Kompyuter xonalariga qoʻyilgan talablar Ish olib borilayotgan xonada iqlim sharoiti yetarli darajada boʻlishi kerak; mikroiqlim parametrlarini tekshirish va ularning zararsiz ekanligini bilishimiz kerak; xona havo muhitini xolati toza havo boʻlishi kerak; havoning sifati inson salomatligiga zararsiz boʻlishi; ish zonasida chang va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni boʻlmasligi va ularni kondetsioner orqali yomon havolar chiqarilib tashlanishi lozim; elektromagnit maydoni va rentgent nurlanishini himoyasi boʻlishi kerak; xonalarda havo almashtirishga jiddiy qaralishi shart; tabiiy shamollatish yoʻllari va sun’iy shamollatish bor boʻlishi kerak.
Yoritish Ish olib borilayotgan xona tabiy yoritilgan boʻlishi lozim; xona quyosh radiatsiyasini xona mikroiqlimiga ta’siri zarari kam yoki koʻpligi oʻlchanishi lozim: xonalarni rangli bezalishi insonlarning koʻzlariga zararsiz holatda boʻlishi kerak, quyosh radiatsiyasidan himoyalangan holatda xonalar ajratilgan boʻlishi lozim, sun’iy yoritish sistemasi yetarli darajada ishlashi lozim; yoritgichlarni tanlashda insonga zararsiz boʻlgan yoritgichlarni tanlashimiz kerak; yoritish darajasi ham me’yorida xonani yoritib berishi kerak.
Shovqinni xosil boʻlishi sabablari: - kompyuter xonalarida ishlab chiqarish shovqinini me’yorida boʻlishi va ortiqcha shovqinlardan himoyalangan joylarda ishlashimi kerak;
- toʻsuvchi konstruksiyalarni va xona ichki devorlarini izolyasiyalashi doimiy ravishda ishlb turishi kerak.
Elektr xavfsizligi
- elektr tokidan zararlanish xavfi batamom yoʻq boʻlgan joylarda ish olib borishimiz kerak;
- kompyuter jixozlarini yerga ulash va ortiqcha kuchlanishni yerga oʻtkazib yuborilishini ta’minlash kerak;
- tok oʻtkazuvchi tarmoqlarda ishlash va ommaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishimiz kerak;
- elektr tokidan zararlanganda birinchi yordam koʻrsatish uchun tibbiy yordam qutichalari boʻlishi shart.
Yongʻin xavfsizligi
- yongʻin chiqish sabablari oʻrganilib bartaraf etilishi kerak;
- oʻt oʻchirish vositalari hamisha tayyor holatda saqlanishi shart;
- yongʻin sodir boʻlgan taqdirda evakuatsiya qilish yoʻllari ham oʻrganilib chiqilib hamma undan xabardor boʻlishi kerak;
- yongʻinni suv bilan oʻchirishni ta’minlashimiz lozim.
Har bir punkt boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqishga kirishishdan oldin bor boʻlgan xavfli va zararli fak-torlar analiz qilinadi. Bitiruvchi amalda qoʻllamoqchi boʻlgan tadbirlar aniq boʻlib, sanitariya - gigiena, texnik va tashkiliy tadbirlar koʻzda tutiladi, ular esa salbiy faktorlar ta’sirini oldini olish , ishlash uchun qulay sharoit yaratish lozim.
Boʻlim kompyuterda ishlash texnika xavfsizligi boʻyicha yuriqnoma tuzish bilan tugallanadi.