I BOB.MUSTAQILLIK ARAFASIDA IJTIMOIY HOLAT
Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat
XX asrda 70-yildan ko‘proq vaqt hukmron bo‘lgan, dunyo xaritasida “Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi” degan nom bilan katta hududni egallagan, soxta kommunistik mafkuraga, ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik mamlakatdagi to‘g‘ri bo‘lmagan, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 1980-yillaming oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida 0‘zbekiston aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab muammolar iskanjasiga solib qo‘ydi Xususan:
- respublikada demografik vaziyatning murakkablashdi. Statistik ma’lumotlar tahlili aholi ro‘yxatga olingan davr oralig‘ida, ya’ni 1979-1989-yillar davomida respublikada jami aholi soni 15379,4 ming kishidan 19810,0 ming kishiga yoki 28,8 foizga ko‘payganini ko‘rsatadi. Bu davrda aholining o‘rtacha-yillik o‘sish sur’ati 2,8 foizni tashkil qilgan. 1991-yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million kishidan ortib, 1990-yilga nisbatan 386,0 ming kishiga o‘sgan. Bu esa 0’zbekistonda aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaragandauch barobardan ziyod yuqori bo’lganini ko‘rsatadi. Biroq, aholining bunday o‘sishi uzoq-yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlamiyaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining og‘irlashuvi, ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining pasayishiga olib keldi;
- respublika iqtisodiyotining biryoqlama, haddan tashqari nomaqbul ixtisoslashtmlishi natijasida qishloq xo‘jaligi bilan bir qatorda sanoatda ham asosan xom ashyoni birlamchi qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qilib, tayyor mahsulot, avvalo, xalq iste’moli mollari ishlab chiqaruvchi tarmoqlaming ulushi juda past edi. Qishloq xo‘jaligi xom ashyosining talaygina hajmi (paxta tolasi, xom ipak va boshqa ko‘pgina xom ashyo mahsulotlari) respublikadan olib ketilgan bir vaqtda aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun 8-9 milliard so‘mlikka yaqin tayyor mahsulot chetdan olib kelingan. O‘zbekistonda aholini ish bilan ta’minlash imkonini beruvchi elektronika, asbobsozlik, radiotexnika, murakkab ro‘zg‘or texnikasi ishlab chiqarish kabi va boshqa ko‘pgina ilg‘or tarmoqlar qoniqarli rivojlantirilmagan. Aksincha, respublikada suv ko‘p sarflanadigan va zararli ishlab chiqarishlar asossiz ravishda rivojlantirildi;
- ishlab chiqaruvchi kuchlar va awalo, sanoat obyektlari asosan stixiyali ravishda, aniqrog‘i, buyruqbozlik bilan qabul qilingan qarorlar asosida, ko‘pincha ilm-fan vakillari, bilimli va obroii mutaxassislaming tavsiyalari mutlaqo e’tiborga olinmay joylashtirilgan. Bu esa respublika iqtisodiyoti hamda aholi punktlarining ekologiyasiga salbiy ta’sir o‘tkazib, aholining hayot ta’minotiga, odamlaming yashashi va uyg‘un kamol topishi uchun zarur sharoitlami yaratish imkonini bermagan;
- respublikadagi ijtimoiy ahvolning, odamlaming ijtimoiy ta’mmoti va ulami ijtimoiy himoya qilishning mutlaqo qoniqarsizligi. Ayniqsa, qishloq aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suv bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sogiiqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat obyektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi. Yuqorida qayd etilgan holatlar 0‘zbekiston aholisi daromadlari va turmush darajasining keskin pasayishiga olib keldi. Bu davrda respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada boiib, mamlakatda oxirgi o‘rinlardan biriga tushib qoldi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o‘rinni, daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlami iste’mol qilish jihatidan eng oxirgi o‘rinlardan birini egallab keldi2. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan 2
barobar, xalq iste’moh mollari ishlab chiqarish bo‘yicha 2,5 barobar, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan 2,5 barobar, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa 2 barobar, aholining o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari iste’moli bo‘yicha 2 barobar orqada qolgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlaming pasayishi, o‘z navbatida, aholining turmush darajasiga ham ta’sir ko‘rsatib, yashash sharoitlarining ogirlashuviga sabab boidi. 0‘sha davrda kun kechirish uchun oyiga o‘rta hisobda kamida 85 so‘m zarur bo’lgani holda, 75 so‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining ulushi Ittifoq bo‘yicha 12 foizdan sal ko‘proq boisa, 0 ‘zbekistonda bu ko‘rsatgich 45 foizga etgan, ya’ni 8 million 800 ming kishini tashkil etgan. Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari: sogMiqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir ahvolda bo‘lib, maktab va kasalxonalaming 60 foizi nobop binolarda joylashtirilgan3. Bu esa o‘sha davrda insonning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, uning shaxs sifati da ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin, ko‘pincha yashash uchun kerak bo‘lgan eng oddiy narsalar ham etishmaganini ko‘rsatadi. Markazning respublikada paxtachilikni rivojlantirish siyosati oqibatida mineral o‘g‘itlar va pestisidlardan keng foydalamshga olib keldi va u-yildan-yilga ortib bordi. Jumladan, respublikada 1951- yilda 0,9 mln. tonna mineral o‘g‘it ishlatilgan bo‘lsa, 1980-yilda uning miqdori 5 mln. tonnadan oshib ketdi. G‘o‘za barglarini to‘kish va zararkurandalarga qarshi kurashda zaharli ximikatlar (butifos, merkaptafos va boshq.) dan foydalanildi. Dunyo bo‘yicha pestisidlar har bir kishiga 300 gr. dan, AQSh da 800 gr. dan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 1989-yil respublikaning paxta ekiladigan hududlarida har bir kishiga 25-45 kg. danto‘g‘ri keldi. 0 ‘ta zaharli bu ximikatlar respublikaning aholisi sog‘ligiga jiddiy zarar etkazdi. Qishloq xo‘jaligining ekstensivyoidan rivojlantirilishi, totalitar rejimning sug‘orish texnologiyasiga qo‘pol aralashuvi og‘ir ekologik oqibatga olib keldi. Suv zaxirasini o‘ylamay yangi yerlaring o'zlashtirilishi dunyodagi eng katta ko‘llardan biri - Orol dengizining qurishiga olib keldi. Orol dengizining qurishi 1960-70-yillarda-yiliga 18 sm, 1971-1980-yillarda 53 sm, 1981-1985-yillarda 78 sm, 1985- yilga kelib esa 87 sm. ga etdi. 1961-yildan 1991-yilgacha dengiz hajmi 3 baravar qisqardi, dengiz o‘z qirg‘og‘ida 75-80, ba’zi joylarda 100 km ga chekindi. 1980-yillaming boshida Orol dengiziga suv kelishi deyarli butunlay to‘xtab, nodir suv makoni quriy boshladi. Natijada tuz va qumdan iborat 2 mln. gektar may don ochilib qoldi. Hukmron partiya va sovet davlatining respublikada shakllangan demografik vaziyatni hisobga olmagani natijasida respublikada bandlik muammosi dolzarblashdi. Ma’lumki, sho‘rolar davrida ishsizlik faqat kapitalizmga xos illat sifatida qarab kelindi. 0‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari e’tiborga olinmay, respublikamizgaxos demografik jarayonlar chuqurroq tahlil qilinmadi. Natijada 80-yillarning lkkinchi yarmidan boshlab mazkur muammo ko‘zga tashlana boshladi. Bir tomondan mehnat resurslari sonining o‘sishi tezlashdi, ikkinchi tomondan, yangi ish joylari tashkil qilish deyarli to‘xtab qoldi.39Binobarin, respublikada mehnatga layoqatli boigan 1.680 ming kishi xalq xo‘jaligiga jalb qilinmadi. Ulardan 780 ming mehnatga layoqatli bo‘lgan aholi ortiqcha ishchi kuchi sifatida ishlab chiqarishdan chetda qoldi. Ayniqsa, aholi o‘ta zich joylashgan Farg‘ona vodiysida ishsizlik masalasi yanada o‘tkir muammoga aylandi. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko‘ra, faqatgina Farg'ona vodiysining o‘zidagina 1,5 mln. kishi normal ish bilan ta’minlanmagan edi. Mana shunday qiyin sharoitda markaz respublikadagi ijtimoiy-demografik holatni hisobga olmagan holda va uni markazga qaramligini yanada mustahkamlash
maqsadida, tashqaridan (asosan RSFSRdan) 125 minggayaqin ishchi va mutaxassislar 0 ‘zbekistonga olib kelindi.Umuman olganda, ta’kidlash zarurki, ayrim respublikalar va avtonom tuzilmalarning ham, ayrim muammoli mintaqalaming (jumladan, Farg‘ona vodiysining) ham ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish ehtiyojlarini etarlicha hisobga olmaslik ijtimoiy norozilik darajasining oshishiga, ba’zan mojarolar xususiyatiga ega bo‘lishiga olib keldi. 1989-yilda Farg‘ona viloyatida, 1990-yilda Bo‘ka, Parkent, Andijonda bo‘lgan voqealar ana shundan dalolat beradi. 1989-yil iyun oyi oxirida respublika rahbariyatiga Islom Karimov kelishi bilan yuzaga chiqqan tizim tanazzuli va ijtimoiy hayotdagi chuqur inqiroz bilan bog‘liq destruktiv muammolar va ziddiyatlami hal qilish uchun amaliy choralar ko‘rildi. Respublikaning yangi rahbariyati nafaqat voqealaming borishini o‘zgartira oldi (masalan, Farg‘ona viloyatidagi millatlararo mojaro keng yoyilishining oldi olindi), balki diniy-ekstremistik tashkilotlar faollashuvidan kelayotgan tahdidlami ham bartaraf etdi.
Respublikada shakllangan vaziyat iqtisodiy tanazzulning oldini olish, ijtimoiy sohadagi ziddiyatlami yumshatish va eng asosiysi - ijtimoiy mojarolami bartaraf etish bo‘yichatezkor choralar ko‘rishni talab qilardi. Bevosita Islom Karimov rahbarligida respublikada tartibsizliklaming oldini olish, huquqiy tartibotni saqlab qolish hamda aholining eng asosiy va hal etilishini kechiktirib bo’lmaydigan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan preventiv choralar ko‘rildi. Islom Karimov tashabbusi bilan 1989-yil 17-avgustda “Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa er bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlami yaratib berish haqida” qaror qabul qilindi. Shu-yilning o‘zidayoq aholiga 350 ming gektar yer berish masalasi hal qilindi. Ushbu inqirozli-yillarda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari tovar xo‘jaligining mustaqil elementi sifatida qonuniylashtirish va ularda ishlovchilarni esa ijtimoiy foydali mehnat bilan band kishilar deb e’tirof etish, shubhasiz, aholining tovarlar va oziq-ovqatga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida respublikada iqtisodiy bazani rivojlantirish yo‘lida tashlangan eng muhim qadamlardan bo‘ldi. Ma’lumki, “sovetlar mamlakati” mavjud bo‘lgan turli davrlarda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar jamoat xo‘jaligiga qo‘shimcha hisoblangan, ammo har doim uning tugatib bo’lmas xususiy mulkchilik xarakteri tufayli ma’muriy jihatdan cheklab kelingan. Ayrim tadqiqotchilar uni “o‘lib borayotgan”, “o‘tish davri” shakli ekanligini isbotlashga harakat qilganlar. Amalda esa shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar nafaqat “qo‘shimcha” edi, balki sovet davri jamiyatining iste’mol savatini to‘ldirishda salmoqli hissa qo‘shardi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 0‘zbekiston 1980-yillar oxirida ushbu xo‘jaliklar ekin maydonlarining 3% ni egallagani holda, yalpi mahsulotning 25% gacha va qishloq xo‘jaligida yaratilgan milliy daromadning 33% gacha, go‘shtning 50% ni, sutning 64% ni, sabzavotlaming 44% ni ishlab chiqargan va h.k. 0 ‘tish davrining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklari davrida bu xo‘jaliklar respublika oziq-ovqat bazasini to'ldirishning yetakchi manbalaridan biriga aylandi, bu esa, o‘z navbatida, ulaming keskin ijtimoiy muammolarini hal qilishdagi rolini oshirardi. Buni inobatga olgan respublika rahbariyati keyingi-yillarda ham shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardagi yer maydonlarini kengaytirish siyosatini yuritdi. Natijada 1992-yilga keliboq 2,5 mln.ta oila ilk bor yer maydoni oldi, yo o‘z maydonlarini kengaytirish imkoniga ega bo’ldi, ulaming umumiy maydoni esa 550 ming gektardan oshib ketdi, tomorqaning o‘rtacha maydoni esa 20 sotixdan oshdi. Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda band boigan aholi soni 1,3 mln. kishiga etdi, uning xalq xo‘jaligiga jalb etilgan mehnat resurslari tarkibidagi ulushi esa 14,2% ga etdi. Umuman mustaqillik arafasi va uning dastlabki-yillarida uy-joy qurish va dehqonchilik bilan shug‘ullanish uchun 2,5 million oilaga 700 ming gektar sug‘oriladigan yer tomorqa uchun ajratib berildi4. Bu eng og‘ir o‘tish davridajamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, ayniqsa, qishloq aholisi turmush darajasi tushib ketishining oldini olish imkonini berdi. Prezident farmonlari, qonunlar hamda Oliy Kengash va respublika hukumatining qarorlari shaklidagi chora-tadbirlar majmui 1980-90-yillar chegarasida eng muhim xalq xo‘jaligi masalalarini mustaqil ravishda hal qilish, ijtimoiy barqarorlikni, siyosiy suverenitetni, iqtisodiy mustaqillikni va milliy tiklanishni ta’minlashga qaratildi. Respublikada o‘sib borayotgan ishsizlikni to‘xtatishga qaratilgan “Bandlik” davlat dasturining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi ushbu jarayonlaming aniq ifodasi boidi. 1989-yil iyul oyidaPrezidentning qishloq aholisini ichimlik suvi vatabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilash to‘g‘risidagi farmoni chiqdi. Shunday qilib, XX asming 80-yillar oxiri va 90-yillar boshlarida Farg‘ona vodiysidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni tahlili bu erdagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat - tarixiy meros, iqtisodiy-demografik jarayonlaming ikki yoqlama (dual)ligi, ishlab chiqarishning agrar sohaga ixtisoslashuvi, qishloq aholisining ko‘pchilikni tashkil etishi bilan bog’liq bo’lganini ko‘rsatdi5. Asosiy muammo borgan sari oshib borayotgan ijtimoiy-demografik omilning ijtimoiy infratuzilmaning notekis rivojlanishi bilan nomuvofiqligida edi. Ittifoq rahbariyatining milliy siyosati mintaqa aholisining o‘ta og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga qo‘shilib, ijtimoiy-siyosiy va millatlararo vaziyatning izdan chiqishiga olib keldi. Ana shunday natijalar bilan respublikamiz 1990-yillarga etib keldi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki-yillarida sovet mustabid tuzumidan qolgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tanglik o‘z aks-sadosini bera boshladi. Bu ayniqsa o‘tish davriga kelib, yangi yosh davlatimiz kelajagi va taraqqiyotiga xavf soluvchi omilga aylanishi, mamlakatdagi milliy xavfsizlik va barqarorlik masalalariga, fuqarolaming tinch osoyishta kun kechirishiga tahdid solishi tabiiy edi. Jahon amaliyoti shunday dalolat beradiki, har bir jamiyat o‘z tarixiy taraqqiyot davomida sifat jihatidan yangi holatga o‘tishida bir qator qiyinchiliklarga duch keladi. Eskilik va yangilik o‘rtasida murosasiz kurash, oldingi tizim sarqitlarining boshlab yuborilgan islohotlarga to‘g‘anoq boiishi, o‘tish davrining, ayniqsa, dastlabki yillarida sobiq tizim davridan meros bo‘lib qolgan va yangi voqeliklar ta’sirida vujudga kelgan muammolaming zaddiyatli tus olishi, va oxir-oqibatda ziddiyatlar to‘planib barqarorlikning izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Bulaming barchasi salbiy jihatlari bilan aholi yelkasiga tushadi, ayniqsa, aholining muhtoj tabaqalarini mushkul ahvolga solib qo‘yadi. Bu esa jamiyatda ijtimoiy keskinlikni kuchayishiga sabab bo‘ladi. SSSR parchalanib, uning hududida paydo bo‘lgan yangi mustaqil davlatlar bosib o‘tgan qisqa davr tarixiy jarayonl arming tahlili yuqorida qayd etilgan fikrlami tasdiqlamoqda. Chunonchi, bir qator mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlagan yangi davlatlar bozor munosabatlariga o‘tish jarayonini uzoq, davomli jarayon sifatida tan olmadilar, yangi jamiyatni qisqa muddat ichida barpo qilish yoiidan borib, ko‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |