Mundarija;
Kirish qism………………………………………………………….3
I Bob O`smirlik davrida ‘’men’’ siymosining xususiyatlari
1.1 O`smir shaxsining psixologik xususiyatlari…………………………………………………………..6
1.2 ‘’Men’’ konsepsiyasi va uni o`smirlik davrida shakllanishi……………………………………………………………14
I Bob bo`yicha xulosa………………………………………………….18
II Bob O`smirlik davrida ‘’men’’ siymosining shakllanishida vujudga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish usullari
2.1 O`smirlik davrida o`z o`zini anglash…………………………………………………………………19
2.2 ‘’Men’’ siymosining shakllanishida vujudga keladigan muammolarni bartaraf etish usullari………………………………….25
II Bob bo`yicha xulosa………………………………………………...28
Umumiy xulosalar…………………………………………………….29
Tavsiyalar……………………………………………………….…….30
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………….31
Kirish qism
Mavzuning dolzarbligi; O'smirlik davri o'zining fiziologik, psixologik va aqliy rivojlanishi bilan boshqa davrlardan keskin farqlanib turadi. O'smirlik davrida yuqori bilim, ko'nikma va malakalarni shaklllantirish uchun o'quvbiluv faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuasiga o'quvchilarning o'quv faoliyatiga nisbatan ichki motivasiyasini shakllanishi borasidagi masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. O`smirlik davri judanozik davr hisoblanadi. Chunki bu davrdagi bolalar o`tish yoshida bo`lib psixikasida, o`zgarishlar sodir bo`lib turadi. Shaxsning o‘z-o‘zini anglash sohasi — bu «Men» obrazining yil sayin o‘zgarib borish jarayoni bo‘lib, bu jarayon davomida shaxs dastlab o‘zining boshqalardan farqliligini anglash bilan
birga, o‘zini ko‘rsatishga harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini ham anglashga harakat qiladi. Undan so‘ng shaxsda o‘z-o‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, bular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
«Men» siymosi — ijtimoiy munosabatlarning ham shart-sharoiti, ham oqibatidir. Mutaxassislar shaxsda amalda birgina uning «Men» siymosini emas, balki, navbatma-navbat goh o‘zini anglashi, goh muayyan vaziyatda o‘zining ahamiyatini yo‘qotadigan ijtimoiy o‘zaro birgalikdagi harakatni qo‘yadigan va bir-birining o‘rnini egallab turadigan ko‘plab «Men» siymolar bo‘lishini qayd etishadi.O`smirlik davriga xos bo‘lgan talabchanlik asosida u «men o‘zimni yomon ko‘raman» deb gapirganda yoki o‘ylaganda, bunday baho berishni o`smirninging «Men» siymosiga beradigan barqaror tasnifi sifatida tushunmaslik kerak. Ozgina vaqtdan keyin uning o‘zi haqidagi tasavvurlari butunlay qarama-qarshi tomonga o‘zgarib qolishi ham ko‘p kuzatiladigan holatdir.
L.S. Vigotskiyning ta’rifiga ko‘ra, o‘z-o‘zini anglash bu — insonning o‘zi haqidagi tasavvurlarining dinamik tizimi bo‘lib, o‘zining
jismoniy, intellektual va boshqa turli sifatlarini anglash bilan yuzaga keladi. Ushbu sifatlariga o‘z-o‘zining beradigan bahosida tashqi
omillar, munosabatlar ham ta’sir etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |