4.O’. Hoshimovning “Xazonchinak” hikoyasi inatnini “aqliy hujum” usulida o’rgatish orqali o’quvchilar nutqini rivojlantirish
Talim - tarbiya jarayoniga “interfaol metodlar” nomi bilan kirib kelayotgan metodlardan biri bo’lgan aqliy xujumning maqsadi o’quvchilarning faolligini oshirish ularni erkin mustaqil mulohaza yuritishga undash hammani bir xil qalipda fikrlashdan ozod qilishi malum mavzu yuzasidan har xil fikrlarni to’plash va masalaga ijodiy yondashuvni taminlashdan iborat, o’quvchilar oldiga ulardan aqliy zo’riqishini talab qiladigan muayyan bir masala qo’yiladi. Shu masala bo’yicha ishlayotgan har bir o’quvchi tomonidan aytilgan fikrni rag’batlantirishi va qayd etib borishi ishtirokchilarning erikinliklarni taminlash bildirilgan fikrlar asoslanishni talab etish baxs davomida birorta fikrni talab emunossir qolqirmaslik talab qilinadi.
O’quvchilar tomonidan aytilayotgan fikrlarga e'tiborsizlik bilan qarashlarni tanqid qilish yoki fikrlardan qutulish taqiqlanadi. Aqliy xujum o’quv muammolarini hal qilishda qo’llaniladigan metod. U qatnashchilarning masalalari bor bilish va imkoniyatlardan unumli foydalanishga yo’naltirilgan har qanday muammoni masalaga ko’p sonli yechimlar topishga imkon yaratadi.
Aqliy hujumdan foydalanilganda quyidagi qoidalarga amal qilinadi.
O’ylash jarayonida xech qanday baholashlarga yo’l qo’yilmaydi. Agar bu jarayonda g’oyalar baholanadigan bo’lsa qatnashchilar moddiy manfaatdorlik yo’liga tushadilar va o’z fikr g’oyalarini himoya qilishga urg’u beradilar. Yangi fikrlar yangicha kashfiyotlar xususida o’ylamay qo’yadilar.
Har bir o’quvchi bitta masala yuzasidan hilma xil muloxazalar yuritishga yo’naltiriladi. O’quvchilarga kutilmagan fikr favqulotda g’oyalar tug’ulmasin. Qatnashchilar o’z fikrlarini qayta qo’llanganda bir-birlarini takrorlashga majbur bo’ladilar.
G’oya fikrlarni miqdori rag’batlantiriladi. Ma'lumki miqdor odatda o’sib sifatga aylanadi. Tezkor izchillikda katta miqdordagi g’oyalar paydo bo’lganda ularni baholash mumkin. Qatnashchilarning o’z tasavvurlariga erk berishga
imkoniyat yaratilishi kerak. Bu erkinlik natijasida yaxshi betakror va kuchli g’oyalar tug’iladi.
Har bir o’quvchi o’zgalar g’oyasiga asoslanishi va ularni o’zgartirishi mumkin. Chunki fikrdan fikr tug’iladi. Avval taklif etilgan g’oyalarnini biriktirishi yoki o’zgartirishi ko’pincha asos bo’lgan fikrdan kuchliroq, yaxshiroq g’oyalarni biriktirishi yoki o’zgartirishini keltirib chiqaradi. Aqliy xujumdan foydalanish shartlari quyidagilardan iborat.
O’quvchilar erkin o’tiradigan qilib joylashtirilishi.
O’quvchilarning g’oya va fikrlarini yozish uchun varaqlar tayyorlab qo’yiladi.
Hal etilishi lozim bo’lgan muammolar aniqlanadi.
Ish jarayoni belgilab olinib o’qituvchi “Ilg’ab oling g’oyalarga asoslaning, qo’yishning kengaytiring, o’zlashtiring kabi maqomlar orqali baxs munozarani boshqarib turadi.
Qo’yilgan muammo yuzasidan barcha fikrlar tinglanadi va yozib boriladi.
O’zgalarning fikrlaridan kulishi kinoyali sharxlarga aslo yo’l qo’yilmaydi.
Varaqlar g’oya va fikrlar bilan to’lganda ularni ko’rinarli yerga osib qo’yiladi.
G’oyalar tugamaguncha ish davom ettiriladi.
Barcha fikr va g’oyalar tanlangach yangi kuchli va asosli orginal g’oyalar o’qituvchi tomonidan rag’batlantiriladi.
Quyida O’tkir Hoshimovning “Xazonchinak” hikoyasini aqliy xujum usulida o’rgangan darsidan namuna bermoqchimiz.
Dars materiali: O’.Xoshimovning “Xazonchinak” hikoyasi va kech kuz
mavzusiga oid rasmlar, chayla va ishkom maketlari yoki rasmlari. Hikoyani o’qish ikki soatga mo’ljallangan.
Dars maqsadlari:
Ta'limiy maqsad: O’.Xoshimovning “ Xazonchinak” hikoyasini o’qish.
Tarbiyaviy maqsad: O’.Xoshimovning “ Xazonchinak” hikoyasi orqali o’quvchilarni mehnatga qiziqtirish o’zaro yordam o’rtoqchilik insonlarning yaxshi fazilati ekanligini bolalar ongiga singdirish bir - biriga yordam berish, mehnatga qiziqish hissini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni o’qigan asarlarini tahlil qilish orqali qaxramonlarning fazilatlarini anglashga o’rgatish.
Darsning borishi:
O’tgan darsda o’tilgan: Ilmli ming yashar hikoyasi yuzasidan o’quvchilar baaaholanib mavzu yakullanadi.
Shundan so’ng yangi mavzu O’.Xoshimovning “ Xazonchinak ” hikoyasini o’rganish e'lon qilinadi. Hikoya to’rt qismdan iborat bo’lib birinchi ikkinchi qismi bugungi darsda qolgan uchunchi to’rtinchi qismlari navbatgi darsda o’rganilishi aytiladi. “Xazonchinak”3 hikoyasi quyidagicha.
Ertaga vaqli turasan - dedi Erkinga dadasi. - G’ani amakinikiga boramiz. Erkin suyinib ketdi. G’ani amaki dadasining o’rtog’i. U qishloqda turadi. Uning uchunchi sinfda o’qiydigan Abdulla degan o’g’li bor. Abdulla Erkinga yoqib qolgan edi. G’ani amakining bog’ida xazon - chelak qilamiz - dedi dadasi. Erkin shu kuni vaqli turdi. Ular avval shahar ko’chalaridan o’tishdi keyin qishloqning tuproq yo’llaridan ancha yurishdi. Nihoyat “Moskvich” kattakon yong’oq tagiga kelib to’xtadi. Erkin mashinadan tushdi. O’n besh yigirma qadam narida chayla turardi. Undan narida qator - qator ishkomlar ko’rinardi. Erkin o’sha tomonga chopmoqchi edi chayla tagida yoigan kattakon targ’il itni ko’rib to’xtab qoldi. Itning quloqlari qirqilgan huddi arslonga o’xshardi. Shu payt chaylaning narvonidan Abdulla tushdi.
Kelaver, - dedi qichqirib. - Qoplon tegmaydi, yuvosh Erkin o’rtog’i bilan ko’rishdi. Yur ishkomlarni aylanamiz, - dedi Abdulla. Ketdik. Ishkom yashil gumbazli yo’lakning o’zginasi edi. Uzum novdalari xuddi tomga o’xshab tutashib ketgan. Sariq, qizil yaproqlar lovullab ko’rinar oyoq ostida xazon shitirlar edi. Qani, uzum yo’q-ku! Dedi Erkin anglab
Xazonchinak deb shuni aytadi-da! Uzumlari uzub olingandan keyin qolib ketganini qidiramiz. Mana qara Abdulla sap - sariq uzum yaprog’ining uyoq buyoqqa surib mo’raladi. - mana topdim Erkin qrasa chindan ham yaproqlar orasida bir bosh uzum berkinib yotgan ekan. Men uzay, men uzay! - dedi u qo’l cho’zib. Mayli uzaqol. Ammo xazonchinakning qoidasi xar kim o’zi topgan uzumni o’zi uzadi. Erkin narigi tokning yoniga chopib boradi. Yaproqlarni titkilab qarasa, uzum boshi osilib turibdi. Men ham topdim! - dedi qichqirib. Ular kechgacha xazon - chelak qilishdi. Erkin har gal uzum boshini topganida quvonib ketardi. Yaqinda toklarni ko’mamiz - dedi Abdulla. Erkin xayron bo’ldi. Nega ko’masizlar? Ko’mmasa sovuq urib ketadi. Uzum novdalarini xashak bilan o’rab yerga ko’mib qo’yamiz. Keyin bahor kelib yer iliganda yana ochamiz. Tag’in ishkomlarga ko’tarib bog’laymiz. Erkin toklarni qanday ko’mishini juda ko’rgisi keldi. Toklarni ko’mayotganda men ham qarashay? Bo’pti. Kechqurun uyga qaytishayotganda Erkin iltimos qilgan edi dadasi ko’ndi.
O’rtog’ingga qarashmoqchi bo’lsang albatta olib kelaman. Kelayotgan dam olish kuni Erkin o’rtog’inikiga yana boradi. Abdullaga yordamlashadi. Tok novdalarini qirqish, bog’lash, ko’mish usullarini o’rganib oladi.
Sayohatga tayyorgarlik. O’qituvchi sayohatga borish manzilini vaqtini belgilagach sayoxatga borish to’g’risida o’quvchilar bilan suxbat uyushtiradi. Suhbatda sayohat va undan ko’zlangan maqsad sayohat vaqtida nimalarga e'tibor berish kerakligi aytiladi va taassurotlarni yozib olish uqtiriladi. Navbatdagi darsda sayohatga jo’naladi. Uzumzor, undagi qator ishkomlar, tok novdalari uzumlar uzub olingan. Sarg’ish, qizg’ish tus olgan tok barglari yerga to’kilgan holdagi kech kuz ko’rinishi kuzatiladi.