Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari. Ijtimoiy sohada islohotlaming ikkinchi bosqichi 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-avgustda qabul qilgan «Kam ta’minlangan oilalami ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni bilan boshlandi. Farmonga asosan 1994-yil 1-oktyabridan aholini davlat tomonidan ijtimoiy himoyalashning butunlay yangi – kam ta’minlangan oilalarga har oyda beriladigan moddiy yordam turi joriy etildi.
Uning yangiligi yana shundaki, kam ta’minlangan oilalarga davlat tomonidan beriladigan moddiy yordam, fuqarolaming o‘zini-o‘zi boshqarish organlarihisoblangan mahalla qo'mitalari orqali amalga oshirish ko‘zda tutildi. Kam ta’minlangan oilalami aniqlash va ularga moddiy yordam tayinlash mahalla yig‘inlariga yuklatildi.
Ishning ilmiy yangiligi. Joriy yilning sentabr oyida Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O‘zbekistonning yaqin besh yildagi taraqqiyot strategiyasidan ko‘zlangan maqsadlar, belgilangan vazifalarni amalga oshirish tamoyillarini jamlagan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritilgan. Ushbu asar “Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirgi davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’naviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir”, so‘zlari bilan boshlanadi.
Amaliy natijalar. Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi institutining samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish.1
Nazariy uslubiy asosi. Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlaming pasayishi, o‘z navbatida, aholining turmush darajasiga ham ta’sir ko‘rsatib, yashash sharoitlarining ogirlashuviga sabab boidi. 0‘sha davrda kun kechirish uchun oyiga o‘rta hisobda kamida 85 so‘m zarur bo’lgani holda, 75 so‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi Ittifoq bo‘yicha 12 foizdan sal ko‘proq boisa, 0 ‘zbekistonda bu ko‘rsatgich 45 foizga etgan, ya’ni 8 million 800 ming kishini tashkil etgan. Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari: sogMiqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolda bo‘lib, maktab va kasalxonalaming 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan1. Bu esa o‘sha davrda insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifati da ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham etishmaganini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |