4.3.Mehnat muhofazasi doirasida ishlarning taskil etilishi
Mijozlarga hizmat koʻrsatuvchi “E’tirof Ziyo Savdo” MCHJ avtomatlashtirilgan tizimini yaratish ishi mavzusidagi obektga mehnat muhofazasi tashkil etish. Mijozlarga xizmat koʻrsatuvchi ushbu botda mijozlar yetarli darajada ma’lumot olishiga imkoniyatlari boʻlishiga alohida e’tibor berishimiz kerak boʻladi. Shu sababli mahsulotlarni joylashtirishda alohida tartib bilan joylashga, toʻliqroq ma’lumot berishga ahamiyat berilishi lozim. Bu vaqtda foydalanuvchilar istalgan joylaridan turib ma’lumot olish imkoniga ega boʻladilar.
Mehnat sharoitining yaxshilanishi ijtimoiy natijalarga ya’ni mehnatkashlarning sog`lig`ini yaxshilash, o`z ishidan mamnunlik darajasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash, Obektdagi va jamoat faoliyatini oshirishga olib keladi.Mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan biron bir yangi mashina yoki mexanizm ishlab chiqarishga qabul qilinmasligi kerak. Shuningdek mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan biror dasturni hato ishlashiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Ish joyini tashkil qilinishiga quyiladigan talablar
Ish joyini tashkil etishdan oldin bu korxona qanday tartibda mijozlarga xirmat koʻrsatishi va yoʻnalishlari haqqida umumiy ma’lumotlarga ega boʻlgan holda tashkil etilishi shart. Bizni korxona asosan dasturlar va botlar ishlab chiqishga asoslanga boʻlganligi uchun xonadagi, doʻkondagimahsulot, stul, kompyuter va printerlar, turli xildagi xizmatlar haqida ma’lumot olinishi kerak boʻladi. U yerdagi xavfsizlik darajalari ham hisobga olinishi kerak. Misol uchun texnika sotib olinsa, undan foydalanish yoʻriqnomalari ham boʻlishi shart. Hozir ozgina shu haqida toʻxtalamiz.
Kompyuter jixozlarini ekspluatatsiya qilishda zararli va xavfli faktorlar analizi
Bu yoʻnalish boʻyicha bitiruv ishinig mazmuni maxsusligini hisobga olgan xolda, ya’ni kompyuter programmasini ishlab chiqish ,
ilmiy tekshirish ishiga yaqin toʻgʻri, chunki u yoki bu ishlar ma’lum belgilangan ish joyida olib boriladi. SHu sabali tadbirlar ishlab chiqishda ish joyini qulaylashtirish (komfort) borasiga katta ahamiyat berilishi lozim. Bu vaqtda havo sifati qoʻrsatgichlariga, yoritilganlik va shovqin, hamda kompyuter jixozlarni xavfsiz ishlashiga katta ahamiyat beriladi.
-Ish joyini tashkil qilinishiga quyiladigan talablar
Ish joyini tashkil qilishga kirishishdan oldin, bitiruv ishida, programmalar qanday maqsad uchun ishlab chiqilayotgani va qaerda ishlatilishi , ishlab chiqarish, ( bank sistemasi) koʻrsatilishi lozim. Bu esa kompyuterda ishlashda paydo boʻladigan barcha xavflarni yaxshi baholashni ta’minlaydi. SHundan soʻnggina kompyuter sinflariga bogʻliq boʻlgan masalalar hamda ularni joylashtirish, bir kompyuter uchun maydonni aniqlash, ish joyini inventarlar bilan ta’minlash
( stol, stul, shkaf va boshqalar) masalalar koʻriladi, bundan tashqari kompyuter ishlashida paydo boʻladiga xavfli va zararli faktorlar analiz qilinadi. Bu boʻlimda quyidagi masalalar yoritiladi:
- xonaning lozim boʻlgan maydonini va unga qoʻyiladigan talablar;
- stol, stullarga qoʻyiladigan talablar (oʻlchami, balandligi) ;
- kompyuterda ishlashda antropometrik oʻlchamlarni hisobga olish;
- monitor ekranida koʻzga boʻlgan optimal masofa;
- kompyuterda ishlashning olinish sabablari.
Do'stlaringiz bilan baham: |