotga bo’lib, shu paradigmada yurgan kishilarni inqiroz sari etaklaydi. Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqei kundankunga ortib bormoqda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa, ta‘lim-tarbiyada (ba‘zi ilg’or o’quv muassasalari bundan mustasno) depsinish va umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yo‗llaridan biri ta‘lim-tarbiya jarayonini qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir. Ma‘rifatli va rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo’llanib kelayotgan pedagogik texnologiyalarni o’rganib, xalqimizning milliy pedagogika an‘analaridan hamda ta‘lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda O’zbekistonning zamonaviy milliy pedogogik texnologiya modelini yaratish zaruriyati paydo bo’ldi. Pedagogik texnologiyaning tom ma‘nosini bilish va uning hududimizga mos turini yaratish uchun majmular nazariyasini to’la egallash zarur. Chunki pedagogik texnologiya, avval ham aytganimizdek, majmular nazariyasining qonuniyatlariga yuz foiz tayangan bo‗lib, yangicha falsafiy tafakkurni, yangicha dunyoqarashni ifoda etadi. Shu o‗rinda alohida ta‘kidlab o‗tish joizki, kishilarning hayotga ongli munosabatini, dunyoqarashini belgilashga doimo yangicha yondashish zarurligini o‗z vaqtida anglab etish darajasini ko‗rsatib bsruvchi muhim omil - yangi falsafiy ma‘naviyatdir. Ayniqsa, har bir inson hayotda o’zining munosib o’rnini topish uchun kurashayotgan hozirgi davrda bo’lajak mutaxassisning falsafiy manaviyati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiyaning boshqa talim usullaridan ajratib turadigan o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. Birinchidan, pedagogik texnologiya sinergetik dunyoqarashdan kelib chiquvchi ob‘ektiv narsa va hodisalarga majmu yondashuv tamoyili asosida yaratilgan. Avvalgi pedagogik usullar, tuzilishi jihatidan erkin bo’lib, dars tarkibini belgilash o’qituvchi ixtiyorida bo‗lgan. Ikkinchidan, pedagogik texnologiyada oldindan belgilangan asosiy maqsadga erishish kafolatlangan. Boshqa barcha pedagogik usullarda ta‘limtarbiya faoliyatining kafolatlangan natijasi mavjud bo’lmay, stixiyali natijalar bilan kifoyalanib kelingan. Uchinchidan, pedagogik texnologiyada, asosiy maqsadga erishish bosqichma-bosqich amalga oshirilib, har bir bosqichda bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar va talab qilinadigan vositalar hamda usul va uslublarning aniq modullari hosil qilinadi. Boshqa pedagogik usullapda ta‘lim-tarbiya jarayonining yakunida umumiy maqsad qo’yilib, unga erishish yo’llari o’qituvchining ixtiyoriga havola qilingan. To’rtinchidan, pedagogik texnologiya universal xususiyatga ega bo’lib, uni har bir mutaxassis, a‘lo bo’lmasa hamki, yaxshi amalga oshira oladi. Darsning samaradorligiga pedagogning mahorati va shaxsiy sifatlari deyarli ta‘sir etmaydi. Chunki darsning loyihasi avvaldan, mahoratli metodist-o’qituvchilar tomonidan tuziladi. Avvalgi dars berish usullarini amaliyotda qo’llash uchun, ma‘lum darajada o’qituvchining pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari etakchilik qilgan. Beshinchidan, pedagogik texnologiya yordamida dars o’tganda, ta‘lim jarayonini doimiy va to’liq nazorat qilish imkoni mavjud. Avvallari bunday imkoniyatga o’qituvchilar ega emas edilar. Oltinchidan, pedagogik texnologiya yordamida ta‘lim jarayonini amalga oshirganda, natijasi talabalarda ko‗nikma hosil qilish bilan yakunlanadi. Boshqa pedagogik usullar yordamida dars berganda, talabalar berilgan bilimni zo’rg’a eslab qolardilar, xolos. Ettinchidan, pedagogik texnologiya, Davlat ta‘lim standartlariga erishishni kafolatlaydi va sarflash talab qilingan vaqt, kuch hamda vositalarni me‘yor darajasida ushlaydi.


Download 43,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish