Titrashning fizik xususiyatlari
Titrash mashina va mexanizm qismlaridagi kuchlarning nomuvofiq harakati natijasida kelib chiqadi. Bunga mexanizmlarning chiziqli harakatini aylanma harakatga aylantiruvchi krivoship-shatun mexanizmlarning harkati, silkituvchi harakat hosil qiluvchi shibbalash qurilmalar, shuningdek posangilashtirilmagan aylanma harkat qiluvchi qismlar, stanoklarning silliqlovchi va qirquvchi qismlardan kelib chiqadigan titrashlar misol boʻla oladi.
Titrashni ba’zan ishqalanuvchi va birikuvchi mexanizmlar (masalan, podshipniklar, tishli gʻildiraklar va h.k.) keltirib chiqaradi.
Umuman mexanizmlardagi muvozanatning buzilishi titrashning kelib chiqishiga sabab boʻladi. Titrashning inson organizmiga ta’siri asosan uning mexanizmga ta’sir koʻrsatuvchi kuchlar bilan uzviy bogʻliqligidir. Bunda titrash hosil qiluvchi kuch butun tizimga yoki uning ayrim bir boʻlagiga ta’sir qilishi mumkin. Misol tariqasida muvozanati buzilgan holda engil tebranish hosil qilayotgan mexanizm va oʻnqir- choʻnqir yoʻldan harakatlanib borayotgan transport tizimini koʻrsatish mumkin.
Shovqin va titrashni me’yorlashtirish.
Shovqin va titrash parametrlarini doimiy ish joylarida ruhsat etilgan darajasi asosida aniqlangan.
1.Doimiy ish joylarida, ishlab chiqarish korxonalarida, korxona maydonida quyidagi shovqin bosim darajasi ruhsat etiladi:
2.Titrash sanitar-gigenik va texnik me’yorlari bilan farqlanadi.
Birinchi holatda insonni titrashdan himoyalash uchun optimal sharoit yaratish boʻlsa, ikkinchi holatda esa mashina va jihozlarni saqlash.
Titrashning me’yorlanadigan parametrlari boʻlib, quyidagilar hisoblanadi: titrashni siljish amplitudasi (mm); titrashni oʻrta kvadrat tezligi (mm/s). Ish joyidagi umumiy titrashning ruhsat etilgan parametrlari kun davomida ta’sir etish toʻgʻrilamasi bilan toʻldiriladi.
Radioktiv nurlardan saqlanish.
Bir qancha ilmiy tekshirish muassasalarida va sanoat korxonalarida har xil maqsadlar uchun radioktiv moddalardan foydalaniladi.
Masalan, mashinasozlik sanoatida radioktiv moddalardan quyma detallardagi kamchiliklarni va payvand qilingan joylarning va detallarning sifatini aniqlashda keng qoʻllaniladi.
Kristallsimon moddalarning tarkibini tahlil qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirishda ham radioktiv nurlar yaxshi natija beradi. Ionlashgan nurlar inson organizmiga zararli ta’sir koʻrsatib, ogʻir kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi boʻlishi mumkin. Uning ta’sirida inson ogʻir kasallik hisoblanadigan nur, oq qon kasalligi va har xil xavfli shishlar, teri kasalliklariga duchor boʻlishi mumkin. Shuningdek ionlashgan nurlar ta’sirida genetik ta’sirlanish, ya’ni keyingi avlodlarga ham ta’sir koʻrsatuvchi nasliy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
Radiaktiv nurlarning eng xavfli joyi shundaki, inson organizmida bu kasallik yaqqol namoyon boʻlguncha hech qanday belgiga ega boʻlmaydi. Aniqlangandan keyingi holat esa nihoyatda ogʻir boʻlishi va koʻpincha oʻlim bilan tugashi mumkin.Radioktiv moddalar bilan ishlaganda ishni toʻgʻri tashkil qilish va muhofaza chora-tadbirlar qoʻllash xavfsizlikni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |