1. Matn ustida ishlashda o’quvchilar nutqini o’stirish
O'quvchilaming nutq madaniyatini o'stirish til va adabiy ta'limda muhim ahamiyatga ega. Chunki og'zaki va yozma nutqni yaxshi egallagan o'quvchi barcha fanlarni oson va to'liq o'zlashtiradi, unda bilim olishga va yangiliklarga intilish to- bora kuchayadi. Hozirgi zamon pedagogikasida o'quvchilar nutqini o'stirishga muhim pedagogik muammo sifatida qaraladi. Zero, A.Zunnunovning «Adabiyot o'qitish metodikasi»da keltirilganidek, o'quvchilar nutqini o'stirish, bu - uzoq davom etadigan jarayon bo'lib, nutq o'stirish bilan bog'liq bo'lgan mashg'ulotlar izchil, doimiy ravishda o'tkazib borilmasa, ta'limning yaxshi, sifatli bo'lishiga, o'quvchilarning madaniy nutqini egallashlaiiga erishib bo'lmaydi.
Matn ustida ishlash orqali o'quvchilar nutqini o'stirish eng maqbul usullardan bo'lib, bu jarayonda quyidagi ko'nikma va malakalar hosil qilinadi:
bilim olish;
to'g'ri, ravon va ifodali o'qish;
ijodiy va mustaqil fikrlash;
g) tahlil qilish va kerakli xulosa chiqarish;
odob-axloqli bo'lish;
nutq madaniyatini egallash. 1
O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini baravar rivojlantirishga harakat qilish lozim. Chunki har ikkala nutq shakli bir-birining o'sishi hamda takomillashib borishi uchun xizmat qiladi. Asar matni ustida ishlashda ham bu talablarga amal qilinadi.
Boshlang'ich sinf o'qish darslari yuqori sinflardagi adabiyot darslarining tarkibiy qismi bo’lib, ulardagi asosiy ish turi matn ustida ishlashdir. Asar matni ustida ishlash orqali ham og'zaki, ham yozma nutq o'stirishni o'qish darslarida o'rganiladigan matnlar misolida ko'rsatish mumkin.
Lug'at ustida ishlash orqali nutq o'stirish. Bunda o'quvchilar matnni o'qib bo'lgach, undagi notanish so'zlami aniqlaydilar va o'qituvchi yordamida ularni tushunib oladilar. Masalan, 2-sinf “O'qish kitobi”da (mualliflar: Q.Abdullayeva, M.Yusupov, M.Mahmudova, S.Rahmonbekova) keltirilgan “Sumalak”3 (rivoyat) matni ustida quyidagicha lug'at ishi o'tkazish mumkin:
Urug'lik - ekish uchun olib qo'yilgan don.
Ivitish - suvga solmoq Nish urmoq - o'sa boshlamoq Qiymalash - mayda qilib to'g'rash Azonda - erta tongda Tatib ko'rmoq - yeb ko'rmoq Lazzatli ne’mat - shirin ovqat Bardam bo’lish - sog'lom bo'lish
Matn mazmunini qayta hikoya qilish orqali nutq o'stirish. Mazkur turda o'quvchilar matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib, obrazlarni o'zgartirib, o'z fikilarini bildirib qayta hikoya qiladilar. Qayta hikoyalashda, albatta, matndagi so'zlardan foydalanish yaxshi samara beradi. “Sumalak” rivoyatini qayta hikoyalashda o'quvchilar asosiy o'rinlarni ajratishi, lug'at ustida ishlash orqali o'rgangan so'zlarini ishlatishi lozim. Bunday qayta hikoyalash quyidagicha bo'lishi mumkin:
“Qadim zamonda bir dehqon bor ekan. U bahor kelgach, urug'likka olib qo'ygan donini suvga solib qo'yibdi. Ob-havo yomon bo'lib, ivitilgan bug’doy nish urib o'sa boshlabdi. Dehqonning bola-chaqasi och ekan. Shuning uchun bug'doy uvol bo'lmasin deb, kampiriga undan biror ovqat qilishini aytibdi. Kampir dehqon qiymalagan bug'doyni qozonga solib qaynatibdi. Azonda uyqusi o'chib, qozondan xabar olgani borsa, juda ajoyib hid dimog'iga urilibdi. Qozondagi ovqatni tatib ko’rsa, juda mazali emish. Kelasi yil ham dehqon bolalarining o'sha taomdan yegilari kelibdi. Shu tariqa sumalak pishirish odati paydo bo'lgan ekan. Sumalak xalq orasida keng tarqalib, bahoming lazzatli ne’matiga aylanibdi. Sumalak har yil Navro'z bayramida tayyorlanadi. Bu ovqat odamlarning sog'ligini tiklashga va bardam bo'lishga yordam beradi”
Matnga oid savol-javoblar ustida ishlash orqali nutq o'stirish. Bunda faqat darslikdagi savol va topshiriqlar bilangina cheklanib qolmay, balki har bir darsda o'quvchilarni o'ylashga, mulohaza yuritishga chaqiruvchi yangi savollar tuzish va o'quvchilar hukmiga havola etish lozim. “Sumalak” matniga oid quyidagicha yangi savollar tuzish mumkin:
Dehqon nima uchun bug'doyni ivitib qo’yadi?
Dehqon nimani o'ylaydi?
Kampir pishirgan taomni ta'riflash uchun qanday so'zlar ishlatgan?
Rivoyatdagi “mo'l-ko'l” so'zini qanday tushunasiz?
Keyinchalik dehqonlar donni nimalarga olib qo’yadigan bo'lishibdi?
Dehqonning bolalari xush ko'radigan taom nima deb atalibdi?
Sumalak qanday xususiyatlarga ega ekan?
Test topshiriqlari ustida ishlash orqali nutq o'stirish. Bu usul o'quvchilarni har tomonlama o’ylashga, matn mazmunini chuqurroq o'zlashtirishga, matndagi har bir so'zga alohida ahamiyat berishga o’rgatadi. Test usili o'quvchilar uchun qiziqarli bo'lib, ular berilgan topshiriqlarni bajonidil bajaradilar.
Masalan, “Sumalak” rivoyatiga oid quyidagicha test topshiriqlarini tuzish mumkin: . “Sumalak” rivoyati qahramonlari qaysi javobda to'g'ri berilgan?
dehqon, hunarmand.
kampir, kenja botir.
to'g'ri javob yo'q.
“Sumalak” haqidagi rivoyatda nima uchun bug'doy nish urib o'sa boshlabdi?
suvga solib qo'yilganligi uchun.
ob-havo hadeganda ochilmaganligi uchun.
a va b.
3. Sumalakni qanday usulda pishirishadi?
qaynatish usuli bilan.
qovurish usuli bilan.
olovda toblash bilan qovurib olinadi.
“Sumalak” matnida “suvga solmoq” birikmasining ma'nosiga teng bo'lgan ma'nodosh so'zni toping.
bardam.
ivitish.
bo'ktirish.
“Sumalak” rivoyatida nima tasvirlangan?
sumalakning kelib chiqishi va pishirilishi.
dehqon va kampirning bolalarini ochlikdan qanday qilib saqlab qolganligi.
a va b.
Matndagi iboralar, so'z va so'z birikmalari o'quvchilar nutqiga ko'chib, ular nutqining jozibador bo'lishiga olib keladi. Qadimdan nutq madiniyati va odobiga alohida ahamiyat berib kelingan. Misol uchun Kaykovus o'zining “Qobusnoma” nomli asarida farzandiga qarata shunday deydi: “.... Ey farzand, so'zning yuzin va orqasin bilg'il va ularga rioya qilg'il, har ne so'z desang yuzi bila degil. To suxangoy bo'lg'aysan. Agar so'z aytib, so'zning nechuk ekanin bilmasang qushga o'xsharsankim, unga to'ti derlar, ul doim so'zlar, ammo so'zning ma'nosin bilmas.
... So'zni bag'oyat ulug' bilg'il, so'z osmondin kelmas va ul xor narsa emasdur. Qay bir so'zniki bilsang joyini o'tkarmay aytgil, vaqtni zoye qilmagil, yo'q ersa donishga sitam qilg'on bo'lg'oysan. Har so'z desang rost degil va bema'nilikni da'vo qilguvchi bo'lmag'il”
Shunday ekan, nutq o'stirish ishining qulay, samarali va yangicha usullaridan foydalanib, bolalarimizga nutq madaniyatini o'rgatish, imloviy savodxon bo'lishiga ko'maklashish eng muhim vazifalardandir.Bu ishlarni amalga oshirishda esa matn ustida ishlash texnologyalaridan unumli foydalanish juda katta ahamiyat kasb etadi.
2. Badiiy asar ustida ishlash jarayoni
Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon bo’lib o’qituvchi o’qish darslarini ta'lim - tarbiyaviy vazifalari badiiy asarning o’ziga xos xususiyatlari va o’quvchilarning tayyorgarligini hisobga olishni taqozo qiladi.
Badiiy asarda barcha komponentlar o’zaro bog’langan bo’ladi. Asarda obrazlar rivojlanib boradi. Voqealar rivojlanib borgan sari qaxramonlarning yangi-yangi ochila boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit o’tishni, idrok etishni ya'ni sintezni talab qiladi. Asar boshtdan oxirigacha o’qilgandan so’ng analiz qilinadi, so’ng yana yuqori sifatli sintezda o’tiladi. Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni badiiy asar o’qishga tayyorlash lozim bo’ladi. Demak tayyorgarlik davri - sintez - analiz - sintez - jarayonini beradi.4
O’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma'lum tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari.
O’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea - xodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga taesir etadigan yangi ma'lumotlar berish badiiy asarda tasvirlangan faktlarni o’quvchilar o’z hayotida kuzatishlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish.
Yozuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchining, uning hayotiga ijodiga qiziqish uyg’otish.
O’quvchilarni asarni emotsional idrok etishga tayyorlash.
Asar mazmunini tushunishga halal beradigan so’zlarning lug’aviy ma'nolarini tushuntirishdan iborat.
Tayyorgarlik ishlarining shakllari hilma - hil bo’lib, o’qituvchi asar mazmunini va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa ajratiladi.
Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag’ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar. Qishloq hayotiga doir mavzular o’rganiganda foydalanish mumkin.
Chunonchi 2 - sinfda “Issiqxonada” kabi materiallarni o’rganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadiga muofiq. Ekskursiya uchun reja beriladi va matn o’rganilishdan kamida bir hafta oldin o’quvchilarga e'lon qilinadi.
Film namoish qilish. Inqilobdan oldingi hayot voqealari tasvirlangan matnlardan oldin fil'm namoish qilinsa..yu o’quvchilar asarni idrok qilishlari faollashadi. Albatta, hozir o’quv fil'mlari yetarli emas. Ammo, vidiofil'mlardan foydalanish mumkin.
O’qitish hikoyasi. Asar muallifi haqida ma'lumot berishda eng samarali metod hisoblanadi. Chunonchi 4 - sinfda Q.Muhammadiyning she'ri o’rganilayotganda shoirning bolalar uchun yozgan asarlari namoish etilib, ular haqida qisqacha ma'lumot berilsa, o’quvchilarda asarni o’qishga qiziqishlari ortadi. Tayyorgarlik davridan so’ng 1 - bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy aniq mazmuni bilan, uning syujit chizig’i bilan tanishtirish, asarning emotsional ta'sirini aniqlashdir.
Matnni ifodali qilib o’qib beriladi.
( 2-sinfda o’rganiladigan “Mehribon qiz” matnni magnitafon orqali o’qib eshittiriladi) o’qituvchi o’quvchilarga umumiy taassurotlarini aytish talab qiladigan savollar beradi.
Hikoyani qaysi o’rni sizga yoqadi?
Qaxramonlardan qaysi biri ayniqsa yoqadi?
Hikoya o’qilganda siz qaysi o’rinda juda xursand bo’ldingiz? Kabi savollar buradi.
Tekshirish uchun savol va topshiriqlar.
Boshlangich sinflarda ona tili dasturi (o’qish bo’limi) va o’qish kitoblardan foydalanib 1-3sinflarda o’qish tematikasini belgilang.
Badiiy asar ustida ishlashning sxematik rejasini tuzish va uni asoslang. Badiiy asar ustida ishlashning har bir bosqich vazifalarini ayting.
Matn ustida ishlash yuzasidan o’quvchilar ko’nikmasiga qo’yilgan dastur talablarini tahlil qiling.
1-4-sinflar “O’qish kitobida” berilgan topshiriqlarini guruhlang, o’quvchilarda matn ustida ishlash, xususan reja tuzish va qayta hikoyalash ko’nikmasini shakllantirish qay darajada amalga oshirilganligini aniqlang.
“O’qish darslarida bolalarn g’oyaviy - siyosiy tomonidan tarbiyalash” yoki “O’qio’ darslarida o’quvchilarnii ahloqiy tarbiyalash” mavzusida qisqacha og’zaki axborotga tayyorlash.
O’qish darslarini ishchi rejasini izohlang.
O’qish darsiga dars ishlanmasi namunasini tuzing (2 - sinf)
Matnga test tuzing.
Badiiy adabiyot nima?
3.“Toshkent” hikoyasi matnini ifodali o’qish va ko’rgazmali usulda o’rgatish orqali o’quvchilar nutqini rivojlantirish
Ifodali o’qish deb asardagi tinish belgilari mantiqiy urg’u o’qish jurati to’htamlari rioya qilib o’qishga aytiladi. 5
Ifodali o’qish intonatsiya ohang yordamida asarning g’oyasi va jozibasi to’g’ri aniq yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. Ifodali o’qish adabiyotni konkret va ko’rgazmali o’qishning dastlabki va asosiy formasidir. Demak, ifodali o’qishning asosiy vazifasi asosning mazmuni va inosionalligini intonatsiya orqali o’quvchilarga ko’rgazmali qilib ko’rsatishdir. Ifodali o’qishning asosiy tamoyili shuki, o’qiladigan asar g’oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushintirishdir.
Ohang og’zaki nutqning birgalikda xarakat qiluvchi (urg’u, jurat, ritm, ovozning past-balandligi) ning yig’indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta'sir etadi va xammasi birgalikda asarning mazmunini, g’oyasini, qaxramonlarni turli kayfiyatini, ichki kechinmasini ifodalaydi.
O’quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardir:
Nutq jarayonida nafas olishdan foydalana bilish (nafasni taqsimlay bilish)
Har-bir tovushning to’g’ri artikulyasi va aniq diktiya (burro gapirish) malakasini egallash.
Adabiy talaffus me'morlarinigina egallash emas, balki ifodali nutqqa, ya’ni hikoya qilishga ham ta'luqlidir; o’quvchining har qanday hikoyasi ifodali bo’lishi zarur.
Ifodali o’qitishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilin uzviy bog’lanadi. Shuning uchun o’qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talafuz qilayotganda o’z nafasini boshqara olish va ovozdan to’g’ri foydalanishda o’rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchli, baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik, yoqimli -yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O’quvchilar matn mazmuniga qarab baland yoki past ovozda o’qishda, nutqda tez o’rtacha yaki sekin suratni tanlashga, biror tuyg’uni ifodalashga o’rganadilar.
Ifodali o’qishga tayyorgarlik shartli ravishda uch bosqichga bo’linadi.
Asarning aniq mazmunini tushunish unda qatnashgan shaxslarning xatti- harakatini taxlil qilish, asarning g’oyasini belgilash, ya'ni asarni, uning timsollarni badiiy vositalari bilan yaxlit xolda tushunish.
Matn qayerda to’xtab, mantiqiy urg’uning o’rnini, o’qish suratini belgilab olish.
O’qishni mashq qilish. Avtor fikrini uning tasvirlangan voqea-xodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan bera olish uchun shartini qayta o’qish.
Asarning mazmunini va g’oyaviy yo’nalishini taxlil qilish ifodali o’qishga o’rgatish bilan bog’lab olib boriladi. Ifodali o’qishga o’rgatishda mantnni tushunish, avtor hikoya qilgan vokealarga o’z munosabatini bildirish asosiy vazifa xisoblanadi. O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shakllantirish uchun asarni o’qituvchinng o’zi ifodali qilib o’qib berishi muxim ahamiyatga ega.
Ifodali o’qish ko’rsatkichlari:
-Belgilangan surat va tinish belgilariga rioya qilib o’qish,
-Belgilangan to’xtamlarga rioya qilish,
-Ovozning past-balandligini to’g’ri belgilash,
-O’qiyotganda timsol xususiyatlarini ifodalash,
Quyidagi “Toshkent” hikoyasini ifodali o’qish usulida o’rgatish darsidan namuna bermoqchimiz.
Mavzu: O’tmishda Toshkent.
Dars materiali: E.Malikovning “Toshkent” hikoyasi Omoch, charx, to’qish dastgoxi va Toshkentning o’tmishi tasvirlangan rasmlar.
Dars maqsadlari:
Ta'limiy maqsad: E. Malikovning “Toshkent ”hikoyasini o’qish orqali o’quvchilarda Toshkentning o’tmishi, xalqi hayotida achinish xissini uyg’otish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarining ifodali o’qish malakalarini
o’stirish, bog’lanishli nutqini takomillashtirish.
Dars metodlari: tushuntirish, ko’rsatmali suxbat, test.
Darsning borishi:
1 .Darsni tashkil etish.
Yangi mavzuni: Erkin Malikovning “Toshkent” hikoyasini oqish.
Mavzuga oid kirish suhbati o’kazish.
-O’tmishda shahar va qishloqlar obod bo’lmagan. Ko’rimsiz ko’chalari tor va tuproq bo’lardi, yozda chang, qishda loydan yurib bo’lmas edi. O’sha davrdagi xokimyat va amaldorlar obodonchilikka ahamiyat bermas edilar. Toshkent ham shunday shaharlardan biri edi.
4 Asar bilan tanishtirish:
T o sh k e n t2
Erkin Malikov
1.Juda qadimda Toshkent boshqacha atalardi. O’shanda ham xozirgidek sharq darvozasi vazifasini bajardi. Xar tomondan kelgan savdo karvonlari unda to’xtab, keyin yana yo’lga chiqishardi. Shaxar kengayib, uning atrofidagi erlar o’zlashtirilib Choch degan viloyat tashkil topdi. Toshkent uning markazi bo’ldi. Uni uzoq vaqt gox Choch, gox Shosh deb yurishdi.
Odamlari dushmanlardan saqlanish uchun shaxar atrofini tosh devorlar bilan o’rashdi. Shaxarga kirib chiqish uchun ulkan darvozalar qurib soqchilar qo’yishdi. Samarqand darvoza, Chig’atoy darvozalar o’sha davrlardan qolgan. Darvozalarni, devorlarni sayyohlar “Bu er Toshqal'a, Toshminar ekan” deb tarix saxifalariga yozib qoldirgan. Bu nomlar keyinchalik Toshkent degan nomni keltirib chiqargan.
2. Toshkent o’tmishda oddiy mehnatkashlar sham bo’lgan. Shaharlaming ko’pchilik aholisi hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Ko’plab mahallalarning nomlari ham ana shunday kelib chiqqan.
Xonadonlarda elektr chiroqlari yo’q edi. Odamlar qora chiroq yoki sham yoqib o’tirardilar.
Yerlar omoch bilan haydalardi. Ariqlar esa ketmon bilan olinardi.
Sanoat korxonalari deyarli yo’q edi. Kiyim-kechak tayyorlash uchun charxda ip yigirib, oddiy dastgohda qo’l bilan bo’z to’qilardi.
Odamlar bir shahardan ikkinchisiga borish uchun ko’pincha ot aravalarda va piyoda yurardilar.
O’qutuvchi “Toshkent ” hikoyasining birinchi qismi o’qib beradi qolganini esa ravon o’qiydigan o’quvchilarga o’qitiladi.
Lug’at ustida ishlash:
Darvoza -qal'a zavodlariga kiritiladigan, ochilib yopiladigan katta eshik;
Sharq -dunyoning to’rt tomonidan biri, g’arbga qarama qarshi tomon quyosh chiqadigan tomon;
Sharq davozasi-kun chiqish tomon darvozasi;
Savdo karvonlari-savdogarlar to’dasi qatori. Bir joydan ikkinchi joyga boruvchi savdo bilan shug’ullanuvchi kishilar to’dasi;
Sayyohlar-sayohat qiluvchilar;
Toshqal'a-dushman xujumiga qarshi mustahkamlash tosh devor bilan xandak o’ralgan shaxar;
Xandaq-dushman o’tolmasligi uchun qazilgan katta uzun chuqurlik;
Toshminar-toshdan yasalgan mezona shaklidagi inshoat;
Mezona-masjidning azon aytadigan joyi;
Inshoat -turli maqsadalar uchun qurilgan imorat;
O’qilgan matn yuzasidan o’quvchilar bilimini suhbat asosida xisobga olish.
-Qadimda Toshkentning nomi va u qanday vazifani bajargan?
-Toshkent degan nom qanday kelib chiqadi?
-O’tmishda Toshkent ko’chalari xonadanlar dehqonchilik ishlari qanday
edi?
-Odamlar nimadan qiynaladilar?
-Chor xukumati nimaga e'tibor bermasdi?
Hikoyaning birinchi qismini ifodali o’qib sarlovha qo’yining. O’quvchilar matnning birinchi qismini o’qib bo’lgach, o’qituvchi bilan birgalikda sarlovha topadilar. Sarlovhadan eng ma'qulini tanlab oladi va o’qituvchi tomonidan sinf yozuv taxtasiga yoziladi. (“Toshkentning avvalgi nomi ”). So’ng matnning ikkinchi qismini ifodali o’qiydilar, sarlovha topadilar. (“Mehnatkashlar shaxri”)
-Toshkentda qadimdan nomi qolgan qaysi darvozalarni bilasiz? Sayyohlar uni nima deb atashgan? Matndagi so’zlar bilan tasdiqlang.
-matdan Toshkent ko’chalari tasvirlangan o’rnini o’qing.
Ko’chalar nega shunday? Sababini matndan o’qing. Toshkent ilgarigi nomi xaqida lar bilasiz?
-Shaxarda qanday darvozalar qurilgan? Nima sababdan?
-Toshkent shahri o’tmishda qanday edi? O’tmishda shaxarlar axolisi nima bilan shug’ullangan?
Tasviriy ifodar ustida ishalash.
“Mehnatkashlar shahri” hikoyasining ikkinchi xat boshini o’qing. O’xshatishni toping. (Agar o’quvchilar topishda qiynalsalar, o’qituvchi savol bilan yordam beradi).
-U qanday uy?
-Katalakday uy.
(Qadimgi uylarning ko’pi juda kichkina tor bo’lgan. Shuning uchun uylar tovuqlarning katagiga o’xshatilga, javobi olinadi).
Demak katalakday so’zi o’xshatish ekanligi tushuntiriladi.
Topshiriq asosida tanlab hikoya qilish. “Mehnatkashlar shahri”ni so’zlashga tayyorlaning.
-Mazmunni so’zlashda (o’qituvchi oldindan, o’quvchilar mustaqil ichida o’qiyotganda) sinf ko’chma yozuv taxtasida yozib qo’ygan egri-bugri, past-baland, chang-to’zon, qora-chiroq yoki sham;
Omoch, yarim yalang’och; sanoat korxonalari, charxda dastgohda qo’l bilan so’zlaridan foydalaning. (Shu o’rida o’qituvchilarga “O’tgan kunlar”) kinosidagi Otabеkning kеchasi bo’zchining uyini taqqillatib kirgani, u erda bo’z to’qiydigan dastgoh turgani eslatiladi).
Mavzuni mustahkamlash o’quvchilarning hikoyasidan qanday xulosa chiqarganligi so’raladi va mavzu mustahkamlanadi.
O’qituvchi o’quvchilardan quyidagi savollarga javob olib, darsni yakunlaydi.
Uyga vazifa “Toshken” hikoyasini o’qish, so’zlab berish, mavzuga oid ma'nosi qiyin so’zlarni o’rganish topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |