I bob. Pullarning kelib chiqishi, mohiyati va amal qilish shakllarining tarixiy rivojlanishi 6


Pul massasi, inflyatsiya va YaIMning o‘sish dinamikasi



Download 1,71 Mb.
bet7/12
Sana05.07.2022
Hajmi1,71 Mb.
#742861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Пул кредит сиёсати ва улардан фойдаланиш амалиёти тахлили

Pul massasi, inflyatsiya va YaIMning o‘sish dinamikasi

Manba: (O‘z.R.Davlat statistika qo‘mitasi va Markaziy bankining elektron saytida e’lon qilingan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda Markaziy bankning har yilgi monetar siyosatning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan hisobotlarida qayd etilgan ma’lumotlar asosida tahlil qilingan). Real* - oddiy arifmetik usul bo‘yicha hisoblangan.
Yuqoridagi ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiyotning pulga bo‘lgan talab va taklifi (pul multiplikatori koeffitsienti) asosan qayta moliyalashtirish stavkasi orqali tartibga solingan. Qayta moliyalashtirish stavkasining pasaytirilishi pul multiplikatori koeffitsientining ham pasayishiga olib kelmoqda.
Xususan, ushbu koeffitsient 2016 yilda 2000 yilga nisbatan 62.5%ga yoki 1.0 koeffitsientga pasaygan (1.6 koef.dan 0.6 koef.gacha). Pul multiplikatori koeffitsientining pasayishi, aksioma nuqtai nazaridan, kreditlash hajmini ham pasaytirishi lozim. Ushbu aksioma faqat 2009-2011 yillarda o‘zining ahamiyatiga ega bo‘lib, 2012 yildan boshlab esa u o‘z isbotiga ega bo‘lmayapti. Fikrimizni, kredit va depozit elastikligi koeffitsientlari ham tasdiqlamoqda. Depozit elastikligi koeffitsienti 2009-2011 yillarda yuqori bo‘lib, 2012 yildan boshlab esa pasayib ketgan.
Shu o‘rinda, haqli savol tug‘iladi, qanday omil yoki manba hisobidan ushbu kreditlash hajmi yoki uning elastikligi yuqori darajada saqlanib kelinmoqda? Ushbu savolning javobi pul aylanish tezligida bo‘lishi mumkin, degan yondashuv orqali iqtisodiyotda pul aylanish tezligini ham tahlil qilishga harakat qildik. Ammo pul aylanish tezligi tahlil qilinayotgan davrlarda, ya’ni 2012-2016 yillarda barqaror 4 koeffitsienti darajasida saqlanib kelinmoqda. Demak, pul aylanish tezligining ta’siri sezilarli emas.
Yuqoridagi tahlillardan farqli o‘laroq, iqtisodiyotga pul taklifini quyidagi monetar vositalar orqali ham tartibga solish mumkin (ushbu holatni faraz sifatida qaraymiz). Ular qayta moliyalash stavkasi, majburiy zahiralar me’yori va naqd pul massasi vositalaridir. Ushbu faraz nuqtai nazaridan, iqtisodiyotga pul taklifining turli xil qiyosiy tahlillarini amalga oshiramiz.
Mazkur rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiyotga pul taklifining turli xil asoslari bir-biridan farqlanadi. Ushbu farq variatsiyasi 15 %dan-30 %gachani tashkil etadi. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi. Mamlakatning monetar tizim ma’murlari qaysi asosga ko‘ra iqtisodiyotga pul taklifini amalga oshiradi? Agar mavjud huquqiy asos sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini asos sifatida oladigan bo‘lsak, u holda model bo‘yicha iqtisodiyotga pul taklifi so‘nggi uch yil davomida (2014-2016 yy.) o‘rtacha 28 %ni tashkil etishi lozim edi, haqiqatda esa u 24 %ni tashkil etgan (oradagi farq 4 %).
Demak, iqtisodiyotning pulga bo‘lgan talabi model bo‘yicha tahlil qilinayotgan davrlarda o‘rtacha 4 %ga yoki 7.0 trln.so‘mga kam bo‘lganligini kuzatish mumkin. Ba’zi nazariyalarda iqtisodiyotga pul taklifi xususida real ishlab chiqarish (YaIM) va inflyatsiya ko‘rsatkichlarining o‘sish suratlari bilan bog‘liq holda munosabat bildiriladi. Xususan, Fridman (1956) nazariyasiga ko‘ra, pul massasining yillik o‘sish surati YaIM va inflyatsiyaning birgalikda olingan o‘sish suratlari darajasiga teng bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi. Agar pul massasi ushbu ko‘rsatkichdan oshadigan bo‘lsa, u holda iqtisodiyotda inflyatsiya kuzatilishi qayd etiladi.
Mazkur nazariyaga asoslangan holda mamlakatdagi pul taklifini tekshirib ko‘ramiz. Mazkur rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Fridman nazariyasi bilan haqiqatdagi pul massasi o‘rtasida ham sezilarli darajadagi tafovut mavjud. Ushbu tafovutning variatsiyasi 2000-2016 yillar oralig‘ida o‘rtacha 17%dan 36%gachani tashkil etmoqda (farq 19%).
Agar iqtisodiyotga pul taklifini Fridman nazariyasi bo‘yicha tartibga solish maqsad qilinsa, u holda kamida uchta eng muhim masalani hal etish zarur bo‘ladi. Ular fond bozorini (davlat qimmatli qog‘ozlar bozori yo‘nalishida) takomillashtirish, kapitallar harakatini erkinlashtirish va inflyatsiyani targetlash siyosatiga o‘tishdir.
Umuman olganda, ko‘plab iqtisodchilar (Baumol, Brunnermeyr, Gupta, Das, Levin, Marshall, MakKinnon, Miller, Orr, Samuelson, Sannikov, Tobin, Roy, Von Mayses, Stiglis, Tobin, Fisher, Fridman, Xan, Shvars va boshqalar) iqtisodiyotga pul taklifi va pulga bo‘lgan talab nazariyalari bo‘yicha turli xil qarashlarni ilgari suradilar. Ular pul taklifi va talabining vujudga kelish sababi, omili va vositalari xususida turli xil omillarni taklif qiladilar.
Misol uchun, Govland o‘zining “Pul taklifini nazorat qilish” nomli asarida pul taklifi nazoratiga ta’sir etuvchi quyidagi o‘n oltita omilni keltirib o‘tadi:
1) Narx omilining depozitlarga ta’siri (depozit foiz stavkasi).
2) Miqdor omilining depozitlarga ta’siri.
3) Narx omilining kreditlarga ta’siri (kredit foiz stavkasi).
4) Miqdor omilining kreditlarga ta’siri.
5) Narx omilining xususiy (nobank) sektor kreditlariga ta’siri (foiz stavkasi).
6) Miqdor omilining xususiy (nobank) sektor kreditlariga ta’siri.
7) Davlat sektori kreditlarining variatsiyasi.
8) Narx omilining tashqi aktivlarga ta’siri (tashqi foiz stavkasi).
9) Miqdor omilining tashqi aktivlarga ta’siri.
10) Majburiy zaxira hajmining kengayishi.
11) Majburiy zaxira nisbatining variatsiyasi.
12) Depozit stavkalarining eng yuqori va eng quyi chegarasi (Q qoidasi).
13) Banklarga o‘rnatilgan foyda solig‘i stavkasi.
14) Banklarni litsenziyalash.
15) Bank xizmatlarining yuz foiz kafolatlanishi.
16) Banklarda raqobat muhitining cheklanishi.
Ushbu omillardan kelib chiqqan holda pul taklifini shakllantirishning quyidagi beshta asosiy sabablarini keltirib o‘tadi.
Bular: davlat sektorining kreditlarga bo‘lgan talabi (DSKT);
- nobank xususiy sektor tomonidan davlat sektoriga yo‘naltiriladigan kreditlar hajmining pasayishi;
- bank sektori tomonidan nobank xususiy sektorga yo‘naltiriladigan kreditlar hajmining ortishi;
- davlat sektori tomonidan chet el valyutasida ifodalangan aktivlarning o‘zlashtirish hajmi; bank sektorining norezidentlarga nisbatan sof talablari.
Mazkur masala yuzasidan bir qator Hindistonlik iqtisodchi olimlarning fikri biroz boshqachadir. Xususan, Gupta boshchiligidagi bir guruh iqtisodchilar iqtisodiyotga pul taklifini “pul multiplikatori” nazariyasi yondashuvi orqali amalga oshirishni yoqlab munosabat bildirsalar, boshqa bir guruh iqtisodchilar (Hindiston Markaziy banki iqtisodchilari) “balanslashgan yoki tarkibiy” (pul massasi va rezerv pullar nisbati bo‘yicha) yondashuv asosida amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar.
Hindiston Markaziy bankining (HMB) iqtisodchilari iqtisodiyotga pul taklifi borasidagi qarashlarini quyidagilar bilan asoslashga harakat qiladilar:
(a) pul massasi (taklifi) Markaziy bank va hukumatning majburiyati hisoblanishi;
(b) banklararo aktivlar va majburiyatlar pul taklifiga ta’sir ko‘rsatmaydi;
(v) tijorat banklarining Markaziy bankdan qarz olishi pul taklifini oshiradi;
(g) bank tizimidagi moliyaviy aktivlar variatsiyasi bilan nomonetar majburiyatlar variatsiyasi o‘rtasidagi farqlar pul massasining o‘zgarishiga ta’sir qiladi;
(d) bank tizimidagi moliyaviy aktivlar va majburiyatlarning o‘zgarishiga qaysi sektorning (davlat yoki xususiy sektor) ta’siri ko‘proq sabab bo‘lishi;
(ye) davlat budjeti taqchilligi pul taklifini keltirib chiqaradi;
(j) budjet taqchilligiga mos ravishda davlatning Markaziy bankdagi chet el valyutasi hisob-raqamidagi mablag‘ning kamayishi (valyutaning sotilishi) yoki davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hisobiga pul taklifiga ta’sir ko‘rsatadi;
(z) tijorat banklarining kredit berish imkoniyatlarini oshirish/pasaytirish yoki ular tomonidan xususiy sektorga avans mablag‘lari berish yohud ularning qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish pul taklifining oshishi/kamayishini keltirib chiqaradi;
(k) davlat sektori g‘aznachilik balanslarini o‘zgartirish orqali pul taklifiga to‘g‘ridanto‘g‘ri ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatiga ega.

2.1 Pulning iqtisodiyotga ta’siri portfelli yondashuvlari va


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish