1.2.2-rasm
Bundan tashqari, optika tufayli yorug'lik tabiati, uning xususiyatlari, interferensiya, qutblanish hodisalari va boshqalar sohasida bir qator muhim kashfiyotlar ochildi. Nihoyat, optika tibbiyotda, masalan, rentgen nurlarini o'rganishda keng qo'llanildi, uning asosida ko'plab odamlarning hayotini saqlab qolgan apparat yaratildi. Ushbu fan tufayli lazer ham ixtiro qilindi, u jarrohlik aralashuvlarda keng qo'llaniladi.
Ko'z optik tizimdir. Yorug'likning xususiyatlari va ko'rish organlarining imkoniyatlari tufayli siz atrofingizdagi dunyoni ko'rishingiz mumkin. Afsuski, kam odam mukammal ko'rish bilan maqtana oladi. Ushbu intizom yordamida odamlarning ko'zoynak va kontakt linzalari yordamida yaxshi ko'rish qobiliyatini tiklash mumkin bo'ldi. Shu sababli, ko'rishni to'g'rilash vositalarini tanlash bilan shug'ullanadigan tibbiyot muassasalari ham tegishli nomni oldi - optika. Buni umumlashtirishingiz mumkin. Shunday qilib, optika - bu hayotning ko'plab sohalariga ta'sir qiluvchi va fanda va kundalik hayotda keng qo'llaniladigan yorug'lik xususiyatlari haqidagi fan.
1.3 Geometrik optika haqida tushuncha
Geometrik optika - optikaning yorugʻlik nurlari haqidagi tasavvurlar asosida optik nurlanish (yorugʻlik)ning tarqalish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi. Geometrik optika qonunlari manbadan chiqayotgan yorugʻlikning toʻlqin uzunligi atrofdagi narsalarning oʻzlariga xos oʻlchamlaridan koʻplab marta kichik boʻlgan holdagina oʻrinli boʻladi. Bu holda yorugʻlik nuri degan taxminan tushunchani ishlatish mumkin. Yorugʻlik nuri sifatida yorugʻlik energiyasi oqimi tarqalayotgan chiziq tushuniladi. Hyp diafragmalar yordamida hosil qilinadi. Deyarli yoyilmasdan tarqaluvchi yorugʻlik nuriga misol qilib lazer nurini koʻrsatish mumkin.
Mustaqil tarqaluvchi yorugʻlik nurlari haqidagi tasavvur qad. dunyo fani davridayoq vujudga kelgan edi. Yunon olimi Evklid nurning toʻgʻri chiziqli tarqalish va yorugʻlikning koʻzgudan qaytish qonunini kashf qildi. 17-asrda bir qator optik asboblar (kuzatish trubasi, teleskop, mikroskop va b.) kashf qilinishi va ularning keng qoʻllanishi munosabati bilan Geometrik optika juda tez rivojlana boshladi. Shu davrda golland matematigi V. Snell va R. Dekart tomonidan yorugʻlik nurlarining ikki muhit chegarasida sinish qonunlari tajriba asosida kashf qilindi. 17-asr oʻrtalaridayoq fransuz olimi P. Ferma Geometrik optikaning asosiy prinsipini quyidagicha ifodalagan edi: ikki nuqta orqali oʻtuvchi yorugʻlik nuri shu nuktalar oraligʻida eng qisqa vakt ketadigan yoʻl boʻylab yuradi. 18-asrdan boshlab optik sistemalarining hisoblash usullari takomillasha borgan sari Geometrik optika amaliy fan sifatida rivojlana bordi.
Geometrik optikada ozgina tushuncha va qonunlar (yorugʻlik nuri toʻgʻrisida tasavvur, yorugʻlikning qaytishi va sinishi qonunlari)ga asoslanib, koʻpgina muhim amaliy natijalarni olish mumkin. Bir jinsli muhitdan o'tuvchi yorug'likning tarqalishining to'g'ri chiziqlilik qonuni. Yorug'lik nuri yorug'lik zarralari o'tadigan to'g'ri chiziq deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |