II – BOB. TA‘LIMNING AN‘ANAVIY VA ZAMONAVIY USULLARI 2.1. O‘qitishning an‘anaviy va zamonaviy usullari haqida.
Maktab insoniyatning buyuk kashfiyotlaridan biridir. Oqitishdan asosiy maqsad shaxsni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, aqliy, jismoniy faoliyat imkoniyatlarini ko’paytirish, unga tabiat va jamiyat qonunlarini orgatish, yig’ilgan bilimlarni avloddan avlodga kochirishdan iborat. Aristotel davridan bugungacha o’qitishning bosh maqsadi saqlanib qolgan holda, uning usullari ozgarib kelgan va ozgarish davom etmoqda. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan insoniyatning turmush tarzi, ma‘lumotlarni ozatish, qabul qilish, saqlab qolish, bilim olish imkoniyatlari va buning uchun xizmat qiluvchi vositalar ham ozgarib bormoqda. Jonli muloqot tarzida bilim olish bilan birgalikda elektron darsliklar, internet tizimi va masofaviy oqish orqali bilim olish imkoniyatlari mavjud. Ilmiy adabiyotlarda oqitigning an‘anaviy va zamonaviy usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari hamda ulardan sharoitga qarab foydalanish haqida mulohaza yuritish davom etmoqda. An‘anaviy oqitish usullari katta hajmdagi ma‘lumotlarni batafsil ravishda oqituvchi tomonidan taqdim etilishiga, berilgan ma‘lumotlarni kop marta takrorlab ozlashtirishga, oquv jarayonida, asosan, reproduktiv usulni qollashga va oqituvchining avtoritar usulda faoliyat korsatishiga asoslangan. An‘anaviy oqitish usullari asosida turli soha mutaxassislarini tayyorlashda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Ammo, yuksak texnik taraqqiyot zamoni va bozor iqtisodiyoti talablari nuqtai nazaridan qaraganda, an‘anaviy oqitish usullarining kamchiliklari ham namoyon boladi. An‘anaviy oqitish usullarida oquvchining mustaqil bilim olishga orgatishga, tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga hamda oquv jarayonini demokrativlashtirishga kam e‘tibor beriladi. Bugungi kunda har bir fandan shu darajada ko’p ilmiy ma‘lumotlar to’planganki, ularni an‘anaviy oqitish usullari yordamida oqitish dasturlarida ajratilgan soatlar davomida tinglovchiga etkazishning iloji yoq. Shuning uchun ham yuksak texnik taraqqiyot va bozor iqtisodiyoti zamonida mutaxassis raqobatbardosh bo’lishi uchun qoshimcha bilimlarni mustaqil ravishda olishi zarur. Buning uchun bilim oluvchini ta‘limning hamma pogonalarida mustaqil ishlashga, ijodiy va tanqidiy fikrlashga orgatish, unga bilim olish ichki motivatsiyasini, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga etibor berish lozim. Bu masalalar zamonaviy pedtexnologiyaning asosiy elementlaridan hisoblanadi. O’qitish jarayonida reproduktiv va produktiv usullardan foydalaniladi. O’qitishning reproduktiv usuli oqituvchi tomonidan bilimlarni batafsil bayon qilishga va bu bilimlarni oquvchilar tomonidan qabul qilib, keyinchalik takrorlab berishlariga asoslangan. Reproduktiv o’qitish ueulida oquvchilarning faollik darajasi past bo’ladi. Produktiv o’qitish usullari shaxsni mustaqil bilim olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, hodisani sababini tezda anglash qobiliyatini rivojlantirishga, nazariya bilan amaliyotni bog’lab olib borishga hamda ilmiy asoslangan bilimlarni olishga yo’naltirilgan. Yuqorida aytilganlardan reproduktiv o’qitish usulining samaradorligi past va undan foydalanish maqsadga muvofiq emas, degan xulosa chiqmaydi. Aslida har qanday o’rganish va o’qish jarayoni reproduktiv usul asosida boshlanadi. Har bir fanning asoslarini o’rganish va bilim zahirasiga ega bo‗lish reproduktiv usulida bo’ladi. Fundamental bilim va ko‗nikmalarga ega bo’lgandagina ijodiy fikrlash va notanish masalalarni echishga imkoniyat paydo bo’ladi. Produktiv usullardan foydalanish ko’proq mehnatni, vaqtni, zamonaviy texnik vositalardan foydalanishni, tarqatma materiallarni tayyorlashni, talabalarni faollashtirish usullarini qo’llashni, ota-ona va maktab hamkorligini kuchaytirishni hamda tegishli sharoitlarni yaratishni talab etadi. Zamonaviy pedtexnologiyada bilim oluvchilarni tanqidiy fikrlashga o’rgatishga, aqliy hujum va guruhli ish uslubiga katta etibor beriladi. Tanqidiy fikrlash jarayonida ma‘lumotlar har tomonlama muhokama qilinadi, tasdiqlangan ilmiy xulosalar va fanning boshqa sohalari bilan solishtiriladi, ularni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan oqibatlar hisobga olinadi, bahs- munozaralar qilinadi. Shuning uchun ham bunday jarayonda olingan bilimlar haqiqatni ifodalaydi. Tanqidiy fikrlash shaxsning savol berish, so‗zlash, mantiqiy fikrlash qobiliyatini, munozara yuritish madaniyatini rivojlantirishga ham yordam beradi. Tanqidiy fikrlash - da‘vat, anglash va mulohaza fazalaridan iborat. Da‘vat fazasida o’quvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishishga, mustaqil bilim olishga va hunar o’rganishga astoydil intiladi. Anglash fazasida yangi bilimlar va ko’nikmalar o’zlashtiriladi. Mulohaza fazasida o‗quvchi olgan bilimlarini har tomonlama tahlil qilib, o’z so’zi bilan ifodalab, amaliyotda qo’llay oladi. Tanqidiy yondoshishlar tufayli buyuk kashfiyotlar qilingan. A.Eynshteynning klassik mexaniqa qonunlariga nisbatan tanqidiy qarashlari vaqt va fazo haqidagi yangi tasavvurlarni yuzaga keltirdi. Fazo va vaqtning mutlaq emasligi aniqlandi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratib, uni qo’llab-quvvatlab borish va demokratik o’quv jarayonini tashkil qilish lozim. Ijodiy g’oyalarni yaratishda, muammoli masalalarni hal etishda va talabalarning faolligini oshirishda aqliy hujum usulidan foydalaniladi. Aniq maqsad asosida tahlil qilinadigan masalalar ishtirokchilar hukmiga havola qilinadi. Hamma uchun qo’yilgan muammoning echimiga tegishli, o’z fikrini cheklanmagan holda bayon qilish imkoniyati yaratiladi. Barcha g’oyalar kim tomonidan aytilishdan va to’g’ri yoki noto’g’riligidan qat‘iy nazar tanqid qilinmasdan yozib boriladi. Aqliy hujum to’xtatilgandan so’ng fikrlar muhokama qilinib, haqiqatta eng yaqini qabul qilinadi. Aqliy hujum usulidan nazariy va amaliy darslar paytida talabalarni guruhlarga bo’lib yoki bo’lmasdan ham foydalanish mumkin. Bu usuldan nafaqat o’quv jarayonida, balki ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo’lgan muammolarni echishda, texnik asboblar, qurilmalarni mukammallashtirishda, yangi texnik ixtirolarni yuzaga keltirishda ham keng foydalaniladi. Zamonaviy kompyuterlar, 8robotlar, masofaviy boshqariladigan kosmik va harbiy texnikalarni yaratishda ham tanqidiy fikrlash hamda aqliy hujum usullaridan foydalanilgan. Taraqqiy etgan mamlakatlarda murakkab texnologiyani boshqaruvchi mutaxassisni buyurtma asosida tayyorlash uchun o’sha texnologik jarayonga tegishli bo‗lishi mumkin bo‗lgan barcha tasodifiy nosozliklar aqliy hujum asosida tahlil qilinib, ularni tezda bartaraf etish yo’llari o’rgatiladi. Firma, korxona va konstruktorlik byurolarida xodimlar asosan birgalikda guruhlarda ishlashadi. Guruhdagi odamlar aqliy mahsulining yig‗indisi har qanday muammolarni hal qilish imkoniyatini oshiradi. Birgalikda o’qish va ishlash malakasini ta‘limning hamma pog‗onasida o’rgatib borish yaxshi natija beradi. Guruhiy ishlash usulidan foydalanish uchun o’quvchilar kichik guruhlarga (2, 5 kishilik) bo’linadi. Keyinchalik, bu guruhlar bir xil mazmunda yoki har xil mazmunda ish olib borishlari mumkin. Bir xil mavzuda olib borilgan guruhlarning ishi o’zaro taqqoslanadi. Bunda raqobat holati ham yuzaga keladi, har xil mavzuda olib boriladigan guruhiy ish usulida yagona maqsad bir necha qismlarga bo‗linib guruhlarga topshiriladi. Har bir guruh topshiriqning o’ziga tegishli qismini bajaradi. Qismlar birlashtirilganda yagona maqsad mazmuni aniq ko’rinadi. Ilmiy tekshirish laboratoriyalarida aniq nazariyalar asosida hisoblashlarni olib borish uchun nazariy formulalarga kiruvchi bir nechta parametrlarning qiymatini bilish zarurati tug’iladi. Misol uchun, suyuqliklarni ultra yoki giperakustik xususiyatlariga tegishli nazariy hisoblashlarni o’tkazish uchun suyuqliklarning zichligini, yopishqoqligini, solishtirma issiqlik sig’imlarini, siqiluvchanlik, issiqlikdan hajmiy kengayish koeffitsientlarini, tovush tezligini, yutilish koeffitsientini bilish zarur. Bu parametrlarni o’lchashni alohida guruhlarga topshirish mumkin. Keyinchalik guruhlardagi o’lchash natijalari birlashtirilib, yagona nazariy hisoblashlar o’tkaziladi. Ilmiy adabiyotlarda ta‘kidlanganidek, birgalikda o’qish yoki guruhiy ishlash usuli orqali tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga, guruh a‘zolarining yaxshi o’zlashtirishiga va ular orasida ruhiy muvofiqlik holatiga erishish mumkin. Oliy o’quv yurti hisoblangan madrasalarda ham o’qitishning har xil usullari qo’llanilgan. Hisob ilmini (arifmetika, algebra geometriya va b.q.) o’rgatishda og‗zaki hisoblashlarni mashq qilishga, mustaqil ishlashga, bahsu munozara o’tkazishga, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga alohida e‘tibor berilgan. Sonlarni darajaga ko‗tarish va ildizdan chiqarishni ham og’zaki bajarishga o’rgatilgan. Algebrik ifodalar, tenglamalar, ularning echimlarini so’z bilan ifodalash usullari ham mavjud bo’lgan. Ta‘kidlash lozimki, bugungi kunda kalkulyatorlardan yoki boshqa hisoblash vositalaridan haddan tashqari foydalanish natijasida bir miqdor o’quvchilar mantiqiy fikrlashdan uzoqlashib, matematik amallar yoki kattaliklarning mohiyatini tasavvur qilishda qiynalmoqdalar. Shuning uchun ham, aniq fanlarni o’qitishda har bir hodisa, amal va kattaliklarning mohiyatini tushuntirishga, ularni aniq tasavvur qila olishlariga e‘tibor berish lozim. Aks holda, o’zlashtirish mexanix tarzda yoki yuzaki bo’lishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, o’qitishning an‘anaviy va zamonaviy usullaridan sharoitga, o’qitishning mazmuni, maqsadiga qarab mohirona foydalanish lozim. Kafolatlangan maqsadga erishish uchun bilim oluvchilarni mustaqil ijodiy, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, har bir hodisaning mohiyatini aniq tasavvur qila bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda bilimlarni amaliyotda qo’llay olishlariga e‘tibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |