I bob qattiq jismlar 1-§. Qattiq jismlarning fizikasida asosiy tushunchalar


Qurilmanming asosiy qismlari quyidagilar



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/225
Sana03.07.2021
Hajmi5,36 Mb.
#108758
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   225
Bog'liq
Яримўтказгичлар физикаси Бадирханов

Qurilmanming asosiy qismlari quyidagilar: 
- ikki sohani ko‘ruvchi mikroskop (1) 
- FSh  o‘rnatiladigan ramka (2) 
-FR surilgan yarim o‘tkazgichli plastinka(3) 
- ultrabinafsha nurli lampa (4)    
- fotoshablon (5) 
- sferik asosga ega bo‘lgan stol (6)  
- Havoni surib oluvchi tizim (7) 
 
 
                         9.9 rasm 
 
FSh  bilan  FR  qatlami  yedirilmasligi,  chizilib  ketmasligi  va  sinmasligi  uchun 
moslashtirish jarayonida FSh bilan FR oralig‘ida 10  - 30 mkm bo‘lgan mikrotirqish 
qoldiriladi.  Moslashtirish  aniqligiga  bo‘lgan  talab  ortishi  bilan  kattalashtirish 
qobiliyati yuqori bo‘lgan (100  - 200
X
)  mikroskoplar ishlatiladi, bunda  mos  ravishda 
mikrotirqish kichrayadi. Ikki sohani ko‘rsatuvchi mikroskop yordamida bir vaqtning 
o‘zida  yarim  o‘tkazgich  plastinka  yuzasida  bir  -  biridan  uzoq  ikki  sohani  ko‘rish 
imkonini beradi. 
Mikrotirqish  o‘rnatilgandan  so‘ng  operator  mikroskopda  kuzatgan  holda 
nisbatan katta siljishlar bilan qator va ustun chiziqlarini moslashtiradi. So‘ngra juda 
kichik siljishlar bilan moslashtirish uchun ishlatiladigan shakllar moslashtiradi. 
Moslashtirish  bajarilgandan  so‘ng  FSh  bilan    yarim  o‘tkazgichli  plastinka 
vakuum yoki bosim yordamida jipslashtiriladi, yani mikrotirqish yo‘qotiladi. 
Yorug‘lik  manbai-lampadan  chiqayotgan  nur  spektridan  FR  ning  yorug‘likka 
sezgirlik spektorini ajratib olish uchun yorug‘lik filtrlaridan foydalaniladi. 
Eksponirlashni  bajarish  jarayonida  yarim  -  o‘tkazgichli  pilastinka  yuzasidagi 
FR qatlamining butun yuzasi bir tekis yoritilish uchun yorug‘lik nurlarining parallel 
oqimi  1-5  gacha  kvars  linzalaridan  tashkil  topgan  kondensor  yordamida  hosil 
qilinadi. 
Eksponirlash  vaqti  elektromagnit  bilan  boshqariladigan  yorug‘likni  tushgich 
yordamida 0,05 

 0,1 sek tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Eksponirlash vaqti 1 sek 
dan 2 minutgacha bo‘lgani uchun bu tezkorlik yoritish vaqti aniqligi yuqori bo‘lishini 
ta‘minlaydi.  
Kontaktli eksponirlashning kamchiliklari: 
Emulsiyali  FSh  ning  juda  tez  yedirilishi  tufayli  konveyerni  tez-tez  to‘xtatib 
FSh  ni  almashtirib  turish  kerak  bo‘ladi.  Bu  esa  kontaktli  eksponirlash  jarayonini 
avtomatlashtirish  imkonini  cheklaydi.  FSh  bilan  yarim  o‘tkazgichli  plastinka 
jipslashtirilganda  FSh dagi chang zarralari shishaning mikrozarralari  FR qatlamiga 


 
149 
botadi.  FSh  ga  FR  zarralari  yopishib  qoladi.  FSh  bilan  FR  o‘rtasiga  tushib  qolgan 
ultrabinafsha  nurni  o‘tkazmaydigan  har  qanday  zarra  hosil  qilinayotgan  FR  li 
maskada nuqsonlarni  hosil bo‘lishiga olib keladi.  
Amalda  FSh  bilan  FR  ni  to‘liq  jipslashtirib  bo‘lmaydi,  chunki  yarim 
o‘tkazgichli  plastinka  ayniqsa  epitaksial  qatlamli  egrilangan  bo‘ladi,  ya‘ni 
jipslashtiruvchi  sirtlar  ideal  tekis  bo‘lmaydi.  Jipslashtiruvchi  sirtlar  orasida  begona 
zarralar mavjud. Yarim o‘tkazgichli plastinka sirtidagi qatlamlar va FR qatlamining 
qalinligini bir tekis emasli ham nuqsonlar hosil bo‘lishiga olib keladi. 
FSh  bilan  yarim  o‘tkazgichli  plastinkani  jipslashtirganda  ular  orasida  qisman 
havo bo‘shliqlari qoladi. Bu esa yorug‘likning difraksiyalanishiga va FSh dan FR ga 
ko‘chirilayotgan  rasm  o‘lchamlarining  kattalashishiga  sabab  bo‘ladi.  Shuncha 
kamchiliklarga qaramay kontaktli eksponirlash usuli texnologiyada keng qo‘llaniladi  
Chunki  yetarli  darajada  o‘rganilgan,  narxi  arzon  va  unumdorligi  yuqori  usul 
hisoblanadi.  FSh  bilan  FR  jipslashgani  tufayli  ko‘chirilayotgan  rasm  aniqligi  katta 
bo‘ladi.     

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish