I bob. Pullarning kelib chiqishi, mohiyati va amal qilish shakllarining tarixiy rivojlanishi 6


Jamiyat taraqqiyotida tovar ishlab chiqarish va pulning zarurati



Download 1,71 Mb.
bet3/12
Sana05.07.2022
Hajmi1,71 Mb.
#742861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Пул кредит сиёсати ва улардан фойдаланиш амалиёти тахлили

1.1 Jamiyat taraqqiyotida tovar ishlab chiqarish va pulning zarurati


Hozirda jamiyatni pulsiz tassavur etib bo‘lmaydi. Pul ilmiy muloqotlarning predmeti, oddiy oilaning orzusi, biznesmenning bosh og‘riqi, mafiyaning yo‘lchi yulduzi. Pul jamiyatni kambag‘al va boylarga ajratadi, baxt va kulfat olib keladi, amalga ko‘taradi va jaxannamga yetaklaydi. Bernard Shou o‘zining vaqtida “Kambag‘allikning asosiy ildizi pulning kamchiligiga borib taqaladi” deb o‘tgan edi.
Unda nima uchun davlatda “haddin ko‘p pul” bulsa barcha iqtisodchilar vaximaga va odamlar norozichilikka tushadilar? Pul o‘zi nima? Uning jamiyatdagi o‘rni qanday? Pul yordamida davlatning iqtisodiy rivojlanishiga tasir ko‘rsatish mumkinmi? Shu va shu kabi savollar ilm dunyosida juda qizg‘in muzokaralarga olib kelladi. Bunday savollarga javob berish uchun pulning kelib chiqish tarixiga bir nazar solsak.
Siz hayotni pulsiz tasavvur eta olasizmi?
Bir ko‘z oldingizga keltirib ko‘ringchi! Siz kitob sotib olmoqchisiz, do‘kondor esa sizdan pul o‘rniga bir bog‘ o‘tin so‘raydi. Non olish uchun bug‘doy, sut olish uchun xashak olib borish kerak. Agar avtobusga chiqsangiz yo‘lkira o‘rniga yoqilg‘i, poyafzal do‘konida esa teri talab qilishsa! Kulgilimi? To‘g‘risini aytganda, hatto tasavvur ham qila olmaysiz. Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘lgan pul qachon, qaerda va qanday qilib paydo bo‘lgan?
Pul juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan va uning kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo‘lgan:
1-sabab. Qadimgi qabilalarda vaqti-vaqti bilan o‘z ehtiyojlaridan ortiqcha mahsulotlar paydo bo‘lgan va ularni boshqa mahsulotlarga almashtirish imkoniyati tug‘ilgan. Masalan, daryo bo‘yida yashovchi kishilarning ovi baroridan kelib, juda ko‘p baliq ovlangan. Ular ortiqcha baliqni qo‘shni jamoaga don, tuz yoki boshqa mahsulotlarga almashtirganlar. Buyuk vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniy uzining «Javoxirlar» kitobida javoxirlar bilan bogliq bulgan voqealarni xam qeltirib o‘tadi. U natural almashuv to‘grisida bunday bir voqeani xikoya qiladi. Kunlardan bir kun notanish orolga kelib qolgan sayox u yerlik odamning qulida uzi uchun kerakli narsani kurib, bir oltin dinor beradi. Maxalliy odam dinorni olib aylantirib kuradi, sungra xidlaydi va ta’mini bilmoqchi buladi. Dinorda xech qanday foydali belgilarni va ta’mini sezmaydi, uni egasiga kaytarib beradi: «Sen bergan narsaning men uchun xech qanday foydasi yo‘q ekan» - deydi. Anna shu xikoya orqali Abu Rayxon Beruniy kadimiy davrlarda odamlar uz maxsulotlarini fakat uzi uchun zarur va extiejli bulgan buyumlar bilan ayriboshlaganini kursatadi (1).
Yoki boshqa bir misol, o‘rmonda yashovchi va ovchilik bilan shug‘ullanuvchi jamoa o‘zidagi ortiqcha hayvonlarni yoki go‘shtni boshqa jamoalarga kiyim-kechak yoki baliqqa almashtirganlar. Dastlabki davrlarda mahsulotlar bir - biriga bevosita almashtirilgan va tasodifiy hollarda ro‘y bergan. Shunday qilib, kishilarning o‘z ehtiyojlaridan ortiqcha mahsulotlarni o‘zaro ayirboshlashlari pulning vujudga kelishiga dastlabki turtki, ya’ni sabab bo‘lgan.

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish