2.3.
Sharof Rashidov nomini o‘zbek xalqi tarixidan, hayotidan ayri tasavvur
qilib bo‘lmaydi
26
Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yil 6 noyabrda
Jizzaxda tavallud topdi. Avval Jizzax pedagogika texnikumida, so‘ngra Samarqand
davlat universitetida tahsil oldi.
Mehnat faoliyatini Samarqand viloyatining “Lenin yo‘li” (hozirgi
“Zarafshon”) gazetasida boshladi, urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Oliy Kengashi Rayosati raisi bo‘ldi.
Sharof Rashidov 1959 yildan 1983 yilgacha O‘zbekiston Kompartiyasining
birinchi kotibi lavozimida ishlab, xalqimiz qalbidan joy oldi.
Kechagi kunimiz – tarix. Bugungi kunimiz – haqiqat. Ertangi kunimiz –
tiniq orzu. Bularni boricha ifodalash, baholash lozim. O‘zbekiston tarixini milliy
ruh bilan yaratishda tarixda yorqin izini qoldirgan buyuk shaxslarning hayot
faoliyatini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki ularning tarixi yoshlarimizga
ibrat bo‘ladi. Shu jihatdan yaqin tariximizda ibrat bo‘ladigan shaxslardan biri
qariyb chorak asr davomida O‘zbekistonni boshqargan buyuk davlat arbobi va
taniqli yozuvchi Sharof Rashidovdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 27
martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100
yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida Jizzax shahrida ushbu shaxsning
memorial muzeyi tashkil qilindi. Muzeyga kiraverishda Shavkat Mirziyoyevning
“Hech shubha yo‘qki, Sharof Rashidov nomini o‘zbek xalqining tarixidan,
hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sharof Rashidov o‘z xalqiga va Vataniga
fidoyi farzand edi”, degan so‘zlari bitilgan. Haqiqatda Sharof Rashidov nomini
o‘zbek xalqining tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bunday
shaxslarni, millat yetakchilarini qoralash, O‘zbekiston xalqini qoralash bilan
barobar.
27
Afsuski, mustabid tuzum davrida Sharof Rashidov tirikligida qanchalik
qadrlanishiga qaramasdan, bu dunyoni tark etgandan keyin xotirasiga nisbatan
qilingan adolatsizliklar, tuhmatlar nafaqat u kishining, balki butun millatning
sha’nini poymol qilish bilan barobar bo‘ldi. O‘zbekistonni murakkab sharoitda
boshqargan Sharof Rashidov dunyodan ko‘z yumgandan keyin o‘zi umr bo‘yi
sadoqat bilan xizmat qilgan tuzum unga xiyonat qildi. Uning qabrini ko‘chirdilar,
nomini yomon otliqqa chiqardilar, oila a’zolarini yaqinlarini ta’qib qildilar.
Dunyoda shunaqa adolatsizlik ham bo‘ladimi? Inson tiriklik paytida uni ko‘klarga
ko‘tarib, vafotidan so‘ng yer bilan yakson etsa, bu qanday davlat, qanday jamiyat
bo‘ldi degan savol albatta har bir kishini o‘ylantiradi.
Bunga javob topish uchun “Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik?” degan
savolga javob topishimiz lozim bo‘ladi. Haqiqatda, biz kecha mustamlaka qurboni
edik, bugun esa mustaqillik sultoni bo‘ldik. Tarix guvoh, agar xalq mustaqil
28
bo‘lmasa, hayotda shunday adolatsizliklarga duch kelinar ekanki, xalqini, uning
dehqoni, ishchisi, olimu ulamolarini, davlat arboblarini ham istagancha xor qilishi
insoniy sha’nini tuproqqa qorishi mumkin ekan. Buni biz yaqin tariximizda ko‘rdik
va boshimizdan o‘tkazdik.
Mustaqillikning ahamiyatini anglashda buyuk inson, davlat arbobi Sharof
Rashidovning hayotini, murakkab faoliyatini va unga nisbatan qilingan
adolatsizliklarni xolisona o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun
birinchi galda Sharof Rashidov qanday shaxs, rahbar ekanligiga nazar solish lozim
bo‘ladi.
Hech qanday mubolag‘asiz Sharof Rashidov Allohning nazari tushgan ziyoli
inson edi. Sharof Rashidov uchun eng murakkab vaziyat mustabid tuzumning
mustamlakachilik siyosati edi. Boshqacha aytganda, u kishi rahbarlik qilgan zamon
va makon, ya’ni “Kelajagimiz – kommunizm!” degan mustabid davr o‘ta
murakkab edi. Ana shunday noqulay davrda yashab, O‘zbekiston xalqining
manfaatini ifodalash va taraqqiyotni ta’minlash uchun inson kuchli iroda sohibi
bo‘lishi kerak. Sharof Rashidov ana shunday murakkab vaziyatda dono siyosat
yuritib O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng kuchli mamlakatga aylantira oldi.
Sharof Rashidov davridagi yana bir murakkab vaziyat, bu 1966 yil 26 apreldagi
Toshkent shahrida sodir bo‘lgan zilzila bilan bog‘liq. Ana shunday vaziyatda
Sharof Rashidov nafaqat O‘zbekiston Respublikasini, balki butun sovetlar
mamlakatini zilzila oqibatlarini bartaraf qilishga jalb qilishga erishgan. Natijada
qisqa muddatda paxsa uylar o‘rniga Toshkent yangicha zamonaviy qiyofaga ega
bo‘ldi. Darvoqe, zilzila oqibatlarini bartaraf qilish masalasi muhokama
qilinayotgan vaqtda Moskvadan kelgan rahbarlar Sharof Rashidovning taklifini
qabul qilmaydi. Shunda yana kkuchsiz yer silkinishi sodir bo‘ladi. Ana shunda
Sharof Rashidov “Ko‘ryapsizlarmi biz qanday murakkab sharoitda faoliyat olib
boryapmiz”, deydi. Shundan so‘ng ittifoq rahbari L.Brejnev taklifni qabul qiladi,
bundan keksa avlod xabardor. Bu yerda qandaydir ilohiylikni ko‘rish mumkin va
bu bizni yuqoridagi Allohning nazari tushgan xalq degan fikrimizni tasdiqlaydi.
29
Sharof Rashidov nafaqat bir respublika, balki global miqyosda fikrlaydigan
lider bo‘lgan. Masalan, 1962 yildagi Karib inqirozi deb nom olgan AQSh bilan
Kuba o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf qilishda Sharof Rashidovning hissasi ham
beqiyos. Yoki uzoq yillar davom etgan Hindiston bilan Pokiston o‘rtasidagi urush
holatini bartaraf qilishda 1966 yildagi Toshkent deklaratsiyasi muhim rol
o‘ynagan. Umuman, Sharof Rashidov SSSR mamlakatining tashqi siyosatini
amalga oshirishda faol ishtirok etib, ko‘plab delegatsiyalarga rahbarlik qilgan.
Hatto o‘sha mashhum 1983 yilda ham Sharof Rashidov Efiopiyaga rasmiy tashrif
bilan safarga borgan edi.
Endi adolat yuzasidan o‘sha zamonda ro‘y bergan korrupsiya illati
to‘g‘risida gapirsak. Bu ham o‘ta murakkab vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Millatning
“elitasini” sahnadan tushirish, buning zamirida millatni qoralashga qaratilgan
“Paxta ishi” o‘zi bir katta adolatsizlik tarixi. Qisqasi, korrupsiya illatining kelib
chiqishi paxta yakka hokimligini o‘rnatilishi bilan bog‘liq. Bu mashaqqatli
mehnatni bizga oldin chor Rossiyasi, so‘ngra mustabid tuzum egalari taqdirimizga
bog‘lashdi.
Sharof Rashidovning vafot etishi ham aynan ana shu paxta fronti bilan
bog‘liq edi. Efiopiyadan safardan kelgandan so‘ng tezda Xorazm viloyatiga tashrif
bo‘ldi, chunki paxta yig‘im-terim jarayoni ketayotgan edi. So‘ngra SSSR ministrlar
soveti raisining birinchi o‘rinbosari H.Aliyevning kelishi munosabati bilan
Urganchdan yana Toshkentga uchishga to‘g‘ri keladi. Uchrashuv tugagach, Sharof
ota Toshkentdan Urganchga uchib boradi va Urganchdan Qoraqalpog‘istonga
borish kerak bo‘ladi. Aynan shu yo‘lda yurak xurujiga uchrab vafot etadi.
Mustaqillikning ahamiyatini anglashda buyuk inson, davlat arbobi Sharof
Rashidovning hayotini, murakkab faoliyatini va unga nisbatan qilingan
adolatsizliklarni xolisona o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun
birinchi galda Sharof Rashidov qanday shaxs, rahbar ekanligiga nazar solish lozim
bo‘ladi.
30
Biz bugun mustaqil mamlakatda yashab turib Sharof Rashidov yashagan
davrni to‘g‘ri anglagan holda fikrlashimiz kerak. O‘sha vaqtda Sovetlar
mamlakatining rahbari N.Xrushev “Amerikani quvib yetish va undan o‘zib ketish”
(Dognat i peregnat Ameriku) shiorini ilgari suradi. Ana shundan so‘ng butun
mamlakat miqyosida, jumladan O‘zbekiston Respublikasida rekordning orqasidan
quvish boshlanadi. O‘zbekistonga ham paxta tayyorlashni 6 million tonnaga
chiqarishga intilish boshlanadi. Buning oqibatida esa paxtani qo‘shib yozish va
korrupsiya illati kuchayib ketadi. Buni to‘xtatish Sharof Rashidov imkoniyatidan
tashqarida edi. Shuning uchun paxta muammosi Sharof Rashidovning aybi emas,
balki ofati, falakati edi. Buni anglash Sharof Rashidov shaxsiga ob’yektiv va
xolisona baho berishda muhim ahamiyatga ega.
Yaratganga behisob shukr, mustaqillik tufayli tarixiy adolat tiklandi. Sharof
Rashidov buyuk shaxs sifatida qayta tanildi va tan olindi. Ko‘rinib turibdiki, tarix
ulug‘ murabbiy va buyuk tarbiyachidir. Inson va jamiyat o‘tmishdan to‘g‘ri xulosa,
saboq chiqarib yashagandagina tarixiy adolatni qaror toptirish, o‘z taqdiri va
kelajagini o‘z qo‘li bilan barpo etishga qodir bo‘ladi. Sharof Rashidov
O‘zbekiston tarixida buyuk shaxslar qatoridan munosib o‘rin olishga haqli.
Karimov I A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., “Sharq”, 1998.
Karimov I A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T., “Ma`naviyat”, 2008.
Karimov I A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari. T., “O`zbekiston” 2009
31
Do'stlaringiz bilan baham: |