Ilmiy-madaniy merosi. Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada u amalga oshirgan eng buyuk ish “Ziji jadidi Koʻragoniy” deb nomlangan astronomik jadval sanaladi. Ulugʻbek tibbiyot va musiqa bilan qiziqqan, sheʼrlar ham yozgan. Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois asarida uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan:
1) “Ziji jadidi Koʻragoniy”— astronomiyaga oid;
2) “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola” — matematikaga oid;
3) “Risolayi Ulugʻbek” — yulduzlarga bagʻishlangan;
4) “Tarixi arba” ulus (Toʻrt ulus tarixi) — tarixga oid.
Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulugʻbek Koʻragon — Temuriylar davlatining hukmdori, Sohibqiron Amir Temurning farzandi Xuroson hukmdori Shohruh Mirzoning oʻgʻli. Buyuk oʻzbek olimi astronom va matematik.
U 1437-yilda 1018 yulduz toʻplamini “Ziji sultoniy” asarida tartib berganki, u hozirgi paytda ham yulduzlar bilimi sohasida dunyoning eng buyuk asarlaridan biri sanaladi. Ushbu asar 1665-yilda Oxfordda Thomas Hyde tamonidan, 1843-yilda Fransiya Bailly tamonidan va 1917-yilda Edward Ball Knobel tamonidan yangidan tahrirlanib bosilgan. Ulugʻbek undan keyin bir yilni 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa va 15 sonya deb belgilagan. Ulugʻbek ushbu hisobida faqatgina 25 soniya xato qilgan ekan. Undan boshqa Ulugʻbek yer yuzini oʻrtalik kajligini 23.52 daraja deb belgilagan va bu yuz yillar davomida eng toʻgʻri va aniq oʻlcham deb topilgan.
Matematika. Uchburchaklar bilimida esa Ulugʻbek soya va tanjont qimatlarini sakkiz oʻnlik kasr va sakkiz xona aʼshoryagacha aniq belgilagan. Ulugʻbek davrida koʻpgina asarlar arab va fors tilidan eski oʻzbek tiliga tarjima qilingan. U tashkil etgan boy kutubxonada 15000 danziyod kitoblar boʻlgan.
2.2 Shohruh Mirzo va Mirzo Ulug’bek davrida temuriylar saltanati diplomatiyasi.
Shohruh Mirzoning yuritgan diplomatik siyosati. Shohruh Mirzoning hukmronlik davrida Xitoy, Hindiston, Misr, Usmoniylar imperiyasi bilan diplomatik aloqalar mustahkamlanadi. Shohruh 1419 yilda Amir Shodixo‘ja boshchiligida 500 nafar elchilik karvonini Xitoyga jo‘natadi. Abdurazzoq Samarqandiy o‘z asarida yozishicha, 1412 yildan 1430 yilga qadar, Xitoy bilan jami besh marotaba elchilik almashinuvi bo‘lgan ekan.
Abdurazzoq Samarqandiy o‘zining “Matali s’dayin” asarida shunday yozgan: “Shu orada Xitoy viloyatidan, u mamlakatning Chinu Mochin va boshqa yerlarning podshohi Doy-Ming xon tomonidan elchilar yetib keldi. Xoqoni Said (ya’ni Shohruh Mirzo) “shahar va bozorlarga ziynat berilsin, har bir san’at egasi o‘z hunarini to‘la zohir qilib, do‘konini bezatsin”, degan humoyin farmon berdi”.
Shuningdek, Shohruh davrida Misr va Suriyada hukmronlik qilayotgan mamluklar davlati, Old Osiyodagi Usmoniylar imperiyasi bilan ham o‘zaro do‘stona munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan. Tarixchi Hofizi Abro‘ o‘zining “Zubdat at-tavorix” asarida Shohruhning Misr podshosiga elchi yuborib, 1444-1445 yillarda Shayx Nuriddin Murshidiy boshchiligida Makkaga Ka’ba ustiga yoping‘ich – ka’bapo‘sh jo‘natganligini qayd etgan.
Shohruh Mirzo Usmoniylar sultoni Muhammad Chalabiyga (1402-1421) maktub yo‘llaydi. Bu nomada Shohruh, agar Qora Yusufni Usmoniylar mamlakatida ko‘rgudek bo‘lsa, uni temuriylar saroyiga jo‘natib yuborishini so‘raydi. Bu maktubga javoban Usmoniylar sultoni Qora Yusufni, albatta, temuriylar saroyiga yuborishini aytadi.
O‘tmishda o‘tgan tarixchilar Shohruh Mirzoni tabiatan oliyjanob hukmdor, ilm-fanga moyil ma’rifatparvar davlat arbobi, deb tariflashgan. U hokimiyat tepasiga kelgach, Eronda ham, Turonda ham bir necha o‘n yillik davomida tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Uning davrida temuriylar saltanatining poytaxti Hirotga ko‘chiriladi. Hirot shahri Sharqning eng ko‘rkam va madaniy rivoj topgan shaharlaridan biriga aylanadi. Shohruh Mirzoning hukmronlik davrida Temuriylar saltanatida Uyg‘onish davri davom etib, mamlakatda san’at va fan gullab-yashnaydi.
Shohruh Mirzo inson sifatida yumshoq tabiatli bo‘lganligi tufayli xotini Gavharshod begim saltanat boshqaruviga aralashib turgan. Shu sababdan bo‘lsa kerak, Shohruh Mirzo umrining oxiriga qadar o‘z o‘rniga valiahd tayinlash masalasida bir qarorga kela olmagan.
Shohruhning keksayishi bilan toju-taxt uchun yana temuriy shahzodalar o‘rtasida zimdan kurash paydo bo‘la boshlaydi. Ulug‘bekning onasi Gavharshod begim siyosiy ishlarga faol aralashib, u asosan nevarasi Alouddavlani taxt vorisi sifatida ko‘rishni istar edi. Taxt uchun boshlangan kurash, ayniqsa, 1444 yil Shohruh Mirzo xasta bo‘lib qolganida avj oladi. Shohruhning betobligidan foydalangan Fors va Iroq noibi Sulton Muhammad bobosiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Shohruh Mirzo bu isyonni bostirib, ortga qaytayotganda 1447 yil 12 mart kuni Eronning shimolidagi Ray viloyatida vafot etadi. Shohruhning o‘limi Xuroson va Movarounnahrda o‘zaro temuriy shahzodalar o‘rtasida taxt uchun kurashning boshlanishiga sabab bo‘ladi. Mamlakat yana sarosima, tahlika, beqarorlik domiga tortiladi.
XULOSA
Temuriylar davlati O’rta Osiyo tarixi va madaniyatida o’chmas iz qoldirgan. Bu davrda ichki va tashqi savdo, Sharq va G’arb mamlakatlari bilan diplomatik aloqalar keng yo’lga qo’yilgan. Ko’plab masjid, madrasa va maqbaralar bunyod etilgan, kanallar qazilib, sug’orma dehqonchilik rivoj topgan. Sohibqiron Amir Temurning avlodlari bir necha yuz yil davomida sarkarda, davlat va jamoat arbobi, shoir va olim sifatida mamlakat ravnaqiga katta ulush qo’shdilar.
Endilikda bobolarimiz yashab o’tgan shonli tarixni u yoki bu maqsadlardan kelib chiqib emas, aynan tarixiy haqiqat yo’lidan borib, asl manbalardan o’rganamiz, o’rganishimiz kerak va shart!
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Abdurazzoq Samarqandiy, Matlai saʼdayn va majmai baxrayn, T., 1969;
Ibn Arabshoh, Ajoib ulmakdur fi axbori Temur, T., 1992;
Mirza Muxammad Xaydar, Tarixi Rashidi. T., 1996;
Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996;
Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1996;
Ahmedov B., Ulugʻbek, T., 1989;
Fayziyev T., Mirzo Ulugʻbek avlodlari, T., 1994;
Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995;
Muhammadjonov A., Temur va temuriylar saltanati, T., 1996;
3axidov P., Arxitekturnie tayni observatorii Ulugbeka, T., 2003.
Do'stlaringiz bilan baham: |