I-bob. "Pedagogika" fanining o‘qitishning maqsad


«Curishtiruv organi boshlig‘i» texnologiyasi



Download 425,94 Kb.
bet26/41
Sana23.01.2022
Hajmi425,94 Kb.
#406649
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
pedagogika. psixologiya fanini oqitishda didaktik oyinli talim texnologiyalarini qollash (1)

«Curishtiruv organi boshlig‘i» texnologiyasi. Bu usul talabalarni ijodiy, mustaqil, obrazli fikrlashga o‘rgatadi. Ish rejasini tuzish, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, «O‘zini-o‘zi boshqarish»,

«Rahbarning tashkiliy qobiliyatlari», deb nomlanuvchi mavzularning yakunida

«Curishtiruv organi boshlig‘i» degan yangi usuldan foydalaniladi. Har bir talabaga varaqlar tarqatiladi, ularda «Men YOXB boshlig‘i», «Men-tergovchi», «Men- surishtiruvchi», «Men-ekspert», «Men-mutahassis», «Men-guvoh», «Men-xolis» kabi savollar yozilgan bo‘ladi. Har bir guruh talabasi o‘ziga tushgan faoliyatni ta’riflab, mazmunini ochib beradi,uning ish yuritishi va hatto, kiyinishigacha gapirib beradi. Javob beruvchi talabaga beriladigan savollarning 5-7 tadan oshmasligi shart. Oxirida tahlil qilingan obrazning ishi va uning kasbiy sifatlari, mehnat faoliyatining mazmuni, ish sharoitlari, o‘ziga xos harakatlarining manzarasi ifodalanadi. Bu o‘yin-usuli talabalarni ijodiy, mustaqil, obrazli fikrlashga o‘rgatadi. Ish rejasini tuzish, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Psixotexnik o‘yinlar didaktik o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyatiga ega bo‘lgan turi hisoblanadi. Bu o‘yinlar o‘quv jarayonida kerak bo‘luvchi malaka, xotira, fikrlash, diqqat va tasavvur kabilarni shakllantiruvchi o‘qitish usuli hisoblanadi.

Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar

Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda talabalarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati orqali uyg‘unlashtiriladi. SHu sababli talabalarning ta’lim olish faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi.



Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

o‘yin faoliyati orqali shaxsning o‘qishga, mehnatga bo‘lgan qiziqishi ortadi;

o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ- muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;

shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;

hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni engish va mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;

o‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;

shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;

insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e’tibor qaratiladi;

o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda tutiladi.

Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni talabalarning bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini, konferensiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin. O‘qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so‘ngra guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng esa, ularni ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari, guruh-jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim.

O‘qituvchi-pedagog didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishi va uni o‘tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi talab etiladi:



    1. Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar dasturda qayd etilgan mavzularning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo‘lishi;

    2. Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag‘ishlanib, ular o‘yin davomida hal qilinishi;

    3. Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi;

    4. O‘yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi;

    5. Mashg‘ulotlar davomida didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak




Download 425,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish