Elektr tokining odamga ta’siri Elektr jihozlari ishlatishi va tuzilish vaqtida odam elektr toki kuchlanishi ta’siri ostida qolishi mumkin. Kuchlanishga koʻra elektr qurilmalari 1000 V ga va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga ajratiladi.
Elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatishga bogʻliq turli iqtisosliklarda ishlovchi ishchilar soni koʻpayib bormokda. Binobarin, ularning elektr tokidan shkastlanishi ehtimoli ham ortib bormokda. Shu bois inson organizmiga elektr tokining ta’sirini oʻrganish elektr tokidan shkastlanishi sabablarini tahlil qilish ishlab chiqarishda xafvsiz mehnat sharoitlarini yaratish uchun juda muhimdir. Elektr toki bilan jarohatlanishlar umuman olganda 0,5-1,0 % ni tashkil etadi. Ammo ulardan elektr toki natijasida o`lim bilan tugagani 20-40 % ga to`g`ri keladi.
Radioktiv nurlardan saqlanish. Bir qancha ilmiy tekshirish muassasalarida va sanoat korxonalarida har xil maqsadlar uchun radioktiv moddalardan foydalaniladi.
Masalan, mashinasozlik sanoatida radioktiv moddalardan quyma detallardagi kamchiliklarni va payvand qilingan joylarning va detallarning sifatini aniqlashda keng qoʻllaniladi.
Kristallsimon moddalarning tarkibini tahlil qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirishda ham radioktiv nurlar yaxshi natija beradi. Ionlashgan nurlar inson organizmiga zararli ta’sir koʻrsatib, ogʻir kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi boʻlishi mumkin. Uning ta’sirida inson ogʻir kasallik hisoblanadigan nur, oq qon kasalligi va har xil xavfli shishlar, teri kasalliklariga duchor boʻlishi mumkin. Shuningdek ionlashgan nurlar ta’sirida genetik ta’sirlanish, ya’ni keyingi avlodlarga ham ta’sir koʻrsatuvchi nasliy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
Radioktiv nurlarning eng xavfli joyi shundaki, inson organizmida bu kasallik yaqqol namoyon boʻlguncha hech qanday belgiga ega boʻlmaydi. Aniqlangandan keyingi holat esa nihoyatda ogʻir boʻlishi va koʻpincha oʻlim bilan tugashi mumkin.Radioktiv moddalar bilan ishlaganda ishni toʻgʻri tashkil qilish va muhofaza chora-tadbirlar qoʻllash xavfsizlikni ta’minlaydi.
Tortuvchi nimstansiyalarning ishonchligi uni tashkil qiladigan asosiy jihozlarining, ishonchligiga, sxematik yechimlariga va zaxiralash usullaridan tashkil topadi. Bunda asosiy energetik jihozlarni ishonchligi katta roʻl oʻynaydi.
Ishonchlikni son qiymatlarini bilish turli jihozlarni solishtirish hamda energota’minot ishonchligini hisoblashda, texnik xizmat qilishni optimal tuzilishlarini aniqlashda, ta’mirlash oralaridagi muddatini va ehtiyot qismlar hajmini belgilashda asos boʻladi.
Tajribalar shuni koʻrsatadiki shinalar ishonchligiga shinalarga ulangan Uzatkichlarni va ajratgijlarni benuqson ishlashi ta’sir qiladi. Shuning uchun shinalarni ishdan chiqish parametrini aniqlashda ularni ikkita ulanishlar orasidagi qismi (uchastkasi) va alohida shinalardagi ulangan Uzatkichlar va shina ajratgichlarining ulushini hisobga olish lozim.
Uzatkichlar ishdan chiqishi koʻp hollarda kommutatsion operatsiyalarda ya’ni mexanik va elektrik shikastlarda ulanmaslik yoki uzilmaslikda namoyon boʻladi. Uzatkichlarni ishdan chiqishi ularni yuritmasi ishlamasligidan, ularni izolyatsiyasi teshilishidan yoki kontaktlar holatini buzilishi natijasida yuzaga keladi.
Uzatkichlarni tavsifli ishdan chiqishi – bu qisqa tutashish toklarida yoyni uzilmasligidir. Tajribalar shuni koʻrsatadiki, QT toklari uzilmasligi Uzatkichlar ishdan chiqishini 15 dan 35% ini tashkil etadi.