I bob O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish zarurati va uning o'ziga xos jihatlari va tomonlari


   O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish nazariyasi va bu bo’yicha amaliy



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana31.12.2021
Hajmi0,49 Mb.
#250692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi o'zbek modeli

1.2   O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish nazariyasi va bu bo’yicha amaliy 

harakatlar 

     Yaqin o'tmishga qarab shuni ta'kidlash mumkinki, haqiqatan ham, mustaqillik 

qo'lga kiritilgan davr o'ta murakkab bo'lib, u paytda sobiq ittifoq parokandalikka 

yuz tutgan, mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat tobora keskin 

tus ola boshlagan edi. Shunday qaltis vaziyatda o'zligimizni anglash va toptalgan 

milliy g'ururimizni tiklashga qaratilgan intilish yanada kuchaydi. O'sha tahlikali 

va og'ir vaziyatda respublika rahbari Islom Karimov bosiqlik bilan oqilona ish 

tutib, qat'iy siyosiy irodani namoyon etib, mamlakatimizni chuqur tanazzuldan 

olib chiqishga qaratilgan, barqaror ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini 

barpo etishning har tomonlama puxta o'ylangan islohotlar strategiyasini ishlab 

chiqdi va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi. Yurtboshimiz rahbarligida 

ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat 

barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida g'oyat mashaqatli, 

shu bilan birga, sharafli taraqqiyot yo'li bosib o'tildi.  I.A.Karimov “O'zbekiston - 

bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li” risolasida mamlakatimiz 

mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini 

tahlil qilib, O'zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining 

o'zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdi. Ilmiy va amaliy jihatdan puxta 

ishlab chiqilgan bu dastur nafaqat o'sha davrdagi avlod taqdiri, balki kelajak 

avlodlarimiz taqdirini ham o'ylab tuzilgan bo'lib, eski tuzumdan meros bo'lgan 

illatlarni tezroq bartaraf etish, mamlakatimizning rivojlangan, madaniyatli 

davlatlar darajasiga chiqib olishini ta'minlashni ko'zda tutgan edi. Bu haqiqatan 

ham Prezidentimiz nomi bilan bevosita bog'liq holda jahonga tanilgan 

taraqqiyotning o'zbek modeli edi. Islohotlarning o'zbek modeli bundan oldin 

dunyoda yaratilgan va mavjud bo'lgan modellarning birortasini takrorlamagan 

holda, o'z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli 



15 

 

bo'ldi



6

. Taraqqiyotning o'zbek modeli quyidagi besh tamoyilga asoslanadi:  

birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya'ni 

iqtisodiyot siyosatdan ustun bo'lishi kerak. Shuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy 

munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta'minlash zarur; ikkinchidan, o'tish 

davrida davlat asosiy islohotchi bo'lishi lozim. U islohotlarning ustuvor 

yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni 

izchillik bilan amalga oshirishi shart; uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish

qonunlarga qat'iy rioya etish lozim. Buning ma'nosi shuki, demokratik yo'l bilan 

qabul qilingan yangi Konstitusiya va qonunlarni barcha hyech istisnosiz hurmat 

qilishi va ularga og'ishmay rioya etishi lozim; to'rtinchidan, aholining demografik 

tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish kerak. Aholining 

salkam 50 foizini 16 yoshga yetmagan bolalar tashkil etadigan O'zbekistonda 

buning alohida ahamiyati bor; beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish 

iqtisodiyotning obyektiv qonunlarini e'tiborga olib, yaqin o'tmishdagi “inqilobiy 

sakrashlar”siz, ya'ni evolyusion yo'l bilan puxta o'ylab, bosqichma-bosqich 

amalga oshirilishi kerak.  Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va yurtimizda 

ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish asosida chuqur 

tanazzuldan xalos bo'lib, barqaror taraqqiyot va aholi turmush farovonligiga 

erishishga qaratilgan tub o'zgartirishlar siyosatining strategik maqsadlari 

I.A.Karimov tomonidan quyidagicha izohlab berildi: ijtimoiy yo'naltirilgan bozor 

iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib 

boradigan, kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni 

ta'minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish; 

-  ko'p  ukladli  iqtisodiyotni  yaratish,  insonning  mulkdan  mahrum  bo'lishiga 

barham  berish,  tashabbuskorlik  va  uddaburonlikni  butun  choralar  bilan  rivojlantirish 

negizi bo'lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash; 

-  iqtisodiyotda  moddiy,  tabiiy  va  mehnat  resurslaridan  samarali  foydalanishni 

                     

6

 I.A. Karimov. O'zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: "O'zbekiston",1999,194-197-betlar 



  


16 

 

ta'minlaydigan  chuqur  tarkibiy  o'zgarishlar  qilish,  raqobatdosh  mahsulotlar  ishlab 



chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo'shilib borish; 

- kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini 

o'zgartirish,  har  bir  kishiga  o'z  mehnatini  sarflash  sohasi  va  shakllarini  mustaqil 

belgilash imkonini berish. 

Mustaqillikning  ilk  yillarida,  ya'ni  ijtimoiy  yo'naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga 

o'tishning birinchi bosqichida quyidagi ikki vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib 

qo'yildi: 

- totalitar  tizimning  og'ir  oqibatlarini  yengish,  tanglikka  barham  berish, 

iqtisodiyotni barqarorlashtirish; 

- respublikaning o'ziga xos sharoiti va xususiyatlarini hisobga olgan holda, bozor 

munosabatlarining negizlarini shakllantirish; 

Mazkur vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi 

muhim yo'nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: 

- o'tish  jarayonining  huquqiy  asoslarini  shakllantirish,  islohotlarning  qonuniy- 

huquqiy negizini mustahkamlash

- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat ko'rsatish korxonalarini, uy-joy fondini 

xususiylashtirish,  qishloq  xo'jaligi  va  xalq  xo'jaligining  boshqa  sohalarida 

mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; 

-  ishlab  chiqarishning  pasayib  borishiga  barham  berish,  moliyaviy  ahvolning 

barqarorlashuvini ta'minlash

7



Respublikada bozor munosabatlariga o'tishning birinchi bosqichida iqtisodiyot va 



ijtimoiy  sohada  yuz  bergan  tub  o'zgarishlar  uning  o'z  taraqqiyotida  keyingi  sifat 

jihatdan  yangi  bosqichga  o'ta  boshlash  uchun  mustahkam  shart-  sharoit  yaratdi.  Shu 

bilan  birga, isloh  qilishning  birinchi  bosqichi  natijalari  keyingi  bosqichning  strategik 

maqsadlari va yo'nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi. 

Ikkinchi  bosqichda  iqtisodiyotni  modernizasiya  qilish  va  isloh  etishni  yanada 

chuqurlashtirish,  investisiya  faoliyatini  kuchaytirish,  chuqur  tarkibiy  o'zgarishlarni 

                     

7

 I.A. Karimov. Vatan ravnaqi uchun liar birimiz mas'ulmiz. T.: "O'zbekiston", 2001,361-365-betlar  




17 

 

amalga  oshirish, shuning  negizida  iqtisodiy  o'sishni ta'minlab, bozor  munosabatlarini 



to'liq  joriy  qilish  maqsad  qilib  qo'yildi.  Shu  maqsaddan  kelib  chiqib,  mazkur 

bosqichda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar quyidagi tartibda belgilandi: 

- davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish; 

- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni 

ta'minlash; 

-  milliy valyuta - so'mni yanada mustahkamlash; 

-  iqtisodiyotning  tarkibiy  tuzilishini  tubdan  o'zgartirish,  xomashyo  yetkazib 

berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o'tish. 

O'tish  davrining  ikkinchi  bosqichida  aholining  kam  ta'minlangan  qatlamlarini 

ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko'rsatish borasida birinchi 

bosqichda tutilgan yo'l davom ettirildi. 

Prezidentimiz 

I.A.Karimov 

ta'kidlab 

o'tganidek, 

mazkur 


bosqichda 

“erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, 

ham  siyosiy  vazifalarni  hal  qilishning  asosiy  shartidir”.  Bu  esa  iqtisodiyot  sohasida 

quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko'zda tutdi: 

-  iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik 

bilan o'tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; 

-  xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida mulkdorlar 

sinfini shakllantirish; 

-  mamlakat  iqtisodiyotiga  xorij  sarmoyasini,  avvalo,  bevosita  yo'naltirilgan 

sarmoyalarni  keng  jalb  etish  uchun  qulay  xuquqiy  shart-sharoit,  kafolat  va  iqtisodiy 

omillarni yanada kuchaytirish; 

-  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  iqtisodiy  taraqqiyotda  ustuvor  o'rin 

egallashiga erishish; 

-  mamlakatning 

eksport 

salohiyatini 

rivojlantirish 

va 


mustahkamlash, 

iqtisodiyotimizning  jahon  iqtisodiy  tizimiga  keng  ko'lamda  integrasiyalashuvini 

ta'minlash; 

-  iqtisodiyotda  mamlakatimiz  iqtisodiy  mustaqilligini  yanada  mustahkamlashga 




18 

 

qaratilgan  tarkibiy  o'zgarishlarni  izchil  davom  ettirish



8

.  Shunday  ekan,  demokratik 

jamiyat  qurishdan  ko'zlangan  maqsad  yurtimizda  istiqomat  qiladigan  barcha  insonlar 

uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi 

kafolatlangan  yuksak  turmush  darajasi  hamda  erkinliklarni  ta'minlashdan  iborat. 

Mazkur  ezgu  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  birlamchi  ahamiyat  kasb  etgan,  ya'ni 

ijtimoiy  bozor  iqtisodiyotini  yaratishga  yo'naltirilgan  iqtisodiy  islohotlarga  e'tibor 

qaratildi.  Iqtisodiy  islohotlar  esa  o'z  o'rnida  jamiyatimizning  siyosiy,  ijtimoiy, 

ma'naviy  hamda  davlat  qurilishi  sohalaridagi tub islohotlar  bilan  chambarchas, uzviy 

bog'liqlikda  amalga  oshirib  kelinmoqda.  Sho'rolar  davrida  iqtisodiyot  yetmish  yil 

hukmronlik  qilib  kelgan  kommunistik  mafkuraning  siyosatning  qurboniga  aylangan 

edi.  Natija  ma'lum.  Iqtisodiyot  ham  bamisoli  tirik  organizm  -  erkin  harakat 

qilgandagina yuksalishi mumkin. Zug'um ostida qolsa, o'zidagi mavjud imkoniyatlarni 

ruyobga chiqara olmaydi. Sobiq ittifoq - sho'rolar davrida milliy iqtisodiyotlar mehnat 

taqsimoti  va  ixtisoslashuvi  kabi  qator  iqtisodiy  qonuniyatlar  va  prinsiplar  orqali 

amalda  markazga  bog'lab  qo'yilgan,  hukmron  mafkura  va  siyosatga  tamoman 

bo'ysundirilgan  edi.  Sho'rolar  davrida  mavjud  mehnat  taqsimoti  va  ixtisoslashuviga 

ko'ra, sobiq respublikalarning iqtisodiy rivojlanishida, bir tomondan markazdagi yirik 

sanoat  birlashmalari  qatnashar  edi.  Ularning  faolligi,  eng  avvalo,  qayta  ishlash  va 

konchilik sanoati kompleksi tarmoqlariga qaratilgani ham sir emas. Bu ishtirok milliy 

respublikalar sanoatining muayyan darajada o'sib, nisbatan zamonaviy texnologiyalar, 

yangi  ishlab  chikarish  tarmoklarining  paydo  bo'lishiga  ijobiy  ta'sir  ko'rsatdi,  albatta. 

1990-yillarning  boshida  O'zbekiston  sanoat  mahsuloti  umumiy  hajmida  sobiq  ittifoq 

vazirlik  va  idoralariga  bo'ysunuvchi  birlashma  va  korxonalar  ishlab  chikdradigan 

mahsulotlar  hajmi  30  foizga  yetgan  edi.  Ittifoq-  respublika  vazirlik  va  idoralariga 

qarashli korxona va birlashmalarda esa 54 foiz sanoat mahsuloti ishlab chiqarilar edi. 

Ikkinchi tomondan. O'zbekistonning Rossiya va boshqa respublikalardan keltiriladigan 

                     

8

I.A.Karimov Mamlakatimizda demokratik isloxotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kon



sepsiyasi:  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik palatasi va Senatining  qo’shma majlisidagi 

 ma’ruza. 2010 yil 12 noyabr. Toshkent: «O’zbekiston», 2010,401-406-betlar 

  



19 

 

ishlab  chiqarish  va  iste'mol  tovarlariga  bog'liqligi  g'oyat  kuchli  edi.  Iqtisodiy 



o'sishning tashqi omillarga bog'lanib qolganligi yakunlovchi ishlab chiqarish bosqichi 

ahamiyatining  75  haddan  tashqari  oshishiga,  maxalliy  mashinasozlikning  esa 

zaifligicha  qolishiga  olib  keldi.  O'zbekistonda  barcha  sanoat  mahsulotlari  tarkibida 

mashinasozlik  sanoatining  ulushi  nihoyatda  past  edi.  Bunday  taqsimot  oqibatida 

sanoat  asbob-uskunalari,  texnologiya,  fan-texnika  yutuqlari  tashqaridan  olib 

kelinadigan  mahsulotlarning  asosiy  yo'nalishi  bo'lib  qolaverdi.  Cheksiz  fosforit 

konlariga boy o'lkamizga, hatto gugurt ham tashqaridan olib kelinar edi.  


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish