1.2.Bozor munosabatlariga o’tish davrida ijtimoiy himoya
Respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov shulami e’tiborga olib, «milliy davlatchilikni shakllantirish demokratik islohotlami amalga oshirish, iqtisodiyotni bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tkazish hamda bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor berish zarur», deb ta’kidlagan edi. Shu sababli, jahon tajribasi va o‘z amaliyotimizdan, tarixiy taraqqiyotimizdan olingan jamiyki foydali tajribalami rad etmagan holda 0‘zbekiston bozor iqtisodiyotini qurishda o‘ziga xos yo‘ldan borib, ijtimoiy sohaga kuchli e’tibor qaratdi. 0‘zbekistoning o‘z yangilanish va tarakqiyot yoiiga asos qilib olingan etakchi tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosat quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi:
Birinchi bosqich - 1991-1994-yillami o‘z ichiga olgan boiib, unda sobiq tuzumdan meros boigan ijtimoiy tizim bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashtirilib, dastlabki-yillardagi ijtimoiy sohadagi muammo va qiyinchiliklami yumshatishga, ulami hal etishga qodir bo‘lgan mutlaqo yangi ijtimoiy tizimga asos solindi. Iqtisodiy islohotlar chuqurlashgani sari ijtimoiy tizim ham takomillashib bordi hamda aholini ijtimoiy himoyalashga qara-tilgan xarajatlar va o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan ijtimoiy himoya choralari muvofiqlashtirilib yoki bartaraf qilib borildi. Bundan asosiy maqsad, narxlami erkinlashtirish sharoitida aholi daromadlari va birinchi navbatda eng kerakli iste’mol mahsulotlarini iste’mol qilishning pasayib ketishining oldini olish edi6.
Ikkinchi bosqich - 1995-yildan boshlandi. Bunda ommaviy ijtimoiy himoya tizimidan butunlay o‘zgacha, maqsadli va adresli xarakterga ega boigan himoya tizimiga o‘tish amalga oshirila bordi. Bu davrda iqtisodiy o‘sish boshlanishi bilan aholining yangi erkin bozor iqtisodiyotiga ko‘nikma hosil qilishi va unda bevosita ishtirok etishi kuzatildi. Shuning uchun aholining yashash darajasi, uning
uchun shart-sharoitlar yaratilishi va barqarorlashishi bu davming o‘ziga xos xususiyatlariga aylanib bordi. Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki davridan respublikahukumati va Prezidenti tomonidan bir qator huquqiy xujjatlar qabul qilindi. Mustaqillikning dastlabki-yillarida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan nogironlami ijtimoiy himoya qilish, davlat pensiya ta’minoti, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fqarolaming sogiig‘ini saqlash haqida va boshqa shu kabi respublika Qonunlari, hukumat qarorlari va Prezident Farmonlari qabul qilindi. Masalan, Respublika Prezidentining aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalami oshirish to‘g‘risida, ko‘p farzandli oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bir qator Farmonlari qabul qilindi. 1992-1996-yillar mobaynida faqatgina ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni oshirishga qaratilgan 10 dan ortiq Prezident Farmonlari va 5 ta respublika hukumati qarori qabul qilindi. Masalan, 1992-1994-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalaming eng kam miqdori bir necha bor oshirildi, ulaming miqdorlari bu davrda tegishli ravishda 428 baravar va 1230 baravar ko‘paytirildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi «1993-yil 1 yanvardan boshlab mehnatga haq toiashning yagona tarif stavkasini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorining joriy etilishi hamda davlat tomonidan belgilangan ish haqi va pensiyalaming eng kam miqdoridan soliq olinmasligining joriy qilinishi aholini ijtimoiy himoyalashda muhim ahamiyat kasb etdi. Umuman, qabul qilingan bu qonuniy hujjatlar o‘tish davrining eng og‘ir sanalgan dastlabki yillarida Respublika Prezidenti va hukumatikuchli ijtimoiy siyosat yurgizganligidan dalolat beradi. Shuningdek, Respublika Prezidentining 1991-yil 29-dekabrda «Erkin narx belgilash munosabati bilan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonining qabul qilinishi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida narx-navoning erkinlashtiri 1 ishi munosabati bilan aholini ijtimoiy himoya qilish, uni eng kerakli mahsulotlar bilan ta’minlash va ana shu eng zarur ehtiyoj mollari narxlarini davlat tomonidan belgilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Masalan, 1992-1994-yillarda non va un mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut, qand-shakar, o‘simlik moyi, kir sovun, bolalarga kerakli ayrim mollar, kommunal va transport xizmatlari uchun davlat dotasiyalari qisman saqlab turildi. Shu narsa e’tiborga loyiqki, respublika xalq xo‘jaligi asosan xom ashyo etishtirishga moijallanganligi va aksariyat mahsulotlar
chetdan keltirilishiga qaramasdan aholiga ana shu iste’mol mollari arzon narxda sotildi. Masalan, 1992-yilda respublikamizda ishlab chiqarilgan 100 ming t., chetdan keltirilgan 350 ming t. go‘shtning har bir kilosi aholiga 400 so‘mdan sotildi. Vaholanki, uning haqiqiy xarid narxi 750 so‘mni tashkil etgan edi. Bundan tashqari olib kelingan shakarning har bir kilosi 315 so‘mdan tushgani holda, 200 so‘mga sotildi. Bug‘doyning har bir kilosi 105 so‘m boigani holda 1 kg un 30 so‘mga sotildi. 1 kg choy 650 so‘mga olinib, aholiga 250 so‘mga sotildi52 0 ‘rtadagi tafovut davlat tomonidan qoplanib borildi va bu aholiga ijtimoiy jihatdan katta yordam bo‘ldi. Ayni vaqtda qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlaming butun bir majmui: boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari va yolg‘iz pensionerlar uchun bepul nonushtalar, ikki yoshgacha boigan bolalar uchun bepul ovqat, barcha maktab o‘quvchilari va studentlar uchun ovqatning arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar amal qilib turdi. Ko‘pgina toifadagi fuqarolarga turar-joyi shaxsiy mulk qilib bepul berildi, ba’zi turdagi kommunal xizmatlar haqim toiashda engilliklar joriy etildi va hokazo. Ammo, 0‘zbekiston Respublikasi bu davrda o‘z valyutasiga ega emasligi, muomalada esa 1961-1992-yillarda chiqarilgan rublning bo‘lganligi, ayrim oziq-ovqat va sanoat mahsulotlariga o‘zining tannarxiga qaraganda arzon narx belgilanganligi uchun ularni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish avj ola boshladi va mamlakatimizda aholini asosiy iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlashda qiyinchiliklar yuzaga keldi.
Shuning uchun bunday kamchiliklarga barham berish maqsadida 1991-yil 16-noyabrda «Respubhkaning davlat ta’minotidagi aholini turmush darajasiga madad berish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident Farmoni, shuningdek, 1993-yil 12-noyabrda « 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida baravar to‘lov vositasi sifatida «so‘m-kuponlar»ni muomalaga kiritish to‘g‘risida», 1993-yil 22-noyabrda «Respublika iste’mol bozorini himoya qilish va pul muomalasini mustahkamlash borasidagi qo‘shimcha choralar to‘g‘risida»0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasning qarorlan qabul qilindi. Bundan tashqari, iste’mol molarini sotib olish uchun mo‘ljallangan «bir martalik va ko‘p martalik» kuponlaming muomalaga kiritilishi ichki bozorni himoya qilib, barcha zarur oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik xarid mollarini savdo tarmog‘iga chiqarib turishni ta’minladi va ulami iste’mol qilish hajmlarini kamaytirmaslik imkonini berdi. Umuman olganda, ijtimoiy sohada o‘tkazilgan islohotlaming dastlabki bosqichi o‘zini oqladi, ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan ijtimoiy siyosat o‘z oldiga qo‘yilgan barcha vazifalami to‘la-to‘kis bajardi. «Shu bilan birga ijtimoiy himoyalashning mavjud tizimi (ya’ni birinchi bosqich) chuqur tahlil etilganda uning
kamchiliklari, isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi va ijtimoiy samarasi yetarli emasligi ayon boiib qoldi»7. Chunki turli hil dotasiyalar, nafaqalar va imtiyozlardan aholining muhtoj qismi bilan birga, o‘ziga to‘q fuqarolar ham bab-baravar foydalanar edi. Bundan tashqari, respublika byudjetidan aholini ijtimoiy himoyalashga sarflanayotgan mablag‘lardan joylarda to‘g‘ri foydalana bilmasligi natijasida nafaqalar va imtiyozlar hamda me’yorlashtirilgan iste’mol mahsulotlari doimo o‘z egasini topmadi. Eng muhimi yana shundaki, «Butun aholini qamrab olishga urinadigan, haqiqiy ijtimoiy samarasi past, tekischilik usulidagi taqsimlash vositasiga egaboigan juda beso‘naqay tizimning vujudga kelishi aholining ko‘pchilik qismi ongiga singib ketgan boqimandalik kayfiyatini butunlay o‘zgartirish g‘oyasiga ham zid edi. Ammo shunga qaramay, kuchli ijtimoiy siyosatning dastlabki bosqichining shu yo'nalishda borishi davr taqazosi edi, bundan o‘zga chora ham yo‘q edi.Dastlabki bosqichning kamchiliklariga islohotlaming ikkinchi bosqichida barham berildi. Chunki, milliy valyutamizni kiritilishi natijasida 1995-yildan boshlab oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda sotishdan voz kechildi va erkin narxlarga o‘tildi. Bunda islohotlaming birinchi bosqichida to‘plangan tajriba va keyingi bosqichga o‘tish uchun shart-sharoit yaratilishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |