I bob sharof Rashidovning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o'rni


Xos soqchi kim va qanday boʻlishi kerak edi?



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana22.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#838431
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Sharof Rashidovning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o\'rni

Xos soqchi kim va qanday boʻlishi kerak edi? 
Xos soqchi birinchidan, albatta Davlat xavfsizlik komitetining xodimi 
boʻlishi, ikkinchidan, xavfsizligi qoʻriqlanadigan kishining 100 foizli ishonadigan 
kishisiga aylanishi, uchinchidan, kechayu kunduz, yaʼni 24 soat qoʻriqlanadigan 
kishining yonida boʻlishi, toʻrtinchidan, u kishining topshiriqlarini soʻzsiz 
bajarilishini taʼminlashi, xavfsizlik masalalari boʻyicha faqatgina Xavfsizlik 
organining raisi, uning bitta muovini va oʻzining bevosita boshligʻi bilan ishlashi, 
ish yuzasidan ularga aytish mumkin boʻlgan maʼlumotlarni berishi, xavfsizligi 
taʼminlanishi kerak boʻlgan kishi va uning oila aʼzolariga sadoqat bilan xizmat 
kilishi kerak edi. 
Bundan tashqari, qoʻriqlash degan soʻzning maʼnosi xos soqchi tomonidan 
qoʻriqlanadigan kishi va uning oila aʼzolari uchun: xafsizlik, salomatlik, tinchlik
osoyishtalik, ishlash uchun, bir joydan ikkinchi joyga harakatini amalga oshirish 
uchun zarur sharoitlarni taʼminlash, qisqasi 24 soat ichida xavfsizligini 
taʼminlashdan iboratdir. Shuningdek, oʻqotar qurollaridan foydalana bilish va 
yaxshi otish, jismoniy quvvat, qattiqqoʻllik, qoʻl jangi usullarini bilish va eng 
asosiysi qoʻriqlanayotgan kishiga nisbatan hujum boʻlgan vaqtda xos soqchi 
zarbaga oʻz gavdasini qoʻya bilishi, zarur boʻlsa jonini berishgacha boʻlgan 
majburiyatlarni oʻz boʻyniga olgan boʻlishi kerak. Agar hammasini loʻnda qilib 


23 
aytsam — xos soqchi qoʻriqlanadigan kishi va uning oila aʼzolariga fidoyi boʻlishi 
kerak. 
"Sharof Rashidovich tan soqchi birinchi navbatda kamtar, tezkor, 
kuzatuvchan, va eng asosiysi, kam gapirib, koʻp eshitadigan boʻlishi, koʻp 
oʻqiydigan hamda qilgan xizmatidan hamma mamnun boʻladigan darajada 
sifatlarga ega boʻlishi kerakligini aytdilar. 
Oʻshanda Sharof Rashidovichga "men sizga xizmat qilishga tayyorman. 
Agar lozim boʻlsa, siz uchun hayotimni fido qilishga ham roziman. Men bilaman, 
tan soqchilik "bu oson ish emas, shu bois men sizga oʻgʻlingiz qatorida xizmat 
qilaman", — deya vaʼda berdim. 
Shunday qilib, 1980 yilning 9 — mayida birinchi kun Sharof Rashidovichning xos 
soqchisi sifatida ishga chiqdim. Bu men uchun katta sharaf va baxt, shu bilan birga 
kamdan-kam odam tushunadigan oʻta ogʻir masʼuliyat edi". 
Atoqli davlat arbobini shaxsan oʻziga tegishli boʻlgan foto, sovgʻa tariqasida 
hadya qilingan buyumlar, dastxatlari tushirilgan kitoblar va boshqa vositalarni 
oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilinishi eʼlon 
qilinadi 
Toshkent, 20 okt — Sputnik.
 
Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi Atoqli davlat 
arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovga tegishli buyumlarni xarid qilishi toʻgʻrisida 
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi "Atoqli davlat 
arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash 
toʻgʻrisida"gi PQ-2854-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Sharof 
Rashidovning yorqin xotirasini ulugʻlash va ochilishi rejalashtirilgan "Sharof 
Rashidov" nomli muzeyini yanada boyitish uchun Atoqli davlat arbobini shaxsan 
oʻziga tegishli boʻlgan foto, sovgʻa tariqasida hadya qilingan buyumlar, dastxatlari 
tushirilgan kitoblar va boshqa vositalarni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat 
vazirligi tomonidan xarid qilinishi eʼlon qilinadi", — deyilgan xabarda. 
Eslatib oʻtamiz, taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 
noyabrida Jizzax shahrida, dehqon oilasida tavallud topgan.


24 
1941 yilda Samarqand Davlat universitetini tugatib muallim va muxbir 
sifatida faoliyatini boshlagan. 1941-1942 yillarda urushda qatnashadi. 1950-1959 
yillarda Oʻzbekiston Oliy Kengashi rayosatining raisi, 1959-1983 yillarda 
Oʻzbekiston Kompartiyasi markazqoʻmining birinchi kotibi boʻlib ishlaydi. Sharof 
Rashidov 1983 yilning kuzida vafot etgan. 
Sharof Rashidov rahbarlik qilgan yillari Urushdan keyingi eng ogʻir yillar, 
1966 yilda sodir boʻlgan Toshkent zilzilasi va undan keyingi choʻlni oʻzlashtirish 
hamda paxta maydonlarini kengaytirish yillarigi toʻgʻri kelgan. 
Sharof Rashidov qobiliyatli boshqaruvchilikdan tashqari oʻz davrining koʻzga 
koʻringan yozuvchisi ham boʻlgan. Adibning "Gʻoliblar", "Boʻrondan kuchli", 
"Qudratli toʻlqin", "Kashmir qoʻshigʻi" kabi asarlarida oʻzbek xalqining urushdan 
keyingi tiklanish yillaridagi mehnat jasorati badiiy ifodasini topgan. 
Jizzax tumani Sharof Rashidov nomi bilan ataladi 
Parlament matbuot xizmati xabariga koʻra, majlsida deputatlar Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Jizzax viloyati Jizzax tumanining 
nomini Sharof Rashidov tumani deb oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani muhokama 
qilishdi 
Toshkent, 23 dek — Sputnik.
 
22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. 
Majlisda deputatlar Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif 
etilgan Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini Sharof Rashidov tumani deb 
oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilishdi, deb xabar qilgan Oliy 
Majlis qonunchilik palatasi matbuot-xizmati. 
Deputatlar masalani har tomonlama muhokama qilgach, hukumat taklifi, 
keng jamoatchilik muhokamasi jarayonida bildirilgan fikr va takliflarni 
umumlashtirish materiallari, geografik obʼyektlarga nom berish va ularning nomini 
oʻzgartirish masalalari boʻyicha hududiy va respublika komissiyalari tomonidan 
tayyorlangan xulosalar asosida Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini Sharof 


25 
Rashidov tumani deb oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi va ushbu hujjat 
maʼqullash uchun Senatga yuborildi. 
Sharof Rashidovich Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzax shahrida 
tavallud topgan. Sobiq Ittifoq davrida partiya va davlat arbobi, yozuvchi
Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi 
rahbari, 1939 yildan KPSS aʼzosi. 
1950-1959 yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi va SSSR 
Oliy Sovet Prezidiumi raisi oʻrinbosari. 1959 yilninn martidan Oʻzbekiston KP 
MK birinchi kotibi. 1983 yilda vafot etgan. 

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish