Funksional alomat tizimga tegishli qism tizim vazifasi, uning asosiy maqsadlari va funksiyalarini aniqlaydi. Axborot tizimining strukturasi funksional tizim qismlari to‘plamidan iborat, funksional alomat esa axborot tizimlarini tasniflashda foydalaniladi. Ishlab chiqarish, tijorat obyektlari bo‘yicha xo‘jalik yuritish amaliyotida funksional alomat quyidagi faoliyat turlari bilan bog‘liq: ishlab chiqarish, marketing, moliyaviy, kadrlar.
Ishlab chiqarish faoliyati bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnika yangiliklarini yaratish vaularni ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan bog‘liq. Marketing faoliyati quyidagilardan iborat:
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bozorini tahlil etish, savdo- sotiqni tahlil etish;
mahsulot realizatsiyasini ta’minlash uchun reklama kampaniyasini tashkil etish;
moddiy - texnika ta’minotini ratsional (oqilona) tashkil etish.
Moliyaviy faoliyat firmaning buxgalteriya, statistik va operativ axborotlar i asosida resurslarni nazorat etish va tahlil qilishni tashkil etish bilan bog‘liq. Kadrlarga oid faoliyat firma uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, bu boradagi xizmat hujjatlarini yuritish bilan bog‘liq. Yuqoridagi faoliyatlar mos ravishda axborot tizimlarini umumiy holda quyidagi turlarga ajratish imkonini beradi:
ishlab chiqarish tizimlari;
marketing tizimlari;
moliyaviy va hisobga olish tizimlari;
kadrlar tizimi;
firma faoliyati va uning xususiyatidan kelib chiqqan holda yordamchi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan boshqa turdagi tizimlar turi.
Yirik firmalarda asosiy axborot tizimi funksional vazifalarni bajaruvchi bir necha qismtizimlaridan iborat bo‘ladi. Masalan, ishlab chiqarish faoliyati bilan shu g‘ullanuvchi yirik kompaniyaning axborot tizimi quyidagi qism-tizimlardan tashkil topadi: zahiralarni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, mahsulot realizatsiyasini boshqarish, alohida bo‘limlar (buxgalteriya, rejalashtirish, kadrlar va boshqalar) ishini boshqarish va shu kabilar.
2 - jadval. Axborot tizimlari funksional alomati
Marketing tizimlari
|
Ishlab chiqarishning
tizimlari
|
Moliya va hisob-kitob tizimlari
|
Kadrlar tizimlari
(inson resurslari)
|
Boshqa tizimlar, masalan,
rahbarlikning axborot
tizimlari
|
Bozorni o‘rganish va
savdoni bashorat
qilish
|
Ish hajmini rejalashtirish va kalendar
rejalarni ishlab chiqish
|
Buyurtmalar
portfelini
boshqarish
|
Mehnat resurslari
va ularga bo‘lgan
ehtiyoj tahlili va
bashorati
|
Firma faoliyati ustidan
nazorat
|
Savdo-sotiqni
boshqarish
|
Ishlab chiqarishning
operativ nazorati va uni
boshqarish
|
Kredit siyosatini
boshqarish
|
Xodimlar
haqidagi yozuvlar
arxivini yuritish
|
Dolzarb muammolarni
aniqlash
|
Narxlarni tahlil qilish
va baholash
|
Uskunalarning ishlashi
tahlili
|
Moliya rejasini
tuzish
|
Kadrlar tayyorlash
tahlili va uni
rejalashtirish
|
Boshqaruv va strategik
vaziyatlar tahlili
|
Buyurtmalarni
hisobga olish
|
Yetkazib
beruvchilarga
buyurtmalarni
shakllantirish
|
Moliyaviy tahlil
va b ashorat
|
|
Strategik yechimlarni
ishlab chiqish jarayonini
ta’minlash
|
|
Zahiralarni boshqarish
|
Budjet nazorati
|
|
|
|
|
Buxgalteriya
hisobi va maoshni
hisoblash
|
|
|
Axborot tizimining turi u kimlarning manfaatlariga xizmat qilishi va boshqarishning qaysi bo‘giniga tegishliligi bilan bog‘liq. 2-rasmda axborot tizimlari funksional alomatlarga ko‘ra va boshqarish pog‘onasiga taalluqliligi nuqtainazaridan tasniflash variantlaridan biri keltirilgan.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, boshqarish pog‘onasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ushbu pog‘onaga mos mutaxassislarning axborot tizimi asosida ish yuritishlari ko‘lami shunchalik kam bo‘ladi. Biroq, boshqaruvchi (menejerlar) tomonidan qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradigan axborot tizimining intellektual imkoniyatlari va murakkablik darajasiga bo‘lgan talablar oshib boradi. Boshqarishning ixtiyoriy bo‘g‘ini har bir funksional tizimlardagi turli kesimlardagi va turli sig‘imlarga ega bo‘lgan axborotlarga ehtiyoj sezadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |