I bob Musiqa va ma’naviy tarbiya I barkamol shaxs tarbiyasi va musiqa



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/33
Sana31.12.2021
Hajmi1 Mb.
#205862
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
yoshlarni tarbiyalash va yangi insonni kamol toptirishda musiqa sanatining orni (5)

 


 

Xulosa va takliflar 

 

Xalq  musiqasining  chin  asl  mohiyatini  anglab  yetish  uchun  avvalo  har  bir 



shaxsning  ma‘naviy  olami  keng  bo‘lishi  kerak.  Yurtboshimiz  Islom  Karimov 

ta‘kidlaganidek,  ―Ma‘naviyatda  insonning  siymosi,  e‘tiqodi,  ahloqi,  hhayotining 

ma‘nosi qanday  tushunishi,  ichki dunyosi  namoyon  bo‘ladi.  Vatan,  xalq oldidagi 

burchni anglash ham yuksak ma‘naviyat belgisidir.‖ 

Xalq  musiqasi  qadimiyligi  bilan  alohida  ahamiyat  kasb  etadi,  unda 

mehnatkash xalqimizning hayoti va yashash tarzi aks etishi bilan birga rivoj topib 

borishi ham keng ko‘rinadi.  

Mehnatkash, halol va to‘g‘riso‘z insonlar hamisha elda qadrlanib kelganlar. 

Mehnat  qilgan  kishi  umri  davomida  rohat-farog‘atda  yashaydi,  el  ardog‘ida 

bo‘ladi.  Umumta‘lim  maktablarida,  kasb-hunar  kollejlarida,  oliygohlarda  faoliyat 

ko‘rsatayotgan pedagog xodimlarga ham bugungi kunda e‘tibor kuchaytirilgan.  

Ma‘naviy  sohada  o‘z  ifodasini  topgan  musiqa  tarbiyasidagi  yutuqlar 

odamlarning,  xalqimiz,  millatimizning  axloqi  va  madaniyatida,  dunyoqarashida 

ro‘y  bergan  sifat  o‘zgarishlari  mustaqillik  ilk  bosqichining  muvaffaqiyati 

hisoblanadi.  

Maktabda o'tiladigan musiqa madaniyati darslarida o'quvchilarning musiqiy 

psixologiq  jiqatlarini  amalga  oshirilayotgan  vaqtda  o'qituvchi  bir  narsani,  ya'ni 

yuqoridagi  fikrlarda  ham  aytib  o'tilganidek,  bolaning  yoshi  va  uning  ichki  qis- 

tuyqularini  inobatga  olishi  shart.  Ma'lumki,  musiqa  darslari  pedagogikaning 

didaktik  nazariyasi  va  tamoyillari  asosida  tuziladi.  Mazkur  tamoyillar  dars 

mazmuni,  metodlari    va  darsning    tuzilishidagi  asosiy  talablar    va  uning  

yo'nalishlarini  belgilab  beradi.  Bolalarning  musiqiypsixologiyasini  o'rganishda 

didaktik ta'limning dolzarbligi muqim ahamiyat kasb etadi. 

O'qitish  jarayonining  asosiy  qonuniyatlari  didaktik  tamoyillarda    o'zining 

aniq  ifodasini  topgan.  O'qitish  tamoyillari  deganda  o'qitish    asosida  yotadigan 

o'quv  jarayoni  va  uning  o'tkazishning  butun  jarayonini  tashkil  etish  mazmuni, 




 

metodlari,  shakllarining  tanlanishini  belgilaydigan  boshlanqich  qonunlarini 

tushunmoq kerak. 

Umumta‘lim  maktablarida  musiqa  madaniyati  darslari  o‘quvchilarning 

ma‘naviy,  badiiy  va  axloqiy  madaniyatini  shakllantirishga,  milliy  g‘urur  va 

vatanparvarlik  tarbiyasini  amalga  oshirishga,  ijodiy  mahorat,  nafosat  va  badiiy 

didni  o‘stirishga,  fikr  doirasini  kengaytirishga,  mustaqillik  va  tashabbuskorlikni 

tarbiyalashga xizmat qiladi. 

Musiqa  ta‘limi  davlat  ta‘lim  standartlari  asosida  ta‘lim  mazmuni, 

o‘quvchilarning  musiqiy  bilim  va  malakalari  bilan  birga  ularda  kuzatuvchanlik, 

xotirani  mustahkamlash,  oobrazli  tasavvur  qilish,  ularda  ijodkorlik,  mustaqillik, 

tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi hislatlarni rivojlantirishni ta‘minlaydi.  

Xalqimiz  madaniyatini  va  ma‘naviyatini  yuksaltirish,  xususan,  o‘sib 

kelayotgan yosh avlod ta‘lim-tarbiyasiga e‘tibor hamda ularning dunyoqarashlarini 

kengaytirishda,  erkin  fikrlash  qobiliyatlarini  kuchaytirishda  milliy  musiqaning, 

ayniqsa,  o‘zbek  bolalar  folklor  qo‘shiqchiligining  o‘rni  beqiyosdir.  Milliy 

musiqamiz durdonalari va an‘anaviy qo‘shiqlarimizning avvaldan xalqimiz orasida 

ardoqlanib,  og‘izdan-og‘izga  o‘tib,  kuylanib,  sozlar  orqali  chalinib  kelingan. 

Mumtoz  kuy  va  qo‘shiqlarimiz,  ayniqsa,  oddiy  xalq  tilidan  kuylangan  o‘lanlar, 

allalar, lapar va yallalar, aytishuvlar, teginma qo‘shiqlar shular jumlasidandir. 

       Xalqimiz  yaratgan  durdonalarning  biri  xisoblangan  musiqa  har  soxada,  

chunonchi,  ta‘lim tarbiyada,  mehnatda va ijtimoiy munosabatda ma‘lum darajada 

o‘z  ifodasini  topadi.  Murg‘ak  go‘dakdan  tortib  to  nuroniy  qariyalargacha,  

jismoniy  mehnat  soxiblaridan  to  aqliy  mehnat  axillarigacha  –  hamma  san‘at 

ne‘matlaridan baxramand  bo‘ladi,    ertangi kunning  yanada  porlok  bo‘lishi  uchun 

intiladi.  

Musiqa  tarbiyasida  milliy  qadriyatlarning  o‗rni  juda  kattadir,  ulardan 

foydalanish pedagoglarga bog‗liq. Ma'naviyatni rivojlantirish davlatimizning bosh 

vazifasiga  aylangach,  barcha  sohalar  kabi  san'atga,  xususan  musiqa  san'atiga 

bo‗lgan  e'tibor  va  talab  kuchaytirildi.  O‗zbekiston  Davlat  Konservatoriyasi 

binosini  jahon  andozalariga  mos  ravishda  qurib,  iqtidorli  yoshlarning  bilim 



 

olishlari uchun amalga oshirilgan imkoniyatlar fikrimiz dalilidir. "Yaxshi qo‗shiq 

jon  ozig‗i",  -  deydi  dono  xalqimiz.  O‗z  ota-onalarining  qadriga  yetmay,  yomon 

yo‗llarga  kirib,  tarbiyasiga  putur  etkazayotgan  yoshlar  pand-nasihatga  boy 

qo‗shiqlarini  tinglashsa,  ularda  oz  bo‗lsada  ota-onaga,  Vatanga  bo‗lgan  his-

tuyg‗ular ijobiy tomonga jo‗sh uradi. Ayniqsa, ota-bobolarimiz bir-birilariga sodiq, 

mehribon bo‗lib o‗tishganini, ular orasida mehr-oqibat kuchli bo‗lgani holda, o‗ta 

andishali  insonlar  bo‗lishganini  ta'kidlansa,  yoshlar  ongida  ham  o‗zgarishlar  ro‗y 

beradi. Buni tarixiy asarlarni musiqiy dramatik usuldan foydalanib, yoshlar ongiga 

yetkazish mumkin.  

Darxaqiqat,  milliy  qadriyatlarni  tiklash  borasidagi  amalga  oshirilayotgan 

tarixiy  ishlarimizning  qamrovi  juda  kengdir.  Ularning  asosiylari  quyidagilardan 

iborat: 

-ko‗p ming yillik tariximiz xaqqoniy, chuqur va juda kengdir. 

-xalq  odatlari,  marosimlari  va  bayramlarining  tiklanishi  va  yangi 

bayramlarning  (mustaqillik,  o‗qituvchilar  kuni,  xotira  va  qadrlash  kuni)  joriy 

etilishi  xalq  ma'naviy  hayotiga  ijobiy  ta'sir  etmoqda.  Xalq  musiqa  tarbiyasi  esa 

bularga  sayqal  beradi.  Ma'lumki  biror  bayram,  tadbir,  to‗y  yoki  marosim  yo‗qki, 

Musiqasiz,  uning  jarangisiz  nishonlanmasa.  Shuning  uchun  ham    musiqa  inson 

uchun,  uning  yashash  tarzi  uchun  juda  muhimdir.  Musiqa,  umuman  san'at, 

insonlarni  faqat  yaxshilikka,  ezgulikka    yetaklaydi.  An'anaviy  musiqa  - 

etnoslarining tarixiy, ma'naviy ixtiyojlari asosida vujudga kelgan,  ularning aqliy-

ijodiy faoliyati natijasida taraqqiy etgan, ming yilliklar mobaynida ajdodlar fikrlari

tajribalari,  orzu-istaklari,  an'analari  va  qadriyatlarini  o‗zida  birlashtirgan, 

avloddan-avlodga  o‗tib,  asrlar  osha  sayqallashib,  murakkablashib  borgan  bebaho 

meros  hamda  jamiyatimzni  axloqiy  sog‗lomlashtiruvchi  va  insonparvarligini 

barqaror  etuvchi  xalqning  ma'naviy  kamol  topishiga  xizmat  qiladigan  muhim 

omildir.  

Musiqa  tarbiyasini  ravnaq  toptirish  uchun,  eng  avvalo,  bu  sohaning  ilmini 

rivojlantirish  lozim.  Shunday  qilsam,  madaniyat  ilmi,  musiqa  san'ati,  xalq 

qo‗shiqchiligida vujudga kelgan muammolarni aniqlash va hal qilish oson kechadi. 



 

Gap  shundaki,  viloyatlarda  faoliyat  ko‗rsatayotgan  musiqa  madaniyati 

o‗quvchilarining  barchasi  ham  ko‗ngildagidek  sharoitda  ishlamaydi.  Negadir, 

barcha joylarda, noo‗rin bo‗lsa ham aytib o‗tgim kelyapti, musiqa va san'atga past 

nazar bilan qarqshadi. Xatto maktablarda musiqa darsiga bo‗laveradi deb qarab eng 

qarovsiz  sinflarni  ajratishadi.  Yozda  issiq,  qishda  o‗ta  sovuq  xonalarda  qanday 

qilib,  yoshlarga  ma'naviy-musiqiy  tarbiya  berish  mumkinq  Musiqa  asboblarini-ku 

qo‗yavering.  Agar  davlat  ta'lim  standartlari  talablariga  asosan  bolaga  milliy 

cholg‗u  asboblari  haqida  ma'lumot  berish,  chalib  ko‗rsatish,  xatto  chalishni 

o‗rgatish zarur-ku. 

Yosh  avlodni  ijodiy  fikrlashga  o‘rgatishning  yangi  va  samarali  yo‘llarini 

izlab  toppish  faqat  o‘qitish  metodikasi  sohasi  taraqqiyoti  uchun  emas,  barkamol 

avlod tarbiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir. 

Turli  metodik  manbalarda  musiqiy  bilim  oluvchi  o‘quvchilarning  ijodiy 

fikrlashga  va  ijodkorlikka  o‘rgatish  borasida  garchi  yo‘l-yo‘lakay  bo‘lsa-da, 

turlicha  qarashlar  mavjud.  Masalan,  ba‘zi  bir  mutaxassislarning  fikricha 

ijodkorlikni shakllantirish uchun bolalarning bilimini anglab o‘tish imkoniyatlarini 

rejalashtirib,  turli  ilmiy  axborotlardan  to‘g‘ri  xulosa  chiqarib  olishga  o‘rgatish 

jarayoni  muhim  hisoblanadi.  Ushbu  nazariy  qarashning  ahamiyatli  tomoni 

shundaki, undan barcha turdagi musiqiy mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin. 

Musiqa  ijodkorligi  faoliyati  bolalarda  musiqiy  tafakkur,  izlanish  va 

ijodkorlik  malakasini  o‘stira  borish  uchun  katta  ahamiyatga  egadir.  Musiqa 

darslarida o‘quvchilarni ijodiy izlanishga o‘rgatishning eng qulay usullaridan biri 

musiqa  mashg‘ulotlarida  ijro  va  qiyoslash  metodidan  foydalanish  bo‘lib,  u 

quyidagicha  amalga  oshiriladi.  Buning  uchun  musiqa  o‘qituvchisi  musiqa 

darslarini  o‘quvchi  tarbiyasiga  ta‘sirini  hisobga  olgan  holda  shartli  ravishda 

guruhlarga ajratish zarur. Musiqa darslarini guruhlashtiruvda o‘quvchining musiqa 

faniga munosabati inobatga olinishi shart. Mana shu nuqtai nazardan yondashilsa, 

darsning tarkibiy qismi: musiqa tinglash, keyin musiqa savodxonligi hamda ijro va 

taqqoslashdan  iborat  bo‘ladi.  Ayniqsa,  darsning  ijro  va  qiyoslash  bosqichida 

o‘quvchining o‘tilgan mavzu yuzasidan bilimlari tekshiriladi. Asar ijrosi o‘quvchi 



 

tomonidan  amalga  oshiriladi.  O‘quvchi  ijrosi  namunadagi  ijro  bilan  taqqoslanib, 

ta‘kidma-ta‘kid  uning  yutuq  va  kamchiliklari  tahlil  qilingmog‘i  zarur.  Musiqa 

ta‘limiga  bu  usulda  yondashish  bilim  oluvchini  o‘z  ustida  mustaqil  ishlashga, 

o‘rganayotgan  asar  yuzasidan  mustaqil  fikrlashga,  musiqiy  asar  ijrosiga  ijodiy 

yondashishga undaydi. 

Musiqa  ijodkorligi  faoliyati  sinfdagi  iqtidorli  va  iste‘dodli  o‘quvchilarga 

e‘tiborni kuchaytirish,  ularning  badiiy  ehtiyojini  qondirish  uchun  juda  muhimdir. 

Iste‘dodning  o‘z  vaqtida  namoyon  bo‘lishi  tarbiyaga  va  qo‘llab-quvvatlashga 

bog‘liqdir.  Yoshlar  iste‘dodining  namoyon  bo‘lishiga  qobiliyatlarni  aniq  tahlil 

etish,  bolaning  o‘ziga  xos  fazilatlarini  hisobga  olish  ijodiy  qobiliyatlar  rivojini 

samarali  amalga  oshirish  uchun  zarur.  Qobiliyatlarni  rivojlantirishning  daraja  va 

bosqichlari yangicha munosabatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. 

Musiqiy qobiliyatning ma‘lum bir darajasi istalgan o‘quvchida shakllangan 

bo‘lishi  mumkin.  Bu  esa  tashkil  etilgan  musiqiy  tarbiya  va  o‘quv  jarayoni 

sharoitlarida rivojlantiriladi. 

O‘quvchi yoshlarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish maqsadida iste‘dod 

va  iqtidorni  ongli  rag‘batlantirish,  mukammallik  uchun  sharoit  yaratish,  ularning 

musiqa  san‘atiga  bo‘lgan  munosabatlari  yanada  o‘stirish,  turli  san‘at  tadbirlarida 

ishtirok  ettirish,  olimpiadalar,  san‘at  bayramlari,  tanlovlar,  uchrashuvlarga  jalb 

etish lozim. 

Musiqa  ijodkorligi  faoliyati  musiqa  o‘qituvchisi  ijrosiga  doira  chertib 

jo‘ravozlik qilish, sinf ijrosiga ―drijerlik‖ qilish, tavsiya etilgan kuy ohangiga mos 

harakatlar  toppish,  berilgan  she‘r  parchasiga  kuy  ―bastalash‖  kabi  ijodkorlik 

amaliyotlari bilan bajariladi. 

Musiqa  o‘qituvchisi  biror  musiqani  ijro  etganda  unga  doira  bilan  sherik 

bo‘lish,  avvalo,  biror  ijro  etilgan  kuyga  chapak  bilan  jo‘r  bo‘lishni  o‘rganishda 

boshlanadi.  Chapak  jo‘r  bo‘lgan  bola  keyinchalik  qoshiq,  safoil  kabi  urma 

asboblarda  jo‘rovozlikni  o‘rgangach,  doira  bilan  sekin-asta  jo‘rovozlikni  yaxshi 

yo‘lga qo‘yib o‘rganib, asar ijrosiga qo‘shilishga harakat qiladi. 




 

Qo‘shiq ijro etilayotgan vaqtda o‘qituvchi qo‘l harakati bilan, odatda, asarni 

taktlash,  ya‘ni  qo‘lini  pastga  tomon  harakatlantirib  kuchli  hissani,  yuqori  tomon 

esa  kuchsiz  hissani  ko‘rsatib  qo‘shiq  kuylatadi.  Bolalar  esa  ana  shu  harakatga 

monand  ravishda  boshqa  asarlarga  ―drijerlik‖  qilib,  o‘z  iste‘dodlarini  ko‘rsatishi 

mumkin.  Bolaning  bu  harakatlarini  kuzatib  turgan  o‘qituvchi  drijerlikning 

mehnatini,  buning  uchun  ko‘p  o‘qishi  va  yaxshi  musiqiy  bilimga  ega  bo‘lishi 

lozimligini o‘quvchilarga tushuntirib berishi kerak. 

O‘qituvchi  jozibali  kuylay  oladigan  iste‘dodli  bolalarga  biror-bir  kichikroq 

she‘rni qo‘shiq qilib yoki hirgoyi qilib berishni so‘rashi mumkin. Ba‘zi qobiliyatli 

bolalar  bu  she‘r  parchasiga  yangi  kuy  ―bastalay‖  oladilar  yoki  ilgari  o‘rgangan 

biror  qo‘shiqning  musiqasiga  moslab  bemalol  kuylab  beradilar.  Bunday  holat 

iste‘dodli bolalar tomonidan musiqa bilan harakatda ham sodir bo‘ladi. 

Ba‘zan sinf konsertida yoki maktabda o‘tkazilayotgan bayram tadbirida har 

qanday iste‘dodli o‘quvchi ko‘pchilik oldida – sahnada o‘zini ―yo‘qotib‖, sir bosib 

qo‘shiq matnini yoki raqsdagi harakat sxemasini sedan chiqarib qo‘yishi mumkin. 

Ana shunday holda qo‘shiq matnini musiqiy pauza paytida zudlik bilan to‘qib yoki 

raqs harakatini yaratib, vaziyatdan chiqib keta olishi ana shu bolaning ham iqtidori

ham iste‘dodi va ham ijodkorligi hisoblanadi. 

Musiqa o‘qituvchisi bolalar tomonidan ijod qilib kelingan kuyga, qo‘shiqqa, 

raqsga, musiqa savodidan tuzilgan masalaga ijobiy munosabatda bo‘lishi, ularning 

ijodiy  qo‘llab-quvvatlashi  va  rag‘batlantirib  borishi  zarur.  Bularning  barchasi 

bolalarnig musiqa san‘atiga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga ko‘mak beradi. 

Ayniqsa,  o‘qitishning  оg‘zaki  metоdlaridan  fоydalanishda  o‘qituvchining 

badiiylik so‘zamоlligi muhim sanalib, u ko‘pgina badiiy adabiyot bilan tanishgan, 

fikri  teran  bo‘lishi  lоzim.  Musiqa  san`atini  bоshqa  fanlar  hamda  adabiyot  bilan 

ko‘prоq  bоg‘lashni,  qadimiy  milliy  merоsimiz  va  tariximizni  chuqur  anglagan 

xоlda  оlib  bоrishi  lоzim.  O‘qitishning  оg‘zaki  metоdlarini  o‘tish  texnоlоgiyasida 

o‘qituvchi birоr bir asarni chalishni va kuylashni aynan badiiy jihatlarini оg‘zaki 

ya`ni  suxbat  yoki  tushuntirish  оrqali  asоslashda  kasbiy  mahоratini  ishga  sоlishi 

zarur. 



 

Ushbu  jarayonlar  dars  mashg‘ulоtlari  bilan  birgalikda  ko‘prоq  sinfdan 

tashqari  ishlar  tarkibida  ham  aniq  ko‘rinadi.    Chunki,  umumta`lim  maktablarida 

dars  va  darsdan  tashqari  ishlar  mazmunida  eng  avvalо  sanalarga  bag‘ishlangan 

tadbirlar  hamda  bayramlar  turadi.  Musiqa  bоlani  tarbiyaviy  sifatlarini  ham  bir 

jоyga  jamlab  bоradi.  Bоla  qo‘shiq  o‘rganish  yoki  milliy  оhang  ta`sirida  o‘zida 

tarbiyaviy  sifatni  ham  ko‘ra  bоshlaydi.  Masalan,  u  ―Munоjоt‖,  ―Tanоvvоr‖, 

―Dilxirоj‖, ―Cho‘li Irоq‖ musiqalarini tinglaganda hayol ta`sirida u o‘zini mоziyga 

tushib qоlgandek sanaydi. Aynan shu vaqtda o‘qituvchi sanab o‘tilgan musiqalarni 

ifоdalоvchi she`rlarni o‘qib berish yoki o‘quvchining o‘ziga o‘qitish ta`sirida ham 

o‘qitishning оg‘zaki hamda badiiy musiqiy metоdini qo‘llagan bo‘ladi.  

O‘zbekiston  Respublikasining  ―Ta‘lim  to‘g‘risida‖  gi  qonuni  ―Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi‖  talablari  asosida  ta‘lm  tizimida  ro‘y  berayotgan 

o‘zgarishlar  umumiy  o‘rta  ta‘lim  predmetining  o‘qitilishini  ham  tubdan 

yangilashni talab etmoqda.  

O‘zbekistonning  ―Ta‘lim  to‘g‘risida‖gi  qonuniga  ko‘ra  9  yillik  umumiy 

o‘rta  ta‘lim  joriy  etildi.  Ta‘limni  demokratlashtirish,  individuallashtirish,  milliy 

istiqlol g‘oyasi, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoyillari aosida  barcha 

o‘quv  predmetlar,  shu  jumladan  musiqa  predmeti  bo‘yicha  ham  o‘qitish 

kontseptsiyasi ishlab chiqildi.  

―Musiqa  madaniyati  darslari  o‘zining  qiziqarliligi  bilan  alohida  ahamiyat 

kasb  etadi.  Shuning  uchun  o‘quvchi-  yoshlar  ushbu  darsga  faollik  bilan  ishtirok 

etadilar, bu vaqtda o‘qituvchilar musiqa ta‘limi bilan birgalikda tarbiyaviy ishlarni 

ham keng ko‘lamda tashkil etishlari lozim.‖( 

Davlat ta‘lim standarti T., 1997 yil

)  


 O‘quvchi  asarni  tinglashga  qo‘yish  оldidan  bоlalar  diqqatini  asar  mazmuniga, 

uning  yaratilish  yoki  shu  asar  bastakоri  ijоdiga  bag‘ishlangan  qisqa  va  qiziqarli 

suhbat o‘tkazish mumkin.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish