I bob. O’rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0,51 Mb.
bet3/8
Sana26.01.2017
Hajmi0,51 Mb.
#1190
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: 769-783-yillarda Movarounnahrda juda katta xalq qo’zg’oloni bo’lib o’tgan. Qo’zg’olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u "Oq kiyimliklar" qo’zg’oloni nomi bilan shuhrat topadi. Bu harakatning rahbari Muqanna deb atalmish marvlik Hoshim ibn Hakim ismli hunarmand bo’lgan. U Marv shahri yaqinidagi Koza qishlog’ida tug’ilgan. U boshi va yuziga ko’k parda tutib yurgan. Shuning uchun ham u "Muqanna", ya’ni "Niqobdor" laqabi bilan mashhur bo’lgan. Muqanna yoshlik chog’ida kudungarlik (matolarga ohor beruvchi) kasbi bilan shug’ullangan. U savodli, aqlli va tadbirkor bo’lgan. Xurosonda sarxanglik (kichik lashkarboshi)dan vazirlik darajasigacha ko’tarilgan. U Mazdak g’oyalariga asoslangan ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da’vat etuvchi ta’limotni targ’ib etgan (Mazdak ibn Hatdodon (470­-529) - Eronning bosh kohini. U dunyoning barcha boyliklari odamlarga teng taqsimlanishi tarafdori bo’lgan va buni zo’rlik yo’li bilan amalga oshirishni yoqlab chiqqan). Muqanna atrofiga o’z tarafdorlarini to’plagan. Ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo’zg’alishga da’vat qilib, Movarounnahr viloyatlariga targ’ibotchilarni yuborgan. Uning targ’iboti Naxshab va Kesh shaharlarida yaxshi samara beradi. "Oq kiyimliklar"ning safi tobora kengayib boradi. Ularga bevosita rahbarlik qilish maqsadida Muqanna Sug’d tomon otlanadi. Uni Marvdan Sug’dga o’tkazmaslik uchun arab ma’murlari ta’qibni kuchaytiradilar. Amudaryo sohilini suvoriylardan iborat katta harbiy kuch kecha-yu kunduz muttasil qo’riqlab turadi. Muqanna Movarounnahrga yo’l oladi va o’z yaqinlari bilan omon-eson Amudaryoning o’ng qirg’og’iga o’tib, Naxshab va Kesh shahriga yetib boradi. Kesh yaqinida tog’ tepasiga barpo qilingan Som qal’asini o’z qarorgohiga aylantiradi. Ko’pgina qishloqlarning kadivarlari, shahar hunarmandlari va ayrim mulkdor dehqonlar unga ergashadilar. Tez orada butun Qashqadaryo vodiysi Muqanna tarafdorlari qo’liga o’tadi. Shunday qilib, "Oq kiyimliklar" harakati kengayib, katta xalq qo’zg’oloniga aylanadi. U ayniqsa Movarounnahrning markazi Sug’dda avj olib, Iloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o’zining ta’sirini o’tkazadi. Qo’zg’olonda turli tabaqalar qatnashadi. Ularning o’z oldilariga qo’ygan vazifalari ham turlicha bo’lgan. Mehnatkash aholi og’ir mehnat va iqtisodiy tengsizlikka qarshi kurashsa, mahalliy mulkdor dehqonlar mamlakatdan arablarni quvib, hokimiyatni o’z qo’liga olishni maqsad qilib qo’ygan edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi 7 sinf

I.Mavzu: Nazorat ishi – 2

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlab qolish ko’nikmasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. O’rta asrlarda yashagan arab mualliflari Ibn Xavqal va Ishtaxriylar Toshkent shahrini qanday nom bilan atashgan?

a) Toshkan s) Binkat

b) Tutkat d) Shosh

2. Ilk o’rta asr ganchkorligi san’atining namunalari qaysi yodgorlikdan topilgan?

a) Quva s) Varaxsha

b) Afrosiyob d) Ajinatepa

3. Movarounnahrga arablar tomonidan ilk hujumlar qachon va qayerdan boshlandi?

a) 651 yilda Marvdan s) 667 yilda Chag’aniyondan

b) 654 yilda Maymurg’dan d) to’g’ri javob b va s

4. O’rta asrlarda O’rta Odiyo shaharlari necha qismdan iborat bo’lgan?

a) 2 qismdan s) 4 qismdan

b) 3 qismdan d) 5 qismdan

5. Ilk o’rta asrlarda Buxoro qanday san’atkorlari bilan shuhrat qozongan?

a) qiziqchilar s) raqqos va raqqosalar

b) naychilar d) qo’shiqchilar

6. Manbalarda qayd etilishicha VII asrning o’rtalarida qaysi arab lashkarboshisi Amudarodan o’tib, Buxoro muzofatiga bostirib kiradi?

a) Ubaydulloh ibn Ziyod s) Umayya ibn Abdulloh

b) Salim ibn Ziyod d) to’g’ri javob b va s

7. 673 yilda qaysi xalifa farmoni bilan Ubaysulloh ibn Ziyod Amudaryodan o’tib, Buxoro muzofatiga bostirib kiradi?

a) xalifa Abu Bakr s) xalifa Umar ibn Abdulaziz

b) xalifa Muoviya I d) xalifa Xorun ar – Rashid

8. Arablar bilan qaysi O’rta Osiyo shahar hukmdorlari sulh tuzishdi?

a) Balx, Buxor, Farg’ona s) Buxoro, Sug’d, Choch

b) Balx, Choch, Marv d) Buxoro, Sug’d, Choch

9. Qaysi xalifa murakkab vaziyatni hisobga olib, bo’ysundirilgan yerli xalqlar bilan kelishish siyosatini amalgam oshirishga majbur bo’ldi?

a) Muoviya I s) Umar ibn Abdulaziz

b) Marvon II d) Sulaymon

10. 673 yilda qaysi arab laashkarboshisi Buxoro qo’shinlarni engib, bir lak (yuz ming) dirham hajmida boj undiradi?

a) Ubaydulloh ibn Ziyod s) Salim ibn Ziyod

b) Qutayba ibn Muslim d) Umayya ibn Abdulloh



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Xalifalikning zaiflashuvi, mustaqil davlatlarning shakllana boshlashi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: VIII asr oxiri - IX asr boshlarida Arab xalifaligi og’ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo’ysundirilgan xalqlarni itoatda tutib turish arablar uchun tobora qiyin bo’lib qoldi. Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo’zg’olon ko’tarib turishi, uzluksiz davom etgan o’zaro urush va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi. Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Mustaqil davlatlar dastavval Movarounnahrning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida hali xalifalikka bo’ysundirilmagan o’lkalarda tashkil topdi. Ulardan biri Qarluqlar davlatidir. Qadimda Oltoyning g’arbida, so’ngra Irtish daryosining o’rta oqimida yashagan qarluqlar qadimiy turkiy qabilalardan hisoblangan. VI­-VIII asr o’rtalarida VII asrlarda ular Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VIII asr o’rtalarida Yettisuv o‘lkasida qarluqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar davlati hukmdori "yabg’u" yoki ‘jabg’u" deb yuritilgan. X asr o’rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi musulmon bo’lgan. Shu davrda bir qancha qarluq shaharlarida jome masjidi bino qilingan. VI asrning ikkinchi yarmi va VII asrda o’g’uzlar Turk xoqonligi tarkibida edi. Turk xoqonligi yemirilgach, o’g’uzlarning kattagina qismi Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo’yida muqim o’rnashib olganlar. Ular IX asr oxiri va X asr boshida O’g‘uzlar davlatiga asos soladilar. Sirdaryo bo’yidagi Yangikent shahri O’g’uzlar davlatining poytaxti bo’lgan. O’g’uz yabg’ulari bu shahardan qishlov uchun qarorgoh sifatida foydalanganlar. O’g’uzlar asosan chorvachilik, xususan qo’ychilik bilan shug’ullanganlar. O’troq vohalar aholisi bilan savdo aloqalarining o’sishi oqibatida o’g’uzlar dashtiga asta-sekin islom dini kirib keladi va o’troq aholining madaniy ta’siri kuchayadi. X asrdan boshlab o’g’uzlar islom dinini qabul qiladilar. X asrning birinchi choragida O’g’uzlar davlati shimoli-sharqdan qo’zg’algan qipchoqlar tomonidan qaqshatqich zarbaga uchrab bo’linib ketadilar. Ular o’z yurtini tark etib, bir qismi g’arbga, Shimoliy Kavkaz dashtlariga borib o’rnashadi. Ularning ikkinchi qismi esa avval Movarounnahrga kirib boradi va undan janubi-g’arbga siljib, yangi sulola - saljuqiylar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi. Bu ikki turkiy davlat faqat Movarounnahrgina emas, balki butun O’rta Sharq hamda Old Osiyo aholisining siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko’rsatdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Somoniylar

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Somoniylar hukmronligi IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o’zgarishlar yuz beradi. Yurtga avval Nuh, so’ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri o’z hukmronligi davrida o’z

nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865) keyin uning o’g’li Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko’radi. Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan o’zgarib, Nasr uchun qulay sharoit paydo bo’ladi. Buxoro ahli Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuborib, Buxoroni o’z qo’l ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni so’raydilar. Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib qilib yuboradi. IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o’tadi. Nasr butun Movarounn­ahr hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb etadi. Ko’p o’tmay aka-uka Ismoil va Nasr somoniylar o’rtasida taxt uсhun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g’olib сhiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Мovarounnahrni o’z qo’l ostiga birlashtiradi. Ismoil Somoniy o’rta asrlarning qobiliyatli, serg’ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli-sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Natijada dashtlik qabilalarning Movaroun­nahr viloyatlariga bo’lgan uzluksiz bosqinlari barham topib, aholi vohalar atrofi bo’ylab mudofaa devorlari-yu son-sanoqsiz qal’alarni barpo qilish va ularni muttasil ta’mirlab turishdek og’ir, mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forig’ bo’ladi. 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini o’rab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kanpirak (Kampir) devorining har yilgi odatiy hashari to’xtatiladi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Somoniylar davlatida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni IX-X asrlarda Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanar edi. Sug’orish tarmoqlari vositasida sug’orilib obod etilgan serunum vohalarda g‘allakorlik, sholikorlik, paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik va bog‘dorchilik yuqori darajada rivoj topgan edi. Aholi arpa, bug’doy, tariq, mosh, adas-yasmiq, kunjut, no’xat, zig’ir, jut va shu kabilarni yetishtirar edi. Zig’ir, kunjut va kanakunjutdan moy olinardi. Vohalarda paxtachilik kattagina o’rinni egallagan edi. Paxtaning ingichka tolali g’o’za navlari ekilardi. Movarounnahrda o’simliklardan turli xil dori-darmonlar va bo’yoqlar tayyorlanardi.

Bog’dorchilik madaniyati keng ravnaq topgan edi. Bog’ va chorbog’larda uzum, anor, anjir, olma, nok, behi, o’rik, shaftoli, olxo’ri, olcha, tut, jiyda va ko’pgina boshqa mevalar yetishtirilar edi. Uzumdan magiz, shinni, sirka va musallas tayyorlanar edi. Movarounnahr va Xorazmda sabzavot va poliz ekinlari serob bo’lib, qovunlari nihoyatda shirali bo’lardi. Qirqma qovunlar va qovun qoqilari Sharqning uzoq-uzoq shaharlariga olib borilar edi. Dehqonchilik solig’i - xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim-­chiqimining kattagina qismini qoplar edi. Shuning uchun ham somoniylar mamlakatda dehqonchilik xo’jaligini rivojlantirishga katta e’tibor berdilar. Dehqon paykallariga obirahmatni yetkazib berish uchun mirob, jo’ybon va poykor kabi sug’orish bo’yicha mutaxassislar yoz bo’yi mehnat qilishgan.



Chorvachilik IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda chorvachilik yuksak darajada bo’lgan. Mamlakatning dasht va tog’oldi yaylovlarida otar-otar qo’y va echkilar, uyur-uyur yilqilar va tuyalar boqilgan. Qishloqlarda ayniqsa yirik shoxli hayvonlar behisob bo’lgan. Shaharlarda esa xonaki hayvonlarning deyarli hamma turidan boqilgan. Chorvachilik mamlakat aholisini chorva mahsulotlari bilan ta’minlabgina qolmasdan, xo’jalikning hamma sohalari uchun ot-ulovlar ham yetkazib bergan. Ot, eshak, tuya va ho’kizlar qo’sh, arava, moyjuvoz va chig‘irlarga qo’shilib ishlatiladi. Ayniqsa davlatning harbiy qo’shinlari, xususan suvoriy qismlarni ot-ulov bilan ta’min etish muhim ahamiyat kasb etgan.

Hunarmandchilik Movarounnahr va Xorazm shaharlarida to’qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik va duradgorlik kabi kasb hunarlar ancha rivoj topadi. Natijada shaharlarning umumiy qiyofasi tubdan o’zgaradi. Unda katta-katta oliy imoratlar, ustaxonalar, masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh va karvonsaroylar qad ko‘tardi.:

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: IX-X asrlarda yer-mulk munosabatlari. Somoniylar sulolasining inqirozi.

G’aznaviylar davlati



Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda o’lkamizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni tarix faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarda davrlar orasidagi farqlarni solishtirish ko’nikmasi hosil bo’ladi.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Yer egaligining turlari Somoniylar hukmronligi davrida yer egaligining "mulki sultoniy", "mulk yerlari" "vaqf yerlari", "mulki xos" va jamoa yerlari deb ataluvchi 5 turi mavjud bo’lgan. Oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar qo’l ostidagi yerlar "mulki xos" deb yuritilgan. Bunday imtiyozga ega bo’lgan mulkdorlar davlatga ko’pincha hosilning 1/10 hisobida ushr solig’ini to’lagan, xolos. Hukmron sulola hamda oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga hadya qilingan (soliqning bir qismi) mulklar iqto yerlari deb atalgan. Bulardan tashqari, qishloq jamoalari tasarrufida ham ma’lum yer maydonlari saqlanib, ular ‘Jamoa yerlari" hisoblanar edi. Ular asosan lalmikor va tog’oldi yerlardan iborat bo’lgan.

Somoniylar hokimiyatining inqirozi Dehqonchilikning mashaqqatli mehnati­-yu davlatining asosiy soliqlarini gardanida tutib turuvchilar qishloqning jafokash aholisi edi. Ularning zimmasiga sug’orish tarmoqlarini muntazam loyqadan tozalash, kanallar qazish, to’g’onlar o’rnatish, ko’priklar qurish, suv omborlari barpo etish kabi jamoatchilik ishlari yuklangan edi. Bulardan tashqari, u masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara va karvonsaroylar kabi qurilishlarda, shahar va qal’alarning mudofaa devorlarini ta’mirlash va yo’llarni tuzatishda tekinga ishlab berishga majbur bo’lardi. Somoniylar harbiy yurishlari, hukmron sulolaning ichki nizolari, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlari borgan sari avj olib bordi. Oqibatda mamlakatda iqtisodiy tanglik sodir bo’ldi. Hatto harbiylar, shu jumladan amirning muntazam turk sarbozlari qo’shiniga maosh to’lash uchun mablag’ topilmaydi. Bunday og’ir ahvoldan chiqish uchun 942-yilda aholidan ikki marta soliq undirib olinadi. Behad tartibsizlik mamlakatda vaziyatni yanada keskinlashtirib, aholi turli tabaqalarining hokimiyatga qarshi qo’zg’alishiga sabab bo’ladi. Siyosiy vaziyat Nuh (943-954) va uning nabirasi Nuh II (976-­997) hukmronlik qilgan davrda nihoyatda keskin tus oladi. 947-yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim isyon ko’taradi. Saroy sarbozlari va Chag’oniyonning yirik yer-mulk egasi Abu Ali Chag’oniy yordamida Buxoro taxtini egallab oladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.

Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan O’zbekiston tarixi. 7 sinf

I.Mavzu: Qoraxoniylar davlati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda ro’y berga siyosiy va madaniy o’zgarishlar va bu voqealarning mamlakarimiz tarixida tutgan o’rnini o’rgatish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda ajdodlar bilimiga hurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davr haqida mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini hosil qilish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi X asr o’rtalarida Issiqko’lning janubi va Koshg’arda yashagan yag‘mo qabilasi o’zlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi chigil qabilasi bilan yagona ittifoqqa birlashgan. So‘ngra Yettisuvga xuruj qilib qarluqlarni bo’ysundiradi va bu ulkan hududda Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Mazkur davlatga Abdulkarim Sotuq Bug’roxon asos soladi. Uning poytaxti Bolasog’un shahri edi. Qoraxoniylar davlatining hukmdorlari "arslonxon" va "bug’roxon" unvonlari bilan yuritilgan. Bu ikki so’z oliy darajali hukmdor ma’nosini anglatgan. Buyuklik yoki ulug’lik esa qadimda turkiy xalqlarda "qora” so’zi bilan sifatlangan. Shu boisdan taxtda o’tirgan arslonxon yoki bug’roxonlar "qoraxon" hisoblangan. Ular hukmronlik qilgan davlat esa tarixda "Qoraxoniylar davlati" nomi bilan shuhrat topgan. Aslida "arslon" chigil qabilasining totemi - ajdodi ibtidosi hisoblangan. "Bug’ro" esa yag’molarning totemi bo’lib, og’ir yuk ko’taradigan ikki o’rkachli tuya ma’nosini anglatgan. Qoraxon "tamg’achxon" deb ham yuritilar edi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish