I bob. O’rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi


Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi



Download 0,51 Mb.
bet4/8
Sana26.01.2017
Hajmi0,51 Mb.
#1190
1   2   3   4   5   6   7   8

Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi 992-yilda Horun Bug’roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga tomon hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg’ol qiladilar. Nuh ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G’aznadagi noibi Sabukteginni yordamga chaqiradi. U yigirma mingli qo’shin bilan Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilan birlashib, bir necha janglardan so’ng qoraxoniylar noibi qo’shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh Sabukteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G’azna va Xurosonda Sabuktegin va o’g’li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanib, G‘aznaviylar davlati tashkil topadi. Tez orada bu davlat kuchayib, Hindiston chegarasidan Amudaryogacha bo’lgan yerlarni egallaydi. 996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum boshlaydilar. Shunday og’ir bir sharoitda xiyonat ro’y beradi. Ya’ni Sabuktegin qo’shini Buxoroni egallaydi. So’ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o’rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo’liga o’tadi. Sabuktegin esa Amudaryodan janubdagi yerlar, shu jumladan Xurosonda hukmdor bo’lib oladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: XI-XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy hayot

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Qishloq xo’jaligidagi ahvol Movarounnahrga kirib kelgan ko‘chmanchi chorvadorlar dehqonchilik maydonlarini toptab, oyoqosti qiladilar. O’tloq va yaylovlarga aylantirilgan ekinzorlar qoraxoniylar xonadonining tayanchi hisoblangan qabilalarning asosiy mulkiga aylantiriladi. XI asrda Movarounnahrda, ayniqsa Zarafshon vodiysida ko’pgina dalalar, paykal va bog’lar barbod bo’ladi. Ekin maydonlari qisqarib ketadi. Мahalliy mulkdor dehqonlar bilan chorvador ko’chmanchilar o’rtasida ziddiyat kuchayib, dehqonlarga qarshi kurash keskin tus oladi. Qoraxoniylarning tazyiqi oqibatida mulkdor dehqonlar jon saqlash maqsadida o’z yerlarini tashlab ketishga majbur bo’ladilar. O’sha zamonda nufuzli mulkdor dehqonlarga nisbatan zo‘rlik choralari ham qo’llanilgan. Qoraxoniylar hukmronligi davrida mahalliy mulkdor dehqonlar yer-suv mulklaridan hamda mamlakatda tutgan siyosiy mavqelaridan ajralib, jamiyat hayotida o’zining ilgarigi o’rni va ahamiyatini butunlay yo’qotadilar.

Iqto yerlarining kengayishi XI asrdan boshlab yerdan foydalanishda iqto tartiboti juda keng yoyiladi. Qoraxoniylar tomonidan hukmron sulola namoyandalaridan tashqari oliy darajali harbiylar, davlat ma’murlari va mahalliy zodagonlarga ham katta-katta yer maydonlari iqto tarzida hadya qilinadi. Iqto tartibi qoraxoniylar uchun bo’ysundirilgan mamlakatlar aholisidan tegishli soliqlarni undirib, uni boshqarishning eng qulay shakli hisoblangan. Chunki iqto daromadlarning bir qismini muttasil olib turilishini ta’minlagan. Shu davrda iqto tartibi shunchalik kengaydi-ki, faqat ayrim qishloqlargina emas, balki butun bir viloyat va yirik shaharlardan olinadigan daromadlar ham iqto tarzida in’om qilib beriladigan bo’ladi. Iqto tartibi keng qo’llanishi bilan u vaqtinchalik in’omdan umrbod foydalanishga, bora-bora esa hatto avloddan-avlodga o’tadigan merosiy mulkka aylana boshlagan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Takrorlash

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Shunday qilib, XI-XII asrlarda Movarounnahrda va Xurosonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylanadi. Bu davrga kelib musulmon ruhoniylariga bo’lgan e’tiborning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta’sirining tobora ortib borishi bilan vaqf yerlari ham anсha ko‘paydi. Garchi bu davrda barzikorlar ilk o’rta asrlardagi kadivarlarga nisbatan ozod hisoblansalar-da, ammo ularning zimmasiga davlat tomonidan turli soliq va har xil majburiyatlar yuklangan edi. Sug’orish tarmoqlari, to’g’onlar, yo’l va qal’alar qurish va ularni ta’mir etishda ularning ishtiroki shart edi.

Shaharlar, savdo XI-XII asrlarda ayniqsa shaharlar kengayadi, aholisining soni ko‘payib, ular yanada gavjumlashadi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O’zgan, Toshkent kabi shaharlar ichki va tashqi savdo uchun xilma-xil hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylanadi. Shaharlar markazida shohona saroylar, masjid, madrasa, minora va hammom kabi ko’plab mahobatli imoratlar qad ko‘taradi. Shahar ichi va uning atrofida savdo va hunarmandсhilik mahallalari, karvonsaroylar va bozorlar barpo etiladi. Bu davrda shaharlarda ayniqsa, kulolchilik, shishasozlik, miskarlik va chilangarlik rivoj topadi. XI-XII asrning sirli koshinkor va qabartma naqshli sopol idish va tovoqlari, rangdor shisha buyumlari, naqshikor mis idishlari o’zining xilma-xilligi va yuqori darajada nafisligi bilan ajralib turadi.

XI-XII asrlarda “dehqon” degan tushuncha o’zining “qishloq hokimi”ni anglatuvchi asli ma’nosini yo’qotdi

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Xorazm davlati va uning yuksalishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Mustaqillik uchun kurash 1017-yilda Mahmud G’aznaviy tomonidan zabt etilib, o’z mustaqilligidan mahrum bo’lgan Xorazm ko’p vaqt o’tmay (1040) Saljuqiylar davlatiga qaram bo’lib qoladi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o’z ma’murlaridan Anushteginni Xorazmga noib qilib tayinlaydi. Anushtegin vafotidan so’ng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097-1127) noiblik qiladi. Garchi u "xorazmshoh" unvonini tiklab, bunday jarangdor nom bilan ulug’lansa-da, Saljuqiylar davlatining sadoqatli noibligicha qolgan edi. Xorazmning mustaqilligi Qutbiddin Muhammadning o’g’li Otsiz (1127-1156) nomi bilan bog’liqdir. Mohir diplomat va g’ayratli lashkarboshi Otsiz va uning vorislari Xorazmning mustaqilligi yo’lida Movarounnahr va Eronda sodir bo’lgan har qanday qulay siyosiy vaziyatdan foydalanadilar. Dastavval Otsiz turkman. va qipchoqlarni o’ziga bo’ysundiradi. Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog’liq bo’lgan Sirdaryo etaklari va Mang’ishloq yarim orolini egallaydi. Qang’li va turkmanlardan kuchli yollanma qo’shin tashkil etib, bir neсha bor Sulton Sanjarga qarshi isyon ko’taradi. Otsiz Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o’rta oqimiga qadar bo’lgan yerlarda Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etadi.

Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi Otsizning siyosatini uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Takash (1172-1200) davom ettiradilar. XII asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi. 1153­-yilda Sulton Sanjarga qarshi ko’chmanchi o’g’uzlar isyon ko’taradilar. Buning oqibatida Saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab, parchalanib ketadi. Dastavval undan Kichik Osiyo va Kermon ajralib ketadi, So’ngra Fors, Ozarbayjon va Xuroson viloyatlari mustaqil bo’lib oladi. Bunday siyosiy vaziyatda, shubhasiz, Xorazmning hukmronlik doirasi kengaytirilib, uning mustaqilligi yanada mustahkamlanadi. Xorazm davlati ayniqsa Otsizning nabirasi Takash davrida juda kengayadi. 1187-1193-yillarda u Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi. 1194-yilda esa saljuqiylar sultoni To’g’rulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga bo’ysundiradi.

Davlat hududining kengayishi Takashdan so‘ng uning o’g‘li Muhammad (1200-1220) ham Xorazm davlatini kengaytirish siyosatini davom ettiradi. 1206-yildan boshlab Movarounnahrni qoraxitoylarga qaramlikdan ozod etishga kirishildi. 1210-yilda Talos vodiysida qoraxitoylar mag’lubiyatga uchratiladi. Yettisuvga qadarli yerlar Xorazmshohlar davlati tasarrufiga olindi. XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning shimoli-g’arbiy va g’arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan janubi-g’arbda Iroqqa qadar borar edi, janubi-sharqiy hududlari G’azna viloyatidan, shimoli-­sharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti Qipchoqdan o’tar edi. Sharqdagi bu ulkan davlatning poytaxti Urganch shahri edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: O’rta Osiyolik mutafakkirlar. Ilm-fan ravnaqi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: “Bayt-ul hikmat” X-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo’lgan siyosiy, ijtimoiy­iqtisodiy o’zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga ham kuchli ta’sir etdi. Movarounnahr istilo qilingach, zabt etilgan o’zga mamlakatlar qatorida, bu o’lkada ham faqat islom dinigina emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning ham davlat tili, ham fan tili edi. Shu boisdan arab tilining o’rni va ahamiyati oshib, uni o’zlashtirishga bo’lgan intilish kuchli bo’ldi. Arab tiliga bo’lgan ehtiyoj va intilish tufayli ko’p vaqt o’tmay Movarounnahrda arab tili va yozuvini yaxshi o’zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo’ladi. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma’muriyati ayniqsa ko’plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat boshqaruvi ishlariga yaroqli bo’lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi. Bag’dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda "Bayt ul-hikmat" tashkil etilgan edi. "Bayt ul-hikmat"da katta kutubxona, Bag’dod va Damashqda astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy merosini o’rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug’ullanardilar. Al­-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Ahmad al-Marvaziy, al-Abbos Javhariy va Yahyo bin Abi Mansur kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o’rta asr ilm-u faniga katta hissa qo’shadilar. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850-yillarda yashab ijod qilgan) qadimgi Xorazm diyorida tug’ilib, voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarini u o’z ona yurti Xorazm va Movarounnahr shaharlarida ko‘pgina ustozlardan oladi. So’ngra u xalifa Мa’mun zamonida (813-833) "Bayt ul-hikmat"da mudir sifatida faoliyat ko’rsatadi. Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qo’shdi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Matematikaga doir asarlari "Al-jabr val-muqobala", "Hind hisobi haqida",; geografiyaga oid kitoblari "kitob surat ul-arz" ("Yer surati"); astronomiyaga oid asarlari "Zij" va "Usturlob bilan ishlash haqida kitob"; tarixga oid asarlari "Kitob at-tarix", "Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola" nomlari bilan atalgan.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayotida yangi davr

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: IX asrning ikkinchi yarmida xalifalik hukmronigi tugab, Somoniylar boshqaruvining qaror topishi bilan madaniy hayotning rivoji uchun keng yo’l ochiladi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy qila boshlaydi. Movarounnahrning madaniy hayotida uyg’onish davri boshlandi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi markaziy shaharlarda kutubxonalar, kitob do‘konlari qurilgan. Movarounnahr va Xorazm jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan buyuk siymolarni o’z bag’rida tarbiyalab kamolotga yetkazdi. 1004-yil «Dorul hikmat va maorif» (“Hikmat va maorif uyi») – «Мa’mun akademiyasi» shakllangan. Uning asosini Abu Nasr ibn Iroq (10-a. - 1034), Abulhayr ibn Hammor (991 - 1048), Abu Sahl Masihiy (970 - 1011), Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048), Abu Ali ibn Sino (980 - 1037) va b. tashkil etgan. Ularning ilmiy faoliyati tufayli qadimgi Xorazm badiiy san’ati, adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sug’orish madaniyati yutuqlari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat qila boshlagan. 1017-yil Mahmud G’aznaviy Xorazmga bostirib kirgan. «Dorul hikmat va maorif» faoliyati tugatilgan, olimlarning ko’pchiligi G’azna shahriga majburan olib ketilgan. 1997-yil 11-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorazm Мa’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risida»gi farmoni chiqdi. 2005-yil kuzida Respublikamizda «Xorazm Мa’mun

akademiyasi»ning 1000 yiligi nishonlanadi. Abu Nasr Farobiy (873-950-yillarda yashab ijod qilgan)

873-yilda Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan Forob shahrida tug’ilgan. U avval ona shahrida, so’ngra Samarqand, Buxoro va Bag’dodda bilim olgan. Umrining oxirlarida Xalab va Damashq shaharlarida yashagan. Forobiy riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. U 160 dan ortiq asar yozib, o’rta asr fan va madaniyatiga ulkan hissa qo’shdi. Bular orasida Arastuning "Metafizika" asariga sharh", "Musiqa kitobi ", "Baxt­ saodatga erishuv haqida", "Tirik mavjudot a’zolari haqida", "Fozil odamlar shahri" va boshqa ko’pgina asarlari muhum ahamiyatga ega bo’lgan. Forobiy bilimli, ma’rifatli, fikr-mulohazalarining kengligi va mantiqning teranligi tufayli Sharqda Arastudan keyingi yirik mutafakkir "Muallimus soniy" nomi bilan shuhrat topdi. Bu davrning ulug’ mutafakkirlaridan yana biri Abu Ali ibn Sino edi. U 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga keldi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Me’morchilik, san’at, musiqa va diniy e’tiqod

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: O’rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu sohasiga ham kuchli ta’sir qildi. Uning tashqi qiyofasi va mazmuni tubdan o’zgardi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi natijasida uning yangi yo’nalishda ravnaq topishi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O’zgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko’plab saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va karvonsaroylar quriladi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy, Namozgoh, Minorayi Kalon hamda Vobkent va Jarqo’rg’ondagi minoralar va ko’pgina boshqa binolar o’sha davr me’morchiligining namunalaridandir. Bu yodgorliklar o’ziga xos me’morchilikning rivoj topganligidan dalolat beradi. Bu davrda yo’nilgan tosh, pishiq g’isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv omborlari - bandlar, novalar, ko’priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Bunday inshootlarning o’lchamlari matematika nuqtayi nazaridan g’oyat puxta ishlangan. Masalan, X asrda Nurota tizmalaridagi past tog’ darasi to’silib barpo etilgan Xonbandi suv omboriga 1,5 mln metr kub suv to’plangan. To’g’on granit toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. Bu suv omborini qurishda suvning vertikal va gorizontal bosim kuchi va bu hududlarda tez-tez sodir bo’ladigan zilzilalarning silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar. Bu, shubhasiz, XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to’g’risida yaratilgan qonun kashfiyotchisidan qariyb 7 asr muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma’lum ekanligidan dalolat beradi. X asrdan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch va qo’shsinchli binolarning tagsinchlaridan tortib ustunlari-yu sarrovlari va to’sinlarigacha yog’ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi hom g’isht yoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish hozirgacha saqlanib keladi. Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan turar joy qoldiqlaridan ma’lum bo’lishicha, X-XI asrlarda ham paxsa va hom g’ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy o’rinni egallagan. IX-XII asr boshlarida me’morchilik bilan birga naqqoshlik va o’ymakorlik san’ati ham anсha rivoj topadi. Imoratni o’ymakor ustun va to’sinlar, devorlarini bo’yoqli yoki ganchkori naqshlar bilan bezash keng tarqaladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Etnik jarayonlar va o’zbek xalqining shakllanishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

b) davomadni aniqlash

  1. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish