I bob. Nara davri boshqaruvi



Download 158,99 Kb.
bet11/38
Sana20.06.2022
Hajmi158,99 Kb.
#684723
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
NARA

1.4 Nagoya shahzodasi
Fuxito oʻgʻillarining martabasi oʻta muvaffaqiyatli boʻlgan boʻlsa-da, uning oʻlimi bilan ularning amaldorlik zinapoyasida koʻtarilishi shahzoda Nagayning (? -729) maydonga chiqishi sababli vaqtinchalik pasayish yuz berdi, u 724 yilda soʻl vazir lavozimini egalladi, ya’ni rasmiy ravishda amaldorlar byurokratiyasida birinchi shaxsiga aylandi. U Temmu va uning raqibi oʻrtasida taxt uchun qurolli kurash boshlanganda “jinshin yilidagi toʻqnashuvlar” (672) paytida Tenmu gʻalabasida katta rol oʻynagan shahzoda Takechining oʻgʻli edi. Nagaya bilan birgalikda shahzoda Toneri va Daynagon (“katta davlat maslahatchisi”) Tajihi-no Mahito Ikemori (Tojixi - imperatorlik oilasining shoxchasi) da’vogarlik qildi, bu hukumat tuzilmasida hukmron qabilaning mavqeyini mustahkamlashishini anglatadi.
Shahzoda Nagayaning hokimiyat tepasiga kelishi bilan birga buddizmni targʻib qiluvchi yirik hukumat tadbirlari oʻtkazila boshlandi. Shunday qilib, taxt vorisi kasalligi sababli, Bodxisattva Kannon (Avalokiteshvara) ning 177 ta haykalini yasash va “Kannon-kyo” (“Kannon Sutra”) ga bagʻishlangan “sugra” qayta yozish buyurilgan. 728-yildagi farmon bilan “Konko myo kyo” (Oltin nashrining sutralari) nusxalari barcha viloyatlarga “davlat tinchligi” uchun ibodat qilishga yuborildi. Asosiy belgidan tashqari buddistlarning tirik mavjudotlarni oʻldirishni taqiqlashi bilan bogʻliq boʻlgan ov lochinlarini parvarish qilishni taqiqlash joriy etildi.
Rohiblarni nohaq xatti-harakatlar uchun hukm qilgan farmonlar endi yoʻq edi va aksincha, buddist rohiblarning maqtovlari ortgan edi. Demak, mavjud siyosiy tizim doirasida bir muncha vaqt hukmron qabila buddizm va buddist ruhoniylarni uning mafkuraviy tayanchiga aylantirishga harakat qilgan ekan.
VIII asrdagi barcha yirik siyosiy inqirozlar Fujivara bilan bevosita bogʻliqdir. Va ulardan eng kattasi aniq Nagaya shahzodasi bilan bogʻliq. Bu yerda ta’kidlash kerakki, 724-yilda qirolicha Gensho taxtdan voz kechgandan soʻng onasi va rafiqasi Fuxitoning qizlari boʻlgan Shomu taxtga oʻtirdi. 727-yilda Shomu tomonidan uzoq kutilgan oʻgʻil tugʻilganda, keyingi imperator tomirlarida Fujivaraning qoni ham oqib ketganday tuyuldi. Shomuning oʻgʻli tugʻilishidan atigi bir oy oʻtgach, taxt vorisi etib tayinlangan. Biroq, u bir yoshga ham toʻlmay vafot etdi, shu sababli shahzoda Nagayning toʻrt oʻgʻli taxt uchun ma’lum imkoniyatlarga ega boʻlishdi. Shuning uchun, taxt vorisi vafotidan bor yoʻgʻi besh oy oʻtgach, 729-yilda Nagayga qarshi zudlik bilan choralar koʻrildi. Ikki kichik amaldor – Nuribe-no Miyatsuko Kimitari va Nakatomi-no Miyako imperatorga Nagayaning qurollanish bilan shugʻullangani va uni agʻdarishni rejalashtirgani haqida xabar berishdi. Keyin Shomu Fujivaraga Nagayaning uyini oʻrab olishni buyurdi, uning butun oilasini oʻz joniga qasd qilishga majbur qildi. Shunday qilib, Nagaya va uning bolalari taxt uchun kurashda raqib sifatida yoʻq qilindi.
Mish-mishlarga koʻra, Nagaya shahzodasiga tuhmat qilingan. Buddist afsonalari va urf-odatlari toʻplamida "Nihon ryokki" da shunday deyilgan: "Bir odam shahzodaga tuhmat qilish uchun imperator huzuriga kelib " Shaxzoda isyon koʻtarib, taxtni egallab olmoqchi " dedi. Hukmdor gʻazablanib, jangga qoʻshin yubordi. Shahzoda “Menga tuhmat qilishdi va albatta oʻldirishadi. Boshqalar tomonidan oʻldirilganidan koʻra, oʻzimni oʻldirganim yaxshiroqdir" deb bolalarga zahar berib, boʻgʻib oʻldirgan, keyin u zaharni oʻzi ichgan va oʻlgan ».
Nagayaning vafotidan soʻng Fujivaraning ustunligi 737-yilgacha davom etdi. Ushbu davrda Konfutsiylik ta’limotini hurmat qilish marosimi poytaxtdagi amaldorlar maktabida oʻtkaziladigan bo‘ldi, iqtidorli oʻquvchilarga moddiy yordam koʻrsatildi, xitoy tili darslari ragʻbatlantirildi, ta’lim jarayonining oʻzi qayta tashkil etildi va uni birin-ketin takomillashtirish choralari koʻrildi. Kundaliklarda Xitoydan fanning turli sohalariga oid kitoblarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi habar alohida oʻrin tutadi. Nagay vafotidan soʻng, budda cherkovining ta’sirini cheklash uchun hech qanday choralar koʻrilmadi bu, ehtimol, oʻtgan siyosatning ma’lum inertsiyasiga bogʻliq. Ammo 734-yil boshida Fujivara-no Muchimaro vazir boʻlgandan soʻng, rohiblarning savodsizligi va qonunlarga beparvo munosabati haqida farmon chiqadi. Biroq, bu davrda Konfutsiylik va Buddizmga nisbatan siyosat oʻrta meʻyorda edi.


Download 158,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish