I bob Musiqa va ma’naviy tarbiya I barkamol shaxs tarbiyasi va musiqa


 Musiqa  tarbiyasini keng yo’lga qo’yish



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/33
Sana31.12.2021
Hajmi1 Mb.
#205862
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
yoshlarni tarbiyalash va yangi insonni kamol toptirishda musiqa sanatining orni (5)

2.2.  Musiqa  tarbiyasini keng yo’lga qo’yish 

maktab va mahalla hamkorligi. 

 

Barchamizga ayonki, kuy-qo‘shiqqa, san‘atga muhabbat, musiqa madaniyati 



xalqimizda bolalikdan boshlab, oila sharoitida shakllanadi. Uyda dutor, doira yoki 

boshqa  cholg‘u  asbobi  bo‘lmagan,  musiqaning  hayotbaxsh  ta‘sirini  o‘z  hayotida 

sezmasdan  yashaydigan  odamni  bizning  yurtimizda  topish qiyn  desak  mubolag‘a 

bo‘lmaydi.  Eng  muhimi,  bugungi  kunda  musiqa  san‘ati  navqiron  avlodimizning 

yuksak  ma‘naviyat  ruhida  kamol  topishida  boshqa  san‘at  turlariga  qaraganda 

ko‘proq ta‘sir qiladi.  

Tarbiya  jarayonida   yurtni e'zozlash, Vatanga  bo'lgan  munosabatni  oshirish 

an'anaviy  tarbiyalash  orqali  ko'proq  namoyon  bo'ladi.    Inson  uchun  ona  kabi 

muqaddas  va  mo''tabar  ekanligini,  insonda  bitta  ona  bo'lganidek,  Vatan  ham 

yagonaligini bizlar ana shunday mavzular orqali o'qib, o'rganish bu  - ma'naviyat 

belgisidir.  Ko'rgazmali  vosita  sifatida  musiqaasarining  nota  yozuvi,  asarning 

ritmi  yoki  tempini  aniqlashda  foydalaniladigan  grafik  chiziqlar,  musiqaostidagi 

harakatlar,  asar  mazmuniga  mos  rangli  rasmlar  yoki  ashyolar  musiqadarsida 

namoyish  qilib  ko'rsatilishi  mumkin.  qozirgi  vaqtda  o'quv  jarayonida  turli  xil 

texnika  vositalari:  kino  va  boshqa  proeksion  apparaturalar,  tovush  yozish 

apparatlari  va  boshqalardan  foydalanib  namoyish  qilish  keng  tarqalmoqda. 

Ko'rgazmali  qurollar  turlicha  ahamiyatga  ega  bo'ladi.  Ular  bir  qolda  faqat 

namoyish  qilinadi.  Ikkinchi  qolda  esa  abstraksiyani  shakllantirish  jarayonini 

yengillashtiradi.  Ko'rgazmali  qurollar  yordamida  vujudga  keltiriladigan  aniq 

qissiy  obrazlarga  tayanish  abstrakt  qoidalarni  o'zlashtirish  jarayonini 

engillashtiradi,  bilimlarning  tushunarlilik  darajasini  oshiradi.  Masalan,  nota 

xaqida dastlabki  tushuncha berish paytida nota tayoqchalari, applikasiyalar, rasm 

chizilgan kartonlar va qokazolardan foydalaniladi. Ko'rgazmali qurollar, ayniqsa, 

musiqasavodidan olgan bilimlarini sistemaga solishda va boyitishda, shuningdek, 

o'quvchilarning fikr yuritish faoliyatini faollashtirishda yordam beradi.   



 

Ta'lim jarayonida ko'rgazmali quroldan musiqao'qituvchisining biror oqzaki 

bayonini  yoki  izoqsiz  foydalanishini  tasavvur  qilish  qiyin.  Ko'rgazmali  vosita 

hamisha  o'qituvchining  so'zi  bilan  o'zaro  aloqada  va  muayyan  munosabatda 

bo'ladi.  O'quv  jarayonida  ko'rgazmalilik  tamoyilini  qo'llashning  muqimligini 

musiqadarsi  jarayonida    o'rganilayotgan  mavzu  va  musiqaasarlarini  qissiy  idrok  

etishga,  ularni  "jonli  mushoqada"  qilishga,  bilish  faoliyatida  aniq  va  mavqum, 

qissiy, mantiqiy  va nazariy elementlarning birligiga katta o'rin beruvchi nazariya 

nuqtai  nazaridan tushintirish mumkin.  

Qadimdan  ma‘lumki,  xalqimiz  orasida  siyosatdan  mutlaqo  uzoq  bo‘lgan, 

oddiy  mehnatkash  dehqonlar,  hunarmand-kosiblar,  ishchi-xizmatchilarning  ham 

qalbi  toza,  bir-biriga  mehribon,  qadr-qimmatni  yuksak  darajada  ko‘radigan 

insonlarp  ko‘pchilikni  tashkil  etgan.‖  O‘zi  och  bo‘lsada,  qo‘shnisining  bemor 

farzandiga  rizqini  berib,  ko‘nglini  olgan.  Ana  bizning  milliyligimiz, 

insoniyligimiz...‖

13

 



Bizga  ma‘lumki,  musiqa  o‘qituvchisi  darsda  eng  muhim  faoliyat  turini 

tashkil  etadigan  qo‘shiq  o‘rgatish  jaryonida  o‘zaro  hurmat  ko‘nikmalarini,  odob-

axloq  qoidalarini,  oddiy  xalqimizning  xalqchilligidan  olib,  yosh  avlodga 

yetkazishimiz  lozim.  Hozirgi  zamon  ayrim  yoshlarimizning  tarbiyasi  ayanchli 

xolatda.  Xatto  zo‘r  iqtidor  egasi  bo‘la  turib,  nojo‘ya  yo‘llarga  kirib  ketayotgan 

yoshlarimiz ham uchramoqda.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                              

13

 

O‘zbek xalq musiqa ijodi. 1- kism. T. 1994 y.



 


 

Shuning   uchun yoshlarni bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli  ta‘minlashimiz, o‘zaro 

bahs-munozarali badiiy kechalarni o‘tkazishimiz lozim. 

Ijtimoiy-ma‘naviy  qadriyatlar  aosida  yaratilgan  milliy  kuy-qo‘shiqlar  orqali 

tarbiya  jarayonini  yanada  takomillashtirishimiz,  ommaviy  tarzda  yondoshishimiz 

zarur. Bobolarimiz  o‘gitlari  hamda  bizga  qoldirgan  milliy  ohanglari  hamisha 

qalbimizda  yashaydi.  Yurtimiz  tinch,  osmonimiz  musaffoligiga  shukuronalar 

aytamiz. 

 

 

 



 

 

 



Ota-bobolarimiz asrlar mobaynida yaratgan buyuk asarlari, ijod na‘munalari, 

san‘at  va  madaniyat  borasida  qoldirgan  bebaho  meroslari  hozirgi  kunga  qadar 

asrab-avaylab  yosh  avlodga  yetkazib  kelinmoqda.  Har  bir  jamiyat  madaniyatsiz, 

san‘atsiz, musiqasiz, qadriyatlarsiz yashamagan va yashay olmaydi ham.  

 

San‘atga,  madaniyatga  befarq  qaragan,  ularni  pisand  qilmagan  jamiyat  va 



mamlakat  oxir-oqibatda  inqirozga  uchraydi.  Bu  tariximizda  bir  necha  bor  o‘z 

isbotini  topgan.  Milliy  madaniyat  va  san‘at  har  qanday  vaziyatda  ham  jamiyat 

taraqqiyotining  muhim  omillaridan  sanalgan.  Xalqi  ma‘naviy  jihatdan  qashshoq 

davlat  hech  qachon  porloq  istiqbolga  ega  bo‘lmaydi.  Musiqa  va  san‘atning 

rivojlanishida,  taraqqiy  etishida  buyuk  allomalarning  yuksak  iste‘dodlaridan 

foydalanish o‘rinlidir.  

 

Madaniyat  va  san‘atning  yuksalishida, xususan  musiqa  san‘atining  rivojida 



tarixning  burilish  davri keng  ahamiyatga ega. Sharqda xususan  Movarounnahr  va 

Xurosonda,  Markaziy  Osiyoda  ma‘naviyat  va  ma‘rifat  masalalariga  e‘tibor 

hamisha yuksak bo‘lib kelgan. 

 

Xalqimiz  azaldan  mehnatkashligi,  bir-biriga  sodiqligi  bilan  boshqa 



xalqlardan  ajralib  turadi.  Inson  hayotda  yashar  ekan,  uning  har  tomonlama 

yuksalishi  uchun  ajdodlarining  qay  darajada  bo‘lganligiga  bog‘liqdir.  Bizning 

buyuk  ajdodlarimiz  o‘zining  serviqor  g‘oyalari,  ibratli  va  hikmatli  nasihatlari, 

azaliy axloq-odobi hamda eng muhimi o‘ta bilimdonligi bilan farqlidir. 

 

Mashhur  mutafakkir  Bahouddin  Naqshband  muhtoj  insonga  yordam 



ko‘rsatish  ham  savobli  ish  sanalishini,  vatanparvarlikka  undashini  juda  ko‘p 

ta‘kidlaydi. Xatto kerak bo‘lsa namozni to‘xtatib yordam bermoq zarurligini aytib 




 

o‘tganlar.  Shu  sababli  insonparvarlik  tuyg‘usi  vujudga  kelgan  va  ko‘plab 

qo‘shiqlarda o‘z ifodasini topgan. 

 

Musiqa  asarlarini  ko'rgazma  vositalari  orqali  idrok  etish  katta 



imkoniyatlarga  egadir.  Eslab  qolishda    ko'rgazmalilikning  o'zi  emas,  balki 

ularning  nutq  va  amaliy  faoliyat  bilan  biriktirilishi    eng  yuqori  samaradorlikka 

ega    bo'ladi.  Bu  o'qitish  metodlarining  optimal  birikmasini  izlash  zarurligidan 

dalolat beradi. Ana shu aytilganlarga ko'ra bilishning o'qitish jarayonidagi yakka 

tarzda yo'lini qissiy hamdanazariy bilishning qaqiqiy birligi sifatida rejalashtirish 

va  tashkil  etish  kerak.  Musiqa  darsida  o'qitishning  ko'rgazmali  metodlarini 

qo'llash optimallik mezoniga muvofiq kelishligi uchun musiqao'qituvchisi ularni 

tanlayotganda bir qator alablarga rioya qilishi kerak.            

Masalan,  Musiqa  darslarida,  yangi  o'sib  kelayotgan  shaxsning  ma'naviyati 

rivojidagi  an'anaviy qo'shiqlarni o‘rganishning qiziharli  xaqidagi tushunchasini 

mustaqkamlashda  barcha  ta'lim  mutassadilari  qatori  musiqao'qituvchilari  ham 

jonbozlik  ko'rsatishlari  zarur.  har  bir  o'quvchi  musiqadarsiga  boshqa  darslardan 

ko'ra ko'proq qiziqadi. Bu davrda, o'qituvchilar zo'r ishtiyoq bilan darsga ishtirok 

etayotgan  o'quvchilarga      an'anaviy  qo'shiqchilik  qoyalarini  singdirib  borsalar  

maqsadga muvofiq bo'ladi.  

  O‗zbek xalq milliy qo‗shiqchilik san'atini yuksalishida mustaqillikdan so‗ng 

yaratilgan  qo‗shiqlarining  tarbiyaviy  ahamiyati  juda  kattadir.  Mamlakatimiz 

mustaqilikka  erishgach  yuqori  malakali,  zamonaviy  tafakkur  tarziga  ega  bo‗lgan 

bilimli mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida na'munali ishlar amalga oshirildi.  

  Agar inson o‗z milliy zamini hamda ildizlarini chuqur bilmas ekan va undan 

g‗ururlana olmas ekan, undan tom ma'nodagi vatanparvar chihishi qiyin.  

Mustaqillik  yillarida  musiqa  san'ati  uning  inson  uchun  tarbiyaviy  ahamiyati 

rivojlandi,  uning  qirralari  jilolandi.  Go‗zal  milliy  ohanglar,  ular  borasida  milliy 

an'analar tiklandi. Ulug‗ musiqashunos olimlarning ishlari qaytadan ko‗rib chiqildi. 

San'atimiz darg‗alari davlatimiz tomonidan yuksak mukofotlar bilan taqdirlandilar.   



 

  Musiqa  madaniyatiga  hissa  qo‗shayotgan  mutaxassislar  qalbida  milliy 

g‗urur, ona zaminga mehr-muhabbat tuyg‗ulari kamol topdi.   

  Ma'naviy  sohada  o‗z  ifodasini  topgan  musiqa  tarbiyasidagi  yutuqlar  

odamlarning,  xalqimiz,  millatimizning  axloqi  va  madaniyatida,  dunyoqarqshida 

ro‗y  bergan  sifat  o‗zgarishlari  mustaqillik  ilk  bosqichining  muvaffaqiyati 

hisoblanadi.  Mamlakatimiz  mustaqillikka  erishgach,  barcha  sohalar  kabi  milliy 

musiqa san'atiga e'tibor ham jiddiy tus oldi.   

Musiqa  madaniyati  insonni  tarbiyalaydi,  uni  ezgulikka,  kishilarni  yaxshilik 

qilishga undaydi.  

Birinchidan, har bir qo‗shiq musiqa orqali insonda yashirinayotgan qobiliyat 

va  iqtidorlarni  topish  imkoniyatini  yuzaga  keltiradi.  Ikkinchidan,  san'at 

odamlardagi  yomon  sifatlarni  bartaraf  etishga  yordam  beradi.    Milliy-madaniy 

merosni  o‗rganish  va  o‗zlashtirish  orqali  o‗zbek  millatiga  mansubligi  bilan 

faxrlanish hissini uyg‗otadi. Uchinchidan esa  san'at kishilarni jamiyatdagi mavjud 

kamchilik va muammolarni hal etishga  safarbar etadi.  

O‗zbek xalqining boshqa xalqlarda uchramaydigan andishalik, hayo, ibo, bir-

birini  qadrlashi,  odob-axloq  me'yorlarini  ham  musiqa  tarbiyalay  oladi.  Ba'zi  bir 

oramizda  uchrab  turadigan  nobakor  farzandlar  o‗z  ota-onalarini  xafa  qilgan 

paytlarida, radio orqali pand-nasihatga oid qo‗shiq tinglaganlarida o‗z vaqtida uzr 

so‗ragan paytlari ham bo‗lgan. Chunki  milliy  musiqa orqali insonda olijanoblik, 

ulug‗vorlik  yuzaga  keladi.    An'analarga  sodiqlik  tushunchalarini  yoshlar  ongiga 

sindirib borishda ularni g‗arbliklarga taqlid qilib kuylashni emas, balki milliy kuy 

va  qo‗shiqlarini  tinglashni,  o‗zlariga  tarbiyaviy  saboq  chiqarish  lozimligini 

o‗rgatish zarur.  

Ayniqsa, o‗quvchilarni ma'naviy tarbiyalash jarayonida milliy qadriyatlardan 

oqilona  foydalanib,  milliy  ohanglarni  his  eta  bilishni  shakllantirish  lozim.                                                              

Insonning  qaysi  millatga  mansubligi  faqat  g‗oyagina  emas,  balki  tuyg‗u  hamdir. 

Yigit-qizlarni  aqliy-axloqiy,  madaniy-ma'naviy  jihatdan  tayyorlamasdan,  fanga 

iste'dodli  yoshlarning  kirib  kelishini  ta'minlamasdan,  yoshlarni  zamonaviy  fan-

texnikaning    yutuqlaridan  bahramand  qilmasdan,  qo‗llab-guvvatlashdan  ularning 



 

qadriga  etmasdan,  ularga  ishonib-ishonmasdan  turib,  mamlakatimiz  ma'naviyatini 

rivojlantira olmaymiz. Shunday ekan, ularni ma'naviy barkamolikka erishishlarida 

milliy  musiqamizning  kuch-qudratiga  tayangan  xolda  ibratli  pand-nasihatga  boy, 

xalqona yo‗lda yaratilgan kuy va qo‗shiqlaridan foydalanishimiz zarur.  

Ustozlar  o‗tayotgan  har  bir  darsida  yoki    mashg‗ulotlarida  kuy-qo‗shiqni 

o‗rgatish  bilan  birga    albatta  tarbiya  ham  berib  boradilar.  Milliy  ohang  ta'sirida 

biror  g‗azalni  o‗qib  yoki  maqom  kuylaganda  o‗quvchilarda    ustozlarning  ibratli 

so‗zlari ko‗z o‗ngidan o‗tadi.  

Bu omillarning pedagogik ahamiyati, uning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga 

olib    yoshlarimiz  o‗zlariga  kerakli  xulosa  chiharsalar,  ma'naviy  qadriyatlar  va 

an'analar zamirida yaratilgan milliy kuy va qo‗shiqlarini o‗rganishimizda asqotadi.  

Biz darslarimizda qo‗shiq o‗rgatish jarayonida o‗zaro xurmat ko‗nikmalarini, 

odob-axloq  qoidalarini,  oddiy  xalqimizning  xalqchilligidan  olib,  yosh  avlodga 

yetkazishimiz  lozim.  Hozirgi  zamonda  ayrim  yoshlarimizning  tarbiyasi  ayanchli 

xolatda.  Xatto  zo‗r  iqtidor  egasi  bo‗la  turib,  nojo‗ya  yo‗llarga  kirib  ketayotgan 

yoshlarimiz ham uchramoqda. Shuning uchun yoshlarni bo‗sh vaqtlarini ko‗ngilli 

ta'minlashimiz, o‗zaro bahs-munozarali badiiy kechalarni o‗tkazishimiz lozim.  

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy-ma'naviy qadriyatlar asosida yaratilgan milliy 

kuy-qo‗shiqlari  orqali  tarbiya  jarayonini  yanada  takomillashtirishimiz,  ommaviy 

tarzda  yondashishimiz  zarur.  Biz  o‗zbeklar  To‗maris,  Alpomish,  Go‗ro‗g‗li-yu 

Muqanna, Manguberdilarning avlodimiz, ular bilan faxrlanamiz. Nodirabegimning 

iffati-yu  Kumushbibining  muhabbatidan,  uning  vafosi-yu  odobidan  o‗rnak  olib 

yashaymiz. 

Bobolarimiz  o‗gitlari  hamda  bizga  qoldirgan  milliy  ohanglari  hamisha 

qalbimizda  yashaydi.  Yurtimiz  tinch,  osmonimiz  musaffoligiga  shukronalar 

aytamiz. Yoshlar kelajagini o‗ylaydigan yurtboshimiz borligi bilan faxrlanamiz! 

Milliy axloq, urf-odat, odobning barcha qirralari musiqada mujassamlashgan. 

Chunki  musiqani  tinglayotgan  shaxs  biroz  bo‗lsa-da  xayolotga  beriladi,  ohanglar 

(agar  u  milliy  ruhda  bo‗lsa)  uni  sekin-asta  o‗ziga  rom  qiladi,  sehrlaydi,  dardini 

oladi.  Agar  sho‗q  musiqa  yoki  qo‗shiq  bo‗lsa,  so‗zlarining  ma'nosi  o‗z  aksini 



 

ko‗radi. Ayniqsa, "Ona" haqidagi qo‗shiq bo‗lsa jon-dili bilan tinglaydi. Biror-bir 

sabab bilan onasini ranjitgan bo‗lsa, ko‗nglini olishga oshiqadi. Vatan, O‗zbekiston 

haqida  bo‗lsa  ham,  mana  shunday  ozod  va  obod  Vatani  borligidan  g‗ururlanib 

tinglaydi. Sevgi haqidagi qo‗shiq bo‗lsa, shirin ehtiroslar qalbini chulg‗aydi… 

Milliy musiqa madaniyatimiz juda ko‗hna va boy ekanligi barchaga ma'lum. 

Milliy qadriyatlarimizning sarchashmalari juda olis davrlarga borib tahalishi jahon 

miqyosida  ham  tan  olingan. Ana  shu  merosning  kattagina hismini  musiqiy  meros 

durdonalari egallaydi, qo‗shiqchilik san'ati esa mustahkamlaydi. 

O‗zbek milliy musiqa madaniyati va san'atining paydo bo‗lishi uzoq davrlarga 

borib  taqalishi  yuqorida  ham  ta'kidlab  o‗tildi.  Boshqa  xalqlarda  bo‗lgani  kabi 

o‗zbek qo‗shiqchilik san'atida ham milliy ohanglarni     nota yozuvi yoki boshqa 

shunga o‗xshash musiqiy ishoralar bilan ifodalanganligiga qadar juda katta yo‗lni 

bosib o‗tdi.  

Markaziy  Osiyo  milliy  musiqa  madaniyati  xurujiga  qadar  ham  rivojlanib 

keldi.  Qo‗shiqchilikning  yangi  paydo  bo‗lgan  usul  va  shakllari  ko‗pincha 

vatanparvarlik,  insonni  ulug‗lash  kabi  yuksak  tuyg‗ular  bilan  bog‗liq  holda 

taraqqiy  etdi.  Arablar  bosqini  davrida  mahalliy  aholining  yuksak,  o‗ziga  xos 

an'analariga  ega  bo‗lgan  qo‗shiqchilik  san'ati  o‗z  navbatida  arab  madaniyatiga 

ham  o‗z  ta'sirini  ko‗rsatdi.  Arablar  bizning  ajdodlarimizning  dunyoviy 

qo‗shiqlariini  batamom  yo‗qotmoq  maqsadidagi  hatti-harakatlarini  amalga 

oshirmoqchi bo‗lishdi, ammo butunlay yo‗qota olishmadi. 

Men  yuqorida  mavzuimni  Vatan  tushunchasi  bilan  boshlashimning  boisi 

yurtimizda  mana  shunday  talabalik  imkoniyatini  qo'lga  kiritishimizda  bizning 

tinch  va  osoyishta  Vatanimizda  yashayotganimiz,  keng  imkoniyatlardan  

foydalanishimiz ham ona Vatanimizga bo'lgan yuksak muqabbatimiz timsolidir. 

Musiqamadaniyati  darslarida  Vatan  xaqidagi  an'anaviy  qo'shiqlarni 

o‘rganish jarayonida  o'qituvchi-murabbiylarning o'zlari ham Vatanni yuraklariga 

jo  aylab,  so'ngra  o'quvchilarga  kerakli  tushuncha  va  ko'nikmalarni  berishlari 

lozim.qozirgi  kunda  o'quv  jarayoniga  ilqor  pedagogik  texnalogiyalar,  dars 

o'tishning noan'anaviy usullari, xususan , interfaol usul keng joriy etilyapti. 



 

Pedagogik texnologiya haqida tushuncha. 

Pedagogik texnologiya  -  bu  ta'lim  shakllarini    optimallashtirish    maqsadida  

texnik  vositalar  inson saloxiyati  hamda ularning o'zaro ta'sirini  inobatga  olib 

o'qitish  va  bilim  o'zlashtirishning  barcha  jarayonlarini    aniqlash,  yaratish  va 

qo'llashning tuzilish metodidir. Dars  o'tishning zamonaviy pedagogik usullariga 

doir  ko'plab  qo'llanmalar  mavjud,  bunday  uslublarni  ilqor  pedagogika 

muallimlarining o'zlari kashf qilganlar va ular yaxshi samara bermoqda. Xususan, 

"mavzu  qanday  bayon  qilganda  uning  necha  foizi  o'quvchi  yodida  saqlanadi,  u 

tomonidan  o'zlashtiriladiq"    degan  tabiiy  savolga  javob  topish  maqsadida 

o'tkazilajak tajriba yakuni  "anglash piramidasi" degan  nomni  oladi.  

-eshitsa ,  xarakatlar bajarsa, mavzuni o'rtoqlariga gapirib bersa, tushuntirsa, 

ular  bilan  mavzu  yuzasidan  muloqotda  bo'lsa,  baxslashsa,  ko'proq  tarbiyalanib 

boradi,  o'qituvchining  o'rgatayotgan  ko'nikma  va  malakalari  yodda  koladi, 

o'zlashtiriladi. 

O'quvchi  mavzu  yuzasidan  o'rtoqlari,  muallim  bilan  o'z  muloqotga 

kirishishi,  amaliy  mashqulotlarda  qatnashishi,  darsdan  olgan  bilimlarini  gapirib 

bera olishi kerak. Ana shunda olingan bilim mustaxkam bo'ladi . Turli uslublarni 

o'rganib,  taqqoslab,  hamkasblar  bilan    fikrlashib  ,  xar  bir  ustoz  o'z    uslubini 

yarata  oladi  .  Respublikamizda  "Ta'lim  to'qrisidagi  qonuni,  Kadrlar  tayyorlash 

milliy  dasturi  hamda  DTS  talablari  asosida  ish  olib  borish  kasb  ta'limini 

rivojlantirishda  asos  bo'ladi.  To'qqiz  yillik  umumiy  o'rta  ta'lim  joriy  etilgach, 

barcha  o'quv  fanlar  qatori  musiqamadaniyati  fanidan  milliy  ta'lim-  tarbiya 

ustivorligida va qozirgi zamon talabi asosida yangi dastur yaratildi. 

Dastur  asosida  darsliklar,  uslubiy  qo'llanmalar,  tavsiyanomalar,  taqminiy 

mavzuli  ish  rejalari  yaratilmoqda,  chunki,  pedagogika  tabiatiga  ko'ra  inson 

qissiyotiga  kuchli  ta'sir  eta  olish  qususiyati  bilan  birga  o'quvchilarni  nafosat 

olamiga olib kirish, bilim olish idrokini shakllantirish, savodxonligini oshirish va 

axloqiy-qoyaviy  tarbiyalashning  muqim  vositasidir.  Davlat  ta'lim  standartlarida 

belgilanganidek,  o'qituvchining  pedagogik  texnologiyalarni  o'zlashtirishlarida, 

bilish va qis etish idrokini shakllantirishda usullarning dolzarbligi qo'l keladi. har 



 

bir  mavzuni  o'rganilar  ekan    uning    xarakteridan  kelib  chiqib  unnig  ifoda 

vositalari ham shunga mos bo'ladi. 

Darsning  mustaqil  faoliyati  sifatida  emas,  balki  barcha  faoliyatlari  turlari 

bilan  boqlab  taqlil  qilinishi  va  uni  ongli  idrok  etilishi  lozim.  Mavzularda  ifoda 

etilgan tabiatning go'zalligi, o'ziga xos qusn chiroyi yil fasllarining takrorlanmas 

xususiyatlarini idrok etish va qis qilish, maqsadga muvofiq uyushtirib boriladigan 

qisqa  va  qiziharli  suqbatlar,  savol-ja  Yoshlar  tarbiyasi  va  musiqa  san'ati  inson 

uchun  muqim  ahamiyat  kasb  etib  bugungi  kunda    rivojlandi,  uning  qirralari 

jilolandi.  

Bizga  ma'lumki,  pedagogik    tarbiya  jamiyatimiz  taraqqiyotida  muqim 

ahamiyat kasb etadi. Unda o'zbek  madaniyatining nodir namunalari orqali yosh 

avlodni  tarbiyalashdek  mas'uliyatli  vazifa  amalga  oshiriladi.  Bugun  shunday 

darslar  tashkil  etilsinki,  pedagog  faol  va  tashabbuskor  bo'lsin,  uning  shogirdlari 

esa mustaqil va erkin fikrlay oladigan  yoshlar bo'lib yetishsinlar. Ushbu usuldan 

bolalarning  bilimini  oshirish,  odob-axloq  ko'nikmalarini  mustaqkamlash  uchun 

sinfdan  tashhari tashkil  etilgan  tarbiyaviy  tadbirlarda  foydalanish  mumkin, ya'ni 

intellektual  xalq  misolida.  Boshlanqich  sinf  o'quvchilari  orasida  a'lochilar  bilan 

birga  o'zlashtirmovchi  bolalar  ham  mavjud.  Endi  ularga  tarbiyaviy  usulning 

yangicha 

metod 

o'ylab 


topish 

lozim. 


Bunday 

usullar 


zamonaviy 

texnologiyalarning  interfaol  usullarida  mavjud  bo'lib,  ulardan  oqilona 

foydalanish ustozlrga boqliq. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish