Mehnat resurslari - mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi.
Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi. Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi.
Oqqo'rg'on tumanida aholining asasoiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Yoshlarning akasariyati ish bilan ta'minlangan. Masalan,
Оққўрғон туман ҳокими
Омонов Фарход Ботирович
Манзил: 110400, Оққўрғон тумани, Охунбобоев кўчаси 1 уй
Телефон: 0 370 55-21-311
Факс: 0 370 55-21-311
E-mail: oqqorgon.t@umail.uz
Фуқароларни қабул қилиш кунлари:
Ҳар ҳафтанинг жума куни
Соат 09.00 дан – 14.00 гача
1959 йилда, Тошкент вилояти, Оққўрғон тумани
Миллати – ўзбек
Маълумоти олий. 1984 й. Тошкент халқ хўжалиги институтини (кундузги), 1990 й. Республика агросаноат комплекси бошқаруви олий мактабини (кечки )тамомлаган.
Мутахассислиги: иқтисодчи, агросаноат ишлаб чиқариш бўйича ташкилотчи-менежер
МЕҲНАТ ФАОЛИЯТИ
1976-1977 йй. – Тошкент шаҳар Чилонзор тумани уй-жой қурилиш бошқармаси ишчиси
1977-1979 йй. – Ҳарбий хизматда
1979-1984 йй. – Тошкент халқ хўжалиги институти талабаси
1984-1993 йй. - «Тошкентпахтасаноатсотиш» бирлашмасига қарашли «Олимкент пахта тозалаш» заводи иқтисодчиси, катта иқтисодчиси
1993-2000 йй. - «Тошкентпахтасаноатсотиш» бирлашмасига қарашли «Оққўрғон пахта тозалаш» заводи директори
2000-2001 йй. - «Тошкентпахтасаноатсотиш» уюшмаси бухгалтерлик ҳисоби ва ҳисоботи бошқармаси бошлиғи
2001-2002 йй. - «Ўзпахтасаноат» уюшмаси назорат-тафтиш бошқармаси бошлиғи – уюшма бошқаруви раиси ўринбосари
2002-2005 йй. - «Ўзпахтасаноат» уюшмаси тизимидаги «Тошкентпахтасаноат» ҳудудий акциядорлик бирлашмаси раиси
2005-2007 йй. - «Ўзпахтасаноат» уюшмаси бошқаруви раиси ўринбосари
2007-2016 йй. - «Ўзпахтасаноат» уюшмаси бошқаруви раиси
2016-2017 йй. – Агросаноат ходимлари касаба уюшмаси Республика Кенгаши раиси
2017 йй. – ҳ.в. – Тошкент вилояти Оққўрғон тумани ҳокими
Oqqo'rg'on tumani bo'sh ish o'rinlari ga Номзод ҳақидаги маълумотлар белгиланган тартибда ўрганиб чиқилгач, маълумотларига кўра талабларга жавоб берадиган номзод вилоят ҳокимлигига дастлабки суҳбатга таклиф этилади. Тегишли раҳбарлар билан суҳбатдан муваффақиятли ўтган номзод вилоят ҳокими билан шахсан суҳбатдан ўтади.Hokimiyat haqida
Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tuman hokimligi (Ohunboboev ko'chasi 1 uy) – mahalliy davlat boshqaruv organi.
Oqqo'rg'on tuman hokimligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi qonunga muvofiq faoliyat yuritadi.
Mazkur huquqiy hujjatlarga binoan tuman hokimligi davlat, xo'jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishga rahbarlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalarini va mahalliy byudjetni tasdiqlaydi, o'ziga bo'ysungan korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, qonunlarga rioya etilishini, davlat va jamoat tartibini, fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilinishini ta'minlaydi.
Hokimlik boshqarma, bo'lim va turli bo'linmalardan iborat bo'lib, ularning tarkibi, tashkiliy tuzilmasi va faoliyati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan belgilanadi.
Oqqo'rg'on tuman ijroiya hokimiyati tuzilmasi va hodimlari soni Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan byudjet chegarasida Hokim tomonidan o'rnatiladi va o'zgartiriladi.
Tuman hokimi oliy mansabdor shahs hisoblanadi va bir vaqtda tuman hududida vakillik va ijroiya hokimiyatni boshqaradi.
Hokim O'zbekiston Prezidenti va Xalq deputatlari viloyat Kengashiga bo'ysunadi. Hokim O'zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadi, ozod etiladi va Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Hokimning vakolat muddati – 5 yil
Саралаш ва суҳбат босқичидан муваффақиятли ўтган номзод билан меҳнат шартномаси тузилади ва уни ишга қабул қилиш тўғрисида Тошкент вилоят ҳокимининг фармойиш ва қарори қабул қилинади. Номзоднинг тайёргарлиги ва малакасидан келиб чиқиб, вилоят ҳокими томонидан 3 ёки 1 ойлик синов муддати белгиланиши мумкин.
Ишга қабул қилинган ходимга барча иш шароитлари яратиб берилади. Ходимнинг ижтимоий ҳимояси қонунчиликда белгиланган тартибда амалга оширилади, унинг манфаатлари касаба уюшмаси томонидан ҳимояланади.
2.2. Gidrologik resurslariga tavfsif
Oqqo'rg'on tumanining asosiy daryosi Sirdaryo hisoblanib asosiy suv manbai hisoblanadi.
Sirdayo- Sirdaryo — Oʻrta Osiyodagi eng uzun va Amudaryo’dan keyingi eng sersuv dare hisoblanadi. Oʻzbekistondagi eng katta ikki daryolaridan biri. Sirdaryo Oʻzbekistonning shimoliy chegarasidan oqib oʻtib, Orol dengiziga quyiladi. Sirdaryo turli nomlar bilan atalgan. Yahartes (Yaksart) qadim yunon tarixchilarining asarlarida va oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa manbalarida uchraydigan nomi. Pliniyning maʼlumotiga koʻra, daryoni baqtriyaliklar Laksat (Yaksart), skiflar Silis deb atashgan. Klavdiy Ptolemey (mil. 2-asr)ning „Geografiyadan qoʻllanma“ asarida yozishicha, Yaksart daryosi sohillari yaqinida yaksartlar degan katta qabila yashagan.
Yaksartning pahlaviycha Yaxshart shakldagi nomini sharqshunos I.Markvart Yaxsha arta — haqiqiy, toza gavhar deb izohlaydi. Yaxshagavhar soʻzi daryoning xitoycha (Chinchuxe) va turkiycha (Yinchyuoʻgʻuz) nomlarida ham mavjud. Ya.ning xitoycha transkripsiyasi — Yaosha, Yausha yoxud Yosha. Islomiyat davridagi arab (Beruniyning „Masʼud qonuni“) va fors (Hudud ulolam) manbalarida — Xashart shaklida uchraydi.
Sirdaryo baʼzan, Tanais, zardushtiylarning muqaddas kitobi Avestoda Danu, xitoy transkripsiyasida Yaosha, 10-asrda yozilgan geografik asar — „Xudud ulolam“da Xashart, runiy (turkiy) yozuvlarida Yenchuoʻgiz, Firdavsiyning „Shohnoma“sida va Hamdulloh Qazviniyning „Nuzhat ulQulub“ asarida Gulzarriyun, arablar kelgandan keyingi koʻpgina solnomalarda Sayxun, arab geograflaridan Ibn Xurdodbeh asarlarida (9—10-asrlar) Xashart va Qanqar, Beruniy asarlarida Xasart shakllarida tilga olingan. Ayni vaqtda u qaysi yerdan oqib oʻtishiga qarab Obi Fargʻona (yoki Fargʻona daryosi), Oʻzgan daryosi, Obi Xoʻjand (Xoʻjand suvi), Nahr oshShosh (Shosh daryosi), Banokat daryosi deb ham ataladi.
Sirdaryo atamasi dastlab Rim tarixchisi Pliniy asarida (mil. 1-asr) „Silis“ shaklida uchraydi. „Silis“ yoki „Sir“ soʻzi bu daryo atrofida yashagan qabila nomidan olingan boʻlsa kerak.
Fargona vodiysining sharqiy chekkasida, Baliqchi qishlogi yonida Norin daryosi bilan Qoradaryo qoʻshilgan joydan S. deb ataladi. Oʻzbekistonning Andijon, Namangan, Fargʻona, Toshkent, Sirdaryo viloyati, Tojikistonning Sugʻd viloyati va Qozogʻistonning Jan. Qozogʻiston va Kiziloʻrda viloyatlari boʻylab avval gʻarb, janubi-gʻarb tomon, soʻngra esa shim., shim.gʻarbga oqib borib, Orol dengiziga quyiladi.
Uz. 2272 km, Norin daryosining boshlanish joyidan —3018 km. Daryo havzasining maydoni taxminan 462000 km², uning asosiy suv hosil boʻladigan qismi esa 219000 km². Sirdaryo eng sersuv daryo hisoblanadi
S. havzasining togʻli qismida Oqshiyraq, Boʻrqoʻldoʻy, Otboshi, Olay, Turkiston va Nurota tizmalari boʻylab, shimoliy da esa Terskay Olatovi boʻylab oqadi. Tizmalarning choʻqqilari koʻpincha qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi. Bu tizmalarda 1600 dan ortiq muzlik boʻlib, ularning umumiy maydoni 2200 km²dan ziyodroq. Yoz oylarida erib ulgurmagan qorlik ham koʻp.
Fargʻona vodiysida S.ning oʻzani nisbatan chuqur, qayiri ham ancha pastda joylashgan. Fargʻona vodiysidan chiqaverish yerida (Bekobod shahridan 4 km yuqorirokda) S. Farhod GES uchun qurilgan toʻgʻon bilan toʻsilgan. Yilning koʻp qismida daryo suvi ana shu GESga suv beradigan Farhod kanali orqali oqadi. Bekobod shahridan quyirokda kanaddagi suvning bir qismi yana qaytadan daryoga quyiladi. Boshqa bir qismi esa "Doʻstlik" kanali orqali Mirzachoʻl yerlarini sugʻorishga sarf boʻladi. Farhod GES toʻgʻonidan yuqorida daryo oʻzanida kattagina Farhod suv ombori barpo etilgan.
1956 yil Xoʻjand shahridan 12 km yuqorida, S. oʻzanida Qayroqqum suv ombori va "Xalqlar doʻstligi" GES qurildi. Fargʻona vodiysi qismida S.ga juda koʻp irmoqkelib quyiladi. Ulardan eng yiriklari oʻng tomondan — Chatqol va Qurama togʻ tizmalaridan oqib keladigan Pochchaotasoy, Kosonsoy, Gʻovasoy, Chodaksoy, chap tomondan — Olay va Turkiston togʻ tizmalaridan suv oladigan Isfayramsoy, Shohimardonsoy, Soʻx, Isfara, Xoʻjabaqirgʻon va Oqsuv. Bu irmoqlar baland togʻlardan oqib tushadigan kichik, lekin. juda nishab oqadigan togʻ daryolaridir. Ularning uz. 80–160 km, suv toʻplash maydoni 400–2500 km², oʻrtacha yillik suv sarfi esa 10–15 m³/sek., Soʻx daryosiniki esa 40 m³/sek.dan bir oz ortiq. Suvi kam boʻlishiga qaramay bu daryolar Fargʻona vodiysidagi yerlarni sugʻorishda muhim ahamiyatga ega. Fargʻona vodiysidan chiqqandan soʻng S.ga chap tomondan hech qanday irmoq qoʻshilmaydi, oʻng tomondan esa unga Ohangaron, Chirchiq, Keles va Aris daryolari kelib quyiladi. S.ning bu irmoqlari ham, ayniqsa, Chirchiq bilan Aris daryolari togʻdan oqib keladi. Togʻlardan chiqaverish yerida Chirchiqdaryosining oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 227 m³/sek., Aris daryosiniki 65 moʻsek. Ohangaron daryosiniki 23 m³/sek. Togʻlardan tekisliklarga chiqishi bilan daryolarning suvlari kanal va ariqlar orqali sugʻorishga olinadi. Ularning faqat sugʻorishdan orttan suvlarigina S.ga kelib quyiladi. Oʻrta hisobda S. su~ vining 78% Norin suvidan, qolgan 22% Qoradaryo suvidan tashkil topadi.
Suv omborlardan Tuyabo'g'iz suv ombori tashkil topgan.
Tuyabo'g'iz suv ombori-TUYABO‘G‘IZ SUV OMBORI, Toshkent dengizi – Ohangaron daryosining o‘rta oqimida barpo etilgan gidrotexnika inshooti. 1962 yilda qurilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Umumiy hajmi 250 mln. M3, foydali hajmi 224 mln. M3. Suv yuzasi mayd. 20 km2. O‘rtacha chuqurligi 12,5 m. Ko‘tarma tuproq to‘g‘on, chap va o‘ng qirg‘oq suv chiqargichlar va suv tashlagichdan iborat. To‘g‘on uzunligi 2,4 km, ikki chekkasi qumoq tuproqdan qurilgan. Ombor gidrouzeli 1,9 km uzunlikdagi dambaga tutashgan. To‘g‘on ustidan Toshkent–Bekobod avtomobil yo‘li o‘tadi. Suv omboridan Qorasuv daryosiga va Tuyabo‘g‘iz chap qirg‘oq kanaliga suv beriladi. Suv ombori atrofida dam olish zonalari, bolalar oromgohlari, plyajlar tashkil etilgan. Ijara punktlari ishlaydi. Suv sporti bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Tuyabo‘g‘iz suv ombori Toshkent viloyatining Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq tumanlarida sug‘oriladigan yerlar suv ta’minotini yaxshilashga imkon beradi. Tuyabo‘g‘iz suv omborida turli baliqlar urchitiladi.
III bob. Hududning sanoati va qishloq xo'jaligi tarmoqlari
3.1. Oqqo'rg'on xo'jaligi
Tumanda oʻndan ortiq korxona mavjud. Yirik korxonalari: Alimkent va Oqqoʻrgʻon paxta tozalash zavodlari, «Maftuna», «Oqqoʻrgʻon MTP» aksiyadorlik jamiyati. Xususiy firmalar, 46-avtokorxona ishlab turibdi. Paxta yogʻi, trikotaj va tikuvchilik buyumlari, oziq-ovqat, sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. 6 qurilish tashkiloti bor. Tuman kompleks rivojlangan qishloq xoʻjaligiga ega. 13 shirkat xoʻjaligi va 5 xususiylashtirilgan chorvachilik fermasi mavjud. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tar-mogʻi — paxtachilik; gʻalla, sabzavot va poliz, beda, ozuqa ekinlari ham ekiladi. Uzum va meva yetishtiriladi. Tuman xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda, ipak qurti boqiladi.
Oqqoʻrgʻon tumanida 49 umumiy taʼlim maktabi, 1 kasb-hunar kolleji, maxsus internat maktabi, markaziy kutubxona va uning 38 ta tarmogʻi (287 mingdan ziyod kitob), 15 klub, muzey, Mangulik qoʻrgʻoni bor. 2 stadion, tennis korti, 2 suzish havzasi, 184 sport maydoncha-si faoliyat koʻrsatadi. 78 jismoniy tarbiya va sport muassasalarida 20 mingdan ziyod kishi sport va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanadi. 2 kasalxona, 25 feldsher-akusherlik punkti, 2 qishloq davolash ambulatoriyasi, 6 qishloq vrachlik punkti, 15 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi.
Oqqoʻrgʻon tumanida avtomobil yoʻllarning umumiy uz. 620 km ga teng boʻlib, ulardan mamlakat ahamiyatidagilari 62 km ni tashkil etadi. 1935 yil 1 sentabrdan «Oqqoʻrgʻon ovozi» tuman gaz. Chiqariladi.[
3.2. Sanoat tarmoqlari
Mintaqaning g'arbiy qismida Oqqo'rg'on tumani joylashgan bo'lib, uning tarkibiga 2 ta shaharcha, 10 ta qishloq yig'ini va 1 ta shahar kiradi. Sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalari uning hududida ishlaydi va talab qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Ma'muriy markazi 1935 yilda Angren daryosida tashkil etilgan Oqqo'rg'on shahrida joylashgan. Taxminan 16 kilometr uni temir yo'l vokzalidan va 55 kilometrni Toshkentdan ajratib turadi. Tuman markazi 1980 yilda shahar maqomini oldi. Sanoat korxonalari orasida tikuvchilik fabrikasi, paxta tozalash zavodi, oziq -ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fabrikalar bor .Qo'shma korxonalar tarmog'i rivojlanmoqda. Ulardan biri-ko'mir qo'shilgan holda pishgan g'isht ishlab chiqaradigan O'zbekiston-Xitoy korxonasi. Yaqinda ta'lim muassasalarini bitirgan va shu yo'nalish bo'yicha mutaxassislik olgan yosh mutaxassislar qo'shma korxonalarda ishlashga jalb qilingan. Zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishda qo'llash jismoniy mehnat xarajatlarini ancha kamaytiradi.
Ustaxonalar yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan, bu mahsulotlarning yuqori sifatini ta'minlaydi va qurilish materiallarini katta hajmda ishlab chiqarish imkonini beradi. Mahsulotlar asosan ichki bozorda sotiladi, bir qismi eksport qilinadi. Ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun uning imkoniyatlarini kengaytirish va ichki va tashqi bozorda talab qilinadigan boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan. Zamonaviy korxonaning muvaffaqiyatli ishlashi bizga viloyat markazi va qishloqlarda qurilayotgan ob'ektlarni zarur qurilish materiallari bilan ta'minlash imkonini beradi.
Tuman qishloqlarining rivojlanishini so'nggi yillarda ko'chalarda paydo bo'lgan yangi ob'ektlar yaqqol ko'rsatib turibdi. An'analar va milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda qurilgan To'y uyining yangi binosi shular jumlasidandir. Hujjatlarni saqlash uchun ofis, bayramlar uchun ziyofat zali va maqom talab qiladigan boshqa binolar mavjud. Tashkilotning samarali ishlashi uchun yaratilgan shart -sharoitlar tuman aholisiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash imkonini beradi.
3.3. Qishloq xo'jaligi tarmoqlari
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik; togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa yetishtiriladi). Ayniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodiyetning koʻp tarmokli turlari shakllanib borayapti. Oqqo'rg'on viloyatida 10 mingdan ortiq dehqon xoʻjaligi va 2 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xoʻjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmogʻi 55%ni tashkil etadi (2004).
Soʻnggi 10 yilda paxta urugʻchiligini rivojlantirishga eʼtibor ortib borayapti. Viloyat paxta seleksiyasi va urugʻchilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda.
Oqqo'rg'on viloyati 1990-yillargacha SSSRda kanop yetishtiriladigan yagona region edi. Sirdaryo sohillarida sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xoʻjaligi. Ekinlari strukturasini oʻzgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinlarni egallaydi. Oqqo'rg'on viloyatida shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum yetishtirish ham yil sayin ortib borayapti. Pillachilik bilan shugullaniladi. Chorvachilik rivojlangan. Oqqo'rg'on viloyatida 20 shirkat xoʻjaligi, 2 parrandachilik fabrikasi bor. Chorvachilik goʻsht-sutga ixtisoslashgan.
Oqqo'rg'on viloyatidagi barcha jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 425,5 ming bosh kramol (shu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming choʻchqa, 446,1 ming qoʻy va echki, 4018,2 ming parranda bor (2003).
Xulosa
Xulosa qilib aytganda tumanimni geografik o'rganish jarayonida quyidagi maqsadlarni amalga oshirdim:
-Tumani geografik o'rnini o'rganib oldim
-Tumaning geologik kelib chiqishi davrlari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldim
-Tumani aholisi tarkibi mehnat resurslari haqida tushunchaga ega bo'ldim
-Tumani xo'jaligi haqida bilib oldim
-Tumani iqtisodiy xo'jaligi bilan tanishdim
-Tumaning hokimiyat va uning tasaruffidagi ishchilar guruhini o'rganib chqidim
-Tumaning sanoat tarmoqlariga alohida e'tibor qarattim
Shu bilan bir qatorda Oqqo'rg'on tumani geografiyasini mukammal o'rganib chiqdim
Foydalanilgan adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |