2.3.O‘zbekistonda monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish holati.
O‘zbekistonda 2009 yilda respublika iqtisodiyotining monopollashuv darajasi ancha pasayganligi kuzatildi. 2010 yil boshidagi holatga ko‘ra monopolist korxonalar davlat reestrida 162 turdagi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha 211 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt bor edi, yil oxiriga kelib ularning soni 183 taga tushirildi.
Ayni vaqtda bir qator tarmoqlarda monopolizm hali ham saqlanib qolmoqda. Masalan, neft kimyosi bozorida 19 ta, oziq-ovqat tovarlari bozorlarida 13 ta, qurilish materiallari bozorida 17 ta korxona monopolistdir2.
Monopollashuvning yuqori darajada saqlanib qolayotganligining obyektiv sabablari:
Ishlab chiqarishning kapital sig‘imi kattaligi;
Katta quvvatga ega bo‘lgan agregatlardan foydalanilishi;
Texnologiya jarayonlarining uzluksizligi.
Bular ushbu tarmoqlarda raqobatning rivojlanishini qiyinlashtirib qo‘ymoqda.
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublika bozorlarida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, raqobatni rivojlantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, bozorlarni monopollashtirishga urinishlarga yo‘l qo‘ymaslik, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi monopoliyaga qarshi tartibga solish tizimini takomillashtirish maqsadida, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish manfaatlarini ko‘zlab:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etilsin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
respublikada sog‘lom raqobat muhitini yaratish uchun zarur tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy shart-sharoitlarni, mustahkam huquqiy bazani shakllantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi markaz funksiyalarini amalga oshirish;
bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi raqobat qonunlarini, umumiy qabul qilingan normalar va qoidalarni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi monopoliyaga qarshi tartibga solishning kuchli tizimini barpo etish;
insofsiz raqobatchilar tomonidan tovar va moliya bozorlarini, birinchi navbatda, iste’mol tovarlari bozorlarini monopollashtirish yuzasidan har qanday urinishlarning oldini olish, ularni cheklash va ularga barham berish;
monopoliyadan chiqarish bo‘yicha respublika, tarmoq va mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, shuningdek, o‘z vakolati doirasida tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
monopol birlashmalar (korxonalar)ning O‘zbekiston Respublikasi Davlat reyestrini yuritish;
reklama va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
iste’mol tovarlari narxlari monitoringini o‘tkazish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda narxlarning asossiz ravishda o‘sib ketishiga, ichki bozorda sifatsiz iste’mol tovarlari sotilishi va xizmatlar ko‘rsatilishiga olib keluvchi insofsiz raqobatning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish.
3. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlari hisoblanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi negizida tashkil etiladigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi;
viloyatlar va Toshkent shahrida — viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari negizida tashkil etiladigan monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari.
4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining o‘z vakolati doirasida qabul qilinadigan qarorlari vazirliklar, idoralar, joylardagi hokimiyat organlari, muassasalar va tashkilotlar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga quyidagi huquqlar berilsin:
monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlariga, joylardagi hokimiyat organlariga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga o‘z vakolatlari doirasida qarorlar (yozma ko‘rsatmalar) berish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va joylardagi hokimiyat organlari mansabdor shaxslariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda jarimalar solish;
monopol faoliyat, iste’molchilar huquqlarini va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzish natijasida asossiz olingan mablag‘larni (daromad, foydani), shuningdek, solingan jarimalarni va qo‘shilgan penyani xo‘jalik yurituvchi subyektlardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
fuqarolarning ularning iste’molchilik huquqlari poymol qilinishi haqidagi arizalari va shikoyatlari bo‘yicha bu huquqlarni buzgan korxonalar va tashkilotlarni (ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bundan mustasno) Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishgan holda tekshirish.
6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari bilan birgalikda shahar va tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining shakllantirilishiga har tomonlama ko‘maklashsin, bozorlarda sifatsiz mahsulotlar paydo bo‘lishining, tovarlar iste’mol narxlarining va xizmatlarga tariflarning asossiz o‘sishiga olib keluvchi insofsiz raqobatning oldini olishda ularning rolini oshirishga yordamlashsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xodimlariga ular tomonidan xizmat vazifalarini bajarishlarida ko‘maklashsinlar, Qo‘mita va uning hududiy organlari xodimlariga ularga yuklangan funksiyalarni bajarishda to‘g‘onoq bo‘layotgan mansabdor shaxslarning, ayrim fuqarolar xatti-harakatlarining oldini olsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 15-maydagi PF-1464-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, 1-bandning ikkinchi xatboshi bundan mustasno.
9. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
XULOSA
Dеmоkrаtik jаmiyatni bаrpо etishning аsоsiy shаrtlаridаn biri, nоmаrkаzlаshgаn tаrtibdа iqtisоdiy qаrоrlаrni qаbul qilish bilаn bоg’liq shаrоitlаrning mаvjudligi hisоblаnаdi.Erkin rаqоbаt - tаnlаsh erkinligi, tаdbirkоrlik erkinligi, bоzоrgа kirish erkinligi kаbi tаlаblаrning sinоnimidir, u fuqаrоlik jаmiyatidа kishilаrning kоnstitutsiyadа bеlgilаngаn iqtisоdiy erkinligining muhim tаrkibiy qismi hisоblаnаdi.
Iqtisоdiyotdа mоnоpоllаshuv tеndеnsiyalаri pаydо bo`lish munоsаbаti bilаn erkin rаqоbаt chеklаnаdi, shu sаbаbdаn sоg`lоm rаqоbаtchilik muhitini yarаtishdа dаvlаt hаm qаtnаshаdi. Bu dаvlаtning аntimоnоpоl siyosаti оrqаli аmаlgа оshirilаdi. Bu siyosаt erkin rаqоbаt muhitini yangidаn yarаtishgа emаs, bаlki uni sаqlаb qоlishgа, qаytаdаn tiklаshgа, rаqоbаtning mаdаniylаshgаn usullаrini qаrоr tоptirishgа qаrаtilаdi.
O`zbеkistоndа ham bоshqа sоbiq ittifоqdоsh rеspublikаlаri kаbi, rаqоbаtni umumаn inkоr etuvchi dаvlаt mоnоpоliyasidаn dаvlаtlаshmаgаn, turli хo`jаlik shаkllаrining muvоzаnаtigа аsоslаngаn vа erkin rаqоbаtni tаqоzо etuvchi bоzоr tizimigа o’tish yuz bеrmоqdа. Bu yеrdа аvvаllо rаqоbаtchilik munоsаbаtlаrini shаkllаntirish vа shu bilаn bir qаtоrdа uni tаkоmillаshtirish vаzifаsi turibdi. Har qanday iqtisodi rivojlangan davlatni qarasak, eng avvalo ichki iqtisodiyotini rivojlantirganligiga guvoh bo`lamiz. Buning uchun esa u eng avvalo erkin raqobatni vujudga keltirishga harakat qilgan. Bunday erkin raqobat bozorlarini yuzaga keltirish qiyin bo`lsada, lekin iloji boricha shu bozorga yaqin raqobatlashgan monopol bozorni yuzaga keltirishimiz kerak.
Monopoliyaga qarshi kurashish dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Monopoliya ancha asrlar oldin mavjud edi va hozir ham mavjud. Ishlab chiqaruvchilar nigohida bozorda monopol bo’lish katta foyda keltiradigandek tuyuladi. Lekin xaridorlar uchun monopoliya zarar bo’lib xizmat qiladi. Monopoliyaning salbiy taraflariga narxni istagandek qo’yish, bor mablag’ni faqat bir ishlab chiqaruvchi qo’lida bo’lishini keltirgan bo’lsakda, bir tomondan monopoliyaning ijobiy tomoni ham bor. Bu ham bo’lsa monopoliyani sindirish uchun raqobatni kuchaytirish. Ya’ni monopol bo’lgan ishlab chiqaruvchi bu doim ham shundayligicha qoladi degani emas. Balki u hozir barcha hokimiyatni qo’lga kiritgandur. Lekin vaqt o’tib monopoliyani yo’q qilishga urunuvchilar ham topiladi. Va ular monopol bilan qattiq raqobat olib boradi. Misol uchun, Coca Cola ni olaylik. To’g’ri cola ishlab chiqaruvchilar talaygina, ammo ular Coca Colachalik nomga, reklamaga, sotuv hajmiga, ishlab chiqarish miqdoriga ega emas. Demak, uni monopol desak ham bo’ladi. Vaqt o’tib esa unga raqobatdosh bo’lib Pepsi chiqdi. Hozirda u Coca Coladan ko’proq sotiladi va ikkalasi ham reklama bo’yicha bir-biri bilan baxs olib borishadi. Ana endi Coca Cola istaganidek narxni oshirsa, odamlar Pepsi ni ichaveradi. Ammo bu mahsulotlar biri-biridan ustun bo’lmasligi uchun narxni moslashga harakat qilishadi.
Monopoliyaga misol qilib GM Uzbekistan ni keltiramiz ko’pincha. Nima uchun Davlatimiz bu oshkora monopoliyaga qarshi kurashmaydi. Javobi esa iqtisodimiz sababli. GM Uzbekistanni monopoliyadan olib chiqish uchun boshqa mashina turlarini olib kirish kerak. Bu esa aholi pulini chetga chiqib ketishiga zamin yaratadi. Va iqtisodimiz uchun katta foyda keltirayotgan bir tarmoq tanazzulga uchraydi.
Monopoliyalarni tugatish uchun ularni yopish emas, shunga o’xshash boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarini ko’paytirish lozim. Shunda ular o’rtasida raqobat yuzaga keladi. Raqobat esa iqtisodiyotning o’sishi uchun eng katta imkoniyat eshigidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |