I bob. O’rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi



Download 382.38 Kb.
bet1/8
Sana26.01.2017
Hajmi382.38 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mundarija 7 sinf O’zbekiston tarixi
1-dars. Kirish……………………………………………………………………………………...3
I bob. O’rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi

2-dars. Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar…………………………………………………………….4

3-dars. Ilk o’rta asr davlatlari……………………………………………………………………...5

4-dars. Eftallar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot……………………………………..6

5-dars. O’rta Osiyo xalqlari Turk xoqonligi davrida……………………………………………...7

6-dars. G’arbiy turk xoqonligi…………………………………………………………………….8

7-dars. Nazorat ishi – 1……………………………………………………………………………9

8-dars. Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi………………………………………………...10

9-dars. VI-VII asrlarda madaniy hayot…………………………………………………………..11
II bob. O’rta Osiyoning arab xalifialigi tomonidan fath etilishi. Xalq qo’zg’olonlari

10-dars. Islom dini va arab xalifaligi…………………………………………………………….12

11-dars. Movarounnahr fath etilishining iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari……………………...13

12-dars. Xalifalik hukmronligiga qarshi xalq xarakatlari. Abu Muslim qo’zg’oloni……………14

13-dars. “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni…………………………………………………………….15

14-dars. Nazorat ishi – 2…………………………………………………………………………16


III bob. Movarounnahrda mustaqil davlatlarning tashkil topishi

15-dars. Xalifalikning zaiflashuvi, mustaqil davlatlarning shakllana boshlashi………………...17

16-dars. Somoniylar……………………………………………………………………………..18

17-dars. Somoniylar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy hayot…………………………………………19

18-dars. IX-X asrlarda yer-mulk munosabatlari. Somoniylar sulolasining inqirozi.

G’aznaviylar davlati……………………………………………………………………………...20

19-dars. Qoraxoniylar davlati……………………………………………………………………21

20-dars. XI-XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy hayot………………………………………………..22

21-dars. Takrorlash………………………………………………………………………………23

22-dars. Xorazm davlati va uning yuksalishi…………………………………………………….24

23-dars. O’rta Osiyolik mutafakkirlar. Ilm-fan ravnaqi…………………………………………25

24-dars. Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayotida yangi davr…………………………26

25-dars. Me’morchilik, san’at, musiqa va diniy e’tiqod…………………………………………27

26-dars. Etnik jarayonlar va o’zbek xalqining shakllanishi……………………………………...28

27-dars. Nazorat ishi – 3…………………………………………………………………………29
IV bob. Vatanimiz xalqlarining Chingizxon istilosi va zulmiga qarshi ozodlik kurashi

28-dars. Xorazmshohlar saltanati bilan Mo’g’ullar davlati o’rtasidagi munosabatlar…………..30

29-dars. Chingizxon istilosi……………………………………………………………………...31

30-dars. Xorazmshohlar davlatining halokati……………………………………………………32

31-dars. Chig’atoy ulusining tashkil etilishi……………………………………………………..33

32-dars. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot……………………………………………………34

33-dars. Nazorat ishi – 4…………………………………………………………………………35
V bob. Amir Temur va Temuriylar davlati

34-dars. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi……………………………...36

35-dars. Amir Temur – markazlashgan davlat asoschisi………………………………………...37

36-dars. Amir Temurning harbiy yurishlari……………………………………………………...38

37-dars. Amir Temur saltanatining ma’muriy va harbiy tuzilishi……………………………….39

38-dars. Mamlakat obodonchiligi yo’lida………………………………………………………..40

39-dars. G’arbiy Yevropa davlatlari bilan aloqalar……………………………………………...41

40-dars. Amir Temur vorislari o’rtasida taxt uchun kurash va uning oqibatlari………………...42

41-dars. Nazorat ishi – 5…………………………………………………………………………43

42-dars. Takrorlash………………………………………………………………………………44

43-dars. Ulug’bek – ma’rifatparvar davlat arbobi……………………………………………….45

44-dars. Temuriylar saltanatining inqirozga uchrashi…………………………………………...46

45-dars. Dehqonchilik, yer egaligi munosabatlari……………………………………………….47

46-dars. Hunarmandchilik va savdo aloqalari…………………………………………………...48

47-dars. Ilm-fan ravnaqi…………………………………………………………………………49

48-dars. Madaniy hayot………………………………………………………………………….50

49-dars. Nazorat ishi – 6…………………………………………………………………………51

50-dars. Umumlashtiruvchi dars…………………………………………………………………52

51-dars. Yakuniy dars……………………………………………………………………………53

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Kirish

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Qadimgi Turon diyorida zamonasining buyuk davlatlaridan Qang’ (Kanguy) davlati va Kushon podsholigi ravnaq topgan davrda yuksalish boshlangan edi. Bu o’zgarishlar albatta mamlakat aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim o’zgarishlarga olib keldi. Shaharlarning soni ko’paydi va maydonlari kengaydi, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniy hayotning markaziga aylandi. Vohalarda yirik sug’orish tarmoqlari qazilib, sug’orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Suv tegirmoni, chig’ir va charxpalaklar (charxparraklar) kabi suv inshootlari kashf etildi. Oqar suv sathidan birmuncha balandlikda joylashgan maydonlarga suv chiqarib obod etildi. Ziroatchilikda g’allakorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog’dorchilik maydonlari kengaydi. Ekin maydonlarini sug’orish va ishlov berishdagi asriy tajribalari tufayli aholi dehqonchilikdan mo’l hosil oladigan bo’ldi. Shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi bilan qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoj ortib bordi. Natijada mamlakatning iqtisodiy hayotida xomashyo yetkazuvchi qishloqlarning nufuzi ko’tarildi. Bir tomondan yerga, ziroatkor maydonlarga bo’lgan munosabat, ularga egalik qilish shakli asta-sekin o’zgara boshladi. Ikkinchi tomondan esa, o’troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o’rtasidagi aloqalar rivojlandi. Mamlakatning dasht va tog’ oldi mintaqalarida yashovchi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholining o’troq hayotga o’tishi kuchaydi. Oqibatda dehqonchilik uchun yaroqli obikor yerlarga bo’lgan muhtojlik tobora oshib bordi. Natijada qo’riq va bo’z yerlarga suv chiqarib katta-katta yer maydonlarini ochish ishlari jadallashdi. Bunday obodonchilik ishlarini amalga oshirishda el-yurtning ijtimoiy hayotida kattagina nufuzga ega bo’lgan mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, hamda urug’ va qabila boshliqlari sarkor-Ishboshi sifatida faol qatnashadilar.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: O’sha zamonda ular dehqonlar deb atalgan. Dehqonlar shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do’kon-u rastalaridan iborat kattagina xo’jalikka ham ega edilar. Qishloqlarda esa, ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko’shk va istehkomli qo’rg’onlari, objuvoz-u moyjuvoz va tegirmonlari bo’lardi. Qul, сho’rilardan iborat ko’pdan ko’p xizmatkorlar dehqonlarning xo’ja­ligida qishin-yozin mehnat qilganlar. Bulardan tashqari, har bir katta yer egasining 30-40, 50-100 va ba’zan undan ortiq chokarlari bo’lgan. Chokarlar baquvvat va abjir hamda o’z xojasiga sadoqatli o’spi­rinlardan tanlab olingan. Ayrim manbalarda qayd etilishicha, o’sha davr udumi bo’yicha, xojasi vafot etgan chokarlar hatto u bilan birga tiriklayin ko’milishi lozim bo’lgan. Bunday sodiq va jangovar chokarlari bilan dehqonlar yovgarchilik paytlarda dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashardi. Osoyishtalik zamonda esa chokarlarga suyanib, qishloqning ziroatkor ahli ustidan hukmlarini o’tkazardi. Avvalda o’z qaramog’idagi xizmatkorlari mehnatidan foydalanib kelgan dehqonlar keyinchalik turli yo’llar bilan qishloq jamoalari ustidan hukmronlik qiladigan, bora-bora ular kuchidan foydalanadigan bo’ldilar. Shunday qilib, mamlakatda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik yer egalari bo’lmish dehqonlar bilan bir qatorda kadivarlar tabaqasi ham paydo bo’ldi.

Ilk o’rta asrlarda dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalari shakllandi. Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sodir bo’lgan bunday keskin o’zgarish mamlakatning mayday davlatlarga bo’linib ketishiga sabab bo’ldi.

. Dehqon (qishloq hokimi) – ilk o’rta asrlarda mulkdor tabaqa.

. Kadivar – qishloqning dehqonlarga qaram bo’lib qolgan ahli.

. Kashovarz – ziroatchi oddiy qo’shchilar.

. Chokar – dehqonning hayotini va mol mulkini qo’riqlovchi, harbiy posbon.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Ilk o’rta asr davlatlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Zaiflashib borayotgan Qang’ davlatidan birinchi bo’lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni mahalliy Afrig’iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora qila boshlaydi. Milodiy III asr o’rtalarida Xorazm davlatining poytaxti dastlab hozirgi Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumanida joylashgan qadimgi Tuproqqal’a shahar xarobasining o’rnida bo’lgan. Poytaxt mudofaa jihatidan nihoyatda mustahkam qurilgan. Shaharning mustahkam labirintli (g’ulomgardish) - darvoza og’zi istehkomi - darvozaxonasi bo’lgan. Darvoza qarshisida shahar markazini kesib o’tgan ko’chaning har ikki tomoni bo’ylab shaharliklarning turar joylari joylashgan. Shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning shimoli-g’arbiy burchak qismida esa balandligi 25 metr bo’lgan uch minorali xorazmshohlar qasri qad ko’targan. Qasr imoratlari 2 qavatli shoh saroyi va shohona turar joylar rangdor tasvirlar, qabartma ganchkor naqshlar hamda haykallar bilan bezatilgan. Shaharning umumiy maydoni 26 gektarni tashkil etgan. Bu davrda Xorazmda atrofi mustahkam devorlar bilan o’ralgan shaharlar, istehkomli qishloqlar juda ko’p bo’lgan. Milodiy 305-yilda xorazmshoh Afrig’ o’z qarorgohini Xorazm­ning qadimgi poytaxti Kat shahriga ko’chiradi. Kat qayta tiklanib, Al­-Fir qasri ichida shoh o’ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrig’iy shohlari betiga shoh va orqasiga Suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo’lib oladilar. IV asr o’rtalarida O’rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan ko’chmanchi chorvador xion nomli qabilalarning hujumi boshlanadi. Xioniylar Milodiy 353-yilda o’z hukmdori Grumbat boshchiligida Sug’dga bostirib kiradilar. So’ngra ular Eronda tashkil topgan va tobora kuchayib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to’qnashadilar. Dastlabki janglardayoq sosoniylar shohi Shopur II (309-379) xioniylardan yengiladi. So’ngra o’zaro sulhga kelishilib, hatto ular o’rtasida ittifoqlik ipi bog’lanadi. O’rtadagi ittifoq goh buzilib, goh tiklanib turadi. Nihoyat, IV asrning 70-yillarida O’rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o’rnatildi. Sirdaryo bo’ylaridan to Amudaryo havzasigacha cho’zilgan keng maydonda xioniylarning kuchli davlati qaror topadi. Bu davlat 120 yildan oshiqroq hukmdorlik qiladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Eftallar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni Eftaliylar davlatiga birlashgan aholining etnik tarkibi xilma-xil bo’lgan. Ularning ijtimoiy-­iqtisodiy hayoti esa biri ikkinchisinikidan keskin farq qilgan. Eftaliylar kelib chiqishiga ko’ra ko’chmanchi qabilalarga mansubligi tufayli chorvachilik bilan shug’ullanib, yaylovlarda kigiz o’tovlarda yashaganlar. Eftaliylar zabt etgan yerlarida obod dehqonchilik vohalariga va savdosi rivojlangan shaharlarga ega bo’ldilar. Yillar o’tishi bilan ular omilkor mahalliy aholi bilan qorishib ketadilar. Toxariston va Sug’d rivoj topgan dehqonchilik va bog’dorchilikning markazi hisoblanardi. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g’alladan tashqari sholi ham yetishtirilar edi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, V – VI asrlarda Sharqiy Turkiston va O’rta Osiyo yerlarida paxta ekilar edi. Uning tolasidan oppoq va nihoyatda mayin mato to’qilgan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bo’lgan. Chunki o’sha davrlarda Xitoyda paxta hali ekilmas edi. Aholining dashtliklarda yashovchi yarim ko’chmanchi qismi chorvachilik, xususan mayda va yirik shoxli hayvonlar boqish, tuya­chilik, tog’li va tog’ oldi mintaqalarida esa yilqichilik bilan shug’ullanar edi. Farg’ona vodiysi hamon zotli arg’umoqlari bilan mashhur edi. Ziroatkor yerlarning kattagina qismi hali ham qishloq jamoalari tasarrufida bo’lsa-da, hatto mamlakatdagi yer maydonlarining ma’lum bir qismi dehqonlar qo’lida to’plana borgan. Buning natijasida qishloq jamoasining kashovarz - (erkin qo’shchi)lari ma’lum darajada dehqonlar asoratiga tushib, ularga qaram kadivarlarga aylana borgan. Yaylovlarning asosiy qismi esa qabila va urug’ jamoalari hamda ularning oqsoqollari xvabulari tasarrufida edi. Hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi va Janubiy Qozog’iston yerlarining bir qismini suv bilan ta’minlab turgan Zog’ariq (Zovariq) va Bo’zsuv, Samarqand viloyati janubiy tumanlarining asosiy suv manbai Darg’om kanali V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan hisoblanadi. Bu davrda tog’ oldi mintaqalarida joylashgan adir yerlarga suv chiqarib, obod etishda o’q, gupchak tishli g’ildirakka asoslangan va o’z davri uchun ancha-muncha murakkab bo’lgan suv inshootlari - charxpalak, chig’ir va boshqalardan foydalaniladi. Yangitdan o’zlashtirilgan yerlarda mulkdor dehqonlarning yirik qo’rg’onlari hashamatli qasrlari, mehnatkash qo’shchilarning ko’pdan ko’p qishloqlari mayda turar joylari qad ko’taradi.:

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: O’rta Osiyo xalqlari Turk xoqonligi davrida

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Xoqonlikning tashkil topishi VI asr o’rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni bir­lashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552-yilda Bumin "xoqon" deb e’lon qilindi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g’arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga "Yabg’u xoqon" degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo’ysundiriladi. 555­-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng o’lkalarni egallaydilar. Xoqonlik chegarasi Eftaliylar davlati hududlariga borib yondoshadi. 558-yilda turklar Yoyiq (Ural) va Itil(Volga) bo’ylarini zabt etadi. 575-576-yillarda Shimoliy Kavkazning bepoyon yerlarini egallab, Qrim yarim oroliga kirib boradilar. Sosoniylar Toxariston va Chag’oniyonni eftaliylardan tortib oladilar. Turk xoqonligining eftaliylar bilan to’qnashishi muqarrar edi. Bunday murak­kab siyosiy vaziyat xoqonlikni Eron, so’ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt eftaliylar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo’lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531-­579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan o’zaro harbiy ittifoq Eron shohining Istamiga kuyov bo’lishi orqali yanada mustahkamlanadi. Eron askarlarining Balxga hujumi ko’magida turklar 563-yilda Eftaliylar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg’ol qilinadi. Sirdaryodan o’tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. 8 kun davom etgan shiddatli jangda eftaliylar qo’shini yengiladi. Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 563-567- yillarda zarbaga uchragan Eftaliylar davlati, 1 asrdan oshiqroq hukmronlikdan so’ng, tamomila barbod bo’ldi. Natijada, mag’lub davlatning merosi o’zaro bo’linib, Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlar Eron, uning sohillari bo’ylab Kaspiy dengizigacha cho’zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o’tadi. Eftaliylar davlati qulagach, vaziyat tubdan o’zgardi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: G’arbiy turk xoqonligi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa